LOR А’ZOLARI SHIKASTLANISHIDA SOG‘LIQQA YETKAZILGAN SHIKAST DARAJASINI SUD-TIBBIY BAHOLASH MEZONLARI

Аннотация

LOR jarohatlarida zararning og‘irligini baholash uchun yangi mezonlar taklif etildi. Bu mezonlar nafaqat anatomik shikastlanishlarni, balki nafas olish, eshitish, hid bilish va ovozning buzilishi kabi funksional buzilishlarni ham hisobga oladi. Zararlanish darajasi ikki omil asosida aniqlanadi: zararlanish xususiyati va funksional buzilishlarning davomiyligi. Og‘ir zarar hayotga xavf tug‘ilganda yoki a’zo funksiyasi doimiy yo‘qolganda, o‘rtacha va yengil zarar esa cheklangan yoki vaqtinchalik buzilishlarda belgilanadi. Bunday mezonlarning joriy etilishi sud-tibbiy ekspertiza xulosalarining asosliligini oshiradi.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Абдумаликов . M. (2025). LOR А’ZOLARI SHIKASTLANISHIDA SOG‘LIQQA YETKAZILGAN SHIKAST DARAJASINI SUD-TIBBIY BAHOLASH MEZONLARI. Научный информационный бюллетень, 9(2), 256–257. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/ifx/article/view/131098
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

LOR jarohatlarida zararning og‘irligini baholash uchun yangi mezonlar taklif etildi. Bu mezonlar nafaqat anatomik shikastlanishlarni, balki nafas olish, eshitish, hid bilish va ovozning buzilishi kabi funksional buzilishlarni ham hisobga oladi. Zararlanish darajasi ikki omil asosida aniqlanadi: zararlanish xususiyati va funksional buzilishlarning davomiyligi. Og‘ir zarar hayotga xavf tug‘ilganda yoki a’zo funksiyasi doimiy yo‘qolganda, o‘rtacha va yengil zarar esa cheklangan yoki vaqtinchalik buzilishlarda belgilanadi. Bunday mezonlarning joriy etilishi sud-tibbiy ekspertiza xulosalarining asosliligini oshiradi.


background image

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI

IYUL

ANDIJON,2025

256

LOR А’ZOLARI SHIKASTLANISHIDA SOG‘LIQQA YETKAZILGAN SHIKAST

DARAJASINI SUD-TIBBIY BAHOLASH MEZONLARI

Abdumalikov I.M.

Annotatsiya:

LOR jarohatlarida zararning og‘irligini baholash uchun yangi mezonlar taklif

etildi. Bu mezonlar nafaqat anatomik shikastlanishlarni, balki nafas olish, eshitish, hid bilish va

ovozning buzilishi kabi funksional buzilishlarni ham hisobga oladi. Zararlanish darajasi ikki

omil asosida aniqlanadi: zararlanish xususiyati va funksional buzilishlarning davomiyligi. Og‘ir

zarar hayotga xavf tug‘ilganda yoki a’zo funksiyasi doimiy yo‘qolganda, o‘rtacha va yengil

zarar esa cheklangan yoki vaqtinchalik buzilishlarda belgilanadi. Bunday mezonlarning joriy

etilishi sud-tibbiy ekspertiza xulosalarining asosliligini oshiradi.

Kalit so‘zlar:

sud-tibbiy ekspertiza; og‘irlik mezonlari; sog‘liqqa zarar yetkazish; funksional

buzilishlar; LOR-jarohatlar

Аннотация:

для оценки тяжести вреда при ЛОР-травмах предложены новые критерии,

учитывающие не только анатомические повреждения, но и функциональные

расстройства — нарушение дыхания, слуха, обоняния и голоса. Степень вреда

определяется по совокупности: характер повреждений и длительность функциональных

нарушений. Тяжкий вред устанавливается при угрозе жизни или стойкой утрате функции

органа, средний и лёгкий — при ограниченных или временных расстройствах.

Внедрение таких критериев повышает обоснованность судебно-медицинской

квалификации.

Ключевые слова:

судебно-медицинская экспертиза; критерии тяжести; вред здоровью;

функциональные нарушения; ЛОР-травмы

Abstract:

New criteria have been proposed for assessing the severity of damage in ENT

injuries, taking into account not only anatomical injuries but also functional disorders -

impaired breathing, hearing, smell, and voice. The degree of harm is determined by a

combination of factors: the nature of the injuries and the duration of functional disorders.

Severe harm is established in cases of life-threatening conditions or permanent loss of organ

function, while moderate and mild harm are determined for limited or temporary disorders. The

implementation of such criteria enhances the validity of forensic medical qualification.

Keywords:

forensic medical examination; severity criteria; harm to health; functional disorders;

ENT injuries

Kirish.

