Вклад Гиппократа в медицину

CC BY f
316-317
0
1
Поделиться
Еркинова, Р., & Акбарходжаева, Ф. (2023). Вклад Гиппократа в медицину. Научные работы одарённой молодёжи и медицина XXI века, 1(1), 316–317. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/gifted-youth-medicine/article/view/26223
Р Еркинова, Ташкентский Педиатрический Медицинский Институт

Группа 103, Факультет медицинской педагогики

Ф Акбарходжаева, Ташкентский Педиатрический Медицинский Институт

Кафедра узбекского языка и литературы, русского и латинского языков

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Hali hamon tibbiyot sohasida ish yuritadiganlar, o‘qiyotgan talabalar ham buyuk faylasuf va tabib, tibbiyot otasi - Gippokrat haqida uncha ko‘p ma‘lumotga ega emas. Tibbiyot sohasini yetuk mutaxassisi bo‘lish istagidagi har bir inson Gippokrat va uning tibbiyotga qo‘shgan hissasi haqida bilishi zarur. Shifokor bo‘lishni istagan har bir inso n Gippokrat qasamyodini qabul qilishdan oldin u haqida oz bo’lsa ham tushunchaga ega bo’lishlari maqsadga muvofiq.

Похожие статьи


background image

316

GIPPOKRATNING TIBBIYOTGA QO‘SHGAN HISSASI

Erkinova R, 103-guruh, Tibbiy pedagogika fakulteti

Ilmiy rahbar: Akbarxodjayeva F.A.

ToshPTI, O’zbek tili va adabiyoti, rus va lotin tillari kafedrasi

Mavzuning dolzarbligi:

Hali hamon tibbiyot sohasida ish yuritadiganlar, o‘qiyotgan talabalar

ham buyuk faylasuf va tabib, tibbiyot otasi - Gippokrat haqida uncha ko‘p ma‘lumotga ega emas.
Tibbiyot sohasini yetuk mutaxassisi bo‘lish istagidagi har bir inson Gippokrat va uning tibbiyotga
qo‘shgan hissasi haqida bilishi zarur. Shifokor bo‘lishni istagan har bir inso n Gippokrat qasamyodini
qabul qilishdan oldin u haqida oz bo’lsa ham tushunchaga ega bo’lishlari maqsadga muvofiq.

Ishning maqsadi:

Ulug’ tabib va buyuk faylasuf Gippokratning tibbiyotdagi hissasini o’rganish

va ularning mohiyatini tushuntirish.

Ishning amaliy ahamiyati:

Tibbiyot - insonlar sog'lig'ini saqlash va mustahkamlash, umrini

uzaytirish, kasalliklarni oldini olish, davolash haqidagi va shu sohadagi amaliy chora tadbirlar
majmuyi. Tibbiyot insoniyatning nazariy va amaliy faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Har bir kishi
o‘z sog‘lig‘ini saqlash va uni mustahkamlash, shuningdek, betob bo‘lib qolganida tezda tuzalishni
istaydi. Kasallikni aniqlash, uning oldini olish va davolashda zamonaviy usullarni qo‘llash inson
hayotini saqlab qolish, shuningdek, ilgari davolab bo‘lmaydigan kasalliklarni davo lash imkonini
berdi.

Tibbiyot sohasini rivojlanishida tibbiyotning otasi sanalmish Gippokratning (milloddan avvalgi

460-377-yil) hissasi nihoyatda katta, u ko‘pgina kasalliklarning tashqi belgilarini, xastalikning kelib
chiqishida turmush tarzi, atrof-muhit va iqlimning ta’sirini tavsif etdi. Uning aytishicha “Shifokor o‘z
burchini bajarishni xohlasa, odamning tabiatini o‘rganishi kerak - odam bilan uning ovqati, ichimligi
o‘rtasidagi munosabatini, ta’sirini sinchiklab tekshirmog‘i lozim”. Gippokratning “Qadimiy tibbiyot”,
“Havo, suv va boshqa zaminlar to‘g‘risida”, “Suyaklarning sinishi to‘g‘risida” va boshqa bir qancha
asarlaridan bir necha asrlar davomida foydalanib kelingan.

Kasallik etiologiyasi (kasallik sababi) va uni aniqlash (diagnostika) masalalarini, davolash

tizimini ishlab chiqdi. Hali embriologiya sohasi bo’yicha hech qanday tushuncha bo‘lmagan bir
paytda, Gippokrat birinchilardan bo‘lib, embrion va chaqaloqlik davri haqida bir qancha
ma‘lumotlarga ega bo‘lgan va kunu tun o’qib izlangan. U yetti oylik tug‘ilgan bola yashab ketishi
mumkinligini birinchi marta aniqlab bergan.

Bolalardagi «sut tishlar» degan atamani Gippokrat kashf

etgan. U chaqaloqning ilk tishlari ona sutini emishi natijasida paydo bo’ladi deb hisoblagan. U
adashmagan. Haqiqatan ona sutida tishlar uchun eng foydali hisoblangan kalsiy ko’pchilikni tashkil
etadi.

Bundan tashqari Gippokrat bog’lamlarni almashtirish bo‘yicha o‘zini usullariga ega bo’lgan va

ko’p kasalliklarni jarrohlik usuli bilan davolagan. Tabib etika, estetika qoidalari, tozalik va bemorga
bo‘lgan muomalasi haqida o‘z fikrlarini aytgan va shularga rioya qilgan.

Gippokrat kasalliklarni

sabablariga ko’ra ikki toifaga tasniflaydi: Iqlim, tuproq, va irsiy omillar tufayli paydo bo’ladigan
«Umumiy» kasalliklar hamda, o damning yoshi, ovqatlanishi, yashash va mehnat sharoitlaridan kelib
chiquvchi «Shahsiy» sabablar. Mazkur omillarning odam tanasiga me’yoriy ta’siri, undagi
suyuqliklarning to’g’ri taqsimlanishi va harakat jarayonlarini belgilaydi. U to‘rt xil suyuqlik: qon,
shilliq, o‘t va qora o‘t organizm hayotini ta’minlaydi degan.

Gippokrat

fikricha, bu suyuqliklarning

miqdoriy o ‘zgarishi odamning tabiatini aniqlayi va mijozdagi holat: sangvinik, flegmatik, xolerik,
melanxolik hosil bo‘ladi.

Xulosa:

Tibbiyot juda qiyin va mashaqqatli soha, tibbiyot hodimi har doim o‘qib izlanishi kerak.

Chunki bu yerda inson hayotini saqlab qolish kabi katta mas‘uliyat mavjud. Shifokorlik kasbini orzu
qilgan har qanday inson hayajonli daqiqalar ni boshidan kechiradi, ya‘ni Gippokrat qasamyodini
qabul qiladi. Shu sababli har bir shifokor va tibbiyot hodimlari - tibbiyot otasi qoldirgan hazinani
ishtiyoq bilan o‘rganishlari kerak, zero har bir shifokor yuqori malakali bo’lishi joizdir.

А

dabiyotlar ro'yxati:

1.

Аскаров

,

Т

.

А

., et al. "

Характеристика биохимических параметров при внутрипеченочном

холестазе у больных с хроническим гепатитом В

."

Терапевтический вестник Узбекистана

.

Ташкент

4 (2014): 100-101.

2. Mirzakhidovich, Jafarov Khasan, Tursumetov Abdusattar Abdumalikovich, and Akhmedov


background image

317

Akhmat Ibrogimovich. "Prevention of Postoperative Wound Complications in Rappeded
Abdominal Hernia." Annals of the Romanian Society for Cell Biology (2021): 6473-6484.

3.

Долимов

,

К

.

С

., et al. "

Инфильтрат желчного пузыря

."

Клінічна хірургія

3 (2014): 23-24.

4.

Базарова

,

Шабнам Юсубовна

, and

Зиёдулла Зикрилла Тухтамурод

. "

Пути улучшения

лечения больных с эхинококкозом печени

."

Молодой ученый

10 (2018): 40-42.

Библиографические ссылки

Аскаров, Т. А., et al. "Характеристика биохимических параметров при внутрипеченочном холестазе у больных с хроническим гепатитом В." Терапевтический вестник Узбекистана.Ташкент 4 (2014): 100-101.

Mirzakhidovich, Jafarov Khasan, Tursumetov Abdusattar Abdumalikovich, and Akhmedov Akhmat Ibrogimovich. "Prevention of Postoperative Wound Complications in Rappeded Abdominal Hernia." Annals of the Romanian Society for Cell Biology (2021): 6473-6484.

Долимов, К. С., et al. "Инфильтрат желчного пузыря." Клінічна хірургія 3 (2014): 23-24.

Базарова, Шабнам Юсубовна, and Зиёдулла Зикрилла Тухтамурод. "Пути улучшения лечения больных с эхинококкозом печени." Молодой ученый 10 (2018): 40-42.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов