O’zbekiston Respublikasida investitsiya jo zibadorligini oshirishda davlat islohatlarini roli

CC BY f
245-247
0
0
Поделиться
Асланов, М., Хасанов, Р., & Тохирова, Н. (2023). O’zbekiston Respublikasida investitsiya jo zibadorligini oshirishda davlat islohatlarini roli . Зелёная химия и устойчивое развитие, 1(1), 245–247. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/green-chemistry/article/view/21016
М Асланов, Ташкентский химико-технологический институт

Асс.

Р Хасанов, Ташкентский химико-технологический институт

Доц.

Н Тохирова, Ташкентский химико-технологический институт

бакалавр

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация


O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy iqtisodiy o‘zgarishlar iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish orqali uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o‘sishni ta‘minlash va shu asosda mamlakatimiz hududida istiqomat qilayotgan kishilar turmush farovonligini muttasil yaxshilab borishga qaratilgan.

Похожие статьи


background image

245

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INVESTITSIYA JOZIBADORLIGINI OSHIRISHDA

DAVLAT ISLOHATLARINI ROLI

Ass. Aslonov M.T., dots Xasanov R.S., bakalavr Toxirova N.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti


O‘zbekiston

Respublikasida

amalga

oshirilayotgan

ijtimoiy-iqtisodiy

o‘zgarishlar

iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish orqali
uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o‘sishni ta‘minlash va shu asosda mamlakatimiz hududida
istiqomat qilayotgan kishilar turmush farovonligini muttasil yaxshilab borishga qaratilgan. Jahon
xo‘jalik tizimida globallashuv jarayonlari chuqurlashib borayotgan va respublikamizda ochiq
iqtisodiyot asoslari shakllantirilayotgan bugungi kunda samarali investitsiya siyosatini yuritish,
ishlab chiqarish obektlarini tubdan modernizatsiya qilish orqali eksport hajmini oshirish hamda
raqobatbardosh tovar va hizmatlarni jahon bozoriga chiqarish, milliy iqtisodiyotga kirib kelayotgan
investitsiyalar oqimini kengaytirish va investorlar faoliyatini rag‘batlantirish uchun qulay huquqiy
va me‘yoriy shart-sharoitlarni barpo etish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar samaradorligini izchil
oshirib borish mazkur maqsadga erishishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev SH.M ta‘kidlaganidek, ―Biz oddiy bir haqiqatni doimo esda
tutishimiz darkor. Yani, sarmoyasiz taraqqiyot yo‘q, ishlab chiqarishni va umuman, mamlakatimizni
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashni investitsiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalashning asosiy iqtisodiy tushunchalari sifatida investitsiyalar

tushunchasining bugungi xayotimizga keng va tez kirib kelishining o‘zi uning mohiyati va
ahamiyati, zarurligini ko‘rsatib, uni ochib berishga bo‘lgan zaruriyatni keltirib chiqaradi. Bu
tushuncha o‘zi bilan birga investitsiya loyihalari tushunchasi, investitsiya loyihalarini amalga
oshirish va moliyalashtirish, ularning texnik iqtisodiy asoslanishi va ekspertizasi, loyihaviy tahlil,
loyihalarning samaradorligini baxolash va monitoringi kabi bir qator yangi ko‘plab tushuncha va
iqtisodiy bilimlarni kashf etishi ularning bugungi iqtisodiy hayotimizda naqadar muhimligini anglab
olishimizga sabab bo‘lmoqda. ―Jadal va mutanosib iqtisodiy o‘sish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni
amalga oshirish va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishda faol va aniq yo‘naltirilgan investitsiya
siyosati yuritish eng muhim omil hisoblanadi. 2014 yilda iqtisodiyotimizga jalb qilingan
investitsiyalar hajmi 10,9 foizga o‘sdi va AQSh dollari hisobida 14 milliard 600 million dollarni
tashkil etdi. Bunda jami kapital qo‘yilmalarning 21,2 foizdan ortig‘i yoki 3 milliard dollardan
ziyodini xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil qildi. Ularning to‘rtdan uch qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri
xorijiy investitsiyalardir.‖2 Jahon iqtisodiyotining, shu jumladan O‘zbekiston iqtisodiyotining ham
kelgusi taraqqiyoti, asosan, investitsiyalarga bog‘liqligini bugungi kunda har bir bilim sohibi anglab
etganligini nazarda tutsak, hozirgi kunda respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni, xususan
chet el investitsiyalarini kengroq jalb 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning
mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan
iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining
majlisidagi ma‘ruzasi. ―Xalq so‘zi‖. 2015 yil 17 yanvar. 8 etish ularning mamlakatimizda
o‘tkazilayotgan iqtisodiy isloxotlarning samarali ijrosini ta‘minlashning muxim asosiga
aylanganligi bilan bog‘likligini tushunib olish qiyin emas. 3 Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki,
qulay investitsiya iqlimi shakllanmasdan va xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga faol jalb
etmasdan turib, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlar jahon iqtisodiy xamjamiyatiga
muvaffaqiyatli integratsiyalasha olmaydi. Iqtisodiy adabiyotlarda va amaliyotda "investitsiya"
nisbatan aniq va keng qo‘llanilayotgan atama hisoblansa-da, ikkinchi tomondan, uning ko‘p
qirraligi va ziddiyatliligi nafaqat mamlakatimiz, balki xorijiy iqtisodiy adabiyotlariga ham xos.
"Investitsiya" atamasining mohiyatini aniqlashni iqtisodiy adabiyotlarda keng qo‘llaniladigan
ta‘riflarni tahlil etishdan boshlash maqsadga muvofiq. "Investitsiya" tushunchasi bir qator
ma‘nolarga ega bo‘lib, bu qisqacha quyilma degan ma‘noni bildiradi. Yoki buni foyda olish
maqsvdida aktsiya, obligatsiya sotib olish, tovar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan real aktivlarni
sotib olish va ishlab chiqarish hamda intelektual va boshqa moddiy boyliklar uchun sarflanishi


background image

246

tushuniladi, ya‘ni investitsiyalar har qanday vosita bo‘lib, pulning qiymatini saqlaydi, uning
qiymatini ko‘paytiradi, va ijobiy daromad olishni ta‘minlaydi. Demak, investitsiya so‘zi kengroq
ma‘noni anglatib, bunga qo‘shimcha ravishda o‘zlashtirmoq degan ma‘noni ham berar ekan" 3 .
Investitsiya huquqi sohasida ilmiy izlanishlar olib borgan rus olimi A.G.Bogatirev ham yuqoridagi
nuqtai nazarga yaqin pozitsiyani egallaydi. 4 Aynan xarajatlarning ishlab chiqarishga xosligi va
uzoq muddatliligi ko‘p hollarda mualliflar tomonidan investitsiyalar va kapital qo‘yilmalar o‘rtasida
tenglik ishorasini qo‘yilishiga sabab bo‘ladi.

Mulk shakliga ko‘ra investitsiyalar quyidagi turlarga bo‘linadi: xususiy, davlat, xorijiy va

qo‘shma investitsiyalar. Xususiy investitsiyalar fuqarolar hamda mulkchilikning nodavlat xo‘jalik
yuritish sub‘yektlari tomonidan mablag‘lar kiritishdir. Davlat investitsiyalari - markaziy, mintaqaviy
hamda mahalliy hukumat va boshqaruv organlari tomonidan byudjet, byudjetdan tashqari fondlar
hamda qarz mablag‘lari hisobiga, shuningdek, davlat korxonalari tomonidan ularning o‘z va qarz
mablag‘lari hisobiga amalga oshiradigan qo‘yilmalaridir. Xorijiy investitsiyalar daromad olish
maqsadida tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlariga xorijiy investorlar tomonidan kiritiladigan
barcha turdagi mulkiy va intellektual boyliklar majmuasidir. Xorijiy investorlar sifatida xorijiy
yuridik va jismoniy shaxslar, davlatlar va xalqaro tashkilotlar qatnashishi mumkin. Xorijiy
investitsiyalarning bevosita, portfel va boshqa turlari mavjud. Bevosita xorijiy investitsiyalar
xalqaro investitsiya faoliyatining muhim toifasi bo‘lib, bir mamlakat xo‘jalik yuritish birligining
boshqa mamlakatdagi korxonaga barqaror ta‘sir o‘tkazishga intilishini o‘zida aks ettiradi. Barqaror
ta‘sir o‘tkazish deganda bevosita investor va ko‘rsatilgan korxona o‘rtasida uzoq muddatli
munosabatlar o‘rnatish, shuningdek, ushbu korxonani boshqarishda investorning sezilarli roli
tushuniladi. Bevosita xorijiy investitsiyalar Nizom kapitaliga badal, kreditlar va boshqa shakllarda
amalga oshirilishi mumkin. Bevosita investitsiyalash korxonasi korporativ va nokorporativ birlik
sifatida aniqlanadi. Unda investorga kamida 10 foiz oddiy aktsiya yoki aktsionerlar ovozi
(korporativ korxonalar uchun) yoki shunday ishtirokning ekvivalenti (nokorporativ korxonalar
uchun) tegishli bo‘ladi. Shunday qilib, bevosita investitsiyalash korxonasiga investor- rezident 50
foizdan ko‘proq aktsiya yoki ovozga ega bo‘lgan sho‘‘ba-korxona yoki kompaniya, bevosita xorijiy
