Авторы

  • N.Muzaffarov
    Iqtisodiyot va pedagogika universiteti o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.119622

Ключевые слова:

x

Аннотация

x


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue1, Iyun 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

705

O’ZBEKISTON TARIXI FANINI O’QITIShDA TARIXIY MAVZUDAGI

MINIATYURA SAN’ATI MATERIALLARIDAN FOYDALANISh ZARURIYATI

N.Muzaffarov

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti o’qituvchisi

O’zbekiston suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatida o’zining munosib o’rnini egallab,

dunyoga tanilayotgan O’zbekistonning tarixi va milliy merosi shunchalar boyki, u bilan

faxrlanish, uni avaylab-asrash, boyitish va bilish hissi har bir shaxsning fuqarolik burchidir. Zero,

O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I. Karimov ta’biri bilan aytganda, “Tarixsiz

kelajak bo’lmagani kabi vatanimiz o’tmishini bilmay turib porloq kelajak qura olmaymiz”

1

.

Shunday ekan, bugungi kunda tarixni ilmiy o’rganish, unga xolisona yondashish va aniq

manbalarga tayangan holda talqin etish jarayoni olimlar, tadqiqotchilar, shuningdek ta’lim tizimi

vakillari oldiga yuksak mas’uliyat yuklaydi, ya’ni “Ma’naviy jihatdan barkamol insonni

tarbiyalash, ta’lim va maorif tizimini takomillashtirish, milliy uyg’onish g’oyasi asosida

ma’naviy va ruhiy jihatdan yangi avlodni voyaga yetkazish–davlatimizning eng muhim

vazifalaridan biridir”

2

.

Bu ta’limiy vazifa mamlakat rivojining zamonaviy bosqichida yanada dolzarblashib bormoqda.

Zero, Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Mamlakatimizda sog’lom va barkamol

avlodni voyaga yetkazishda hal qiluvchi o’rin tutadigan ta’lim-tarbiya sohasidagi ishlar ko’lami

tobora ortib bormoqda”

3

.

Bu sohada tarixiy manbalardan foydalanish ham alohida dolzarblik kasb etadi. Ta’lim-tarbiya

sohasida ishlarning ko’lamini ortishi bilan birga uning sifati va samaradorligini oshishi masalasi

zamonaviy ta’limning ustuvor vazifalaridan biri bo’lib qolmoqda. O’zbekiston umumta’lim

maktablarida tarix kurslarini mazmunini tanlash tamoyillarini va murakkablashgan tartibi hamda

maqsad haqidagi an’analarni jamiyatimizning ta’limiy ehtiyojlari tuzilmasida yana bir bor sinov

o’tkazib olish zarur bo’ldi. Tarixiy haqiqatning qaror topayotganiligi mamlakatda ijtimoiy

hayotning demokratlashtirish, xalqlarning milliy jihatdan o’zini anglashining o’sganligi,

jamiyatda tutgan o’rni va tarixiy rolini yaxshi tushunish, tarix fanining zamonaviy ilmiy

yutuqlari maktablarda tarixdan bilim berish jarayonidan qaytadan va yangitdan idrok qilinmoqda.

O’zbekiston umumta’lim maktablarida tarix fanini o’qitish samaradorligini oshirishga quyidagi

ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalar hal qilinsagina erishish mumkin:

-

tarixiylikni tarbiyalash - o’quvchilar o’tmish va bugungi kunga oid voqyealarni birbiriga

bog’liq holda tushunish va baholashi ulardan ijodiy fikrlash, ilmiy obyektivlikka intilish,

1

Каримов И. Баркамол авлод - Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. // Каримов И.Хавфсизлик ва барқарор тараққиёт

йўлидан. 6-жилд. – Т.: Ўзбекистон, 1998. 27-28 бетлар.

2

Мирзиёев Ш. М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. – Т.: Ўзбекистон,

2016.- 30-бет.

3

Ўша жойда.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue1, Iyun 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

706

mamlakat bo’ylab va butun jahon tarixidagi miniatyurasan’at asarlarini, tarixiy jarayonlarni tahlil

qilish qobiliyatini shakllantirishni, tarixiy manbalarni mustaqil o’rganish asosida shaxsiy

xulosalar chiqarishga intilish;

-

o’quvchilarda tarixdagi muammolarni anglab yetish qobiliyatlarini hosil qilish,

umumta’lim maktablarida tarixni o’rganish o’quvchilarda tarixiy voqyea va shaxslarga ma’naviy

baho berishni bilishni hosil qilishga imkon berish;

-

O’zbekistonning madaniy boyliklari, xalqimizning ijtimoiy - diniy an’analarining yaxshi

biladigan, o’z xalqini tarixiy va madaniy yodgorliklarini targ’ib qilishni biladigan va ulardan

faxrlanadiganlarni, qadimiy yodgorgorliklarni muhofaza qilishda faol qatnashadigan

vatanpravarlarni tarbiyalash;

-

turli mamlakat va xalqlarning tarixini biladigan, boshqa millatlarning madaniyatiga

hurmat bilan munosabatda bo’ladigan xalqlarning o’zaro madaniy ta’siri va o’zaro munosabatini

progressiv ahamiyatini tushunadigan e’tiqodli baynalminalchilarnimillatlararo muomala

madaniyati sohiblarini tarbiyalash va boshqalar.

Umumta’lim maktablarida tarix o’qitish tizimida tarixning boshlang’ich kursi alohida rol

o’ynaydi. Bu dastlab o’quvchilarni tarix fani bilan tanishtirish, o’z vatani o’tmishini bilish bilan

belgilanadi. 7-sinf o’quvchilari mohiyati jihatidan kichik yoshdan o’smirlik yoshiga o’tayotgan

bolalardir. Ular psixologik jihatdan emosional ta’sirga beriluvchi bo’ladilar. Bu yoshda abstrakt

tarixiy tushunchalarni umumlashtitirish qiyin kechadi. Shuning uchun bu davrda ijobiy ma’noda

o’quvchilarga emosional ta’sir etuvchi manbalar, omillardan foydalanish zarur. Shu ma’noda

miniatyura san’at asarlaridan tarixni o’qitish jarayonida foydalanish muhim didaktik ahamiyat

kasb etadi. Ayni paytda ta’kidlash joizki, tarix darslarida miniatyura san’at asarlaridan

foydalanishda mantiqiy aloqadorlik tamoyiliga amal qilish zarur. Shu bilan birga o’quvchilarni

tarixiy mavzudagi miniatyura san’at asarlari bilan tanishtirishda miniatyura san’at vositalari

induktiv tamoyil bo’yicha tanishish va noma’lum materiallar, tarixiy fakt va voqyealar asosida

tasvirlangan bo’lishi talab etiladi. 13-14 yoshdagi o’quvchilarning bilish qobiliyatlari tarixiy

voqyealarni konkretlashtirishni talab qiladi. Ularni konkret davr odamlarining ijtimoiy

tiplarining yorqin tavsifnomasini umumlashtiruvchi obraz misolida uning qanday bo’lgani, nima

bilan shug’ullangani, uni o’rab turgan atrof muhit qanaqa bo’lganligini ko’rsatish kerak bo’ladi.

Bu masalada V.S.Murzayev “Siz o’quvchilarni miniatyura san’at asarlarini puxta o’zlashtirib

olsin desangiz o’quvchilarning sezgi a’zolaridan mumkin qadar ko’prog’ini o’rganilayotgan

narsaga jalb etishingiz kerak. Ko’rish a’zolarini orqali o’quvchilar ko’rgazmali qurollarni yaxshi

eslab qolishadi”.

deb yozgan edi.

4

Mamlakatimiz hukumati tarixni tarbiyaviy rolini anglab, Xalq ta’limi vazirligi va O’zbekiston

Fanlar akademiyasi zimmasiga O’zbekiston xalqlar tarixining yangi dasturi darslik hamda

qo’llanmalarni yaratish vazifalarini yukladi. Bu dastur, darslik va qo’llanmalar yaratildi ham.

Respublikamizda amalga oshirilayotgan tarix ta’limi amaliyoti, shuningdek darslarda

o’qituvchilarimizni ma’ruzalaridan shu narsa ko’rinib turibdiki, ular darsliklardagi

ma’lumotlardan nariga o’tishmayapti, qo’shimcha manbalardan kam foydalanmoqdalar, ya’ni

ular o’z imkoniyatlari darajasidagina harakat qilishmoqdalar. Ayni paytda umumta’lim

maktablarida tarix fanida miniatyura san’at asarlaridan foydalanishni amalga oshirish esa muhim

pedagogik muammolardan biridir.

4

Мурзаев В.С. Тарих ўқитишда синф доскасига солинадиган расмлар.



