ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, March 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
357
SHAXSLARARO MUNOSABATLARDAGI NIZOLARNI BARTARAF ETISHDA
AFFILIATSIYA MOTIVINING AHAMIYATI
Samatova Sevara G’ayratovna
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti o’qituvchisi
Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida odamlar orasida o’zaro kelishmovchiliklar, ziddiyat
va nizolar mavjud bo’lib kelgan va bu nizolarni bartaraf etishda affiliativ motivlarning tayanch
mezonlari odamlarni bir-birini tushunishga, to’g’ri idrok etishga bo’lgan intilish juda muhim
ahamiyat kasb etgan.
Ziddiyat insoniyat paydo bo’lgan davrdanoq o’z tabiatini namoyon qilib kelmoqda, ammo uni
ilmiy tadqiqot predmeti sifatida o’rganish borasidagi ilk qarashlar qadimiy tarixga ega. Hayot
tarzi, mehnat faoliyati, shaxslararo munosabat muhitining o’zgarayotganligi nizolarning ham
o’ziga xos tomonlari mavjudligini ko’rsatmoqda.
Nizolar inson hayotining ajralmas qismidir. Ikki tomon o’zaro muloqotga kirishar ekan, ular
o’rtasida nizoning vujudga kelish ehtimoli doim mavjud bo’ladi. Bir-biridan farqlanuvchi
fikrlarga, maqsad va unga erishish yo’llari haqidagi tasavvurlarga ega
bo’lgan
odamlar
mavjud joyda, inson individualligining namoyon bo’lishiga to’sqinlik qilinmaydigan makonda,
shubhasiz, nizoli vaziyatlar vujudga keladi.
Nizo – muloqot ishtirokchilarning har biri uchun muhim bo‘lgan muammoni hal etish vaqtida
ular o‘rtasida vujudga kelgan qarama-qarshilik va kurashning keskin kuchayib ketish jarayonidir.
Nima sababdan shaxs o’rtasida turli xil nizolar kelib chiqadi? Buning bir necha sabablari bor:
alohida xodim va jamoatchilik manfaatlarining mos kelmasligi;
ayrim jamoa a’zolari xatti-harakatlarining ijtimoiy va guruhiy me’yorlarga zid kelishi
(tartibsizlik, intizomning buzilishi, ishning samarasizligi va hokazo);
jamoa a’zolari qarashlaridagi nomuvofiqliklar;
ishni tashkil etish va kasbiy faoliyatga nisbatan munosabatlardagi farqlar;
xodimlar o’rtasidagi vazifalarning to’g’ri taqsimlanmaganligi;
rahbar tomonidanshaxsga berilgan baho bilanshaxsning o’ziga o’zi bergan bahosi
o’rtasidagi tafovutlar;
rahbar va jamoatchilik tomonidan baholashning to’g’ri kelmasligi;
mehnatni taqsimlash, moddiy va ma’naviy rag’batlantirishdagi tengsizliklar va hokazo.
Demak, yuqoridagi holatlar ko’p hollarda quyidagicha nizoli vaziyatlarni keltirib chiqaradi:
Agar yuqoridagilarni tahlil qiladigan bo’lsak, «gorizontal nizolar» hayotda eng ko’p uchraydi.
Bunday nomurosozliklar aksariyat hollarda shaxso’rtasida ayrim a’zolarning ishni yaxshilash,
yangi ish metodlarini joriy etish, axloq normalarini himoya qilish, adolat uchun kurash, ilg’or
jamoa a’zolarining shu yerdagi ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish borasidagi fikrlarini ayrimlar
tomonidan e’tirozlar bilan qabul qilinishi natijasida ro’y beradi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, March 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
358
«Vertikal nizolar» esa ko’pincha rahbar bilanshaxs o’rtasida sodir bo’lib, u bir qarashda
liderlikka da’vogarlik, yuqoridan tazyiq, pastdan turib boshqa shaxsyoki kuchlar atrofida
birlashish, saralanishlar oqibatida kelib chiqadi. Bunda nizoning tashabbuskori va bosh aybdori
kimligiga bog’liq tarzda uni hal qilish usuli tanlanadi. Masalan, agar boshliqshaxsning ishga
mas’uliyatsizligidan noroziligi tufayli paydo bo’lgan nizo bilan uning professionalizm borasida
hadeb «o’zini ko’rsatayotganligidan» noroziligi tufayli kelib chiqadigan nizoning ham farqi bor.
Har qanday nizoning asl tub mohiyati shundaki, uning paydo bo’lishi ayrim
o’zgarishlarga
olib
keladi. Bu o’zgarish ijobiy o’zgarishlarni keltirib chiqarsa, uni konstruktiv deb, salbiy oqibatlar
yoki shaxsqo’nimsizligini keltirib chiqarsa, uni destruktiv xarakterli deb ataymiz.
Amerikalik psixolog Morton Doychning ishlarida ziddiyatlar nazariy jihatdan tahlil qilinib, ular
destruktiv va produktiv turlarga ajratiladi.
Destruktiv ziddiyatni aniqlash kundalik tasavvurlar bilan mos keladi. Aynan bu tipdagi nizo
o’zaro ta’sirlashuvda xilma- xillikni ko’rsatadi va fikrlar toptalishiga olib keladi. Destruktiv
ziddiyat ko’pincha sababga bog’liq bo’lmagan holda shaxsning stressga tushishiga olib keladi.
Uning o’ziga xos belgilar nizo sodir bo’lishiga qiziquvchilar sonining ortishi, ularning nizoli
harakatlari, bir-birlariga nisbatan salbiy qarashlarga egaliklari va bildirilayotgan fikrlarning
keskinligida ifodalanadi. Boshqa bir belgisi sifatida nizoda opponentning xislatlarini, o’zaro
ta’sirlashuv vaziyatlarini noto’g’ri idrok etishi va sheriklarga ishonchni o’ta ortib ketish nazarda
tutiladi. Bu turdagi nizolarni hal etish ancha murakkab bo’lib, yagona yo’li ancha qiyinchilik
bilan erishiladigan murosa (kompromiss) hisoblanadi.
Produktiv ziddiyatni muammo va uni yechish yuzasidan nuqtai nazarlardagi tafovutlar va
shaxslar o’rtasidagi hamjihatlikning yo’qligi keltirib chiqaradi. Bunday holda nizo muammoni
atroflicha tushunishni, sheriklar motivatsiyasini, boshqa nuqtai nazarlarni himoyalashlarini
taqozo etadi[1].
To’qnashish darajasi va shakliga ko’ra ziddiyatlarni ochiq (munozara-tortishuv, janjal va
boshqalar) va yopiq turdagi (asl maqsadlarni yashirib, zimdan ta’sir o’tkazish); tasodifiy paydo
bo’lib qoluvchi (stixiyali) va oldindan rejalashtirilgan nizolarga ajratish mumkin.
Oddiy ziddiyat yomon psixologik vaziyatda yuzaga keladi, inson o’zini tushuntira olmay qoladi,
bunday holatda ko’pincha kayfiyati yo’q, deb tushuntiriladi.
O’tkir ziddiyatda shaxs yuqori emotsional, o’zini boshqara bilmaslik, muloqotdagi qo’polligi
bilan ajralib turadi. Eng qizig’i, bu shaxslar tabiatida qo’rqitish asosiy o’rinni egallaydi. Bu
ziddiyatda, nima bo’lishidan qat’i nazar, raqibni mag’lubiyatga uchratish muhim hisoblanadi.
Qisqa muddatli ziddiyat ma’lum vaqt –
uch kungacha davom etadi, uzoq muddatli ziddiyat
bir
yoki bir necha yilga cho’zilishi mumkin. Uzoq muddatli ziddiyat maishiy xarakterda bo’lib,
ularning 70% 6 oygacha davom etadi.
