102
YOG‘OCH QIPIG‘I VA KO‘MIR YORDAMIDA YENGIL VAZNLI OLOVBARDOSH
SHAMOT G‘ISHT ISHLAB CHIQARISH
t.f.d. prof. Aripova M.X., mag. Bozorov S.T.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Silikat materiallar va nodir, kamyob metallari texnologiyasi
kafedrasi
Yonuvchan qo‘shimchalar usuli bilan yengil vaznli olovbardosh g‘isht olishda koks va ko‘mir
eng ko‘p ishlatiladigan qo‘shimchalardan ikkitasidir. Ularning partiya tarkibidagi hissasi 20 – 30 %
gacha yеtishi mumkin. Ushbu materiallarning narxi 2-4 marta farq qiladi. Shu munosabat bilan bu
komponentlar yordamida ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini pasaytirish imkoniyatini baholash,
ularning xususiyatlarining o‘zgarishini hisobga olgan holda yengil materiallar xossalarini qiyosiy
tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. [1]
Yog‘och qipiqlari issiqlik izolyatsiyasi xususiyatlari yaxshilangan g‘isht ishlab chiqarish
uchun sinovdan oʻtkazilayotgan organik chiqindilardan biridir. Agar Biz har yili kesiladigan
daraxtlarning hajmini hisobga olsak, yoqilg‘i uchun o‘tin ishlab chiqarishda, arralangan yog‘och,
shponlar, sellyuloza va qog‘oz ishlab chiqarishda arralash paytida hosil bo‘lgan organik
chiqindilarning miqdori nihoyatda ko‘pdir. Kimyoviy nuqtai nazardan, yog‘och qipiqlari taxminan
60% uglerod, 34% kislorod, 5% vodorod va 1% azotdan iborat [2].
Quyida yog‘och qipig‘i yonishidan hosil bo‘lgan qurum va ko‘mir tarkibi roentgen
fluoresansiyali spektrometr orqali olingan natijani ko‘rishimiz mumkin:
1-rasm. Yog‘ochsozlik sanoati yog‘och
qipig‘i qoldig‘i tarkibi
2-rasm. Ko‘mir kukuni tarkibi
Tajribamizda kaolin va shamotni 60:40 nisbatda aralashtirib unga ko‘mir va yog‘och qipig‘ini
2 markali elakdan o‘tgan o‘lchamdagi fraksiyalarini aralashtirib, unga 12 % namlik berib presslab
oldik. Tuzilgan tarkiblar 1-jadvalda ko‘rsatilgan:
1-jadval
T/r
Xom ashyolar
Kaolin, %
Shamot, %
Ko‘mir, %
Yog‘och qipig‘i, %
1
54
36
-
10
2
51
34
-
15
3
51
34
15
-
4
48
32
20
-
5
42
28
30
-
6
36
24
40
-
Namunani 1200
o
C haroratda kuydirib oldik. Olingan mahsulotlardagi massa kamayishi, suv
yutuvchanligi, g‘ovakligi, kimyoviy tarkibi tekshirildi.
103
2-jadval
Tartib
raqami
Qo‘shimchalar turi va
miqdori
Massa
kamayishi, %
Suv
yutuvchanligi, %
Termik
qisqarishi, %
1
10 % yog‘och qipig‘i
27,3
31
10
2
15 % yog‘och qipig‘i
26,3
28
11
3
15 % ko‘mir
19,6
20,8
9
4
20 % ko‘mir
23,7
28
8,5
5
30 % ko‘mir
33,4
36,6
10
6
40 % ko‘mir
40,8
51
9
Tayyor namunalarning kimyoviy tarkibini aniqlash maqsadida rentgen floresansiyali
spektrometridan foydalandik va undan quyidagi natijani oldik.
3-rasm. 15 % yog‘och qipiqli shamot g‘isht tarkibi
4-rasm. 40 % ko‘mirli shamot g‘isht tarkibi
Foydalailgan adabiyotlar
1.
B. V. Seden, “Effect of the type of burnout additive on the properties of ceramic material,”
Vest. Tuvinskogo Gos. Univ., Tekh. Fiz.-Mat. Nauki, No. 3, 18 – 21 (2015);
2.
B. Chemani, H. Chemani, Effect of adding sawdust on mechanical-physical properties of
ceramic bricks to obtain lightweight building material, Int. J. Mech. Mechatr. Eng. 6 (2012) 2521–
2525.