Ўқитувчилар учун қўлланма. – Тошкент:

Ўқитувчи, 1952.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue1, Iyun 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

707

Tarixiy miniatyura san’at manbalari umumta’lim maktablarida foydalanishni amalga oshirilishi

tarixiy hodisalarning bir yoqlama talqinida qutilib, xilma-xil fikrlash, tafakkur yuritishga,

shuningdek, tarix fanida shakllangan bir tomonlama qarashlardan holas bo’lishda ijobiy ta’sir

qiluvchi samarali vositaga aylanadi. Zero, dono xalqimizning “yuz marta eshitgandan bir marta

ko’rgan afzal”, degan hikmatli maqolini amaliy ifodasini miniatyura san’at asarlari vositasida

amalga oshirish mumkin. Hayot sinovlaridan o’tib sayqal topgan bu so’zlar zamirida tarix va

hayot haqiqati yotadi. Demak, miniatyura san’at manabalari ham o’lkamizning o’tmish fojeasini

ham, baxtli taqdir, kechmishlarini tarix haqiqati, ashyoviy dalillari sifatida o’zida namoyon

qiladi. Shunday ekan, bu manbalar tarix mulkidir, gap shu mulkni ta’lim-tarbiyaning mazmuniga

qanday olib kirishda qolgan. Bu o’qituvchilarning miniatyurasan’at sohasidagi bilimlari, fanga

nisbatan fidoyiligi va qolaversa, ijodkorligiga bog’liqdir.

Miniatyura san’at asarlarini darslardan tashqari kam o’rganilishi o’quvchilarni qiziqishi uchun

pedagogik jihatdan tor yondashganligimiz bilan izohlanadi. Lekin bunday yondashish

o’quvchilarning tarixiy tasavvurlariga salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun tarix kursini

uyg’unlashtirish masalasida doimo ilmiy pedagogik fikr yuritiladi. Bu masala keyingi yillarda

yuqori sinflar uchun muhim ahamiyat kasb eta boshladi.

Darsda va darsdan tashqari o’qishda miniatyura san’at asarlari vositasida ta’lim samaradorligini

oshirishda yaxshi samara beruvchi metod va vositalar hamda ularning pedagogik jihatdan

maqsadga muvofiqligini ta’minlash jarayonning muhim didaktik shartlaridan biridir.

Tarixiy bilim xolis asosga qurilgan va ijobiy mazmun kasb etganda millat, birinchidan o’zining

tarixiy ildizlarini teran anglashi, o’tmishda ro’y bergan jarayonlarni tahlil etish orqali, ulardan

zarur xulosalar chiqarish, real voqyeylikni keltirib chiqargan sabablar, omillarni chuqqurroq

anglash orqali ertangi kunning optimal yo’llarini belgilash imkoniga ega bo’lishi milliy tarixiy

xotira rivojiga ta’sir ko’rsatishiga asoslangan

5

.

Tarixiy mavzudagi miniatyura san’at asarlari xilma xil bo’ladi. Bular darak, xabar tarzidagi

asarlar o’z davriga taalluqli bo’lgan voqyea va hodisalardan iboratdir. Tarixiy mavzudagi

miniatyurasan’at asarlarini o’rganishning qiyinligi va osonligi uning to’g’ridan-to’g’ri,

mazmuniga, qanday xilda ekanligiga bog’liq. Tarixiy kitoblarga chizilgan miniatyura san’at

asarlari ustida ishlash muayyan darajada murakkabligi bilan ajralib turadi. Darak tarzidagi va

adabiy xarakterdagi miniatyura san’at asarlarini boshqalarga nisbatan anglash osonroq bo’lib,

o’zining darak bildiruvchi shakldagi bo’lishi tufayli o’zlashtirib olish uchun qulaydir. Shuning

uchun ham tarixiy mavzudagi miniatyurasan’at asarlaridan foydalanishni zarur deb hisoblash

bilan birga qaysi xildagi san’at asarlarini, nima uchun va qay yo’sinda ishlatish ham pedagogik

muammo hisoblanadi.

Tarixiy mavzudagi miniatyurasan’at asarlarisiz o’quvchilarda mazmunli tasavvur yaratib

bo’lmaydi. O’qituvchining so’zi, hujjatlardan olingan parcha yoki tarixiy roman yozuvchining

badiiy tasvirlari qanchalik yorqin va ravshan bo’lmasin, o’quvchilar ongida o’tmish

zamonlardagi hayot to’g’risida to’g’ri va aniq tasavvur hosil qilish uchun so’zning birgina o’zi

5

Абдуллажонова Д.С. Миллий тарихий хотиранинг моҳияти ва ривожланишининг ўзига хос хусусиятлари. – Тошкент: –

2006.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue1, Iyun 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

708

kifoya qilmaydi. “Tasavvurning to’la bo’lishi uchun o’quvchiga manzarani faqat og’zaki gapirib

qo’ya qolmay, balki unga haqiqiy manzarani taqdim qilish kerak”

6

.