Ziddiyat ijtimoiy mohiyatiga ko’ra arzigulik yoki arzimas bo’ladi. Agar ziddiyat ataylab qilinsa
va jamoatchilikka qarshi bo’lsa, bu arzigulik ziddiyatdir. Arzimas ziddiyat masalaning
mohiyatiga chuqur tushunmaslik oqibatida kelib chiqadi. Buni shunday izohlash mumkin: shaxs
xarakteridagi kamchiliklarni tushunsa va ularni to’g’rilashga harakat qilsa, bu arzimaydigan
ziddiyat deyiladi.
Masalan,
shaxs bilmasdan ikkinchi bir shaxsning oyog’ini bosib olsa yoki
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, March 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
359
turtib yuborsa, ikkinchi shaxsning bundan jahli chiqsa va oyog’ini bosgan odam undan kechirim
so’rasa, bunday ziddiyat qisqa muddatli bo’lib arzimas hisoblanadi.
Nizolarning oldini olish va bartaraf etish usullari. Xarbiy xizmatchilarda nizoning quyidagi
turlari namoyon bo’lishi kuzatiladi.
Shaxsning ichki ziddiyatlari. Bu ko’proqshaxslarga yuklatilgan vazifalarni bajarish jarayonida
uchraydi. Vazifani hal etishda kasbiy bilim, ko’nikma va malakaning yetishmasligida va
favqulodda holatlarda ko’proq ish bilan mashg’ul bo’lishda namoyon bo’ladi.
Guruh ichidagi ziddiyatlar. Bu jamoa a’zolarining manfaat va qiziqishlarining mos kelmasligi,
vazifalarning teng taqsimlanmaganligi va o’zaro bir-birlariga hurmatning yo’qolishi oqibatida
namoyon bo’ladi. Oqibatda jamoaning har bir a’zosi boshqalari bilan chiqisha olmasligi,
manfaatlar o’rtasida to’siqlar qo’yishida yuz beradi.
Shaxslararo ziddiyatlar. Rahbar bilanshaxs,shaxs bilanshaxs o’rtasidagi ziddiyatli vaziyatlarning
vujudga kelishi oqibatida nizoning paydo bo’lishi ko’zga tashlanadi. Shaxslararo ziddiyatlar
ishchi muhitning yaxshi emasligi, boshliqning harbmy xizmatchilar bilan insoniy nuqtai
nazaridan munosabat o’rnatmasligi,shaxslarning individual qobiliyati va fazilatlarini inobatga
olmasligi sababli ham yuz berishi kuzatiladi[2].
Muloqotdagi nizolarning oldini olish uchun quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
1)
tanqid va ayblovni ko’p ishlatmaslik, ko’p noliyvermaslik kerak;
2)
fikrda qisqaroq (5-9 so’zdan iborat) gaplardan foydalanish kerak;
3)
e’tiborli tinglovchi bo’lish kerak, suhbatdosh fikrini bo’lmaslik, suhbatdoshga o’z fikrini
bildirishi uchun vaqt berish, suhbatdoshga bo’lgan qiziqishni ko’rsatish, suhbatdosh nutqining
xususiyatlariga kamroq e’tibor berish, suhbatni monopollashtirib yubormaslik, suhbat
vaziyatidan chalg’imaslik kerak;
4)
ovozni imkon qadar samimiy jaranglashini ta’minlash kerak;
5)
suhbatdoshning noverbal signallarini diqqat bilan kuzatish kerak;
6)
qat’iy fikr bildirishdan saqlanish kerak;
7)
fikrni bildirishdan oldin u nima haqida ekanini ma’lum qilish kerak;
8)
suhbatdosh «tilida» gapirish kerak;
9)
bo’lar-bo’lmas bahslarga kirishishdan saqlanish kerak;
10)
buyruq ohangidan voz kechish kerak;
11)
«hech qachon» va «har doim» so’zlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak;
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, March 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
360
12)
ijobiy emotsiyalarni saqlab turish kerak, ko’proq tabassum qilish kerak.
Nizo ro’y bergach uni bartaraf etish uchun quyidagilarga amal qilish tavsiya etiladi:
1)
vazminlikni saqlab qolish (emotsional holatni imkon qadar boshqarish, imkon qadar
sharhlamaslik) kerak;
2)
nizoning asosiy sababini aniqlashga intilish (aniqlashtiruvchi savollar berish,
suhbatdoshning ichki pozitsiyasini bilishga urinish) kerak;
3)
shaxsiy sohadagi to’qnashuvga yo’l qo’ymaslik (suhbatdoshning shaxsiy xususiyatlaridan
ranjishni, ularni yoqtirmaslikni ko’rsatmaslik, shaxsiy ustunlikni ko’rsatishdan saqlanish) kerak;
4)
har bir so’z va iboradan ehtiyotkorlik bilan foydalanish (negativ emotsional baholanuvchi
so’z va iboralardan – «siz xato qilyapsiz», «yanglishdingiz», «es-hushingiz joyidamas, shekilli»
kabilardan, aql o’rgatuvchi gaplardan foydalanmaslik) kerak;
5)
kompromiss uchun ochiq bo’lish (o’zaro manfaatli kelishuvga doim tayyor bo’lish) kerak;
6)
suhbatdoshning har bir gapini diqqat bilan tinglash va analiz qilish (suhbatdoshning
so’zlari va hissiyotlarini tushunishga, shaxsiy pozitsiyasining suhbatdosh pozitsiyasidan nimasi
bilan farqlanishini aniqlash) kerak.
Nizo bartaraf etilmay munosabatlar butunlay tugallansa, buni faqat pozitsiyalarning bir-biriga
to’g’ri kelmasligi tufayli ro’y bergan hodisa deb hisoblash kerak.Ziddiyatni yechish metodikasi
amaliyotga hech qanday ta’sir qilmasligi kerak. Umuman, jamoada ziddiyat chiqmasligida
rahbarning o’rni beqiyosdir, rahbar asabiylashmasligi, boshqacha qilib aytganda, ziddiyatni
yechishda bardoshli bo’lishi kerak.Ziddiyatni yechishning ijobiy (pedagogik-psixologik) va
salbiy (ma’muriy) yo’llari mavjud. Birinchisida kishilarning yaxshi ishlashlari uchun sharoit
yaratilsa, ikkinchisida ziddiyatni yuzaga keltirgan shaxslar jazolanadi[3].
Xulosa qilib aytganda shaxslararo munosabatlardagi nizolarni bartaraf etishda affiliatsiya motivi
odamlar davrasida bo‘lishga intilishi, yaqinlari bilan muloqotda bo‘lishga intilish, yaqinlari
tomonidan tan olinishga intilish, yaqinlari bilan ijobiy shaxsiy o‘zaro munosabatlar o‘rnatish va
munosbatlarni saqlab qolish kabi hatti-xarakatlar bilan namayon bo’lishi aniqlandi.
Shuningdek affiliatsiya motivi ota-ona va o’smir farzandlar munosabatlairi barqarorlashuvida
aloqa o’rnatish, muloqotga undalish, axboroy almashinish, muloqotdagi birgalikdagi harakatni
yuzga keltirish, tushunishni ta’minlash, munosabatni o’rnatish, muloqtni amotivligi, ta’sir
ko’rsatish kabi vazifalarni bajarishi mumkinligini ko’rsatdi.
Adabiyotlar ro’yhati:
1.Жабборов Хазрат Хусенович. The influence of psychological protective mechanisms in the
formation of the ideological immunity in adolescents. European journal of psychological
research vol. 4 No.1, 2017 ISSN 2057-4794.
2.Jabborov Kh.Kh.. The study of the problem of national education by eastern thinkers.
International Journal of Pedagogics (ISSN – 2771-2281) VOLUME 03 ISSUE 02 Pages: 14-
20 SJIF IMPACT FACTOR (2021: 5. 705) (2022: 5. 705) (2023: 6. 676) OCLC – 1121105677/
Online Link:- http://theusajournals.com/index.php/ijp/article/view/765
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, March 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
361
3.Саматова С.Г. Мотив аффилиации как фактор стабилизации родительско-подростковых
отношений. Решение социальных проблем вменеджмент и экономика. Международные
научные-онлайн-конферен. Испания. – С. 86-91.
