260
Фойдаланилган адабиётлар:
1.
Л.В. Голиш, Д.М. Файзуллаева “Педагогик технологияларни лойиҳалаштириш ва
режалаштириш” Тошкент. “Иқтисодиѐт” 2009 й
2.
ENQA. (2015). Standards va Ko’rsatmalar uchun Sifat Kafolat ichida the еvropalik
YuqoriTa’lim hududi (ESG). Bryussel: EURASHE.
3.
Akmalovna, AA., Xotamovich, BA. (2023). Ishlab chiqarish sektorida texnologik yondashuv:
o'qitish va tahlil
Miasto Przyszlości
, pp. 94 -97
4.
https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/1344
O’ZBEKISTONDAGI SUV TAQCHILLIGINING IQTISODIYOTGA TA’SIRI
kat.o’qit. Toxirov A.T., talabalar: B21-16U MNT gr. Sodiqova F.J, Nasriddinov D.Z
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
+998936060766
Inson o'zining butun mavjudligi davomida dunyo haqida to'liq tasavvurga ega bo'lmasdan
va faqat bir lahzalik vazifalarni yaratishga intilgan , xoh u oziq-ovqat ishlab chiqarish, xoh atom
elektr stantsiyasini qurish bo'lsin. Har safar yaratilish va rivojlanish vektori inson o'z ehtiyojlariga
muvofiq foydalanadigan atrof-muhitga qaratilgan. Hozirgi vaqtda insoniyatning muammolari,
resurslarning ortib borayotgan qismini ishlab chiqarishni rivojlantirishga emas, balki atrof-muhitni
saqlashga sarflash kerakligi bilan keskinlashmoqda. Aks holda, uning ifloslanishi yalpi milliy
mahsulotning o'sishini sekinlashtira boshlaydi va uni oshirishga investitsiyalar samaradorligi
pasayadi. Biroq, hozirgacha faqat dunyodagi eng boy davlatlar atrof-muhitni saqlash bo'yicha keng
ko'lamli dasturlarni amalga oshirishga qodir. Eng kambag'al davlatlar bunga qurbi yetmaydi.
Markaziy Osiyo xaritasiga qarasak 75 millionga yaqin aholi yashaydigan katta mintaqani
ko’ramiz. Markaziy Osiyo ekologik jihatdan noqulay berk o’lka. Suvlari tashqariga chiqib
ketmaydigan, Sharq va janub tomonlardan baland tog’lar bilan o’ralganligi sababli havoga
chiqarilgan ifloslovchi moddalar ham tashqariga chiqib keta olmaydi. Ushbu hududda ekologik
muammolar talaygina. Ular ortida murakkab omillar borligi ham sir emas, lekin, tabiatga kelganda
u siyosiy chegara tanlamaydi. Hozirgi kunda mamlakatimiz kelajagiga xavf soluvchi hamda davlat
iqtisodiyoti va aholining turmush darajasiga birdek yomon ta'sir ko'rsatuvchi muammolardan biri bu
cho’llanish, ya’ni suv muammosidir.
Cho’llanish yerning ekin ekilmaydigan yaroqsiz holga kelishi jarayonidir. Bunda
qurg’oqchil iqlimli o’lkalarda ekologik tizimlari buziladi. Ulardagi organik hayotning barcha
shakllari yomonlashadi, bu dunyoning tabiiy iqtisodiy inqiroziga olib keladi. Cho’llanish
qashshoqlikni keltirib chiqaradi. Har yili dunyo bo’ylab 12 million gektar, 1 daqiqada esa 23 gektar
yer cho’llanadi. Bizning hududdagi yerlar esa 1 daqiqada 9 kv.metr cho’llanishga moyilligi bor.
Hozirgi kunda butun yer yuzining 75%i cho’llangan, agar bu tahdid davom etaversa 2050-yilga
borib ushbu ko’rsatkich 95%ga yetishi prognoz qilinmoqda.
Quyidagi su'ratlarda O'zbekistonning hozirgi kundagi cho’llanish darajasi holati hamda
kelajakda kutilayotgan prognozlarni ko'rish mumkin:
261
1-raasmda O’zbekistonning hozirgi kundagi holati ko’rsatilgan. Ushbu hududdan 80ga yaqin
quruq va ho’l meva yetishtirib, 180ga yaqin mamlakatga eksport qiladi. Agarda biz o’z vaqtida
cho’llanishga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirmasak, 2-su’ratdagi holatga kelib qolamiz va bu
o’z navbatida qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksport hajmiga ta’sir etmay qolmaydi.
Jahon Bankining iqlim o’zgarishini baholashga qaratilgan taqdimotida, O’zbekistondagi
yillar davomida o’rtacha haroratning o’zgarish sur’atni ko’rish mumkin:
Grafikdan yaqqol ko’rinib turibdiki, 1901-yildan to hozirgi kunga qadar o’rtacha yillik
harorat oshib kelmoqda va bu suv resurslarining kamayishi hamda cho’llanish darajasining oshib
borishiga bevosita ta’sir qiladi. Jumladan, BMT Jahon cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurash
tashkiloti o’tgan yilgi e’lon qilgan prognozlar juda kata raqamlardir va tabiiyki, xavotirli jihatlar
yurtimiz iqlim sharoiti, xususan, suv ta’minoti barqarorligiga ham taalluqlidir. Buni birgina so’nggi
15 yilda yurtimizda yog’ingarchilik miqdori 25%ga qisqargani ham tasdiqlaydi.
Umuman olganda bizning hududda suvning kata qismi sug’orishda ishlatiladi va aynan
vegetatsiya davrida suv tanqisligi kuzatiladi. Masalan, oxirgi yillarda sug’orish mavsumida
hududlarda suv ta’minoti me’yorga nisbatan 25% kam bo’lishi kuzatildi. Bu qariyb 8-10 milliard
metr kub suv tanqisligiga olib keldi.
Mutaxassislar fikriga ko’ra, O’zbekistonda yaqin kelajakda suv tanqisligi 7 milliard metr
kub, 2050-yilda 12-13 milliard metr kub bo’lishi taxmin qilinmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 1
tonna soya ishlab chiqarish uchun 4124 kub metr va shuncha qoramol go‘shtini etishtirish uchun
15500 kub metr, 1 tonna guruch yetishtirish uchun 3082 kub metr, 1 tonna bug‘doy yetishtirish
uchun esa 2375 kub metrgacha suv sarflanadi. Quyidagi jadvalda O’zbekiston kutilayotgan suv
tanqisligidan qancha iqtisodiy zarar ko’rishi mumkinligini tahlil qilishga harakat qilganmiz:
262
Mahsulot
nomi
15.05.202
3
holatidagi
narxi ($)
1 tonna
mahsulot
uchun
talab
qilinadiga
n suv
miqdori
kub.m
7 millard k.m
bo'lganda
yo'qotilayotg
an mahsulot
(tonna)
7 milliardga
teng suv
yetishmovchi
ligida ($)
12.5
milliard k.m
bo'lganda
yo'qotilayot
gan
mahsulot
(tonna)
12.5
milliardga
teng suv
yetishmovc
hiligida ($)
soya
527.26
4124
1697381.18
894961201
3031037.83 1598145006
qoramol
go'shti
5820
15500
451612.903
2628387095 806451.613 4693548388
guruch
431
3082
2271252.43
978909797.3 4055807.92 1748053214
bug'doy
437.95
2375
2947368.42
1290800000 5263157.89 2304999998
Jami
-
-
7367614.933
5793058093
13156455.2
5
1034474660
5
Yaqin yillarda kuzatilishi mumkin bo’lgan 7 millard kub metr bo’lgandagi iqtisodiy zarar
o’rtacha 1 448 mln dollar, 2050-yildagi 2 586 mln dollarga teng bo’lishi kutilayapti. Bu albatta katta
raqam hisoblanib, hozirgi kundagi YaIM’ning 1,8%idan 3%igacha qismini tashkil qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
G’ulomov P., Vahobov H. O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi. O’zbekiston tabiiy geografiyasi. –
T.:2017
2.
https://urok.1sept.ru
3.
https://kun.uz/86909122
4.
https://www.uznature.uz