Tarixni o’qitishda tarixiy mavzudagi miniatyura san’at asarlaridan foydalanishdan asosiy maqsad

o’tmish to’g’risidagi tasavvurlarga muqobil keladigan va to’la qimmatga ega bo’lgan haqiqiy

manzaralar yaratishdan iborat. Shuning uchun agar tarix darsligida bayon etilgan o’tmish

voqyealarni ko’z oldiga keltirishga yordam beradigan suratlar bilan ta’minlangan bo’lsa, uning

ta’limiy qimmati ham ortadi. Fransuz metodist-tarixchisi Laviss shu fikrni tasdiqlab, “Har bir

tarix kitobi suratlar bilan ta’minlansin”, degan talabni ilgari surdi. Tarixiy mavzudagi

miniatyurasan’at asarlari o’tmish to’g’risida tasavvur hosil qilishga yordam berib, o’tmishni

tushunishni ham yengillashtiradi. Bu fikrni Laviss “O’quvchilar ko’rib turgan bo’lganlari uchun

tushunadilar”, deb qayd etgan.

O’quvchilarda tarixiy miniatyura san’at asarlariga qiziqishning mavjudligi ham muhimdir. Bu

o’sib borayotgan ongning yangidan-yangi narsalarni ko’rib taassurot olishga bo’lgan kuchli

talabi bilan bog’liq bo’ladi. Odatda yosh kitobxon kitob bilan tanishishni uning suratlarini

kuzatishdan boshlaydi.

Demak, tarixiy mavzudagi miniatyurasan’at asarlari tarix fanini o’qitishda:

o’tmish to’g’risidan to’g’ri tasavvur hosil qilish uchun zarur;

o’tmishni tushunishni yengillashtiradi;

bilimning mustahkamlanishiga yordam beradi;

bayon qilingan tarixiy mavzudagi miniatyurasan’at asarlariga o’quvchilarni qiziqishini oshiradi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tarixiy mavzudagi miniatyura san’at asarlari vaqt va

muhitning badiiy talqini, tarixning turli qirralarini badiiy bo’yoqlar yordamida o’quvchilar ko’z

o’ngida yanada yorqinroq chizilishiga, tarixiy voqyealar mazmunini to’laligicha esda saqlab

qolishga va o’quvchilarga o’tmishning ibratomuz voqyealar asosida tarbiya berishga xizmat

qiladi. Afsuski maktablarda miniatyura sa’nat asarlari yetarli emas. Mavjud bo’lgan taqdirda

ham o’qituvchilar ulardan samarali foydalanish yo’llarini bilmaydilar. Chunki, tarix darslarida

miniatyurasan’at asarlaridan foydalanish bo’yicha metodik tavsiyalar, o’quv qo’llanmalar yetarli

emas. Shuning uchun ham tarix darslarida miniatyurasan’at asarlaridan foydalanish pedagogik

muammo hisoblanadi.

Demak, O’zbekiston tarixi fanini o’qitishda tarixiy mavzudagi miniatyura san’at asarlaridan

foydalanishning tizimi va mazmuni ishlab chiqilmaganligi, o’qituvchilar uchun miniatyurasan’at

asarlaridan foydalanish usullari xususida metodik tavsiyalar yetarli emasligi, umumta’lim

maktablarida tarixiy mavzudagi miniatyura san’at asarlarining zaxirasi kamligi, miniatyura

san’at asarlaridan tarix darslarida foydalanishning samaradorligini pastligi, ilmiy-metodik

jihatdan asoslanmaganligi kabi ko’plab pedagogik muammolar mavjud. Bu muammolarni hal

etish maxsus pedagogik ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishni talab etadi.

6

Рустамов М. Ўзбекистон тарихини ўқитишда бадиий адабиётлардан фойдаланиш. – Тошкент: Ўзбекистон, 1990.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue1, Iyun 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

709

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. – T.: Sharq, 1998.

29 b.

2. Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo

etamiz. – T.: O’zbekiston, 2016.

3. Murzayev V.S. Tarix o’qitishda sinf doskasiga solinadigan rasmlar.

O’qituvchilar uchun

qo’llanma. – Toshkent: O’qituvchi, 1952.

4. Abdullajonova D.S. Milliy tarixiy xotiraning mohiyati va rivojlanishining o’ziga xos

xususiyatlari. – Toshkent: – 2006.

5. Rustamov M. O’zbekiston tarixini o’qitishda badiiy adabiyotlardan foydalanish. – Toshkent:

O’zbekiston, 1990.

Библиографические ссылки

Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. – T.: Sharq, 1998. 29 b.

Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – T.: O’zbekiston, 2016.

Murzayev V.S. Tarix o’qitishda sinf doskasiga solinadigan rasmlar. O’qituvchilar uchun qo’llanma. – Toshkent: O’qituvchi, 1952.

Abdullajonova D.S. Milliy tarixiy xotiraning mohiyati va rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari. – Toshkent: – 2006.

Rustamov M. O’zbekiston tarixini o’qitishda badiiy adabiyotlardan foydalanish. – Toshkent: O’zbekiston, 1990.