POLIANILIN DISPERSIYALARINI TAYYORLASH

Abstract

x

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
28-29
23

Downloads

Download data is not yet available.
To share
D.A.Karimova,D.O.Ruzikulova,M.F.Umarqulova. (2025). POLIANILIN DISPERSIYALARINI TAYYORLASH. Научный информационный бюллетень, 6(1), 28–29. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/ifx/article/view/69526
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

x


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

28

POLIANILIN DISPERSIYALARINI TAYYORLASH

D.A.Karimova,

D.O.Ruzikulova,

M.F.Umarqulova

Navoiy davlat universiteti Kimyo kafedrasi

Polianilin (PANI)ni dispersiya shaklida olish organik erituvchilarni ishlatmasdan, uni qayta

ishlashning samaradorligi va qulayligini ta`minlaydi. Bunday dispersiyalardan olingan

qoplamalar yaxshi o`tkazuvchanlik va barqarorlikka ega. Polimer sifatida ionogen va ionogen

bo`lmagan polimerlar qo`llaniladi. Ionogen bo`lmagan polimerlardan polietilen oksidi va poli(N-

vinilpirolidon) (PVP) ga eng ko`p e`tibor berilgan, hamda polivinil spirti, metilsellyuloza,

polivinilmetil efir va boshqalardan muvaffaqiyatli foydalanish usullari o`rganilgan.

Polimerlarning roli hosil bo`lgan zarrachalarning sterik stabilizatsiyasi holatida bo`ladi.

Polianilin zarrachalarining

tuzilishi polimerlanish shartlariga (anilin va polimerning

konsetratsiyasi va uning turiga) bog`liq. Stabilizator, oksidlovchi va reaksiya sharoitlarini

tanlashga qarab, polianilin dispersiyasida uch xil tuzilishga ega zarrachalar topildi. Guruch

donalari shaklidagi zarrachalar polietilen oksidi ishtirokida, polioksipropilsellyuloza reaksiya

aralashmasiga qo`shilganda sharchalar hosil bo`ladi. Haroartni oshirish yoki p-fenilendiamin

kabi katalizatorni kiritish igna yoki ipga o`xshash tuzilmalarning shakllanishiga olib keladi.

Odatda, polemerlanish tezligi oshishi bilan sharsimon bo`lmagan zarrachalarning dispersiyasi

hosil bo`ladi. Ionegen bo`lmagan polimerlardan foydalanish juda katta hajmdagi zarrachalarning

paydo bo`lishiga olib keladi, jumladan 100 nm dan bir necha mikrometrgacha bo`lgan

o`lchamdagi zarrachalarning shakllanishi qayd etilgan. Zarrachalarning elektr o`tkazuvchanligi

ham ko`p jihatdan polimerlanish sharoitlariga bog`liq. Shunday qilib, o`tkazilgan tajribalar

kompozitsiyadagi polimerlanish harorati va polianilin miqdori kabi parametrlarni o`zgartirganda,

o`tkazuvchan polianilin miqdori 90% dan ortiq bo`lmagan 10-5 c/cm gacha o`zgarishini

ko`rsatadi. Polianilinning elektr o`tkazuvchanligini oshirish uchun ishlatiladigan past molekulyar

og`irlikdagi kislotalarni isitish orqali osongina olib tashlash mumkin, bu esa polianilin

o`tkazuvchanligini pasaytiradi. Bundan tashqari, anion diffuziyasi tezligining sekinligi

batareyalarda elektrod materiali sifatida polianilindan foydalanish oqimlarini cheklash sabablidir.

Ushbu muammolarni hal qilishda polimer kislotalardan dopant sifatida foydalaniladi.

Suvli eritmalarda kolloid jihatdan barqaror dispersiyalarni olishning yana bir usuli-polianilin

matritsalar ishtirokida anilinning polimerlanishi hisoblanadi.

Polianionlar sifatida kislota yoki polistirolsulfon kislota va poli (2-akrilamido-2-

metilpropansulfonik kislota) tuzi shaklida kuchli ion guruhi –SO

3

H bo`lgan polimerlar

qo`llaniladi. Anilinning polimer kislotalar bilan ta`sirlashishini 13 C va 1H YaMR

spektroskopiyasidan foydalangan holda qiyosi o`rganish shuni ko`rsatadiki, polimer matritsasi

pH va ion taqsimoti eritma muhitidan farq qiladigan maxsus mahalliy muhitni yaratadi va bu

anilin konsentratsiyasining polielektrolitga yaqinlashishini, hamda zanjrlar uning yo`nalishi

bo`ylab “boshga-dum” shaklida bo`lishini ko`rsatadi. Tarkibidagi

benzol guruhlari va

polianilindagi benzolamin guruhlari o`rtasidagi elektrostatik va gidrofob o`zaro ta`sirlar tufayli

bu funksiyani polistirol sulfon kislota samarali bajaradi. Shuningdek, poli (p,p`-(2,2`-disulfon

kislota)-difenilen-tereftalamid (t-PAS)

va poli(p,p`-(2,2`-disulfon kislota))-difdifenilen

polimerlari ham yuqoridagi xossalarni namoyon etadi. Bunday matritsalarning kremniy dioksidi

yuzalariga adsorbsiyasi natijasida hosil bo`ladi, olingan kremniy birikmalari DNK adsorbsiyasi

uchun istiqbolli hisoblanadi.