investor ulushi 50 foiz va undan kam bo‘lgan asotsiatsialashgan korxona, to‘liq yoki qisman
investor tasarrufida bo‘lgan va bevosita investorga tegishli bo‘lgan nokorportativ korxona kiradi. 14
Portfel xorijiy investitsiyalar deganda investitsiyalarning aktsiyalarga, boshqa qimmatli qog‘ozlarga
kiritilishi tushuniladi. Qimmatli qog‘ozlar jumlasiga aktsiyalardan tashqari obligatsiyalar, bonlar,
veksellar, depozit sertifikatlari, bank aktseptlari va qarz yozilmalari kiradi. Bevosita va portfel
investitsiyalarni bir-biridan ajratish uchun amaliyotda quyidagi mezondan foydalaniladi: agar
investor 10 va undan ortiq foiz oddiy aktsiyalarga ega bo‘lsa, bunday investitsiyalar bevosita
investitsiyalar hisoblanadi. Boshqa xorijiy investitsiyalarga bevosita va portfel investitsiyalar
jumlasiga kirmaydigan investitsiya turlari kiradi. Masalan, savdo kreditlari, shuningdek, xalqaro
moliyaviy tashkilotlardan olinadigan kreditlar, bank qo‘yilmalari va boshqalar. Mintaqaviy
belgisiga ko‘ra investitsiyalar mamlakat ichkarisidagi va xorijdagi investitsiyalarga bo‘linadi.
"Mamlakat ichkarisidagi (ichki) investitsiyalar deganda mamlakat hududida joylashgan
ob‘yektlarga investitsiya mablag‘larining kiritilishi tushunilsa, xorijdagi investitsiyalar (tashqi)
mamlakat hududidan tashqarisida joylashgan ob‘yektlarga investitsiyalarni joylashtirish
tushuniladi"

Professor D.G‘. G‘ozibekovning fikricha - "investitsiyalar aniq va noaniq, lekin ehtimoli bor

risklar ostida kapitalni muayyan jarayonlarga, muayyan vaqtga bog‘lash bo‘lib, uning hozirgi
qiymatini saqlash, kapitallashtirish va jamg‘arish maqsadiga qaratilgan" 20 . Investitsiyalar uchun
zaruriy moliyaviy manbalarni topish iqtisodiy o‘sish shartiga aylangan. Bu esa birinchi nabvatda
iste‘mol va jamg‘arma nisbatiga bog‘liq. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishda, o‘z
modelini amalga oshirayotgan O‘zbekiston investitsiyalarni moliyalashtirishning samarali usullari,
mexanizmlari va vositalarini izlashda davom etmoqda. Iqtisodiyotning barcha mulkchilik sektorlari
doirasida investitsiya faoliyatining kuchayishi investitsiya loyihalarini baholash va tanlovni
o‘tkazishni takomillashtirish, investitsiyalash uchun zarur bo‘lgan ishonchli moliyaviy manbalarni
izlab topish bilan bog‘liq bir qator muammolarni hal qilish zaruriyatini ko‘ndalang qilib qo‘yadi.


background image

247

Mamlakat investitsiya faoliyatida ayniqsa xorijiy investitsiya ishtiroki kuchayishi bilan bu
masalalar ahamiyati oshib boradi.

Germaniya rivojlanish kredit agentligi (KFV). KFV iqtisodiyotning turli sohalaridagi (qishloq

