“ALPOMISH” DOSTONIDAGI “INSON” GURUHIGA KIRUVCHI O‘XSHATISHLARDA OʻZBEK MADANIYATI ME'YOR VA QADRIYATLARI AKS ETTIRILISHI

Abstract

Alpomish dostonidagi inson guruhiga kiruvchi o‘xshatishlarni lingvomadaniy jihatdan tadqiq etish o‘zbek millatining mentaliteti, milliy ongining o‘ziga xosliklari, qadriyatlari tizimi mohiyatini yoritishda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Inson guruhi ostiga uning tashqi va ichki olamiga xos xususiyatlarni ifodalovchi o‘xshatishlar tasvirlanadi.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
Branch of knowledge
f
285-286

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Abdullayeva , G. (2025). “ALPOMISH” DOSTONIDAGI “INSON” GURUHIGA KIRUVCHI O‘XSHATISHLARDA OʻZBEK MADANIYATI ME’YOR VA QADRIYATLARI AKS ETTIRILISHI. Научный информационный бюллетень, 9(2), 285–286. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/ifx/article/view/131130
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Alpomish dostonidagi inson guruhiga kiruvchi o‘xshatishlarni lingvomadaniy jihatdan tadqiq etish o‘zbek millatining mentaliteti, milliy ongining o‘ziga xosliklari, qadriyatlari tizimi mohiyatini yoritishda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Inson guruhi ostiga uning tashqi va ichki olamiga xos xususiyatlarni ifodalovchi o‘xshatishlar tasvirlanadi.


background image

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI

IYUL

ANDIJON,2025

285

“ALPOMISH” DOSTONIDAGI “INSON” GURUHIGA KIRUVCHI

O‘XSHATISHLARDA OʻZBEK MADANIYATI ME'YOR VA QADRIYATLARI AKS

ETTIRILISHI

Abdullayeva Gulsinoy Zafarovna

Alfraganus University 2-bosqich magistranti

Annotatsiya:

Alpomish dostonidagi inson guruhiga kiruvchi o‘xshatishlarni lingvomadaniy

jihatdan tadqiq etish o‘zbek millatining mentaliteti, milliy ongining o‘ziga xosliklari,

qadriyatlari tizimi mohiyatini yoritishda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Inson guruhi ostiga

uning tashqi va ichki olamiga xos xususiyatlarni ifodalovchi o‘xshatishlar tasvirlanadi.

Kalit so‘zlar:

tashqi ko‘rinish, harakat tavsifi, jismoniy xususiyat, nutqiy faoliyat, fiziologik

holat, insonlararo xususiyatlar

Kirish

“Alpomish” dostonida qo‘llangan o‘zbek tiliga xos turg‘un o‘xshatishlarni semantik guruhlash,

lingvomadaniy jihatdan tadqiq etish orqali o‘zbek millatiga xos bo‘lgan lisoniy manzarani

tavsiflash, milliy madaniyatga xos bo‘lgan qadriyatlar tizimini asoslashdan iborat.

Asosiy qism

O‘zbek mentalitetida insonning turli xususiyatlaridan eng ko‘p o‘zining obrazli ifodasiga ega

bo‘lgan parametr uning tashqi ko‘rinishidir. D.Xudoyberganova turg‘un o‘xshatishlarni

quyidagi ma‘noviy guruhlarga bo‘lib o‘rganadi.

Tashqi ko‘rinish:

“umumiy taassurot”, “qomat”, “ko‘z”, “qosh”, “yuz”, “tishlar”, “soch”,

“soqol”, “mo‘ylov”, “bosh”, “lab”, “og‘iz” “quloq”, “kiprik”, “burun”, “xol”, “o‘xshashlik”

Harakat-harakatsizlik:

layoqatlilik itdek / molday / devdek / chumolidek / asalaridek /

eshakdek ishlamoq

Jismoniy xususiyatlar:

“baquvvatlik”, “semizlik”, “oriqlik”, “chaqqonlik”.

Nutqiy faoliyat:

“nutqning qo‘polligi”, “nutqning tezligi”, “nutqning cho‘ziqligi”, “o‘tkir

ovozdagi nutq”, “past, yoqimsiz ovozdagi nutq”, “nuqsonli nutq”, “takrorlanuvchi nutq”,

“gapirmaslik”.

Fiziologik holat:

“sog‘lomlik”, “xastalik”, “horg‘inlik”, “uyqu”.

Insonlararo munosabatlar:

“do‘stlik, ahillik”, “mehribonlik”, “dushmanlik, g‘arazlilik”,

“xiralik”.

Insonlarning jamiyat a’zolari bilan munosabatida, ayniqsa, kommunikatsiyaga kirishuvida

dastlabki taassurot tashqi ko‘rinish asosida hosil bo‘ladi. Milliy o‘ziga xos baho

munosabatining madaniyatdagi turg‘unlashgan me’yorlar asosida shakllanishi inson tashqi

ko‘rinishini tavsiflovchi o‘xshatishlarda aks etgan qadriyatlar va aksqadriyatlar nisbatidan

oydinlashadi. E’tiborlisi, umumiy taassurot ifodalovchilari sifatida berilgan chiroyli yoki

xunuklik, ko‘pincha “yuz”dan kelib chiqadi. E’tibor bering: chiroyli (inson): guldek, oydek,

o‘n to‘rt kunlik oydek, suqsurdek, malikalardek, farishtadek, popukdek//chiroyli (yuz): kundek,

oydek, guldek; yoki xunuk: ajinadek, azroildek, alvastidek yalmog‘izdek. Insonni chiroyli yoki

xunuk deb hisoblash ham birinchi navbatda, yuz chiroyi/xunukligiga tayanadi. Demak,

o‘zbekcha chiroy – qomat chiroyidan ko‘proq yuz chiroyidir.
Jamoli oyday to'libdi,


background image

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI

IYUL

ANDIJON,2025

286

Yoshi yettida bo'libdi,
Alpomish dostonidan olingan parchada Barchinoyning yuzi oyday deb tasvirlanmoqda,

parchadagi oyday, gulday so‘zlari o‘xshatish etaloni hisoblanadi, bu erkin o‘xshatishga misol

bo‘ladi.
Alpomish dostonida insoning tashqi va ichki ko‘rinishini ifodalaydigan o‘xshatishlar juda ko‘p

va asosan o‘xshatish vositasi “day”, “dek” qo‘shimchalaridan foydalanilgan.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Alpomish dostonida o‘zbek millati qadriyatlarini aks ettiruvchi

o‘xshatishlarga ko‘plab misol topish mumkin. O‘zbek mentalitetining o‘ziga xos qirralarini

ko‘rsatuvchi birinchi jihat sifatida voqelikdagi narsa-hodisalarga estetik yondashuvni ko‘rsatish

mumkin. Bunday yondashuvga go‘zallik va mukammallik to‘g‘risidagi tasavvurlar asos bo‘lib,

millatning ma’naviy olami serqirraligidan dalolat beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

“Alpomish”O‘zbek xalq qahramonlik dostoni – Toshkent: Fan, 2018.-368 b.

2.

Усмонов Ф.Ф. Ўзбек тилидаги ўхшатишларнинг лингвомаданий тадқиқи: Филол.

фан. бўйича фалс. д-ри (PhD) дисс... – Тошкент, 2020. – Б. 33-35.

3.

Худойберганова Д. Ўзбек тилшунослигида матннинг антропоцентрик талqини //

Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2011. – № 1. – Б. 56-56.

4.

Худойберганова Д. Матннинг антропоцентрик тадқиқи. – Тошкент: Фан, 2013. –

Б. 135.

5.

Махмудов Н. Ўхшатишлар – образли тафаккур махсули// Ўзбек тили ва адабиёти.

– Тошкент, 2011. – № 3. – Б. 19-24.

References

“Alpomish”O‘zbek xalq qahramonlik dostoni – Toshkent: Fan, 2018.-368 b.

Усмонов Ф.Ф. Ўзбек тилидаги ўхшатишларнинг лингвомаданий тадқиқи: Филол. фан. бўйича фалс. д-ри (PhD) дисс... – Тошкент, 2020. – Б. 33-35.

Худойберганова Д. Ўзбек тилшунослигида матннинг антропоцентрик талqини // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2011. – № 1. – Б. 56-56.

Худойберганова Д. Матннинг антропоцентрик тадқиқи. – Тошкент: Фан, 2013. – Б. 135.

Махмудов Н. Ўхшатишлар – образли тафаккур махсули// Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2011. – № 3. – Б. 19-24.