YASHIL IQTISODIYOT VA BARQAROR RIVOJLANISH-EKOLOGIK TOZA IQTISODIYOT MODELI VA UNING IJTIMOIY HAMDA IQTISODIY TA’SIRI

Annotasiya

Ushbu maqolada yashil iqtisodiyotning mazmuni, uning barqaror rivojlanishdagi o‘rni va O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilingan. Maqolada yashil iqtisodiyotning afzalliklari, uning ijtimoiy va iqtisodiy ta’siri, shuningdek, ekologik muammolarni hal etishdagi roli yoritib berilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
112-113
25

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Saparova To’tixon. (2025). YASHIL IQTISODIYOT VA BARQAROR RIVOJLANISH-EKOLOGIK TOZA IQTISODIYOT MODELI VA UNING IJTIMOIY HAMDA IQTISODIY TA’SIRI. Ilm Fan Xabarnomasi, 6(1), 112–113. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/ifx/article/view/69507
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada yashil iqtisodiyotning mazmuni, uning barqaror rivojlanishdagi o‘rni va O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilingan. Maqolada yashil iqtisodiyotning afzalliklari, uning ijtimoiy va iqtisodiy ta’siri, shuningdek, ekologik muammolarni hal etishdagi roli yoritib berilgan.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

112

YASHIL IQTISODIYOT VA BARQAROR RIVOJLANISH-EKOLOGIK TOZA

IQTISODIYOT MODELI VA UNING IJTIMOIY HAMDA IQTISODIY TA’SIRI

Saparova To’tixon

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti

Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti Buxgalteriya hisobi va audit 1-kurs talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada yashil iqtisodiyotning mazmuni, uning barqaror rivojlanishdagi

o‘rni va O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilingan. Maqolada yashil

iqtisodiyotning afzalliklari, uning ijtimoiy va iqtisodiy ta’siri, shuningdek, ekologik

muammolarni hal etishdagi roli yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar:

Yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, ekologik innovatsiyalar, qayta tiklanuvchi

energiya, chiqindilarni qayta ishlash, yashil investitsiyalar.

So’nggi yillarda global miqyosda ekologik muammolar va iqlim o’zgarishlari insoniyat oldida

dolzarb masalalardan biriga aylandi. Ushbu muammolarni hal etishda yashil iqtisodiyot

konsepsiyasi muhim ahamiyat kasb etmoda. Yashil iqtisodiyot – bu iqtisodiy o’sishni ta’minlash

bilan birga, atrof muhitni muhofaza qilish va ijtimoiy adolatni ta’minlashga qaratilgan

iqtisodiyot modelidir. Yashil iqtisodiyot atamasi iqtisodiy faoliyatning ekologik barqarorlik va

ijtimoiy farovonlikni ta’minlashga yo’naltirilganligini anglatadi.

Bu modelning asosiy tamoyillari:

Resurslardan samarali foydalanishni ta’minlaydi. Tabiiy resurslarni tejash va ukarni qayta

tiklashga e’tibor qaratish.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish: Quyosh, shamol, gidro va boshqa

qayta tiklanuvchi energiya manbalarni rivojlantirish.

Chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlash: Ishlab chiqarish va iste’mol jarayonlarida

chiqindilarni minimallashtirish va ularni qayta ishlah tizimlarini joriy etish.

Ijtimoiy adolat va inklyuzivlik: Iqtisodiy o’sishdan barcha qatlamlarning manfaatdor

bo’lishini ta’minlash.

Yashil iqtisodiyot yangi ish o’rinlarini yaratish, innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish va

energiya samaradorligini oshirish orqali iqtisodiy o’sishga hissa qo’shadi. Atrof-muhitning

yaxshilanishi aholining sog’ligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, bu esa mehnat unumdorligini oshiradi

va sog’liqni saqlash xarajatlarini kamaytiradi. Shuningdek, yashil iqtisodiyot ijtimoiy tenglikni

ta’minlashga yordam beradi, chunki u barcha qatlamlarning iqtisodiy o’sishdan manfaatdor

bo’lishini ko’zda tutadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va

yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qildi. Bu tashabbus mamlakatda ekologik muammolarni hal

qilish, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash va energiya resurslaridan oqilona

foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va ekologik toza

texnologiyalarni joriy etish yo’nalishida sezilarni o’zgarishlarni amalga oshirishni


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

113

rejalashtirmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi Barqaror rivojlanish haftaligi

sammitida quyidagilarni ta’kidladi:

“Kam uglerodli rivojlanish bo’yicha uzoq muddatli strategiya va Yashil moliyalahtirish milliy

dasturini ishlab chiqdik. Investitsiya loyihalarida Yashil komponentlarni kelgusi besh yilda 50

foizgacha ko’paytiramiz”.

O‘zbekiston yashil iqtisodiyotga o‘tish orqali nafaqat ekologik muammolarni hal qilish, balki

iqtisodiy rivojlanishning yangi bosqichiga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Zero, barqaror

taraqqiyot faqatgina iqtisodiy o‘sish bilan emas, balki ekologik va ijtimoiy muvozanatni saqlash

bilan ham bog‘liqdir. Shu bois, bu yo‘nalishda islohotlarni yanada jadallashtirish va xalqaro

tajribalarni o‘zlashtirish mamlakat kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega. Yashil iqtisodiyotga

o‘tish nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo uchun muhim jarayon hisoblanadi. Bu model

ekologik barqarorlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan samarali foydalanish, iqlim o‘zgarishining

oldini olish hamda iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy farovonlikni oshirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.United Nations Environment Programme (UNEP). (2011). Towards a Green Economy:

Pathways to Sustainable Development and Poverty Eradication.

2.OECD. (2015). Green Growth Indicators 2015.

3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Abu-Dabi Barqaror rivojlanish

haftaligi sammitidagi nutqi. (president.uz)

4.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2023). "Yashil iqtisodiyot" konsepsiyasi

bo‘yicha milliy strategiya.

5.IPCC (Intergovernmental Panel on Climate Change). (2021). Climate Change 2021: The

Physical Science Basis.

Bibliografik manbalar

United Nations Environment Programme (UNEP). (2011). Towards a Green Economy: Pathways to Sustainable Development and Poverty Eradication.

OECD. (2015). Green Growth Indicators 2015.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Abu-Dabi Barqaror rivojlanish haftaligi sammitidagi nutqi. (president.uz)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2023). "Yashil iqtisodiyot" konsepsiyasi bo‘yicha milliy strategiya.

IPCC (Intergovernmental Panel on Climate Change). (2021). Climate Change 2021: The Physical Science Basis.