xo‘jaligidan tashqari) loyihalarga - texnologiya va uskunalarni sotib olish, ishlab turgan
korxonalarni modernizatsiya qilish va kengaytirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish
uchun kredit beradi. Bu kredit liniyasining qarz oluvchisi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi TIF
Milliy banki hisoblanadi, subqarz oluvchi bo‘lib esa — xususiy, kichik biznes korxonalari
hisoblanadi (Aralash kapitalga ega bo‘lgan qorxonalar bo‘lishi mumkin, lekin boshqaruv xususiy
sektor qo‘lida bo‘lishi kerak). Loyiha eksportga mo‘ljallangan, import o‘rnini bosadigan va
valyutada o‘zini qoplaydigan bo‘lishi kerak. Kreditlashtirish jarayoni 1 yildan 5 yilgacha bo‘lishi
mumkin. Bu kredit liniyasida imtiyozli davr 1,5 yil hisoblanadi. Beriladigan kredit maksimal
summasi 2,5 million YEVROni tashkil etadi, lekin loyiha dastlabki qiymatining 75% idan ko‘p
bo‘lmagan mikdorda beriladi. Bu kreditni olish uchun subqarz oluvchi loyiha dastlabki qiymatining
kamida 25% o‘z mablag‘lariga ega bo‘lishi kerak. Qarz bo‘yicha garov ta‘minoti olinayotgan
kreditning 120% idan kam bo‘lmasligi kerak.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida davlatni ilmiy-texnika siyosatining mohiyati

respublika ichki talabini tez qondiradigan, jahon bozorida raqobatbardosh bo‘la oladigan,
iqtisodiyot tarmoqlarini tubdan yangilanishiga imkon beradigan ilmiy texnologik tadqiqotlarga,
innovatsion jarayonlarga ko‘maklashishdir. Investitsiyalar zamonaviy texnika va texnalogiyalar
bilan kurollanish, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish va aqliy imkoniyatlarini tiklashning asosiy vositadir.
Aynan xorijiy investitsiyalar orqali milliy iqtisodiyot jonlanib, ishlab chiqarish zamonaviy,
raqobatdoshlar tovarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashib boradi. Bu esa o‘z navbatida yangi ish
o‘rinlarining tashkil etilishi va mamlakatdagi mavjud iqtisodiy va ijtimoiy muammolarning hal
bo‘lishiga olib keladi. Investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi huquqiy
sharoitlar yaratish, ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, bu faoliyat sub‘yektlarini
sug‘urtalash va boshqa vositalar orqali ijtimoiy yoki davlat manfaatlarini amalga oshirish yo‘lida
tashkil etiladi. Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad
olish, samaraga erishish maqsadida mutlaq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa
faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir. Xorijiy
investitsiyalar qo‘shma korxonalar tashkil etish, xorijiy investorlarga to‘liq tegishli bo‘lgan
korxonalarni yaratish, xususiylashtirishda qatnashish, xorijiy sheriklar bilan bank tuzish, qimmatli
qog‘ozlarni sotib olishi, er va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqiga ega bo‘lishda, erkin
iqtisodiy hududlarda faoliyat olib borishda juda katta va muhim ahamiyatga egadir. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlarida
investitsiyalarni moliyalashtirishning o‘ziga xos manbalari shakllantirilgan bo‘lib, bunday manbalar
korxonalarning o‘z- o‘zini moliyalashtirish tamoyillariga asoslanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Вахабов А.В, Разикова Г. ―Модернизация экономики‖ Учебное пособие.-/Издателство

―ИҚТИСОД-МОЛИЯ,2014.-Стр. 62,91,109,129,144.

2. Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi oqibatlarining oldini olish va respublikaning barqaror

rivojlanishini ta‘minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar. Barqaror iqtisodiy rivojlanishning
istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlari va 2010 yilgi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlrga erishish omillari
hamda dolzarb masalalari // Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklari rahbarlarining mintaqaviy seminari materiallari. T.: 2010.

3. O‘quv-uslubiy majmua. - Toshkent: Iqtisodiyot. -2011-258 bet. 4 2011 yilning asosiy

yakunlari va 2012 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga
bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi "2012 yil Vatanimiz
73 taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradigan yil bo‘ladi" mavzusidagi ma‘ruzasini o‘rganish
bo‘yicha o‘quv qo‘llanma.- T.: Iqtisodiyot. - 2012., 283 b.

Библиографические ссылки

Вахабов А.В, Разикова Г. ―Модернизация экономики‖ Учебное пособие.-/Издателство ―ИҚТИСОД-МОЛИЯ,2014.-Стр. 62,91,109,129,144.

Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi oqibatlarining oldini olish va respublikaning barqaror rivojlanishini ta‘minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar. Barqaror iqtisodiy rivojlanishning istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlari va 2010 yilgi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlrga erishish omillari hamda dolzarb masalalari // Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlarining mintaqaviy seminari materiallari. T.: 2010.

O‘quv-uslubiy majmua. - Toshkent: Iqtisodiyot. -2011-258 bet. 4 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi "2012 yil Vatanimiz 73 taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradigan yil bo‘ladi" mavzusidagi ma‘ruzasini o‘rganish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma.- T.: Iqtisodiyot. - 2012., 283 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов