INTERNATIONAL JOURNAL OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE
ISSN: 2692-5206, Impact Factor: 12,23
American Academic publishers, volume 05, issue 09,2025
Journal:
https://www.academicpublishers.org/journals/index.php/ijai
page 203
TYPOLOGY OF PERSONALITY IN ULUGBEK HAMDAM'S LYRICS
Saypidinova Mexmonoy
Bukhara city
35-IDUM teacher of native language and literature
Annotation:
in this article, the types of personality used in the lyrical works of Ulugbek
Hamdam, the specificity of which typology arose through expression using somatisms, and
their meaning are revealed.
Keywords:
Personality, Personality typology, somatism, somatic units, mode of expression,
lyricism.
ULUGʻBEK HAMDAM LIRIKASIDA SHAXS TIPOLOGIYASI
Saypidinova Mexmonoy
Buxoro shahar
35-IDUM ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Ulug’bek Hamdamning lirik asarlarida qo’llangan shaxs
turlari, uning tipologiyasi somatizmlar yordamida ifodalanish orqali yuzaga kelgan o’ziga
xoslik va ularning ma’no mazmuni ochib beriladi.
Kalit so’zlar:
Shaxs, shaxs tipologiyasi, somatizm, somatik birliklar, ifoda usuli, lirika.
Zamonaviy o`zbek she’riyatidagi shaxs obrazlari tiplari, ularni badiiy ifodalash usul va
vositalarini jahon adabiyoti tajribasiga tayangan holda aniqlash bugungi kundagi muhim
adabiy masalaga aylanmoqda. Shu jumladan, Ulugʻbek Hamdam she'riyatida qoʻllanilgan shaxs
obrazi turlarini aniqlashga alohida toʻxtalamiz. An'anaviy tarzida yozilgan "Onamga" she'ri
ijodkorning oʻz volidayi muhtaramasiga bagʻishlangan boʻlib, unda hayotga mushohada koʻzi
bilan qaragan lirik qahramonning onasiga sogʻinchi, onalarning umr boʻyi bolam deya yashashi
tasvirlanadi. Mazkur she'rda qoʻllangan somatizmlar ona shaxsiyatini toʻla ochishga xizmat
qilgan:
Iliq bagʻringda
ardoqlab,
Yorugʻ umidlar ila dunyoga keltirding.
Oq yuvding,
INTERNATIONAL JOURNAL OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE
ISSN: 2692-5206, Impact Factor: 12,23
American Academic publishers, volume 05, issue 09,2025
Journal:
https://www.academicpublishers.org/journals/index.php/ijai
page 204
Oq tarading.
Bagʻir somatizmini
"iliq bagʻring"
deya metafora usuli bilan ifoda etish orqali, onaning bagʻri
eng maqbul joy ekani, sovuqdan ham, issiqdan ham asraydigan maskan ekannini taʼkidlaydi.
Shuning uchun ham "issiq bagʻir", "suvoq bagʻir" emas aynan iliq bagʻring deya ifoda etadi.
...Boqdimu
Koʻzlarim yana senga tushdi,
Eshityapsanmi, senga!..
Sen ... oʻsha joyda eding,
Meni kuzatgan,
Menga oq yoʻl tilagan,
Oppoq yuragingni
yoʻlimga toʻshagan
Qadim goʻshada turarding hanuz...
Bu oʻrinda
"koʻzlarim yana senga tushdi"
iborasi orqali har yonga boqsa, boshiga qanday
kun kelsa-da, bir onaning oʻzgarmas ekanligini nazarda tutadi. "Oppoq yurak" somatik birligini
ifodalash orqali ona shaxsini qalbi sofligini koʻrsatadi.
Sochlaring esa oppoq,
Xuddi yuragingdek oppoq edi ular -
Yoʻl yurib momataloq boʻlgan
oyoqlarimni
,
Tirikchilik gʻubori qoʻngan
yongʻoqlarimni,
Tiriklik ishqi qon qilgan
yuraklarini
Artib olish uchun
boshingda
tutib turgan sochiq edi ular!..
Bu misralar orqali ona shaxsiyatini, ona shaxsini toʻlaqolni ochib berishda somatizmlardan
mohirona foydalanadi. Onaning sochini oqligini shunchaki tasvirlab qoʻymaydi, shunday
oʻxshatishdan foydalanadiki, dunyo tashvishlaridan charchagan farzandi dilbandiga sochiqdek
tutgani, shuning uchun ham volidayi muhtaramasining sochlari oq oralagan, yoki oq emas,
oppoq. Ona shaxsini yaratishda Ulugʻbek Hamdam
"oppoq soch" ,"koʻz" ,"iliq bagʻir",
"oppoq yurak" , "bosh"
somatizmlaridan foydalanadi. Bundan xulosa shuki, onaning, oʻzbek
onalarining, barchasi eng mukammal mehr, sadoqat, ishonch ramzi sifatida eʼtirof etiladi.
1
Hamdamov U. Eski dunyo va yangi men: saylanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2018. – 20- bet
2
Hamdamov U. Eski dunyo va yangi men: saylanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2018. – 20- bet
3
Hamdamov U. Eski dunyo va yangi men: saylanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2018. – 21- bet
INTERNATIONAL JOURNAL OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE
ISSN: 2692-5206, Impact Factor: 12,23
American Academic publishers, volume 05, issue 09,2025
Journal:
https://www.academicpublishers.org/journals/index.php/ijai
page 205
Ulugʻbek Hamdamning otaga bagʻishlangan sheʼrlari ham salmoqli. Ulardan biri "Otamga"
she'rida:
Shahardan qayta olmadim,
Dardingizni, ota, olmadim,
Yuzingizga ayta olmadim -
Ota, sizni yaxshi koʻraman!
Misralarida
"Yuziga ayta olmaslik"
iborasi zamirida oʻzbek otalarining naqadar salobatli,
fiqorli ekanligini, bu salobatidan xatto oʻzining farzandlari ham tik qarab, dilidagi tuygʻularini
ifoda etishga yurak yutib turganiga ishora qiladi. Boshqa misralarida:
Ulugʻ togʻga oʻxshaysiz juda,
Toʻgʻday yurak, togʻdayin jussa...
Bu oʻrinda ota shaxsini ta'rifida
"toʻgʻday yurak"
,
“tog’dayin jussa”
somatizmini
qoʻllanilishi orqali otaning "ona" va boshqalardan alohida shaxs ekanini, unga beriladigan
ta'riflar ham, oʻzgacha somatik birliklar bilan ifoda etilishi koʻrishimiz mumkin. Bu oʻrinda
oʻzbek otasining kuch-quvvati tahsinga sazovor ekanini birgina oʻxshatish orqali bera olishi
ijodkorning poetik mahoratidan dalolat beradi.
Ulugʻbek Hamdamning "Vatandoshlarga" she'ri alohida bir shaxs ta'rifida boʻlmasa ham,
umumga, oʻzini jamiyatning ongli shaxsi deya yashaydigan yurtdoshlarga chaqiriq tarzida
yozilgan:
Yurtda tong otgan-ku, hamma yoq oppoq,
Koʻzingni och
sen ham,
yuragingni yoq!...
Yuqorida qoʻllangan
"koʻzingni och" , "yuragingni yoq"
frazeologik somatik birliklarning
ifodasi orqali ijodkor istiqlolni asrab-avaylash, yuksaltirish uchun doim sergak turish
lozimligini ta’kidlaydi.
Ulug’bek Hamdamning farzandlariga bag’ishlab yozilgan, farzandlari tilidan aytilgan
she’rlari ham salmoqli. Ular “Farzandlarimga”, “O’g’lim Umrbek va qizim Umida tilidan”,
“O’g’lim Muhammad xotirasiga”, “Qizimga”, “O’g’lim Umrbekka” va boshqalar.
“Farzandalarimga” she’rida:
Qizim, mening oppog’im,
Yuzlari
xo’p do’mbog’im,
4
Hamdamov U. Eski dunyo va yangi men: saylanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2018. – 23- bet
5
Hamdamov U. Eski dunyo va yangi men: saylanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2018. – 23- bet
INTERNATIONAL JOURNAL OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE
ISSN: 2692-5206, Impact Factor: 12,23
American Academic publishers, volume 05, issue 09,2025
Journal:
https://www.academicpublishers.org/journals/index.php/ijai
page 206
Sen ko’kdagi oyimsan,
Marvaridim – munchog’im.
O’g’lim, umid yulduzim,
Kecha hamda kunduzim.
Daraxt bo’lsam men agar,
Eng baquvvat ildizim.
Mazkur misralarda ham ko’rishimiz mumkinki, qiz bola shaxsi va o’g’il bola shaxsini ifoda
etishdagi somatik birliklar, o’xshatmalar bir-biridan farq qiladi. Ayol kishi tabiatan nozik hilqat,
go’zal ta’riflansa, er kishi kuch-qudratli, baquvvat ta’riflanadi.
“Yuzlari xo’p do’mbog’im”,
“Eng baquvvat ildizim”
misralari fikrimizni dalillaydi.
Shoshmasdan kuting siz ham,
Ko’zingiz bo’lmasin hech nam.
Ertaga katta bo’lib,
Safga kiramiz biz ham.
