ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
9
IQTISODIY O‘SISHNI TA’MINLASHDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINING ROLI
D.Norboyeva
Jizzax politexnika instituti
Iqtisodiyot va menejment kafedrasi o‘qituvchisi
Sh.Xasanov
Kibersport fakulteti 501-24 guruh talabasi
Annotasiya:
Mazkur maqolada kichik biznes va tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiy
taraqqiyotini ta'minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining daromadlari va farovonligini
oshirishdagi roli ochib berilgan.
Kalit so‘zlar:
Tadbirkorlik, kichik biznes, iqtisodiy taraqqiyot, ish o‘rinlari, daromad,
farovonlik.
Annotation:
In this state, the role of small business and entrepreneurship in the conditions of
economic progress, in the writings of the new formation, in particular, in the messages of
incomes and the welfare of the population, are enlightened.
Keywords:
entrepreneurship, small business, economic development, jobs, income, prosperity.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini taraqqiy ettirishda kichik biznes va tadbirkorlik alohida
ahamiyat kasb etadi va hozirgi sharoitda uning roli yanada ortib bormoqda. Shu sababdan ham
kichik biznes va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish har qanday mamlakat iqtisodiyotining
barqaror o‘sishini ta'minlovchi asosiy bo‘g‘in va amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning
ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Iqtisodiyotda ro‘y berayotgan turli ijobiy o‘zgarishlar ko‘p
jihatdan kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlab o‘tganlaridek: “...jiddiy va kundalik e'tiborini
talab qiladigan yana bir muhim yo‘nalish bor. Bu - xususiy mulk va tadbirkorlikni yanada
rivojlantirish va ularning ta'sirchan himoyasini ta’minlashdir”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni
bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining «Ijtimoiy sohani rivojlantirishning
ustuvor yo‘nalishlari» nomli bobida tadbirkorlik va biznesni rivojlantirish asosida yangi ish
o‘rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, ta'lim muassasalari bitiruvchilarining ish bilan
bandligini ta'minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish vazifasi belgilangan.
Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish asosida bir qator ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar
hal etilishi nazarda tutiladi:
birinchidan, jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, kichik biznes ichki bozorni zarur tovar va
xizmatlar bilan to‘ldiradigan, iqtisodiyotning tarkibiy negizini belgilab beradigan eng muhim
sektor hisoblanadi, shuningdek, aholini, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta'minlashda, ularning
iqtisodiy mustaqillikka erishishlari va hayotda o‘z o‘rinlarini topib ketishlarida eng asosiy omil
va manba bo‘lib xizmat qiladi;
ikkinchidan, hozirgi sharoitda jahon va mintaqaviy bozorlarda raqobat keskinlashib
borayotgani hammaga ayon. Aynan kichik biznes o‘zining harakatchanligi, kam sarmoya talab
qilishi hisobidan ishlab chiqarishni yengilroq va tez modernizatsiya qilish, ishlab
chiqarilayotgan mahsulot turlarini yangilash imkoniyatiga ega ekani va shu tariqa bozor
konyunkturasining o‘zgaruvchan talablariga yaxshi moslasha olishi bilan e'tiborlidir;
uchinchidan, kichik biznes va tadbirkorlik o‘sishi bilan mamlakat tayanchi va suyanchi
bo‘lgan mulkdorlar o‘rta sinfini shakllan-tirish vazifasi bevosita hal etiladi. Umuman aytganda,
kichik biznes va tadbirkorlik bugungi kunda aholi bandligini ta'minlaydigan va uning asosiy
daromad manbayi bo‘lgan muhim bo‘g‘in hisoblanmoqda.
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
10
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlash, yangi
ish o‘rinlarini yaratish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishdagi rolini inobatga
olgan holda quyidagi xulosalarni qilish mumkin:
- aholini ish bilan bandligini ta'minlash, mahalliy resurslardan samarali foydalanish asosida
mahalliy sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, shuningdek mamlakatning eksport salohiyatini
oshirishda bu sohaning ahamiyatini yanada oshirish chora-tadbirlarini takomillashtirish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishini tahlil qilish asosida kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha uning iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichi hududlarda
mamlakatning o‘rtacha ko‘rsatkichlari darajasiga yetishini ta'minlashga erishish orqali hududlar
rivojlanishini muvofiqlashtirishga intilish;
- mahalliy resurslar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish kam investitsiya mablag‘larini talab
etishini, ularning bozor konyunkturasi talablariga tez moslasha olishiga imkon berishini
inobatga olish.
Kelgusida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun
quydagilarni taklif qilamiz:
- Yangi kichik sanoat zonalarini tashkil etish va faoliyat yuritayotganlarining samaradorligini
oshirish maqsadida: kichik sanoat zonalari ishtirokchilarining zaruriy muhandislik-
kommunikasiya tarmoqlariga ulanish xolatini tanqidiy o‘rgangan holda tegishli chora-tadbirlar
rejasini tasdiqlash; kichik sanoat zonalariga ularning ixtisoslashuvi, xududning resurs
salohiyatini inobatga olgan holda, ishlab chiqarishning to‘liq siklini amalga oshiruvchi
tadbirkorlik sub'ektlarini joylashtirish;
- investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish va ishtirokchilarga yuklatilgan majburiyatlarning
ijrosi yuzasidan tizimli monitoring olib borish;
- kichik sanoat zonalari hududida yangi investisiyaviy loyihalarni amalga oshirishda tijorat
banklarining ishtirokini kengaytirish. Bu esa o‘z navbatida Foydalanilmayotgan davlat mulki
ob'ektlaridan oqilona va samarali foydalanish, zamonaviy va raqobatdosh mahsulotlarni ishlab
chiqarishni tashkil etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat
qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy
dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining
kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasi. www.uza.uz
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida, Toshkent shahri, 2017 yil 7 fevral.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi ma'lumotlari www.stat.uz
4.
Shermuxamedov B.U. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakatimiz
iqtisodiyotidagi o‘rni. “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron jurnali. № 5, oktyabr, 2017 yil
