XORIJIY DAVLATLAR KONSTITUTSIYALARIDA FUQARO VA DAVLATNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARINING O'ZARO BOG'LIQLIGINING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY MUSTAHKAMLASH USULLARI

Annotasiya

Mazkur tezisda xorijiy davlatlar konstitutsiyalari tahlil qilinib, fuqarolarning huquqlari va davlatning majburiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning konstitutsiyaviy-huquqiy asosda qanday shakllantirilgani yoritiladi. Ayrim davlatda fuqarolarning erkinliklari nafaqat kafolatlanishi, balki davlat tomonidan ijtimoiy va huquqiy himoya qilish majburiyatlari bilan uyg‘unlashgani ko‘rsatiladi. Tezisda konstitutsiyaviy muvozanatning demokratik boshqaruvdagi munosabatlarining huquqiy barqarorligini ta’minlashdagi roli ilmiy asosda tahlil etilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi
  • Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti Davlat boshhqaruvi huquqi yo‘nalishi magistranti
f
113-118

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Yo‘ldoshev , H. (2025). XORIJIY DAVLATLAR KONSTITUTSIYALARIDA FUQARO VA DAVLATNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARINING O’ZARO BOG’LIQLIGINING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY MUSTAHKAMLASH USULLARI. Ilm Fan Xabarnomasi, 9(2), 113–118. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/ifx/article/view/131059
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur tezisda xorijiy davlatlar konstitutsiyalari tahlil qilinib, fuqarolarning huquqlari va davlatning majburiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning konstitutsiyaviy-huquqiy asosda qanday shakllantirilgani yoritiladi. Ayrim davlatda fuqarolarning erkinliklari nafaqat kafolatlanishi, balki davlat tomonidan ijtimoiy va huquqiy himoya qilish majburiyatlari bilan uyg‘unlashgani ko‘rsatiladi. Tezisda konstitutsiyaviy muvozanatning demokratik boshqaruvdagi munosabatlarining huquqiy barqarorligini ta’minlashdagi roli ilmiy asosda tahlil etilgan.


background image

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI

IYUL

ANDIJON,2025

113

XORIJIY DAVLATLAR KONSTITUTSIYALARIDA FUQARO VA DAVLATNING

HUQUQ VA MAJBURIYATLARINING O'ZARO BOG'LIQLIGINING

KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY MUSTAHKAMLASH USULLARI

Yo‘ldoshev Husniddin

Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti Davlat boshhqaruvi

huquqi yo‘nalishi magistranti

Anotatsiya:

Mazkur tezisda xorijiy davlatlar konstitutsiyalari tahlil qilinib, fuqarolarning

huquqlari va davlatning majburiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning konstitutsiyaviy-

huquqiy asosda qanday shakllantirilgani yoritiladi. Ayrim davlatda fuqarolarning erkinliklari

nafaqat kafolatlanishi, balki davlat tomonidan ijtimoiy va huquqiy himoya qilish majburiyatlari

bilan uyg‘unlashgani ko‘rsatiladi. Tezisda konstitutsiyaviy muvozanatning demokratik

boshqaruvdagi munosabatlarining huquqiy barqarorligini ta’minlashdagi roli ilmiy asosda tahlil

etilgan.

Kalit so‘zlar:

konstitutsiyaviy-huquqiy muvozanat, fuqaro huquqlari, davlat majburiyatlari,

xorijiy konstitutsiyalar, huquq va majburiyat dialektikasi, demokratik boshqaruv, huquqiy

davlat, inson huquqlari, konstitutsiyaviy tamoyillar, huquqiy mexanizmlar

Kirish.

Zamonaviy konstitutsiyalar fuqarolar va davlat o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni

aniq belgilab beruvchi asosiy huquqiy hujjatlar hisoblanadi. Fuqaro huquqlari va erkinliklari,

ularning davlat oldidagi majburiyatlari, shuningdek davlatning o‘z fuqarolari oldidagi burchlari

ushbu huquqiy munosabatlarning markazida turadi. Mazkur tezisda xorijiy davlatlar, xususan

AQSh, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Rossiya Federatsiyasi va boshqa

mamlakatlar konstitutsiyalarida ushbu masala qanday yondashuvlar asosida tartibga solinishi

o‘rganiladi.

Asosiy qism.

Fuqaro va davlat o‘rtasidagi huquqiy bog‘liqlik huquqiy davlat konsepsiyasining

markaziy elementlaridan biridir. Bu munosabat bir tomonlama emas, balki o‘zaro majburiyat

va javobgarliklar asosida shakllanadi. Fuqaro mustaqil huquqiy shaxs sifatida davlatdan

ajratilgan, biroq uning huquqiy maqomi aynan davlat tomonidan tan olinadi va himoya qilinadi.

Bu holat fuqaro mustaqilligini inkor etmagan holda, uni huquqiy tizim bilan bog‘laydi.

Fuqaro va davlat o‘rtasidagi huquqiy bog‘liqlikning nazariy asoslari Demokratik huquqiy

davlat nazariyasiga ko‘ra, fuqaro mustaqil, ammo huquqiy jihatdan davlat bilan bog‘langan

subyektdir. Unga berilgan huquqlar davlat tomonidan kafolatlanadi, davlat esa o‘z vakolatlarini

aynan fuqarolarning roziligi asosida amalga oshiradi. Bu xalq suvereniteti tamoyilidir, ya’ni

davlat hokimiyati xalqdan kelib chiqadi va xalq irodasi bilan cheklanadi[1].

Xalq suvereniteti – bog‘liqlikning konstitutsiyaviy manbai Konstitutsiyaviy huquqiy nazariyada

bu o‘zaro bog‘liqlik xalq suvereniteti tamoyiliga tayanadi. Ya’ni, davlat hokimiyati oliy manbai

xalqning o‘zidir. Fransuz inqilobi davrida shakllangan bu tamoyil 1789-yilgi Inson va fuqarolar

huquqlari deklaratsiyasida quyidagicha ifodalangan edi:

Har qanday suverenitetning asosi millatdir. Hech bir jamoa yoki shaxs undan hokimiyatni

olishi mumkin emas, faqat xalq roziligi bilangina hokimiyat qonuniy bo‘ladi. Bu shuni

anglatadiki, davlatning har qanday vakolati – parlamentdan tortib, ijro hokimiyatiga qadar –

xalqning roziligi va qonuniy vakilligi orqali amal qiladi.

Huquqiy kafolat va javobgarlikning o‘zaro chambarchasligi Fuqaroning huquqlari mustaqil

tarzda mavjud bo‘lsa-da, ularning konstitutsiyaviy kafolati — davlat zimmasidagi majburiyat

sifatida qaraladi. Masalan, insonning yashash huquqi, mulk huquqi yoki fikr bildirish erkinligi

fuqaroga tug‘ma tarzda berilgan bo‘lishi mumkin, ammo ularning real hayotda amalga

oshirilishi davlat tomonidan yaratilgan qonuniy asoslar, sud himoyasi va boshqaruv tizimi

orqali ta’minlanadi.


background image

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI

IYUL

ANDIJON,2025

114

Shu nuqtai nazardan, fuqaro va davlat o‘rtasidagi huquqiy bog‘liqlik bir-biriga qarshi emas,

balki to‘ldiruvchi elementlardir.

Mazkur munosabat “huquq–majburiyat” dialektikasi asosida qaraladi: fuqarolarning huquqlari

— davlatning majburiyatlaridan, davlatning vakolatlari esa — fuqarolarning roziligidan kelib

chiqadi. Versteeg va Alton (2020) buni “huquqiy muvozanat” tamoyili deb ataydi[2].

AQSh Konstitutsiyasi 1787-yilda qabul qilingan bo‘lib, federal hokimiyatning asosiy

tamoyillarini belgilaydi. Unda fuqarolarning huquqlari alohida hujjat — 1791-yilda qabul

qilingan Huquqlar to‘g‘risidagi Bill (Bill of Rights) orqali mustahkamlangan. Mazkur hujjatda

fuqarolarning asosiy konstitutsiyaviy erkinliklari belgilab qo‘yilgan bo‘lib, ular davlat

tomonidan tan olinishi va himoya qilinishi lozim. Bu jihatdan AQSh Konstitutsiyasi fuqarolar

va davlat o‘rtasidagi "huquq–majburiyat" dialektikasining yorqin ifodasidir.

Jumladan, Bill of Rightsning 1-moddasida so‘z va diniy erkinlik kafolatlangan. Mazkur modda

quyidagicha ifodalanadi: “Kongress diniy e’tiqod o‘rnatish yoki erkin diniy amaliyotni

taqiqlovchi qonun chiqarmasligi, so‘z, matbuot, tinch yig‘ilish, va hukumatga murojaat qilish

erkinligini cheklovchi qonun qabul qilmasligi kerak.” Bu norma orqali fuqarolar o‘z fikrini

erkin ifoda etish, diniy e’tiqodiga ko‘ra yashash huquqiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, davlat

bu erkinliklarni cheklovchi har qanday qonuniy harakatlardan tiyilishi lozim. Bu holatda

fuqarolarning huquqi — davlat zimmasidagi majburiyat sifatida namoyon bo‘ladi. Davlatning

vazifasi — mazkur huquqlarni buzmaslik va ularni himoya qilish uchun zarur mexanizmlarni

yaratishdan iborat.

Shuningdek, Huquqlar to‘g‘risidagi Billning 4-moddasi shaxs daxlsizligini kafolatlaydi. Unda

quyidagi norma bayon etilgan: “Xalqning o‘zlari, uylari, hujjatlari va mulki asossiz tintuv va

musodara qilinishdan daxlsiz bo‘lish huquqi buzilmasligi lozim, va bu huquq faqat asosli sabab

bo‘lgandagina, qasamyod bilan tasdiqlangan order asosida, aniq ko‘rsatilgan joy, odam yoki

narsa bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.” Ushbu modda fuqarolarning shaxsiy hayoti, mulki

va yashash joyiga nisbatan davlat aralashuvini qat’iy tartibga soladi. Asossiz tintuvlar va

musodara qilish harakatlari taqiqlanadi. Faqat sud orderi asosida, qonuniy zarurat bo‘lgan

taqdirda bu kabi aralashuvlarga ruxsat beriladi. Bu esa davlat organlarining vakolatlariga aniq

huquqiy chegara o‘rnatadi.

Yuqoridagi ikki modda tahlili asosida quyidagi xulosaga kelish mumkin: AQSh

konstitutsiyaviy tizimi fuqarolarning erkinliklarini muqaddas deb biladi va ularni himoya

qilishni davlatning asosiy burchi sifatida belgilaydi. Bu esa Versteeg va Alton (2020)

tomonidan ilgari surilgan “huquqiy muvozanat” tamoyiliga to‘liq mos keladi. Mazkur

tamoyilga ko‘ra, fuqarolarning huquqlari — davlatning majburiyatlaridan, davlat vakolatlari

esa — fuqarolarning roziligi va roziligi asosidagi ijtimoiy kelishuvdan kelib chiqadi. Bu

muvozanat demokratik boshqaruvning poydevori hisoblanadi va davlat bilan fuqarolar

o‘rtasidagi o‘zaro ishonch asosini tashkil etadi.

Germaniya Asosiy Qonuni (Grundgesetz) 1949-yilda qabul qilingan bo‘lib, mamlakatning

konstitutsiyaviy poydevorini tashkil etadi. Ushbu hujjat inson sha’ni va huquqlarining

ustuvorligini davlat hokimiyatining asosiy cheklovi sifatida belgilaydi. Bu jihatdan Germaniya

konstitutsiyaviy modeli davlat va fuqaro o‘rtasidagi huquqiy muvozanatni “inson markazidagi”

yondashuv asosida shakllantiradi.

Germaniya Asosiy Qonuni (Grundgesetz) modeli Germaniya Asosiy Qonuni (1949) 1-

moddasida inson sha’ni davlatdan ham yuqori qo‘yiladi: “Inson sha’ni daxlsizdir. Uni hurmat

qilish va himoya qilish – davlatning burchidir.” Bu davlatga nisbatan “pozitiv majburiyat”ni

belgilaydi[3].

Mazkur norma ikki muhim tamoyilni o‘z ichiga oladi. Birinchidan, inson sha’ni davlatdan

ustun, ya’ni hech qanday hokimiyat inson sha’nini tahqirlay olmaydi. Ikkinchidan, davlat ushbu

sha’nni nafaqat buzmasligi, balki uni faol himoya qilishi ham shart. Bu konstitutsiyaviy

yondashuv xalqaro huquqdagi “pozitiv majburiyat” tushunchasiga mos keladi. Ya’ni, davlat


background image

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI

IYUL

ANDIJON,2025

115

inson huquqlarini faqat cheklamaslik bilan cheklanmaydi, balki ularni himoya qilish uchun

zarur chora-tadbirlarni ham ko‘rishi lozim. Bu tamoyil, ayniqsa, davlat xizmatlari, sud-huquq

tizimi, ijtimoiy ta'minot va xavfsizlik siyosatida muhim o‘rin tutadi.

Ushbu qonuning 19-moddasi har bir erkinlik huquqi boshqa insonlarning huquqlari bilan

cheklanishini nazarda tutadi, ya’ni davlat “faol himoyachi” bo‘lishi lozim, lekin boshqa

fuqarolarning huquqlarini ta’minlash doirasida harakat qiladi[4]. Ya’ni, erkinliklar cheksiz

emas, ular boshqa fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari bilan chegaralangan bo‘lishi lozim.

Bu tamoyil davlatning “faol himoyachi” sifatidagi rolini mustahkamlaydi: davlat inson

erkinliklarini himoya qilishi shart, biroq bu faoliyat boshqa fuqarolarning qonuniy

manfaatlariga ziyon yetkazmasligi kerak.

Demak, Germaniya Asosiy Qonuni inson huquqlari va davlat vakolatlari o‘rtasida nozik

muvozanatni yaratishga xizmat qiladi.

Fransuz konstitutsiyaviy tizimi 1789-yilda qabul qilingan Inson va fuqarolarning huquqlari

deklaratsiyasi asosida shakllangan bo‘lib, u hanuzgacha Fransiya Konstitutsiyasining muhim

tarkibiy qismi hisoblanadi. Mazkur deklaratsiya fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini

bayon etish bilan birga, ularni amalga oshirishdagi huquqiy va axloqiy cheklovlarni ham

belgilab beradi. Bu yondashuv fuqarolik erkinliklari va ijtimoiy mas’uliyat o‘rtasidagi uzviy

bog‘liqlikni ta’minlaydi.

Deklaratsiya davlat organlarini fuqarolarning huquqlarini hurmat qilish va amalga oshirishga

majbur qiladi. Shu bilan birga, fuqarolar ham ijtimoiy majburiyatlarni bajarishga chaqiriladi [6].

Ayniqsa, deklaratsiyaning 4-moddasida erkinlik mohiyati aniq va qisqa formulada ifoda etilgan:

“Erkinlik — bu o‘zgalarga zarar yetkazmaydigan harakatni bajarish huquqidir.” Mazkur

tamoyil Fransuz huquqiy tafakkuridagi fundamental konsepsiyalardan biri bo‘lib, huquqlarni

cheksiz va mutlaq emas, balki ijtimoiy mas’uliyat bilan uyg‘un holda tushunishga asos bo‘ladi.

Erkinlikka bunday yondashuv shuni anglatadiki, har bir fuqaro o‘z huquqlarini amalga

oshirishda boshqa insonlarning huquqlari va manfaatlarini inobatga olishi lozim. Ya’ni,

fuqaroning erkinligi — u boshqalarning erkinligiga tajovuz qilmaydigan doiradagina

kafolatlanadi[5].

Bu prinsip davlatga ikki tomonlama vazifani yuklaydi. Birinchidan, davlat erkinliklarni tan

oladi va ularni himoya qiladi. Ikkinchidan esa, ushbu erkinliklar boshqa fuqarolarning

huquqlari bilan to‘qnash kelmasligi uchun zaruriy me’yoriy-chegaraviy mexanizmlarni

belgilaydi. Shunday qilib, deklaratsiyada huquq va majburiyatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik

aniq va lo‘nda tarzda huquqiy prinsipga aylantirilgan. Mazkur tamoyil Fransuz huquqiy

tafakkuridagi fundamental konsepsiyalardan biri bo‘lib, huquqlarni cheksiz va mutlaq emas,

balki ijtimoiy mas’uliyat bilan uyg‘un holda tushunishga asos bo‘ladi. Erkinlikka bunday

yondashuv shuni anglatadiki, har bir fuqaro o‘z huquqlarini amalga oshirishda boshqa

insonlarning huquqlari va manfaatlarini inobatga olishi lozim. Ya’ni, fuqaroning erkinligi — u

boshqalarning erkinligiga tajovuz qilmaydigan doiradagina kafolatlanadi.

Fransiya tajribasi shuni ko‘rsatadiki, demokratik jamiyatda erkinlik faqat huquq sifatida emas,

balki mas’uliyatli foydalaniladigan ijtimoiy institut sifatida qaraladi. Bu yondashuv, o‘z

navbatida, fuqarolarning ongida huquq madaniyatini shakllantirish va jamiyatdagi o‘zaro

hurmat tamoyilini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yaponiya Konstitutsiyasi (1947) Yaponiya Konstitutsiyasi 12–18-moddalarida shaxs

erkinliklari, siyosiy huquqlar va tenglik kafolatlarini belgilaydi. 12-modda har bir huquqni

ongli va ijtimoiy mas’uliyatli tarzda amalga oshirishni talab qiladi [7].

Bu konstitutsiyasining 30- moddada soliqlarni adolatli tarzda to‘lash fuqarolarning asosiy

konstitutsiyaviy majburiyati sifatida qayd etilgan. Bu davlat va fuqaro o‘rtasidagi iqtisodiy

bog‘liqlikning huquqiy shaklidir [8]. Ya’ni soliq to‘lash faqat moliyaviy majburiyat emas, balki

davlat faoliyatini qonuniy asosda moliyalashtirish va umumiy manfaatlarni ta’minlashdagi


background image

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI

IYUL

ANDIJON,2025

116

fuqarolik mas’uliyatidir. Bu yondashuv, bir tomondan, fuqarolarning iqtisodiy faoliyatini davlat

oldidagi mas’uliyatga bog‘lasa, ikkinchi tomondan, davlat tomonidan soliqlarning adolatli va

shaffof yo‘nalishlarda sarflanishini ham nazarda tutadi.

Shu tariqa, deklaratsiyaning 30-moddasi soliqqa oid huquqiy munosabatlarni ikki tomonlama –

fuqarolik burchi va davlat majburiyati sifatida belgilaydi, bu esa huquqiy va iqtisodiy

barqarorlikning asosiy garovidir.

Janubiy Koreya Konstitutsiyasi Janubiy Koreya Konstitutsiyasida keng doiradagi huquqlar

(so‘z erkinligi, ta’lim olish, mulk huquqi) tan olingan. Shu bilan birga, har bir fuqaro davlat

mudofaasiga xizmat qilish, soliqlarni to‘lash va qonunlarga rioya qilishga majbur deb

hisoblanadi (39–40-moddalar) [9]. Mazkur yondashuv shundan iboratki, fuqarolarning

konstitutsiyaviy huquqlari deklarativ emas, balki huquqiy jihatdan kafolatlangan bo‘ladi. Shu

bilan birga, davlat faqat huquqlarni tan olibgina qolmay, balki ularni ta’minlash va himoya

qilish borasida

pozitiv majburiyatlar

ni ham bajaradi. Ya’ni, Konstitutsiya orqali davlat

fuqarolarning erkinligi, xavfsizligi, tengligi va ijtimoiy farovonligini ta’minlovchi faol subyekt

sifatida namoyon bo‘ladi.

Bunday muvozanatli yondashuv, bir tomondan, davlat vakolatlarini konstitutsiyaviy doirada

cheklaydi, ikkinchi tomondan esa fuqarolarning majburiyatlarini (masalan: qonunlarga rioya

qilish, soliq to‘lash, boshqa fuqarolarning huquqlarini hurmat qilish kabi) ham asoslaydi. Shu

jihatdan, konstitutsiyaviy yondashuv “huquq–majburiyat” dialektikasiga tayangan bo‘lib, har

ikki tomon — davlat va fuqaro — o‘zaro huquqiy javobgarlik asosida faoliyat yuritadi.

Shunday qilib, konstitutsiyaviy yondashuv nafaqat davlat hokimiyati va fuqaroning o‘zaro

aloqalarini tartibga soladi, balki demokratik jamiyatda barqarorlik, huquqiylik va adolat

prinsiplari ustivorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Konstitutsiya fuqarolik huquqlari va davlat majburiyatlarini muvozanatli asosda qaror toptiradi.

Bu “konstitutsiyaviy yondashuv” deb ataladi va demokratik tizimda o‘ziga xos model

hisoblanadi [10].

Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasi (1993) Rossiya Konstitutsiyasining 17–64-moddalarida

asosiy huquq va erkinliklar bayon etilgan. Shuningdek, 55-modda shaxsiy huquqlarni faqat

qonuniy asosda va boshqa insonlarning huquqlarini himoya qilish maqsadida cheklash

mumkinligini nazarda tutadi[11].

Konstitutsiyaning 55-moddasida inson huquqlarini cheklash faqat qonuniy asosda va boshqa

fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadida amalga oshirilishi mumkinligi

qat’iy belgilangan. Bu tamoyil huquqlarni himoya qilish va ularni ijtimoiy muvozanat doirasida

tartibga solish o‘rtasidagi konstitutsiyaviy ehtiyojni aks ettiradi. Shu tarzda, huquqlarni

cheklash davlat ixtiyorida emas, balki qonuniy va demokratik mezonlarga asoslanadi.

Bundan tashqari, 21-modda inson sha’nini oliy qadriyat sifatida e’tirof etadi va uni davlat

tomonidan himoya qilish majburiyatini yuklaydi. Bu norma fuqarolarning daxlsizligini va qadr-

qimmatini konstitutsiyaviy darajada kafolatlash orqali Rossiya huquqiy tizimida insonparvarlik

tamoyillarining ustuvorligini ko‘rsatadi.

Konstitutsiyaning 38–40-moddalarida esa davlatning oila, atrof-muhit va ijtimoiy farovonlik

borasidagi majburiyatlari belgilangan. Jumladan, davlat:

oilani va onalik, otalik hamda bolalikni himoya qilish;

sog‘lom ekologik muhitni saqlash;

fuqarolarga ijtimoiy ta’minot, yordam va minimal yashash sharoitlarini yaratish

borasida majburiyatlarga ega.

Bu majburiyatlar Rossiya Federatsiyasida konstitutsiyaviy huquqlarni faqat deklarativ emas,

balki institutsional va amaliy darajada ta’minlashga qaratilganini ko‘rsatadi. Davlat

fuqarolarning nafaqat siyosiy va shaxsiy erkinliklarini, balki ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini ham

kafolatlash orqali o‘zining ijtimoiy mas’uliyatini amalga oshiradi.


background image

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI

IYUL

ANDIJON,2025

117

21-modda inson sha’nini davlat himoyasiga qo‘yadi, 38-40-moddalar esa oila, atrof-muhit,

ijtimoiy kafolatlar borasida ham davlat majburiyatlarini belgilaydi [12]. Umumiy tendensiyalar

va huquqiy mexanizmlar bugungi global konstitutsiyaviy yondashuvda huquq va majburiyatlar

qarama-qarshi emas, balki o‘zaro to‘ldiruvchi elementlar sifatida qaralmoqda. Huquqlarni

amalda ta’minlashda quyidagi mexanizmlar keng qo‘llaniladi:

Konstitutsiyaviy sudlar — fuqarolar huquqlarining eng oliy himoya vositasi;

Ombudsman institutlari — ijro hokimiyati ustidan fuqarolik nazoratini ta’minlovchi mustaqil

organ;

Parlament nazorati — huquq va majburiyatlar ijrosini tekshiruvchi siyosiy mexanizm [13].

Bu mexanizmlar orqali fuqaro va davlat o‘rtasidagi huquqiy aloqaning barqarorligi

ta’minlanadi.

Xulosa.

Xorijiy davlatlar konstitutsiyalarida fuqaro va davlat o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar

huquq va majburiyatlarning o‘zaro bog‘liqligi asosida shakllantirilgan. Har bir huquq — mos

keluvchi majburiyat bilan uyg‘unlashadi, bu esa demokratik davlatning muhim belgisi

hisoblanadi. Huquqiy davlatda nafaqat fuqaro davlatdan nimalarnidir talab qiladi, balki u ham

jamiyat oldidagi javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, ushbu

muvozanat konstitutsiyada aniq mustahkamlangan bo‘lsa, davlat boshqaruvida barqarorlik va

fuqarolik ishonchi ortadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Footnotes Barros, R. (2021). Constitutionalism and the Citizen-State Relationship. I-

CONnect Blog.

2.

Versteeg, M. & Alton, L. (2020). Why Constitutional Rights Do Not Make States More

Respectful. Comparative Constitutional Law Journal.

3.

Basic Law for the Federal Republic of Germany (Grundgesetz), Article 1.

4.

Kommers, D.P. & Miller, R.A. (2012). The Constitutional Jurisprudence of the Federal

Republic of Germany. Duke University Press.

5.

Declaration of the Rights of Man and of the Citizen, 1789.

6.

Bellamy, R. (2008). Citizenship: A Very Short Introduction. Oxford University Press.

7.

Constitution of Japan, Articles 12–18.

8.

Iwasawa, Y. (1998). The Japanese Constitution and International Human Rights Law.

Japan Review of International Human Rights.

9.

Constitution of the Republic of Korea, Articles 10–40.

10.

Kim, C. (2017). Constitutionalism in South Korea: Rights, Duties, and Democratic

Development. Asia-Pacific Law Review.

11.

Constitution of the Russian Federation, Article 55.

12.

Henderson, J. (2011). The Constitution of Russia: A Contextual Analysis. Hart

Publishing.

13.

Ginsburg, T. (2012). Judicial Review in New Democracies: Constitutional Courts in

Asian Cases. Cambridge University Press.

14.

Ravshanova, I. E., Ahmadjanova, M. S., & Shermatova, Y. S. (2020). Role of

physiological and psychological characteristics of a person in life safety. European Journal of

Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(1).

15.

Yokutkhon, S. (2022). Healthy lifestyle. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL

SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor:

8.036, 11(12), 254-259.

16.

IE, R., Yo S, S., & TT, M. (2022). EMERGENCIES OF A SOCIAL

COLOR. International Journal of Early Childhood Special Education, 14(7).

17.

Sabirovna, S. Y. (2023). HARAKAT–TAYANCH APPARATINING MЕXANIK


background image

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI

IYUL

ANDIJON,2025

118

SHIKASTLANISHLARI. ILMIY TADQIQOTLAR VA JAMIYAT MUAMMOLARI, 1, 18-

22.

18.

Равшанова, И. Э., & Шерматова, Ё. С. (2020). Талабаларнинг Психологик

Саломатлигини Таъминлашнинг Асосий Мезонлари. Интернаука, (3-2), 87-89.

19.

Sabirovna, S. Y. (2023). KUYISHDA BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO’RSATISH

ASOSLARI. ILMIY TADQIQOTLAR VA JAMIYAT MUAMMOLARI, 1, 12-17.

20.

Sabirovna, S. Y. (2022). Use of Innovations and Foreign Experiences in Education of

Students on Life Safety. Eurasian Research Bulletin, 7, 58-61.

21.

Yoqutxon, S. (2022). THE MAIN LAWS OF THE GROWTH AND DEVELOPMENT

OF PRESCHOOL CHILDREN. Galaxy International Interdisciplinary Research

Journal, 10(12), 194-197.

22.

Вахобова, Д. Ш., Ибрагимова, Д. А., & Шерматова, Я. С. (2014). ДЕВИАЦИЯ

КАК

СОЦИАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ

ПРОБЛЕМА.

In

Исследование

инновационного потенциала общества и формирование направлений его стратегического

развития (pp. 89-92).

23.

SABIROVNA, S. Y. RIVOJLANAYOTGAN ZAMON EKOLOGIK XAVFLARNI

BOSHQARISH BOʻYICHA TARTIB QOIDALARNI IJTIMOIY OMILLARI. KASB-

HUNAR TA’LIMI МУНДАРИЖА, 46.

Bibliografik manbalar

Footnotes Barros, R. (2021). Constitutionalism and the Citizen-State Relationship. I-CONnect Blog. ↩

Versteeg, M. & Alton, L. (2020). Why Constitutional Rights Do Not Make States More Respectful. Comparative Constitutional Law Journal. ↩

Basic Law for the Federal Republic of Germany (Grundgesetz), Article 1. ↩

Kommers, D.P. & Miller, R.A. (2012). The Constitutional Jurisprudence of the Federal Republic of Germany. Duke University Press. ↩

Declaration of the Rights of Man and of the Citizen, 1789. ↩

Bellamy, R. (2008). Citizenship: A Very Short Introduction. Oxford University Press. ↩

Constitution of Japan, Articles 12–18. ↩

Iwasawa, Y. (1998). The Japanese Constitution and International Human Rights Law. Japan Review of International Human Rights. ↩

Constitution of the Republic of Korea, Articles 10–40. ↩

Kim, C. (2017). Constitutionalism in South Korea: Rights, Duties, and Democratic Development. Asia-Pacific Law Review. ↩

Constitution of the Russian Federation, Article 55. ↩

Henderson, J. (2011). The Constitution of Russia: A Contextual Analysis. Hart Publishing. ↩

Ginsburg, T. (2012). Judicial Review in New Democracies: Constitutional Courts in Asian Cases. Cambridge University Press. ↩

Ravshanova, I. E., Ahmadjanova, M. S., & Shermatova, Y. S. (2020). Role of physiological and psychological characteristics of a person in life safety. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(1).

Yokutkhon, S. (2022). Healthy lifestyle. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 8.036, 11(12), 254-259.

IE, R., Yo S, S., & TT, M. (2022). EMERGENCIES OF A SOCIAL COLOR. International Journal of Early Childhood Special Education, 14(7).

Sabirovna, S. Y. (2023). HARAKAT–TAYANCH APPARATINING MЕXANIK SHIKASTLANISHLARI. ILMIY TADQIQOTLAR VA JAMIYAT MUAMMOLARI, 1, 18-22.

Равшанова, И. Э., & Шерматова, Ё. С. (2020). Талабаларнинг Психологик Саломатлигини Таъминлашнинг Асосий Мезонлари. Интернаука, (3-2), 87-89.

Sabirovna, S. Y. (2023). KUYISHDA BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO’RSATISH ASOSLARI. ILMIY TADQIQOTLAR VA JAMIYAT MUAMMOLARI, 1, 12-17.

Sabirovna, S. Y. (2022). Use of Innovations and Foreign Experiences in Education of Students on Life Safety. Eurasian Research Bulletin, 7, 58-61.

Yoqutxon, S. (2022). THE MAIN LAWS OF THE GROWTH AND DEVELOPMENT OF PRESCHOOL CHILDREN. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(12), 194-197.

Вахобова, Д. Ш., Ибрагимова, Д. А., & Шерматова, Я. С. (2014). ДЕВИАЦИЯ КАК СОЦИАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА. In Исследование инновационного потенциала общества и формирование направлений его стратегического развития (pp. 89-92).

SABIROVNA, S. Y. RIVOJLANAYOTGAN ZAMON EKOLOGIK XAVFLARNI BOSHQARISH BOʻYICHA TARTIB QOIDALARNI IJTIMOIY OMILLARI. KASB-HUNAR TA’LIMI МУНДАРИЖА, 46.