NAVOIY SHAHRIDA 2018-YIL CHANG ZARRALARINING ME’YORIDAN OSHGAN KUZATUVLARI VA UNING TAHLILI

Abstract

Mazkur maqolada Navoiy shahrida 2018-yilda atmosfera havosidagi chang zarralarining me’yoridan oshgan holatlari statistik tahlil qilindi. Kuzatuvlar asosida yil davomida qayd etilgan eng yuqori konsentratsiyalar, ularning mavsumiy taqsimoti hamda ifloslanishga olib keluvchi omillar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, chang zarralarining inson salomatligiga salbiy ta’siri yoritilib, ekologik muhofaza choralarining zarurligi asoslab berildi.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
Branch of knowledge
  • Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Fizika fakulteti Gidrometeorologiya yo‘nalishi 4-bosqich talabasi
f
197-201

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Toshturdiyev, . N. (2025). NAVOIY SHAHRIDA 2018-YIL CHANG ZARRALARINING ME’YORIDAN OSHGAN KUZATUVLARI VA UNING TAHLILI. Научный информационный бюллетень, 9(2), 197–201. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/ifx/article/view/131086
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada Navoiy shahrida 2018-yilda atmosfera havosidagi chang zarralarining me’yoridan oshgan holatlari statistik tahlil qilindi. Kuzatuvlar asosida yil davomida qayd etilgan eng yuqori konsentratsiyalar, ularning mavsumiy taqsimoti hamda ifloslanishga olib keluvchi omillar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, chang zarralarining inson salomatligiga salbiy ta’siri yoritilib, ekologik muhofaza choralarining zarurligi asoslab berildi.


background image

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI

IYUL

ANDIJON,2025

197

NAVOIY SHAHRIDA 2018-YIL CHANG ZARRALARINING ME’YORIDAN

OSHGAN KUZATUVLARI VA UNING TAHLILI

Toshturdiyev Nurbek Nurali o‘g‘li

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Fizika fakulteti Gidrometeorologiya

yo‘nalishi 4-bosqich talabasi

Tel: +998 88 910 42 46

Email:

nurbektoshturdiyev86@gmail.com

Annotatsiya:

Mazkur maqolada Navoiy shahrida 2018-yilda atmosfera havosidagi chang

zarralarining me’yoridan oshgan holatlari statistik tahlil qilindi. Kuzatuvlar asosida yil

davomida qayd etilgan eng yuqori konsentratsiyalar, ularning mavsumiy taqsimoti hamda

ifloslanishga olib keluvchi omillar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, chang zarralarining inson

salomatligiga salbiy ta’siri yoritilib, ekologik muhofaza choralarining zarurligi asoslab berildi.

Kalit so‘zlar:

atmosfera havosi, chang zarralari, ekologik muammo, sanoat ifloslanishi, sog‘liq,

monitoring.

Аннотация:

В данной статье представлен статистический анализ превышения

концентрации пылевых частиц в атмосферном воздухе города Навои в 2018 году.

Рассмотрены наивысшие зафиксированные значения, их сезонное распределение и

основные причины загрязнения. Также освещено негативное влияние пылевых частиц на

здоровье человека и обоснована необходимость экологических мер.

Ключевые слова:

атмосферный воздух, пылевые частицы, экологическая проблема,

промышленное загрязнение, здоровье, мониторинг.

Abstract:

This article presents a statistical analysis of the exceedance of dust particle

concentrations in the atmospheric air of Navoi city during 2018. The study explores the highest

recorded values, their seasonal distribution, and the main factors contributing to air pollution.

The negative impact of particulate matter on human health is also discussed, highlighting the

need for effective environmental protection measures.

Keywords:

atmospheric air, dust particles, environmental issue, industrial pollution, health,

monitoring.

Atmosfera havosining ifloslanishi – bugungi kunda global miqyosda eng dolzarb

ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Sanoat korxonalarining ko‘payishi, aholi zichligining

oshishi, transport vositalari harakatining intensivligi va tuproq eroziyasining kuchayishi

natijasida havoga har yili millionlab tonna zararli moddalarning chiqarilishi kuzatilmoqda. Bu

holat nafaqat ekologik muhitga, balki inson salomatligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Ayniqsa, havoda chang zarralari konsentratsiyasining oshib borishi ko‘plab kasalliklar, xususan,

nafas olish yo‘llari, yurak-qon tomir va allergik kasalliklar sonining ortishiga olib kelmoqda.
Navoiy shahri O‘zbekiston Respublikasi miqyosida yirik sanoat hududi sifatida tan olingan

bo‘lib, bu yerda kimyo sanoati, tog‘-kon va energetika sohalarining faol rivojlanib borayotgani,

shahar ekologik holatiga jiddiy ta’sir o‘tkazmoqda. Ayni paytda, viloyatning iqlim sharoiti —

ya’ni, qurg‘oqchil iqlim, kam yog‘ingarchilik, shamolli kunlarning ko‘pligi — chang

zarralarining havoda ushlanishini kuchaytiruvchi tabiiy omillar sifatida namoyon bo‘lmoqda.

2018-yil mobaynida Navoiy shahrida olib borilgan atmosfera monitoringi natijalari shuni

ko‘rsatadiki, ushbu davrda chang zarralari me’yoriy ko‘rsatkichlardan bir necha marotaba

oshgan kunlar ko‘p kuzatilgan. Bu esa ushbu yilda ekologik vaziyatning nisbatan og‘ir


background image

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI

IYUL

ANDIJON,2025

198

bo‘lganidan dalolat beradi. Me’yoriy chegaradan oshgan chang zarralari ko‘plab tumanlarda

barqaror qayd etilib, bu holat shahar aholisi salomatligi va ekologik xavfsizligiga tahdid solgan.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, chang zarralari muammosi faqatgina sanoat chiqindilari bilan

bog‘liq emas, balki qurilish ishlari, asfaltlash, transport vositalarining harakati, qishloq xo‘jalik

faoliyati, hatto tabiiy shamol va bo‘ronlar natijasida ham yuzaga keladi. Aynan shu sababli

chang zarralarining konsentratsiyasi o‘zgaruvchan bo‘lib, ularni doimiy nazorat qilish zarurati

tug‘iladi. Mazkur ilmiy maqolada 2018-yilda Navoiy shahrida kuzatilgan chang zarralarining

me’yoridan oshish holatlari chuqur tahlil qilinadi. Ularning oylik, fasliy taqsimoti, yuqori

konsentratsiyali kunlar soni, asosiy ifloslantiruvchi manbalar, meteorologik omillar bilan

bog‘liqligi hamda bu holatning inson salomatligiga ta’siri statistik dalillar bilan asoslanadi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — havodagi ifloslantiruvchi moddalarni aniqlash, ularning

manbalarini aniqlash va ularni kamaytirish bo‘yicha ekologik tavsiyalar ishlab chiqishdan

iboratdir.
Navoiy shahrida 2018-yil davomida atmosfera havosida chang zarralarining kecha-kunduzlik

konsentratsiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring natijalari ushbu moddaning me’yoriy

ko‘rsatkichlardan oshgan holatlari yilning deyarli barcha oylarida qayd etilganini ko‘rsatmoqda.

Quyida 1-jadvalda oylar kesimida chang zarralarining necha marta me’yoriy darajadan yuqori

bo‘lgan holatlari sanab o‘tilgan.

1-jadval

Navoiy shahrida 2018-yil davomida chang zarralarining oy ichida necha marta

me’yoridan oshgan holat kuzatilganligi (kecha-kunduzlik)

T/r

Oylar

2018-yil

1

Yanvar

4

2

Fevral

6

3

Mart

5

4

Aprel

6

5

May

5

6

Iyun

7

7

Iyul

11

8

Avgust

6

9

Sentabr

9

10

Oktabr

7

11

Noyabr

3

12

Dekabr

-


background image

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI

IYUL

ANDIJON,2025

199

1-rasm. Navoiy shahrida 2018-yil davomida me’yoridan oshgan chang zarralari

kuzatuvlari miqdori (bir kecha kunduzlik)

Navoiy shahrida 2018-yil davomida atmosfera havosining chang zarralari bilan ifloslanishi

holati bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring natijalari yilning deyarli barcha oylarida ushbu

ifloslantiruvchi moddaning me’yoriy ko‘rsatkichlardan oshganligini ko‘rsatmoqda. Yil

davomida jami

69 ta me’yoriy oshish holati

qayd etilgan bo‘lib, bu Navoiy shahri ekologik

holatining barqaror emasligidan dalolat beradi.

Oylik kesimda ko‘rib chiqilganda, eng ko‘p me’yoriy oshish holatlari

iyul oyida

kuzatilgan

bo‘lib, bu oyda 11 marta chang zarralari me’yoriy darajadan yuqori qayd etilgan. Bu holat

iqlimiy omillar, ya’ni yuqori harorat, kam yog‘ingarchilik va kuchli shamollar bilan bog‘liq

bo‘lishi mumkin. Shuningdek, bu davrda shahar infratuzilmasida olib borilgan qurilish,

asfaltlash va yo‘l ta’mirlash ishlari ham chang chiqindilarining ko‘payishiga sabab bo‘lgan

bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Sentabr oyida

9 ta,

oktabr oyida

esa 7 ta holatda me’yoriy darajadan oshgan konsentratsiya

qayd etilgan. Ushbu davrda ham meteorologik sharoitlar, xususan, quruq havo, kuzgi shamollar,

shahar tashqarisidagi ochiq yer maydonlaridan chang ko‘tarilishi kuzatiladi. Bu davrda qishloq

xo‘jaligi ishlarining yakunlanishi, yerlarni haydash, transport vositalarining qish mavsumiga

tayyorgarligi tufayli ham chang chiqaruvchi faoliyatlar ortgan bo‘lishi mumkin.

Iyun, aprel va fevral

oylarida esa har birida 6–7 martagacha me’yoriy oshish holatlari qayd

etilgan. Ushbu oylar ifloslanish miqdori jihatidan o‘rtacha darajada bo‘lib, ekologik muvozanat

nisbatan beqaror bo‘lgan davrlar sifatida e’tirof etiladi. Ayniqsa, bahor oylarida – ya’ni mart,

aprel va mayda chang ko‘tarilishi shamol tezligining ortishi bilan bog‘liq. Bahorda tabiiy

omillar bilan birga, odam faoliyati, ya’ni dalalarning tayyorlanishi, quruq yer yuzasida

transport harakati chang tarqalishini kuchaytiradi.

Eng kam me’yoriy oshish holatlari

yanvar

(4 ta) va

noyabr

(3 ta) oylarida qayd etilgan. Bu

davrda haroratning pastligi va qor yoki yomg‘ir shaklida yog‘ingarchilik bo‘lishi chang

zarralarining havoga ko‘tarilishini kamaytiradi.

Dekabr

oyida esa umuman hech qanday

me’yoriy oshish holati qayd etilmagan. Bu holat sovuq va barqaror havo oqimlari, yer sathi

ustida namlikning yuqoriligi natijasida chang zarrachalarining havoda ushlanmasligi bilan

izohlanadi.


background image

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI

IYUL

ANDIJON,2025

200

Yil davomida kuzatilgan ushbu ma’lumotlar quyidagi asosiy xulosalarni shakllantirishga imkon

beradi:

1.

Ifoslanish mavsumiy xarakterga ega

: Yoz va kuz oylarida chang zarralari darajasi

ko‘proq oshgan, qish oylarida esa kamaygan.

2.

Meteorologik omillar hal qiluvchi rol o‘ynaydi

: Shamol, quruqlik, harorat va

yog‘ingarchilik miqdori – barchasi chang ifloslanish darajasini belgilaydi.

3.

Inson omili doimiy ta’sirga ega

: Sanoat faoliyati, qurilish, transport harakati, qishloq

xo‘jaligi ishlari ifloslanish ko‘lamini oshiradi.

4.

Monitoring zaruriyati oshib bormoqda

: Me’yoriy oshish holatlari yil davomida

muntazam kuzatilgani tufayli havoning sifatini doimiy nazorat qilish ekologik xavfsizlik uchun

muhim ahamiyatga ega.

Umuman olganda, chang zarralari bo‘yicha aniqlangan statistika shuni ko‘rsatadiki, 2018-yilda

Navoiy shahrining atmosfera havosida ifloslanish barqaror kuzatilgan bo‘lib, bu holat ekologik

muhit va aholining salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirgan.

Xulosa:

O‘tkazilgan ilmiy-tahliliy kuzatuvlar asosida 2018-yilda Navoiy shahrida atmosfera

havosining chang zarralari bilan ifloslanish darajasi me’yoriy ko‘rsatkichlardan bir necha bor

oshganligini ko‘rish mumkin. Yil davomida jami

69 ta me’yoriy oshish holati

qayd etilgani,

havodagi chang konsentratsiyasining mavsumiy va oylik kesimda o‘zgarib borishi bu

muammoning murakkab va ko‘p omilli ekanligini anglatadi.

Yoz va kuz oylarida, xususan

iyul, sentabr va oktabr

oylarida me’yoriy oshish holatlari eng

yuqori darajada kuzatilgan bo‘lib, bu davrda chang zarralari konsentratsiyasining ortishi

iqlimiy va antropogen omillar bilan bog‘liq. Quruq iqlim, yog‘ingarchilikning kamligi, shamol

tezligi, sanoat faoliyati, qurilish va transport harakatining faolligi chang zarralarining havoda

to‘planishini kuchaytirgan. Aksincha, sovuq va nam ob-havo sharoiti mavjud bo‘lgan

qish

oylarida

, xususan

dekabrda

, me’yoriy oshish holatlari umuman qayd etilmagan

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, chang zarralari havoning eng muhim ifloslantiruvchi

komponentlaridan biri bo‘lib, ularning konsentratsiyasi nafaqat ekologik muhitga, balki inson

salomatligiga ham jiddiy tahdid soladi. Ushbu zarrachalar o‘z o‘lchamlari kichikligi sababli

nafas yo‘llari orqali o‘pkaga chuqur kirib borib, surunkali bronxit, astma, yurak-qon tomir

tizimi kasalliklari va hatto onkologik xastaliklar rivojlanishiga olib kelishi mumkin

Yuqoridagi muammolardan kelib chiqib, quyidagi amaliy xulosalar va tavsiyalarni berish

mumkin:

1.

Havoni changdan tozalovchi texnologiyalarni

sanoat korxonalarida joriy etish,

mavjud chang tutuvchi moslamalarni yangilash va samaradorligini oshirish zarur.

2.

Shaqar infratuzilmasini ekologik standartlarga mos ravishda rivojlantirish

,

qurilish va asfaltlash jarayonlarida chang chiqishini kamaytiruvchi texnologiyalarni tatbiq etish

muhim.

3.

Avtomobillar harakatini optimallashtirish

, yo‘llarni muntazam namlab tozalash,

chang ko‘tarilishini kamaytirishga xizmat qiladi.

4.

Yashil hududlarni kengaytirish

, daraxt va butalar ekish orqali changni tutib qolish

tabiiy filtr vazifasini bajaradi.


background image

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI

IYUL

ANDIJON,2025

201

5.

Aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish

va atrof-muhit muhofazasiga oid

profilaktik choralarni tushuntirish barqaror rivojlanish asosidir.

6.

Atmosfera monitoringini doimiy ravishda olib borish

, yillik hisobotlarni

jamoatchilikka taqdim etish orqali ochiqlik va nazoratni kuchaytirish lozim.

Shunday qilib, Navoiy shahrida 2018-yilda chang zarralari bo‘yicha olingan natijalar bu sohada

chuqur monitoring, tizimli yondashuv va davlat siyosatini takomillashtirish zarurligini

ko‘rsatmoqda. Faqat ekologik xavfsizlikni ta'minlash orqaligina jamiyat salomatligi va atrof-

muhit barqarorligini saqlash mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi. (2018). Atmosfera

havosining ifloslanishi bo‘yicha yillik monitoring hisobotlari. Toshkent: O‘zgidromet.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi

vazirligi. (2018). Atrof-muhit holati va uni muhofaza qilish bo‘yicha Davlat hisobotlari.

Toshkent.

3.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO). (2018). Ambient (outdoor) air pollution.

Geneva: WHO Publications.

4.

Qodirov, T. (2020). Atmosfera havosining ifloslanishi va inson salomatligi. Toshkent:

Fan va texnologiya nashriyoti.

5.

Abdurahmonov, M. (2017). Atrof-muhit muhofazasi asoslari. Toshkent: O‘zbekiston

Milliy ensiklopediyasi.

6.

World Bank. (2019). Pollution Management and Environmental Health. Washington

D.C.: World Bank Publications.

7.

Nazarov, S., & Salomova, G. (2016). Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish.

Samarqand: SamDU nashriyoti.

8.

G‘ulomov, H. (2015). Sanoat chiqindilari va ularning ekologiyaga ta’siri. Toshkent:

O‘qituvchi nashriyoti.

References

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi. (2018). Atmosfera havosining ifloslanishi bo‘yicha yillik monitoring hisobotlari. Toshkent: O‘zgidromet.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi. (2018). Atrof-muhit holati va uni muhofaza qilish bo‘yicha Davlat hisobotlari. Toshkent.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO). (2018). Ambient (outdoor) air pollution. Geneva: WHO Publications.

Qodirov, T. (2020). Atmosfera havosining ifloslanishi va inson salomatligi. Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti.

Abdurahmonov, M. (2017). Atrof-muhit muhofazasi asoslari. Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi.

World Bank. (2019). Pollution Management and Environmental Health. Washington D.C.: World Bank Publications.

Nazarov, S., & Salomova, G. (2016). Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish. Samarqand: SamDU nashriyoti.

G‘ulomov, H. (2015). Sanoat chiqindilari va ularning ekologiyaga ta’siri. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti.