ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue1, Iyun 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
716
YANGI O’ZBEKISTON SHAROITIDA YOSH AVLOD TARBIYASIDA MA’NAVIY
MEROSIMIZNING TUTGAN O’RNI.
N.Muzaffarov
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti o’qituvchisi
Bugungi kunda O’zbekiston har tomonlama rivojlanib jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar
qatoridan o’rin olmoqda. Yangilanayotgan O’zbekistonni yanada taraqqiy ettirish bu o’z
navbatida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hamda ta’lim, tarbiya sohalarida tub
o’zgarishlarni talab etadi. O’zbekistonning o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishishi bu ko’p
jihatdan bugungi kunda oliy o’quv yurtlarida o’qib ulg’ayayotgan aql-idrokli, kuch-g’ayratli,
ma’naviy jihatdan yetuk bo’lgan yoshlarga bog’liqdir. Chunki ma’naviyatli yoshlar
yangilanayotgan O’zbekistonning kelajagidir. Shuning uchun Prezident Sh.Mirziyoyev “Yuksak
ma’naviyatli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga, o’z mustaqil ikriga ega bo’lgan yoshlarni
milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash biz uchun eng muhim masalalardan biridir.
Bu borada biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an’analarimizga, ajdodlarimizning boy
ma’naviy merosiga tayanamiz
,”- deb takidlaydi.
Darhaqiqat, jahon ilm-fani taraqqiyotiga, milliy ma’naviyatimiz taraqqiyotiga ulkan hissa
qo’shgan buyuk allomalarimiz tomonidan qoldirilgan ma’naviy merosimiz har bir jamiyat
a’zosining dunyoqarashini, ayniqsa yoshlarning dunyoqarashini ularning ijtimoiy hayotda
faollashib borishlariga xizmat qiladi.
O’zbekiston kelajagida katta rol o’ynaydigan har tomonlama yetuk avlodni voyaga
yetkazishning imkoniyatlari xilma-xil bo’lib, ular orasida ma’naviy meros alohida o’rin tutadi.
Tarixdan ma’lumki qadimiy madaniyat va sivilizasiyalar chorrahasi bo’lgan yurtimiz zaminidan
o’rta asrlarda minglab olimu ulamolar, buyuk mutafakkir va shoirlar, aziz avliyolar yetishib
chiqqan. Ular tomonidan aniq fanlar va diniy ilmlar sohasida qoldirgan bebaho merosi butun
insoniyatning ma’naviy mulki hisoblanadi.
Hozirgi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 100 mingdan ortiq qo’lyozmalar,
ularda mujaslamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, ahloq, falsaa, tibbiyot, matematika,
minoralogiya, kimyo, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid asarlar
mavjud. Afsuski, bu nodir kitoblar hali to’liq o’rganilmagan, ular olimlar va o’z o’quvchilarini
kutub turibdi. Chunki bu noyob asarlarda bugungi davr o’rtaga qo’yayotgan juda ko’p dolzarb
muammolarga javob topish mumkin. Shuningdek, islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini
chuqur ochib beradigan, barcha odamlarni ezgulik, mehr-oqibat va hamjihatlik yo’lida
birlashishga davat etadigan teran ma’noli fikr va g’oyalar bugun ham o’z qimmati va ahamiyatini
yo’qotgan emas.
Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Dorimiy, Imom Termiziy, Abu-l-Lays Samarqandiy,
Kaffol Shoshiy, Abu-l-Mu’in Nasafiy, Zamaxshariy, Baxouddin Naqshband, Burxoniddin
1
Шавкат Мирзиёев Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз.
1 том. Тошкент, “Ўзбекистон”, 2019 8-89 бет.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue1, Iyun 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
717
Marg’inoniy singari islomshunos mutafakkirlarning ma’naviy merosi bugungi kundagi dolzarb
ijtimoiy masalalarni yechishda asqotadi, ularning insonparvarlik, vatanparvarlik, axloqparvarlik
g’oyalari bugungi kundagi manfaatparaslik botqog’iga g’arq bo’layotgan vatandoshlarimizni
jaholat changalidan qutqarishda muhim ma’naviy tayanch bo’lib xizmat qiladi.
Ayniqsa ma’naviy merosimiz ilm-fan sohasida erishilgan yutuqlar bilan boyitib borilsa, yangi
innovasion usullardan foydalanilsa, ko’plab ijodiy natijalar keltirib chiqaradi. Inson
barkamolligining yetukligi asosiy zaminlaridan biri doimo ma’naviyat bo’lib kelgan. Shuning
uchun ham ajdodlarimiz jamiyat ma’naviy hayotini yuksaltirishga doimo katta e’tibor berib
kelganlar.
Shu bois hozirgi davrning eng asosiy vazifalaridan biri yoshlarni yangi O’zbekiston kelajagi
uchun xizmat qiladigan fidoyi insonlar sifatida tarbiyalab borishdir. Mana shunday jarayonda
ajdodlarimiz tomonidan to’planib kelingan boy hayotiy tajribalarning, ma’naviy merosning
ahamiyati kattadir.
Foydalangan adabiyotdir
.
1.
Shavkat Mirziyoyev. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko’taramiz. 1 tom. Toshkent, “O’zbekiston”, 2019.
2.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. Toshkent: “Ma’naviyat”, 2008.
3.
Salimov O., Qurbonboyev Q., Bekmurodov M., Tangriyev L., Milliy tiklanishdan milliy
yuksalish sari. Toshkent “Yoshlar nashriyoti uyi”, 2019.