Polianilin interpolielektrolit komplekslarini polimerlarni eritmada reaksiyaga kiritish orqali

olish mumkin. Shunday qilib, polianilin tuzi va dodetsilbenzolsulfon kislota va DNK


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

29

kompleksini xloroformdagi distearildimetilammoniy bilan asosiy mol nisbati [P]/[N]PANI=1

aralashtirish orqali suvda erimaydigan PANI-DNK kompleksi hosil bo`ladi. Natijada poliakril

kislota ishtirokida barqaror polianilin dispersiyalarini tayyorlash mumkin bo`ladi, PANI-PAK

komplekslarini olish usullarini ikkita katta guruhga bo`lish mumkin. Eng ko`p o`rganilgan

usullar guruhi oldindan tayyorlangan polianilinning poliakril kislota bilan o`zaro ta`siriga

asoslangan. Poliakril kislota ishtirokida anilinni kimyoviy polimerlanishi usulini ham qo`llash

mumkin. 1-5% og`irlikda 0,07 M anilinni polimerlanishi natijasida polianilinning yashil rangli

suvli eritmasi hosil bo`ladi. Protonlangan polianilin uchun xarakterli bo`lgan yutish spektri 435

nm va 800 nm chiziqlarni o`z ichiga oladi. Bu dispersiyani NaOH bilan osongina deprotonlash

mumkin. Olingan dispersiya spektri N-metilpirolidonda erigan emaraldin asosining spektriga

o`xshaydi. Rentgen fotoelektron spektroskopiya (RFES) yordamida polianilin-poliakril kislota

kompleksinining tuzilishi va xususiyatlarini batafsil o`rganish, uning amaorf tuzilishga ega

ekanligini ko`rsatdi. N-metilpirrolidon va suvning aralash eritmalarida

teng

molyar

konsentratsiyalarda olingan polianilinning poliakril kislota bilan o`zaro ta`si ri ultrabinafsha

spektroskopiya nurlari

yordamida o`rganildi. Olingan elektron va IQ –spektroskopiya

ma`lumotlariga

ko`ra, polianilinning elektr o`tkazuvchanlik xususiyati suvsiz holatda ortadi.

Polianilinning poliakril kislota bilan hosil qilgan kompleksi polianilinga nisbatan yaxshiroq

harorat ko`rsatkichiga ega. Masalan, toza holdagi polianilinga HCl qo`ishilganda polianilin-

poliakril kislota kompleksining harorat barqarorligi chegarasi 160

0

C dan 180

0

C gacha

ko`tarilgani kuzatilgan. Polianilinning poliakril kislota ishtirokida polimerlanishida kompleks

tarkibini o`zgartirish natijasida hosil bo`lgan zarrachalarning morfologiyasini nazorat qilish

mumkin bo`ladi. Bundan ko`rinadiki, anilinning oksidlovchi polimerlanishi (0,43M)

polianilinning ekvimolekulyar miqdori (M

W

=90000) va 1 M HCl dan ortiq bo`lganida

boshlang`ich innitsiatorlovchi H

2

O

2

/FeCl

2

o`n baravar kam bo`lganida amalga oshadi. Sintez

natijasida, uzunligi 100-200 nm, diametri 50 nm bo`lgan fibrillayar

zarrachalardan tashkil topgan kolloid sistema hosil bo`ladi.

Tajribalarimiz davomida, polianilinning polielektrolitlar bilan hosil qilgan komplekslari

elektr o`tkazuvchanligi o`zgarmaydigan barqaror dispers sistemalarni hosil qilishi aniqlandi,

shuningdek, bu sistemadiga zarrachalarning morfologiyasini boshqarish qiyinchilk tug`dirdi.

Hozirgacha, polianilin va elektr o`tkazuvchan polimerlar komplekslarini tayyorlash bo`yicha

sezilarli ishlar qilinmagan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Д.А.Каримова Технологический метод изготовления композиционных полимерных

сорбентов. «Композиционные материалы». Ташкент. №1. 2013. 62-64 стр.

2. Д.А.Каримова Синтез интерполимерных комплексов на основе ароматических аминов.

«Наука 21 века: вопросы, гипотезы, ответы» научный журнал. Россия. №2 (2014). 116-119

стр.
3. A.G.Mak Diarmid, I.G.Chiang, A.F.Ringfer, A.I.Epstein. SYntetic Metals 18 (1987) 285.

4. I.K. Avlyanov, S.A.Yakimov, T.A.Usmonov Synthetic Metals 41(1991) 635.

5. D.A.Karimova, R.O.Ro`ziqulova

Композиции полиароматических аминов с

полиакриловой кислотой. Technikal science Research in Uzbekistan

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333 ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-3,

ISSUE-1.

References

Д.А.Каримова Технологический метод изготовления композиционных полимерных сорбентов. «Композиционные материалы». Ташкент. №1. 2013. 62-64 стр.

Д.А.Каримова Синтез интерполимерных комплексов на основе ароматических аминов. «Наука 21 века: вопросы, гипотезы, ответы» научный журнал. Россия. №2 (2014). 116-119 стр.

A.G.Mak Diarmid, I.G.Chiang, A.F.Ringfer, A.I.Epstein. SYntetic Metals 18 (1987) 285.

I.K. Avlyanov, S.A.Yakimov, T.A.Usmonov Synthetic Metals 41(1991) 635.

D.A.Karimova, R.O.Ro`ziqulova Композиции полиароматических аминов с полиакриловой кислотой. Technikal science Research in Uzbekistan

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333 ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-3, ISSUE-1.