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimida sog‘liqqa yetkazilgan shikast

darajasini sud-tibbiy aniqlash mezonlari SSVning 2012 yil 1 iyundagi 153-sonli buyrug‘i [1],

shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2007 yil 27 iyundagi 6-sonli Plenum

qarori [2] bilan tartibga solinadi. Mazkur normalarga ko‘ra, shikast darajasi yengil, o‘rtacha

yoki og‘ir deb baholanadi. Biroq LOR a’zolari (burun, quloq, hiqildoq) shikastlanishida faqat

anatomik zararlanishlarga tayanish har doim ham etarli emas. Chunki bu organlarning

funksional buzilishlari (nafas olish, eshitish, hid bilish, tovush chiqarish) bemorning hayot sifati

va mehnatga layoqatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi [3].

Tadqiqot maqsadi.

LOR a’zolari shikastlanishida sog‘liqqa yetkazilgan zarar og‘irligini

baholashda funksional buzilishlarni hisobga olgan holda yangi mezonlarni asoslash va

amaliyotga tatbiq etish.

Materiallar va usullar.

2023–2025 yillarda 531 nafar bemorda quloq, burun va hiqildoq

shikastlanishiga oid sud-tibbiy ekspertiza natijalari o‘rganildi. Baholashda oldingi aktiv

rinosmanometriya, akustik rinosmanometriya, audiometriya, videostroboskopiya va

morfologik-funksional mezonlarga asoslangan ballik baholash tizimi qo‘llanildi.

Asosiy natijalar.

Shikast og‘irligi quyidagi mezonlar asosida baholandi:

– shikastlanish lokalizatsiyasi va morfologik turi;


background image

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI

IYUL

ANDIJON,2025

257

– funksional buzilish turi, og‘irligi va davomiyligi.

Doimiy afoniya, doimiy ikki tomonlama burun nafasining yo‘qligi, eshitish yo‘qolishi yoki hid

bilishning butunlay yo‘qolishi og‘ir shikast darajasiga tenglashtirildi. Agar funksional

buzilishlar 21 kundan ortiq davom etsa – o‘rtacha darajadagi shikast deb baholandi. Yengil

darajadagi shikastlar esa 3 haftagacha davom etgan funksional buzilishlar bilan bog‘liq bo‘ldi.

Rinosmanometriyada 0,4 Pa/sm³/s dan yuqori qarshilik yoki audiometriyada 40 dB dan ortiq

eshitish yo‘qotilishi kabi ko‘rsatkichlar ekspert xulosasining aniqligini oshirishga xizmat qildi.

Xulosa.

Sud-tibbiyot ekspertizasida LOR a’zolari shikastlanishining og‘irlik darajasini

baholashda funksional ko‘rsatkichlarni inobatga olish aniq va standartlashtirilgan yondashuvni

shakllantirish imkonini beradi. Zamonaviy usullar – rinosmanometriya, audiometriya,

stroboskopiya – yordamida shikastning sub’ektiv emas, balki ob’ektiv holatda tasdiqlanishi

ta’minlanadi. Taklif etilgan mezonlar ekspertizalarning ishonchliligini oshiradi, kasbiy

kelishmovchiliklar sonini kamaytiradi hamda bemorlarga malakali yordam ko‘rsatish darajasini

oshiradi.

Аdаbiyotlar:

[1] O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012 yil 1 iyundagi 153-son

buyrug‘i “Tana shikastlanishining og‘irlik darajasini sud-tibbiy aniqlash qoidalari haqida”.

[2] O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007 yil 27 iyundagi 6-son qarori “Hayot

va sog‘liqka qarshi jinoyatlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”.

[3] Indiyaminov S.I., Rasulova M.R.

LOR a’zolari zararlanishining sud-tibbiy ekspertizasi

. –

Toshkent: Fan ziyosi, 2021. – 124 b.

[4] Khalikov Sh.U., Ismoilov B.B.

Burun shikastlanishida funksional baholash va ekspert

xulosasi

// Toshkent tibbiyot universiteti axborotnomasi. – 2021. – № 2. – B. 19–23.

[5] Khusanov A.M., Rakhmonov A.J.

Hiqildoq shikastlanishlarida diagnostika va ekspert

bahosi

// O‘zbekiston sud-tibbiyot jurnali. – 2022. – № 1. – B. 33–38.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012 yil 1 iyundagi 153-son buyrug‘i “Tana shikastlanishining og‘irlik darajasini sud-tibbiy aniqlash qoidalari haqida”.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007 yil 27 iyundagi 6-son qarori “Hayot va sog‘liqka qarshi jinoyatlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”.

Indiyaminov S.I., Rasulova M.R. LOR a’zolari zararlanishining sud-tibbiy ekspertizasi. – Toshkent: Fan ziyosi, 2021. – 124 b.

Khalikov Sh.U., Ismoilov B.B. Burun shikastlanishida funksional baholash va ekspert xulosasi // Toshkent tibbiyot universiteti axborotnomasi. – 2021. – № 2. – B. 19–23.

Khusanov A.M., Rakhmonov A.J. Hiqildoq shikastlanishlarida diagnostika va ekspert bahosi // O‘zbekiston sud-tibbiyot jurnali. – 2022. – № 1. – B. 33–38.