“O’glim Umrbek va qizim Umida tilidan” she’ridan olingan yuqoridagi misralarda qo’llangan
“Ko’zingiz bo’lmasin hech nam”
frezolagik birlik, hech qachon dard ko’rmaslik, doim yaxshi
hayot kechirish ma’nolarida qo’llaniladi. Mazkur misralarda ham farzandlar tilidan otasining
har vaqt to’kis hayot kechirishini istagan farzandlar tilidan aytiladi.
“Qizimga” va “O’g’lim Umrbekka” she’rlarida qiz bola shaxsi va o’g’il bola shaxsining
ta’rifiga nazar tashlasak, ijodkor qiziga nisbatan
“Sochlaringni o’raman”, “Boshingni baland
tutgil”, “O’lib etsam, quyosh bo’p, Boshginangda turaman”, “Kecha-kunduz qon bo’lib,
Tomirinda sillaman”
kabi somatik birliklarni ishlatgan holda, o’g’liga bag’ishlangan
she’rida:
Mening ko’zlarimsan – mendan keyin ham
Sening qolganing bu – mening qolganim!
Kabi somatizmlardan foydalanadi. Bu o’rinda “mening ko’zlarimsan” birligida ko’z so’zi
an’anaviy tarzda somatik obraz darajasiga ko’tariladi. Ota shaxsi qiz farzandiniga o’zgacha
6
Hamdamov U. Eski dunyo va yangi men: saylanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2018. – 51- bet
7
Hamdamov U. Eski dunyo va yangi men: saylanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2018. – 56- bet
8
Hamdamov U. Eski dunyo va yangi men: saylanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2018. – 60- bet
9
Hamdamov U. Eski dunyo va yangi men: saylanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2018. – 81- bet
INTERNATIONAL JOURNAL OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE
ISSN: 2692-5206, Impact Factor: 12,23
American Academic publishers, volume 05, issue 09,2025
Journal:
https://www.academicpublishers.org/journals/index.php/ijai
page 207
mehr, nazar bilan, doim hayotgan ko’z yumgan vaqtida ham g’amxo’rlik qilishini ta’kidsa,
o’g’il esa otaning hayotligi-yu vafotidan keyin ham tirgak bo’lishini ifoda etadi. ko’ramizki,
shoir Ulug’bek Hamdam, ayol shaxsi va er kishi shaxsini ta’rifida turli o’ziga xos
somatizmlardan, somatik obrazlardan foydalanadi. Bu esa ularning shaxsiyatini yoritishga katta
xizmat qiladi.
Ijodkorning “Ukalarimga” she’rida quyidagi somatik iboradan foydalanadi:
Abdumannob, Karimjon,
Boshingiz bo’lsin omon.
Qo’lni qo’lga bersak biz
Yengilmaymiz hech qachon!
“qo’lni qo’lga bermoq” iborasi lug’atda ahl bo’lmoq, inoq bo’lmoq ma’nosida ishlatiladi. Bu
o’rinda ham aka shaxsi ukalarini inoqlikka chorlash uchun foydalanadi.
Yurakni so’zlarga ko’chiring,
G’or bo’lsa,
ayamang
o’chiring.
Zo’r bo’lsa, tuzatib-kuzatib,
Ellardan ellarga uchiring.
Yurakni so’zlarga ko’chiring!
Ushbu misralar “Yosh ijodkorlarga” she’ridan olingan bo’lib, ijodkor shaxsini, endigina
shoirlik ostonasiga qadam qo’ygan izdoshlariga tilak tarzda yangraydi. Bunda qo’llangan
“yurakni so’zlarga ko’chiring” misrasida yurak somatik birligi metonimik ma’no ko’chishi
usulida qo’llangan bo’lib, yurakdagi so’zlarni, haqiqatlarni yozishni nazarda tutadi.
Ulug’bek Hamdamning yana ko’plab, muharrir, o’zbek ziyolilari, olomon, amaldori, mansab
egalari shaxsiyatini yoritgan she’rlari ham talaygina. Jumladan, “Muharrirga” she’rida:
Axir, sening
bo’g’zin
g ila men
Hayqirolmam, tushun, ey mardim.
O’z holimga qo’ygil endi sen,
10
Hamdamov U. Eski dunyo va yangi men: saylanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2018. – 65- bet
11
Hamdamov U. Eski dunyo va yangi men: saylanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2018. – 80- bet
INTERNATIONAL JOURNAL OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE
ISSN: 2692-5206, Impact Factor: 12,23
American Academic publishers, volume 05, issue 09,2025
Journal:
https://www.academicpublishers.org/journals/index.php/ijai
page 208
Aytib ketay dildagi dardim.
Bo’giz – tomoqning qizilo’ngach va kekirdak boshlanadigan yeri; tomoq hisoblanadi.
Ko’pincha insonlarga nisbatan tomoq shaklida qo’llanadi. Bu o’rinda bo’g’iz somatizmi ovoz,
so’z ma’nolarida qo’llanilgan. Ijodkor muharrir shaxsini, shoir shaxsiga nisbatan erkin
bo’lishini qalamga oladi.
Aytishuv shaklida yozilgan “O’zbek ziyolilariga!” she’ri shoir Amir Xudoyberdi bilan
aytishuv tarzda yozilgan. Unda ikki shoirning yurt kishilarini sergaklik, ilm-u ziyoga
chorlashda ziyoli shaxsini o’rni alohida ekanligini ta’kidlovchi mushohadalari beriladi:
Mahshardagi uyg’onish, demak,
O’zni do’zax o’tiga otmak.
Ziyoliman deganga harom
Ko’zni yumib dunyodan o’tmak!
Bu o’rinda “ko’zni yumib”, iborasi ko’rib ko’rmaslikka olish, bilib bilmaslikdek ko’rinish
ma’nosida qo’llaniladi. Ziyoli shaxsi jamiyatdagi o’zgarishlarga befarq bo’lmasligi, millat
g’ami ila yashashi lozimligi ifodalanadi.
Qizg’anmang bu dunyolarni, dunyo bizdan qolgusi,
Eldan bir-bir terib olgan tillo sizdan qolgusi.
deya ijodkor haddini bilmagan amaldorlarni tanqid osiga oladi. Mazkur misralarda amaldorlar
shaxsini , hammasi ham emas, ogohlikka chorlaydi. Shuningdek:
Mansabga tegdimi sullohning keti,
Eshak terisidek qotarkan beti.
deya yana bir bir amaldor shaxs vijdonli, insonlar, yurti qayg’usi, kelajagi bilan yashaydigan
kishilarni amal ustiga ketishi lozimligini ifoda etadi. Bu o’rinda sulloh – “arabcha” o’taketgan
xira, surbet, shilqim ma’nosini bildiradi.
Ijodkor ahli yo’qki, muhabbat haqida qalam tebratmagan. Ulug’bek Hamdam ijodida ham
ishq-muhabbat mavzu alohida o’rin tutadi. Uning ko’plab she’rlari, asarlari muhabbat
mavzusida.
Asli keldim bu dunyoga suymoq uchun,
12
Hamdamov U. Eski dunyo va yangi men: saylanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2018. – 83- bet
13
Hamdamov U. Eski dunyo va yangi men: saylanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2018. – 88- bet
14
Hamdamov U. Eski dunyo va yangi men: saylanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2018. – 89- bet
INTERNATIONAL JOURNAL OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE
ISSN: 2692-5206, Impact Factor: 12,23
American Academic publishers, volume 05, issue 09,2025
Journal:
https://www.academicpublishers.org/journals/index.php/ijai
page 209
Avval suyib, keyin faqat kuymoq uchun,
Yuragimda yaratganni tuymoq uchun…
Mening sevgim,
Sen dilingni ochgan kuning
Ko’zlaringni qarlarida ko’rdim Uni!..
“Mening sevgim” she’ridan olingan mazkur misralar, shoirning mumtoz shoirlar kabi yor
shaxsini ifodasi orqali Yaratganni tarannum etadi. bu o’rinda “ko’z” somatizimi an’anaviyligini
ko’rishimiz mumkin. Ko’z taavvufiy adabiyotda komil inson ramzi bo’lib keladi. Bundan
ko’ramizki, shoir Yaratganni aynan yorning o’zlarida ko’rishi bejiz emas.
Xulosa o’rnida aytishimiz mumkinki, shoir Ulug’bek Hamdam she’rlarida shaxs obrazini
ifodasida, uning shaxsiyatini ochib berishda somatizmlardan mohirona foydalanadi.
Shuningdek, xoh ona, xoh ota, farzandalar, aka-uka, yurtdoshlar, ziyoli-yu amaldor, yor
shaxsini ifodasida o’ziga xosliklarga erishadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Hamdamov U. Eski dunyo va yangi men: saylanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2018
2. O’zbek tilining izohli lug’ati. 5 jildlik. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”, - davlat ilmiy
nashriyoti, 2006.
3. Hamdamov U. Atirgul. – Toshkent: 2006.
4. Hamdamov U. Yangi o‘zbek she’riyati. – T.: Adib, 2012. – 304 b.
5. Gadoyeva M. I. Ingliz va o’zbek tillarida somatizmlarning semantik-pragmatik tadqiqi
6. Ярматов И.Т. Типология фольклоризмов в современной узбекской литературе (60-е
и начало 80-х годов): Автореф. на соиск. канд. фил. наук. – Т., 1985. – 24 с.
15
Hamdamov U. Eski dunyo va yangi men: saylanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2018. – 96- bet
