Innovatsion tadbirkorlikda korxonalarning faoliyatini jadallashtirish

CC BY f
243-244
0
0
Поделиться
Асланов, М., & Хасанов, Р. (2023). Innovatsion tadbirkorlikda korxonalarning faoliyatini jadallashtirish. Зелёная химия и устойчивое развитие, 1(1), 243–244. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/green-chemistry/article/view/21015
М Асланов, Ташкентский химико-технологический институт

Ассистент

Р Хасанов, Ташкентский химико-технологический институт

Доц.

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Jahon xo‘jalik yuritish amaliyoti zamonaviy iqtisodiyot uchun umumiy bo‘lgan innovatsion tadbirkorlikning rivojlanishining samarali strategiyasini tanlash tendensiyalari va mexanizmlarini aniqlash imkoniyatini beradi.

Похожие статьи


background image

243

4-СЕКЦИЯ. ЗЕЛЕНАЯ ЭКОНОМИКА, ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В

ПОВЫШЕНИИ ЭКСПОРТНОГО ПОТЕНЦИАЛА И

КОНКУРЕНТОСПОСОБНОСТИ ПРОДУКЦИИ, СОВРЕМЕННЫЕ

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ ПРИ ПОДГОТОВКЕ КАДРОВ.


INNOVATSION TADBIRKORLIKDA KORXONALARNING FAOLIYATINI

JADALLASHTIRISH.

Ass .M.Aslanov, Dots.R.S.Xasanov

Toshkent kimyo-texnologiya instituti


Jahon xo‘jalik yuritish amaliyoti zamonaviy iqtisodiyot uchun umumiy bo‘lgan innovatsion

tadbirkorlikning rivojlanishining samarali strategiyasini tanlash tendensiyalari va mexanizmlarini
aniqlash imkoniyatini beradi.

Innovatsion korxonaning ichki parametrlariga va uni bozordagi holatiga mos keladigan

samarali strategiya tanlash xorij tajribasiga tayangan holda SVOT-tahlil natijalariga va qaror qabul
qilish matritsasi asosida amalga oshiriladi.

Tadqiqotlar natijasida innovatsion kichik korxonalar rivojlanishining samarali strategiyasini

tanlashda biz quyidagi korxonalar innovatsion strategiyalarining modelidan foydalanishni tavsiya
qilamiz, ushbu model tadbirkorlik sohasidagi kichik korxonalar oldida turgan barcha innovatsion
jarayonlarning bosqichlarini hisobga oladi. Bu strategiyalarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish
mumkin. ITTKI olib borish strategiyalari va yangiliklarni joriy etish va moslashtirish strategiyalari.

Strategiyalarning birinchi guruhi korxonaning tadqiqot va ishlanmalar olib borishi bilan

bog‘liqdir. Ushbu strategiya g‘oyalardan foydalanish ITTKI investitsiya kiritish, ularning mavjud
mahsulotlar va jarayonlar bilan o‘zaro aloqa xarakterini aniqlaydi.

Strategiyalarning ikkinchi guruxiga ishlab chiqarishni yangilash, bozorga yangi maxsulot

chiqarish, texnologik ustunliklardan foydalanish tizimlari tegishlidir.

Guruxlardagi xar qaysi strategiyalarturlari.

Litsenziyalash strategiyasi.

Ushbu strategiyaga binoan korxona

o‘z

faoliyatini ITTKI soxasida olib boradi. Buning uchun u ilmiy-texnik tashkilotlarning ilmiy-

tadqiqot natijalari litsenziyalarini sotib oladi. Korxona

o‘z

ITTKI amalga oshirish maqsadida

tugallanmagan yoki tugallangan ishlanmalarni istiqbolda tugatish va foydalanish uchun sotib oladi.
Bunday holatda korxona qisqa muddatlarda va kam xarajatlarda ijobiy natijalarga ega bo‘ladi.

Yetakchi tadsisotchi strategiyasi.

Bu strategiya korxonaning ITTKIni asosiy yo‘nalishlarida

uzoq vaqt yetakchilik qilishiga yo‘naltirilgan. Ushbu strategiya ko‘p tovarlar bo‘yicha boshlang‘ich
bosqichlarda 8 qirrali shaklda bo‘lishiga xarakat qilishni va o‘sish bosqichini o‘zida aks ettiradi.

Hayotiylik davriga rioya silish strategiyasi.

Bunday xolatda ITTKI korxona qo‘llayotgan

jarayonga va mahsulotlarning hayotiylik davriga bog‘liq bo‘ladi. Bunday strategiyani qo‘llash
ITTKI natijalarining doimiy zahirasiga ega bo‘lishni taqozo etadi, chunki ITTKI natijalari o‘z

navbatida bozordan chiqayotgan mahsulot va jarayonlarning o‘rnini qoplashga tayyor bo‘lishi
kerak.

Yangiliklarni joriy etish va moslashtirish strategiyalari

quyidagi ko‘rinishlarga ega

bo‘ladi: mahsulot qatorlarini qo‘llab-quvvatlash

strategiyasi eng oddiy strategiyalardan biridir. Uning mohiyati shundaki, korxona ma’naviy

eskirmagan an’anaviy tovarlarni is’temol xususiyatini yaxshilashga harakat qiladi.

Retroyangiliklar strategiyasi.

Bu eskirgan, lekin talabga javob beradigan va

ekspluatatsiyada bo‘lgan vositalarga qo‘llaniladigan strategiya hisoblanadi. Masalan, uzoq
muddatga muljallangan murakkab texnikalar uchun ehtiyot qismlar tayyorlash. Ushbu texnika
ishlab chiqarishdan chiqarilgan bo‘lishi mumkin, lekin ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar talab etishi
va faoliyat yuritishi mumkin. Bu yerda innovatsiya ularni tayyorlash jarayonlarida
takomillashtirishga yo‘naltiriladi.


background image

244

Texnologik pozitsiyani saklash strategiyasi.

Ushbu strategiya kuchli raqobat

pozitsiyasiga ega bo‘lgan, lekin ba’zi sabablarga ko‘ra rivojlanishning turli bosqichlarida
raqobatchilar tomonidan kuchli, kutilmagan hamlalarni boshidan o‘tkazayotgan hamda ishlab
chiqarish va mahsulotni yangilash uchun kerakli mablag‘larga ega bo‘lmagan korxonalarga
tegishlidir. Bunday strategiya uzoq vaqt mobaynida muvaffaqiyatli bo‘la olmaydi. Mahsulot va
jarayonlar immitatsiyasi strategiyasi. Bu strategiyaga asosan korxona texnologiyalarini chetdan
olishi mumkin, bu yerda maxsulot xamda uni ishlab chiqarish jarayonini tashqaridan olish
tushuniladi. Agar foydalanilayotgan texnologiyalar bo‘yicha sotish jarayoni amalga oshirilsa, bu
xolda eskirgan texnologiya yoki maxsulotni sotib olish xavfi tugiladi. Bunday strategiya o‘zining
ilmiy-texnik saloxiyati bo‘yicha raqobatch ilardan ortda kolayotgan xolatlarda yoki

o‘z

biznesini

yangi yo‘nalishlarini ochayotganida samarali bo‘lishi mumkin.

Bossichlardan o‘tish strategiyasi.

Bu texnologik rivojlanishning yuqori bosqichlariga o‘tishni

anglatadi. Ushbu strategiya immitatsion strategiya bilan hamda ilmiy sig‘uvchanligidan oldinda
boruvchi strategiya bilan uzviy bog‘liq.

Texnologik bog‘liqlik strategiyasi.

Korxona texnologik holatda bog‘langan innovatsiyani

amalga oshiradi. Agar korxona ishlab chiqarayotgan maxsulotning 70 % dan ortig‘i texnologik
bog‘langan maxsulot ulushiga to‘g‘ri kelsa, u holda kompaniya texnologik bog‘langan maxsulotni
ishlab chiqariyapti deyish mumkin.

Texnologik transfert strategiyasi.

Bu strategiya vertikal integral tuzilmali bosh korxonalarda

amalga oshiriladi. Bu korxonalar ishlatilgan texnologiyalarni ushbu tuzilma tarkibiga kiruvchi
kichik korxonalarga berishadi. Oxirgi korxona qoidaga binoan taklif etilgan texnologiyalardan
foydalanishga majbur bo‘ladi. Bunday kichik korxonalar strategiyasi vertikal foydalanish
strategiyasi hisoblanadi.

Bozorga rioya qilish strategiyasi.

Bu strategiya rentabellik darajasi yuqori bo‘lgan va hozirgi

vaqtda yuqori talabga ega maxsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga mo‘ljallangan. Bunday
strategiya yangi korxonalarning dastlabki rivojlanish bosqichida, ya’ni ularning aniq missiya va
maqsadlari aniqlanmagan xolatlarda qo‘llaniladi.

Vertikal foydalanish strategiyasi.

Katta vertikal integrallashgan tuzilmalar tarkibiga kiruvchi

kichik korxonalar ushbu tuzilmaning yetakchi korxonasi texnologiyalarini qabul qilishga majbur
bo‘ladi.

Radikal o‘zish strategiyasi.

Bu korxonaning bozorga yangi mahsulot bilan birinchi bo‘lib

chiqishida aks etadi. Bunday strategiya ba’zi hollarda ITTKI ikkita strategiya amalga oshirishga
asos bo‘ladi: yetakchilik va ilmiy sig‘uvchanlikni quvib yetish strategiyasi. Radikal quvib yetish
strategiyasi juda qimmat va tavakkalchilikka boy strategiyadir. Shu bilan bir qatorda ba’zi hollarda
mahsulot va jarayonlar bo‘yicha yangi ishlanmalarga ega bo‘lgan kichik korxonalarda qo‘llash
maqsadga muvofiqdir.

Yetakchini kutish strategiyasi.

Bu strategiya kichik korxona tomonidan yirik yetakchi

korxonalarning mahsulot bozoriga yangi mahsulot chiqarish demakdir. Gap shundaki, dastlab yangi
mahsulotga bo‘lgan talab noma’lum bo‘ladi. Bozorga avvalambor kichik korxonalar chiqadi, agar
bozorga chiqish muvaffaqiyatli bo‘lsa, tashabbusni yetakchi korxona o‘z qo‘liga oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Sh.Mirziyoyev. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta

ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”
da amalga oshirishga oid Davlat Dasturini o‘rganish bo‘yicha ilmiy risola. Toshkent.”O‘zbekiston”.
2017

2. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligini 2008-yil 3-sentyabrda "Aloqa va

axborotlashtirish sohasida innovatsion loyihalarni va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq
etishni rag‘batlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida"gi 258-sonli buyrugi.

Библиографические ссылки

Sh.Mirziyoyev. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” da amalga oshirishga oid Davlat Dasturini o‘rganish bo‘yicha ilmiy risola. Toshkent.”O‘zbekiston”. 2017

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligini 2008-yil 3-sentyabrda "Aloqa va axborotlashtirish sohasida innovatsion loyihalarni va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishni rag‘batlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida"gi 258-sonli buyrugi.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов