19
7.1
2
9
FRAZEOLOGIZMLARLARNING SHAKLLANISH MASALALARI
Ixtiyorbek Norov
Xalqaro innovatsiyalar universiteti
magistranti
Annotatsiya:
Frazeologizmlar asosan shaxs tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lib, shaxsning u
yoki bu tarzdagi tasavvurlari, hatti-harakatlari, fiziologik hamda psixik holatlarini ifodalaydi.
Shuningdek, frazeologizmlar hayvonlar obrazini gavdalantirish va muayyan kasb-korga bog‘liqligi
jihatidan ham shakllanadi.
Kalit so’zlar:
Frazeologizm, leksema, obraz, emotsional frazeologizm, frazeo-semantik.
Frazeologizmlarning shakllanish xususiyatlari leksemalarning shakllanishidan
farqlanadi. Ularning shakllanishi turli davrlarda sodir bo‘ladi va turli ijtimoiy-hayotiy
voqealar, tasavvurlar, kishilar hayotiy tajribalarining umumlashuvi asosida ro‘y
beradi. Frazeologizm ma’lum bir obraz asosiga quriladi va shu obrazni
gavdalantirishda xar xil perdmet, voqea-hodisa, tasavvurlarning nomlaridan
foydalaniladi. «Frazeologizmlarni shakllanish doirasi jihatdan o‘rganish alohida
ahamiyatga ega».
1
Frazeologizmlar asosan shaxs tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lib, shaxsning u
yoki bu tarzdagi tasavvurlari, hatti-harakatlari, fiziologik hamda psixik holatlarini
ifodalaydi. Shuningdek, frazeologizmlar hayvonlar obrazini gavdalantirish va
muayyan kasb-korga bog‘liqligi jihatidan ham shakllanadi. Shunga ko‘ra, shakllanish
doirasi bo‘yicha frazeologizmlarni 4 katta guruhga ajratish mumkin:
1) shaxs faoliyati va psixikasi bilan bog‘liqligi jihatidan shakllangan
frazeologizmlar;
2) kasb-korga bog‘liqligi jihatidan shakllangan frazeologizmlar;
3) hayvonlar obrazi asosida shakllangan frazeologizmlar;
4) din va dindorlikka bog‘liqligi jihatidan shakllangan frazeologizmlar;
Quyida ularning har qaysisiga alohida-alohida to‘xtalib o‘tamiz.
1. Shaxs faoliyati va psixikasi bilan bog‘liqligi jihatidan shakllangan
frazeologizmlar.
O‘zbek tilida ko‘pchilik farazeologizmlar shaxsning faoliyati, psixik holati,
kechinmalari,
intellektual
qobiliyati,
emotsiyasi
doirasida
shakllanadi.
Ta’kidlanganidek, «leksika o‘z majmuasida voqea-hodisalar, faktlar, jarayonlar
nomini ifoda etsa, frazeologizmlar, birinchi navbatda, qayg‘u, his-hayajon, tuyg‘u,
individlarning psixik holati, baxti, sevgi-muhabbati mavzusini, shaxsning sifat
ko‘rinishlarini ifoda etadi». Darhaqiqat, frazeologizmlar shaxsning u yoki bu psixik
1
Rаhmаtullаyеv Sh. O’zbеk tilining frаzеоlоgik lug’аti. –Tоshkеnt, 1992. –B.3.
20
7.1
2
9
holati, his-hayajoni, ichki kechinmalari, voqea-hodisalarga munosabatini obrazli,
emotsional-ekspressiv ifodalash zarurati asosida shakllangan til hodisasidir.
Tilshunoslikda shaxsning faoliyati va psixik holatini ifodalovchi
frazeologizmlarni semantik tavsiflash, ularni ideografik semalar jihatidan tahlil etish
bo‘yicha qator ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ilmiy adabiyotlarda shu xildagi
frazeologizmlarning o‘rganish doirasini emotsional-ekspressiv frazeologizmlar,
emotsional-frazeologik maydon, frazeologik onomasiologiya kabi terminlar bilan
ifodalanmoqda. Shaxsning mana shunday xislatlarini ifodalovchi frazeologizmlarni
semantik to‘dalarga ajratib o‘rganish bo‘yicha ma’lum tadqiqotlar ham olib borilgan.
Jumaladan, R.I.Yaransev o‘z ishida emotsional frazeologizmlarni semantik qatorlarga
ajratib o‘rganadi. Ammo lug‘atda frazeologik materiallarni berishda bir qator
noaniqliklar mavjud. Jumladan, ishda tadqiq etilayotgan materiallar tanlashning aniq
chegarasi ko‘rinmaydi. Shuning uchun ham emotsional frazeologizmlardan tashqari
kishilarning intellektual faoliyati bilan bog‘langan frazeologizmlar lug‘atdan o‘rin
olib qolganligi maqsadga muvofiq emas. Fikrimizcha, frazeologik materialni
tanlashda nutqda emas, balki, sintaktik qurshovsiz reallashadigan ma’no nuqtai-
nazaridan kelib chiqib ish tutilganda ayni muddao bo‘lar edi.
O‘zbek tilshunosligida ham emotsional-ekspressiv frazeologizmlarni
o‘rganish, ularni ma’lum guruhlarga ajratish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib
borilmoqda. Ammo yuqorida zikr qilingan ishlarda, asosan, frazeologizmlarga
emotsionallik va ekspressivlik nuqtai nazardan yondashilgan bo‘lib, ular faqat
semantik jihatdan sharhlanadi. Kuzatishlar esa psixologik holatni ifodalovchi
frazeologizmlarning shakllanish xususiyatlari alohida ilmiy tadqiqot etilishi
zarurligini ko‘rsatadi. Chunki o‘zbek tili frazeologizmlarining ko‘pchilik qismini shu
guruhga tegishli iboralar tashkil etadi. Shuning uchun mazkur guruhga kiruvchi
frazeologizmlarning shakllanish xususiyatlarini tadqiq etishni zarur deb hisoblaymiz.
Ishning maqsadlaridan biri frazeologizmlarni ko‘rsatilgan doirada o‘zakda
shakllanish jarayonlarini o‘rganishdan iborat bo‘lganligi tufayli tilshunoslikda
ma’qul deb topilgan turli terminlarni inkor etmay, shaxs faoliyati va psixik holatini
ifodalovchi frazeologizmlar terminidan foydalanamiz. Bunda psixika keng ma’nodagi
tushuncha ekanligidan kelib chiqiladi. Kishining psixik holati deyilganda, ularning
his-hayajoni, emotsiyasi, kechinmalari kabi turli-tuman fiziologik jarayonlar
tushuniladi. Kishilarning psixologik holati juda keng va ko‘lamli bo‘lib, ularning
qirralari, variantlari turli-tuman va cheksizdir. Shuning uchun ham tilda psixik
jarayonlarni ifodalash uchun maxsus leksemalar va birikmalardan foydalaniladi.
21
7.1
2
9
Inson o‘zining u yoki bu psixik, emotsional holatlarini ro‘yobga chiqarish
jarayonida u yoki bu voqea-hodisadan quvonadi, g‘azablanadi, ajablanadi,
tashvishlanadi, azoblanadi, o‘kinadi, hayratlanadi, taajublanadi, vahimaga yoxud
qo‘rquvga tushadi, qahrlanadi, nafratlanadi, qarg‘aydi, so‘kadi, hurmatsizlik qiladi,
uyaladi, andishaga boradi, jahlga minadi, mas’uliyatsizlik qiladi va hokazo. Shu kabi
holatlarni ifodalash maqsadida tilda turli tuman frazeologizmlar shakllangan.
Tadqiqotimizdan shu narsa ayon bo‘ldiki, shaxs faoliyati va psixikasi doirasida
shakllangan frazeologizmlar tarkibida asosan ruhiy holatni ifodalovchi leksemalar
ishtirok etadi. Masalan,
ko‘ngil, es, ruh, sevinch, dimog‘, jon, kayf
kabi abstrakt
leksemalar frazeologizmlar tarkibida semantik tayanch a’zo vazifasini utaydi.
Ta’kidlanganidek,
shaxsning
psixik
holati
doirasida
shakllangan
frazeologizmlar tarkibida kamida bitta ruhiy holatni ifodalovchi leksema ishtirok
etishi kerak. Masalan,
ko‘ngil
leksemasi semantik tayanch a’zo sifatida turli psixik
holatlarni ifodalovchi frazeologizmlar tarkibida qo‘llanadi. Bu leksema ishtirokida
shakllangan frazeologizmlar kishilarning turli kechinmalari, his-tuyg‘ulari bilan
bog‘liq bo‘ladi. Bunday frazeologizmlar quyidagi psixik holatlarni ifodalaydi: Yaxshi
kayfiyat, xotirjamlik, moyillik;
ko‘ngliga o‘tirmoq, ko‘nglini tog‘day ko‘tarmoq
bular
birikmaga teng qurilishli fe’l frazeologizmlardir:
ko‘ngli yorishda, ko‘ngli joyiga
tushdi, ko‘ngli yozildi, ko‘ngli ko‘tarildi, ko‘ngil ochildi, ko‘ngli ravshan tortdi,
ko‘ngil xush bo‘ldi, ko‘ngil o‘sdi
(bular gapga teng qurilishili fe’l
frazeologizmlardir);
ko‘ngil chog‘, ko‘ngil xush, ko‘ngil butun, ko‘ngil ravshan,
ko‘ngil bor
va boshqalar.
O‘zbek tilida
dam
leksemasi ishtirokida aytishi lozim bo‘lgan fikrni
aytolmaslik holatini ifodalovchi
dami ichida, dami ichida qoldi, damini bosmoq,
damini ichiga yutmoq, damini kesmoq, dami chiqmadi
kabi kishining hordiq
chiqarishi bilan bog‘langan
dam emoq, dam olmoq
singari, bir lahzalik ma’nosini
ifodalovchi
dam o‘tmay
kabi frazeologizmlar shakllangan.
Ko‘rinadiki, frazeologizmlarning shakllanish jarayonida u yoki bu
leksemalarning o‘ziga xos o‘rni bor. Psixik jarayonlar, holatlar bilan bog‘liq
frazeologizmlar tarkibida kamida bitta mavhum (abstrakt) leksema semantik tayanch
a’zo bo‘lib ishtirok etishi shart. Bu leksemalar shakllangan frazeologizm uchun
mantiqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Tadqiq etilgan frazeo-semantik guruhlar shaxs faoliyati va psixikasining butun
qirralarini qamrab olgan deya olmaymiz. Shaxs psixikasining boshqa ayrim tomonlari
frazeo-semantik tahlil etilgan.
2. O‘zbek xalqi turmushi voqeligi asosida shakllangan frazeologizmlar.
22
7.1
2
9
Inson ongli hayotidan boshlab mehnat bilan shug‘ullanib boshlaydi. Menat
jarayonida esa xilma-xil ishlar bajarib kelgan. Pirovardida, mehnat jarayonida
bajarilgan u yoki bu xatti-harakatlar kishilarda muayyan lisoniy assotsiatsiyalarni
uyg‘otadi. Shu tufayli biror fikrni obrazli ifodalashga ehtiyoj seziladi. Ayni shu holat
kishilarning kasb-koriga, uy-ro‘zg‘or tarziga aloqador frazeologizmlarning ham
shakllanishiga sabab bo‘lgan deb o‘ylaymiz. Bunday frazeologizmlarning
shakllanishida quyidagi leksik-semantik guruhlarga oid voqelik bilan ifodalangan
obrazli tushunchalar asos qilib olingan.
O‘zbek tilida yuzaga kelgan frazeologizmlarinng bir qismi ma’lum kasb-kor
egalarining faoliyati bilan bog‘liq to‘plangan materiallar tasdiqlaydi. Kasb-kor egalari
muayyan ishlarini o‘ziga xos xatti-harakat bilan bajaradi. Ana shunday jarayon til
egalarida xilma-xil assotsiatsiyalarni yuzaga keltiradi. Bu esa frazeologizmlarning
shakllanishi uchun real sharoit yaratadi. Natijada, turli kasb-korga bog‘liq bo‘lgan
voqelikni gavdalantirish asosida frazeologizmlar shakllanadi va ular tilning xizmat
doirasiga o‘tadi.
Lisoniy jihatdan qaraladigan bo‘lsa, bunday frazeologizmlarning: 1. Mantiqiy
asoslari erkin bog‘lanmaga ega bo‘ladi. 2. Erkin bog‘lanmadan ma’nolari nuqtai
nazaridan farqlanadi. 3. Tarkibidagi leksemalar o‘z ma’no mustaqilligini to‘liq
saqlamaydi. 4. Har birining asosida muayyan kasb-kordan olingan obraz yotadi. 5.
Erkin bog‘lanma obraziga asoslanadigan umumlashma ma’no yuzaga keladi.
Shu nuqtayi nazardan kelib chiqilganda, frazeologizmlarning turli kasb-korga
bog‘liqligi jihatidan shakllanish xususiyatlarini o‘rganish ilmiy va amaliy ahamiyat
kasb etadi. Turli uy-ro‘zg‘or va kasb-korga bog‘liqligi jihatidan paydo bo‘lgan
frazeologizmlarin quyidagicha guruhlash mumkin:
1. Uy-ro‘zg‘or buyumlari asosida shakllangan frazeologizmlar.
Bu frazeologizmlar kundalik turmushda qo‘llanadigan uy-ro‘zg‘or buyumlari
nomlarining mantiqiy asosidan kelib chiqib umumlashadi va umumtil miqyosida
voqe bo‘ladi. Shakllangan frazeologizmlar: a) birikmaga teng qurilishli
po‘stagini qoqmoq, sovuniga kir yuvmaslik, yumshoq supurgi bo‘lmoq
(varianti
muloyim supurgi bo‘lmoq
),
chirog‘ini yoqib o‘tirmoq, chig‘irikdan o‘tmoq, ko‘rpa-
yostiq qilib yotmoq, ko‘rpasiga qarab oyoq uzatmoq
kabi fe’l frazeologizmlar
bo‘ladi. Bu frazeologizmlarning uy-ro‘zg‘or buyumlari nomlarining mantiqiy
asosidan kelib chiqilganligini quyidagi misollar ham tasdiqlaydi:
Hali ham soddasiz,
Qo‘chqorov, shuncha
chig‘iriqdan o‘tib
ham pishmabsiz.
(Shuhrat).
Keyin boshini
ikkita kilib qo‘ysam, dadasi bilan mening
chirog‘imni yoqib o‘tirsa
deyman, xolos
deydi bechora
. (H.Nazir) Keltirilgan
chirog‘ini yoqib o‘tirmoq
«vafot etgan kishining
23
7.1
2
9
nomini abadiy qilmoq, uy yumushlarini davom ettirmoq, uyiga egalik qilmoq» kabi
frazeologik ma’noning yuzaga kelishiga uy-ro‘zg‘orda qo‘llanadigan voqelikni
obrazli gavdalantirish sabab bo‘ladi. Haqiqatdan,
chiroqni yoqib o‘tirmoq
deyilganda vafot etgan kishining xonadonida yana kimdir yashayotganligini, uning
ishini davom ettiradigan kimdir mavjudligini tasdiqlaydi. Masalan:
Men Toshkentga
borib, uning
chirog‘ini yoqib o‘tirishim kerak
.
(M.Qorayev). Tilimizdagi
po‘stagini
qoqmoq
frazeologizmining mantiqiy asosi uy-ro‘zg‘or buyumlarining nomi va shu
voqelikni obrazli ifodalash asosida shakllanib, «ayovsiz tanqid qilmoq» frazeologik
ma’nosi yuzaga kelgan. Aslida
po‘stak qoqmoq
uy-ro‘zg‘or buyumi bo‘lmish
po‘stakni chang-chungdan tozalash nazarda tutiladi. So‘ngra, erkin bog‘lanmaning
«po‘stakning chang-chungini tozalash» ma’nosi orqa planga o‘tib, kishilarga nisbatan
qo‘llanishi asosida yuzaga kelgan «ayovsiz tanqid qilmoq» ma’nosi birinchi planga
chiqadi. Bu yangi ma’no komponentlarning umumiy yig‘indisidan kelib chiqmay,
ular asosida yuzaga kelgan ustama, ko‘chma ma’no sifatida shakllanadi. Masalan:
YOshligimdayoq «bu sening amring» deb qishloq imomining og‘zidan chiqishi bilan
ro‘za tutmagan, namoz o‘qimagan, fitr ro‘za bermaganning
po‘stagini qoqdim
, qo‘li
egrilarning ta’zirini berdim
(Shuhrat).
Uy-ro‘zg‘or buyumlari aossida shkllangan frazeologizmlar turli qurilishli
bo‘ladi: «ichiga chiroq yoqilganday bo‘ldi», «ichiga chiroq yoqsa, yorishmaydi»,
«kosasining tagi oqarmaydi», «mag‘zavasi chiqdi», «ola xurjun elkasiga tushdi» kabi
gapga teng qurilishi fe’l frazeologizmlar shakllanadi. Misol:
Adash karvon boshini
ming tomonga urdi, ammo kosasining
tagi oqarmadi.
(X.Sultonov).
-Men
kambag‘aldan chiqqanman,
pichoq o‘z sopisini kesmaydi
, - debdi.
(Shuhrat).
Yostig‘ini quritmoq
birikmaga teng qurilishli frazeologizm ham uy-ro‘zg‘or
buyumlari doirasida shakllanadi:
Sodiq shu mo‘ylovsifat qoshlarga qarab turib,
o‘yga toldi: qo‘rboshiligida bu qoshlarning bir chimirilishi qanchadan-qancha
odamning
yostig‘ini quritgandir
!
(Shuhrat).
Shuningdek,
bir-ikki yaktakni ortiqroq yirtgan, besh-oltita ko‘ylakni ortiqroq
yirtgan; nomi ulug‘, suprasi quruq; pichoqqa ilinadigan, tarozi bosadigan, kurakda
turmaydigan, yog‘ tushsa-yalagudek, yumaloq-yostiq qilib, ko‘zmi po‘stakning
yirtig‘imi?! boy bo‘lib boltasi yo‘q, gadoy bo‘lib xaltasi yo‘q
kabi frazeologizmlar
shu guruh asosida shakllanadi. Misol:
Biroq bu xursandchilik uzoqqa bormadi. Bir
kuni Zinger boy shayton aravaga minib «odam o‘ldirgan» degan
kurakda
turmaydigan gap
chiqib qoldi.
(A.Qahhor).
Tagli-taxtli kuyov, albatta, uning so‘zini
ikkita qilmas, farzand o‘rnini bosishi mumkin edi. Shu bois Azizani
yumaloq yostiq
qilib
uzatdi qo‘ydi.
(Shuhrat).
24
7.1
2
9
Keltirilgan misollardan mazkur guruhda turli leksik-grammatik guruhlarga
tegishli frazeologizmlarning shakllanish darajasi bir xil emasligi ko‘rinib turibdi.
Bunda ko‘proq fe’l frazeologizmlarning ko‘p shakllanganligi ko‘zga tashlanadi.
Ammo shuni alohida qayd etish lozimki, bunday frazeologizmlarning nutqda
qo‘llanish darajasi juda yuqoriligi bilan ajralib turadi.
2. Pazandachilikka bog‘liqligi jihatdan shakllangan frazeologizmlar.
O‘zbek tilining leksik tarkibida pazandachilikka oid leksemalar o‘ziga xos
o‘rinni egallaydi. Avvalo shuni qayd etish lozimki, pazandachilik bilan aloqador
xilma-xil lisoniy assotsiatsiyalar shu kasb-kor egalarining ish jarayoni, qolaversa, ular
tomonidan tayyorlangan taomlarning u yoki bu xususiyatlari muayyan obrazlarning
shakllanishiga asos bo‘lgan. Mana shu obrazlilikka bog‘liq holda ko‘plab
frazeologizmlar shakllangan. Masalan,
zuvalasi pishiq
frazeologizmi xamir qorish
bilan bog‘liq voqelikni obrazli ifodalash asosida shakllanadi. Xamir qanchalik ko‘p
qorilsa, ishlov berilsa, u shunchalik sifatli, xamirdan olingan zuvalalar esa pishiq
bo‘ladi. Shu voqelik kishilarga nisbatan ishlatilib «a’zoyi badani chiniqqan» kabi
ko‘chma ma’no yuzaga keladi. Bunda ekrin bog‘lanmaga xos bo‘lgan ma’no
konkretlikdan mavhumlikka siljish asosida frazeologik ma’no shakllanadi.
Keltirilgan dalillardan pazandachilikka bog‘liqligi jihatdan qator leksik-
grammatik guruhga tegishli frazeologizmlar shakllanganligi ayon bo‘lmoqda. Shunisi
ham borki, bu guruhda, asosan, birikmaga va gapga teng qurilishli fe’l
frazeologizmlar shakllangan.
3. Tibbiyotga bog‘liqligi jihatdan shakllangan frazeologizmlar.
To‘plangan materiallarga suyanib shuni qayd etish mumkinki, muayyan
nolisoniy omillar ta’sirida tibbiyot doirasida shakllangan frazeologizmlar ham ona
tilimizda keng qo‘llanib kelmoqda. Bunday frazeologizmlarning asosini tibbiyot
jarayonidagi voqelikni ifodalovchi erkin bog‘lanmalar tashkil etadi. Aynan shu
voqeali kuni obrazli ifodalash ehtiyoji asosida qator frazeologizmlar shakllanadi.
Masalan:
sog‘ tishini sug‘urib olmoq
frazeologizmi nutqda erkin bog‘lanma tarzida
ham ishlatiladi. Bunda u og‘rigan tishni emas, balki og‘riq bermagan sog‘ tishni
sug‘urib olish jarayonidagi voqelik bilan bog‘liq holatni ifoda etadi. Ana shu
voqelikni obrazli gavdalantirish asosida «o‘ziga o‘zi tashvish orttirmoq» kabi
frazeologik ma’no yuzaga keladi:
-
Sog‘ tishingizni sug‘urib oladilar
. Bu erda «xalq
posbonlari» ishlaydi. Oliy ma’lumotli huquqshunoslar
…(S.Soliyev)
Misollar tahlilidan turli tillarda frazeologizmlarning mazmun planida xilma-
xilliklar mavjudligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu holat shu xalqlarning tabiiy yashash
sharoitlari, madaniy va diniy an’analari va hokazo omillar bilan uzviy bog‘liqdir.
25
7.1
2
9
Ayrim frazeologizmlarning shakllanishida ko‘p tillarda bir xil nomlarning qo‘llanishi
shu xalqlarning yashash tarzlari, hayotiy tushunchalariga ham bog‘liq. Hamma
xalqlarda ham vatan tuyg‘usi, uni sevish, ardoqlash hissi, ishyoqmaslarni yomon
ko‘rish, qo‘rqoqlardan jirkanish his-tuyg‘usi bor. Bu kabi fiziologik holatlar,
emotsional munosabatlarni ijobiy yoki salbiy jihatdan tilda zuhr etish ixcham va
chuqur ma’noli frazeologizmlar orqali ifodalanadi va ular ana shunday ehtiyojlar
asosida shakllanadi.
Hanuzgacha frazeologizmlarni “tor” va “keng” ma’noda tushunish davom
etmoqda. Bizningcha frazeologiyani “keng” ma’noda ham, “tor” ma’noda ham
tushunish mumkin emas. Frazeologiya bahsida frazeologizmlarni, ularning turli
xususiyatlarini o‘rganish zarur. Frazeologizmlar tilning alohida rasmiylashgan birligi
bo‘lib, tuzilishiga ko‘ra erkin bog‘lanmaga yoki gapga teng, komponentlari to‘liq
yoki qisman semantik qayta shakllangan, obrazli turg‘un so‘z birikmalarini o‘z ichiga
oladi. Frazeologiya tarkibida o‘rganilayotgan maqol, matal, aforizm, hikmatli so‘z,
topishmoqlar alohida o‘rganishni talab etadigan o‘ziga xos mavzulardir. Bu til
birliklarining o‘zgacha nomi, o‘zgacha til xususiyatlari mavjud. Shu ma’noda, ularni
frazeologiya obyekti bilan aralashtirmaslik lozim. Ma’lumki, frazeologizmlarning
farqlovchi belgilari bittagina emas, balki bir nechta belgilar yig‘indisidan iboratdir.
Ammo bu belgilar ichida uning etakchisini aniqlashda bir xillik ko‘rinmaydi. Shu
bois frazeologizmlarga xos etakchi belgilarni aniqlash zarur bo‘ladi. Tadqiqotlar
obrazlilik va semantik qayta shakllanish bu belgilar ichida etakchi ekanligini
ko‘rsatadi. Buni quyidagi bog‘lanmalarning turlari va ularning beliglari asosida
izohlash mumkin:
1) erkin bog‘lanma – alohida rasmiylashgan;
2) turg‘un bog‘lanma - alohida rasmiylashgan, tarkibi barqaror, yaxlitligicha
qo‘llanadi, tayyor holda mavjud;
3) frazeologizm - alohida rasmiylashgan, tarkibi barqaror, yaxlitligicha
qo‘llanadi, tayyor holda mavjud, obrazlilikka ega, semantik qayta shakllangan.
Ko‘rinadiki, frazeologizmlar uchun bitta belgi etarli emas. Chunki ular bir
qancha belgilar yig‘indisidan iborat til birliklaridir. Bular ichida obrazlilik va
semantik qayta shakllanish etakchi belgilar sanaladi. Frazeologik birlik bo‘lishi
uchun so‘zlarning turg‘un birlashmasi obrazli ma’no, ko‘chma ma’no anglatishi
shart
2
Shuning uchun ham frazeologizmlar alohida rasmiylashgan, obrazli va
ko‘chma ma’no ifodalaydigan til birliklaridir.
2
Rаhmаtullаyеv Sh. O’zbеk tilining frаzеоlоgik lug’аti. –Tоshkеnt, 1992. –B.3.
26
7.1
2
9
O‘zbek tilshunosligida ham frazeologizmlar anglatgan yaxlit ma’no bilan ular
tarkibidagi leksemalar ifodalaydigan ma’nolar orasidagi munosabat asosida
frazeologik butunlik, frazeologik qo‘shilma, frazeologik chatishma kabi turlarga
ajratiladi. Bunday leksik-semantik tasnif rus tilshunosi V.V.Vinogradov tomonidan
ishlab chiqilgan bo‘lib, qator tillarga tadbiq etildi. Jumladan, o‘zbek tilshunosligi ham
bunday tasnifdan chetda qolmadi.
V.V.Vinogradov frazeologizmlarning uch tipini ko‘rsatadi:
1. Frazeologik chatishma (frazeologicheskoe sraщenie) yoki idioma. Bunda
muayyan obraz gavdalanadigan, leksemalarning ekvivalenti sifatida qatnashadigan
birliklarni nazarda tutadi va “spustya rukava”, “vot tak klyukva”, “kak bi ne tak” kabi
misollarni keltiradi.
2. Frazeologik butunlik (frazeologicheskoe edinstvo). Bunda muayyan obraz
gavdalanadigan, yaxlit ma’no ifodalaydigan, leksik komponentlari ma’nolarining
birlashuvidan kelib chiqadigan birliklarni tushunadi va fikrining tasdig‘i sifatida
“melko plavat”, “perviy blin”, “plit protiv techenie” kabi misollarni keltiradi.
3. Frazeologik qo‘shilma (frazeologicheskoe sochetaniya). Bunda bir
komponentning ko‘chma ma’noga ega bo‘lishi va bu komponent ma’lum bir
qurshovdagina
frazeologik
ma’no
kasb
etishini
ta’kidlaydi.
Bunday
frazeologizmlarga “strax beret”, “toska beret”, “smex beret” kabi misollarni kiritadi.
V.V.Vinogradovning fikri ilmiy ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etish bilan birga,
uning qarashlari qator tilshunoslar tomonidan tanqid ham qilindi. Jumladan,
N.N.Amosova va boshqalar.
Vinogradovning fikriga suyaniladigan bo‘linsa, frazeologik butunlik tarkibiga
texnik va ilmiy birikma terminlar, qanotli so‘z va birikmalar, kalamburlar, maqol va
matallarni ham kiritshga to‘g‘ri keladi. A.Mamatov shunday yo‘l tutilsa,
frazeologizmning doirasi yanada kengayib ketishi ayon bo‘lishini, chunki ular ichida
semantik qayta shakllanmagan va ko‘chma ma’nolanmagan turlari ham bir talay
ekanligini hisobga olish va ularni boshqacha bir tarzda guruhga kiritish lozim degan
fikrni jamoatchilik hukmiga havola etadi
3
.
O‘zbek tilshunosligida ham frazeologizmlar V.V.Vinogradov fikrlari asosida
tasnif qilindi. Chunonchi, frazeologizmlarni o‘rganishga bag‘ishlangan ishlarda bu
lug‘aviy birliklar uch guruhga ajratilgan bo‘lsa, boshqa ishlarda ikki guruhga
bo‘linadi. Bu tasniflar frazemadan yaxlitligicha anglashiladigan ma’no bilan uning
tarkibidagi leksemalar anglatadigan ma’nolar orasidagi munosabatlarning
3
Mаmаtоv А.E. O’zbеk tili frаzеоlоgizmlаrining shаkllаnish mаsаlаlаri. Filоl. fаn. dоktоri....diss. аvtоrеf. –Tоshkеnt,
1999. –B.22.
27
7.1
2
9
xususiyatlariga asoslanadi. Jumladan, frazeologik qo‘shilmaga “ma’nosi tarkibidagi
so‘zlarning (komponentlarning) bosh yoki yasama ma’nolaridan iborat bo‘lgan
turg‘un iboralar frazeologik qo‘shilma deyiladi” deb ta’rif berilib, “qo‘l ko‘tarmoq”,
“o‘qqa tutmoq”, “ishtahasi ochildi” kabi misollar keltiriladi.
Frazeologik birlashmaga “tarkibidagi so‘zlarning ma’nolaridan kelib
chiqadigan asl, real ma’nodan tashqari, butun holda ko‘chma ma’noda qo‘llanadigan
turg‘un iboralar” kiritilib, “xamir uchidan patir”, “misi chiqdi”, “loy bo‘lmoq”,
“tuyog‘ini shiqillatmoq” kabi misollar qayd etiladi.
Frazeologik chatishmaga esa “tarkibidagi so‘zlarning ham o‘zaro ham umumiy
ma’noga nisbatan bo‘lgan ma’no munosabatlari unutilgan turg‘un iboralardir” kabi
ta’riflanib, “taqdirga tan bermoq”, “dimog‘i chog‘ bo‘ldi”, “toqati toq bo‘ldi”,
“juftakni rostlamoq”, “pixini yorgan” kabilar misol sifatida keltiriladi
1
.
Agar keltirilgan ta’riflarga asoslaniladigan bo‘lsa, frazeologik ob’ekt kengayib
ketadi. Frazeologik ob’ekt haqida rus tilshunoslari turli xil belgilarni asos qilib
oladilar. Jumladan, A.I.Smirnitskiy frazeologik xususiyatning eng muhim belgisi
“so‘zga muqobillik” deb ta’kidlaydi. N.Amosova “muqim kontekstli” bo‘lishini
e’tirof etsa, S.Govrin “funksional-semantik butunlik” asosiy mezon deb hisoblaydi.
A.V.Kunin esa frazeologiyani “keng” ma’noda tushunib, uning ob’ektiga “murakkab
ma’noli” barcha turg‘un birikmalarni kiritadi.
Frazeologizmlarning shakllanish asoslari juda keng bo‘lib, tilda muhim
ifodaviy vazifalarni bajaradi. Frazeologik tizim tilning leksik va grammatik
tizimlariga tayanadi. Frazeologizmlar leksemalardan tashkil topadi, o‘sha tilning
grammatik qurilishi asosida shakllanadi. Shu bilan birga frazeologizmlarning
shakllanish xususiyatlari mavjud.
Birinchi navbatda frazeologizmlarning yuzaga kelishi so‘zlovchining obrazli-
ekspressiv ifodalash ehtiyoji bilan bog‘liq bo‘ladi. U yoki bu tarixiy davrda u yoki
bu milliy xususiyatlarni, narsa-perdmet, hodisalarni obrazli-ekspressiv ifodalash
ehtiyoji tug‘iladi. Qaysi davrda shunday ehtiyoj zarurati ko‘p tug‘ilsa, shunchalik
frazeologizmlar ko‘p shakllanadi.
Frazeologizmlarning shakllanishida nolisoniy omillar alohida ahamiyat kasb
etadi. O‘zbek xalqining milliy o‘ziga xosligi frazeologizmlarda aniq ravshan aks
etgan bo‘ladi. Shuning uchun ham frazeologizmlarning aksariyat qismi milliy
xarakterga ega bo‘ladi.
Frazeologizmlashtirish lisoniy ko‘ptomonlama hodisa bo‘lib, ular o‘z ifodalash
uslubiga ega bo‘ladi. Frazeologizmlar tilning boshqa bosqichlaridan, jumladan,
4
Mirzаyеv M., Usmоnоv S., Rаsulоv I. O’zbеk tili. –Tоshkеnt, 1978. –B.45-47.
28
7.1
2
9
fonema, morfema, leksemalardan yuqori turuvchi murakkab leksik-grammatik shakl
ekanligi bilan xarakterlanadi.
Milliy o‘ziga xoslik frazeologizmlarning grammatik qurilishida, leksik,
stilistik, fonetik va semantik xususiyatlarida ham ko‘rinadi.
O‘zbek tilida frazeologizmlarning ko‘pchilik qismi shaxsning psixologik
holatini, ichki kechinmalarini ifodalash zarurati asosida shakllanadi. Shuningdek,
kasb-kor doirasida ham bir qator frazeologizmlar shakllanadi. Shaxsning psixologik
holati bilan bog‘liq holda shakllangan frazeologizmlar spontan xarakterga ega
bo‘ladi. Turli kasb-korga bog‘liqligi jihatidan shakllangan frazeologizmlarning
asosini esa erkin bog‘lanmalar tashkil etadi. Bular nutq ehtiyoji bilan
frazeologizmlashtiriladi.
O‘zbek tilida leksik-grammatik jihatdan asosan fe’l frazeologizmlar ko‘p
shakllanadi. Ot frazeologizmlar kam shakllanadi. Fikrimizcha, frazeologizmlarning
nominativ vazifasidan ko‘ra obrazli ekspressiv ifodalash xususiyati ustun turishi fe’l
frazeologizmlarning ko‘proq shakllanishiga asos bo‘ladi.
O‘zbek tili frazeologizmlari quyidagi to‘rt derivatsion baza asosida
shakllanadi: 1. Faol leksemalarning mantiqiy (motivatsion) asosi. 2. Erkin
bog‘lanmalar va gaplar. 3. Umumtil frazeologizmlari. 4. O‘zga til materiallari.
Derivatsion asos bilan birga, quyida uch frazeologik shakllanish jarayonlari mavjud:
1. Frazeologik integratsiya va frazeologik differentsiatsiya, ya’ni leksemalarning
o‘ziga xos kombinatsiyasi. Kombinatsiya asosida til birligi (nominativ birlik) yuzaga
keladi. 2. Semantik qayta shakllanish yoki frazeologik transpozitsiya, ya’ni erkin
bog‘lanma yoki gapni o‘ziga xos bo‘lmagan ma’noda va vazifada qo‘llash. 3.
Umumtil frazeologizmlari asosida yangi frazeologizmlarning shakllanishi yoki
frazeologik modernlashtirish.
Individual-muallif frazeologizmlar ham xuddi uzual frazeologizmlardagi kabi
til qonuniyatlari asosida shakllanadi.
Xullas, frazeologizmlarda eksperssivlikka boy bo‘lgan nutqiy vositalar bo‘lib,
ular orqali ifodalanadigan ma’nolar ko‘p qirralidir va turli omillar asosida
shakllanadi.
Yuzaga kelgan bu holatda frazeologizmlarning murakkab til hodisasi ekanligi
va bu hodisaning o‘zaro zid hollari mavjudligi qayd etiladi. Bu esa frazeologik
boylikni sistemalashtirish va nazariy-amaliy tadqiq etishni qiyinlashtiradi. Turg‘un
birikmalarning barchasi frazeologiya tarkibidan yoki aksincha, ayrim frazeologizmlar
birikma terminlar qatoridan o‘rin olib qolmoqda.
29
7.1
2
9
Frazeologizmlarning farqlovchi belgilari bittagina emas, balki bir nechta
belgilar yig‘indisidan iborat. Ammo bu belgilar ichida uning etakchisini aniqlashda
bir xillik ko‘rinmaydi. Bu esa frazeologik ob’ektning chegaralarini to‘la-to‘kis
belgilash imkonini bermaydi. Hozirgi bosqichda alohida rasmiylashgan, tarkibning
barqarorligi, yaxlitligicha qo‘llaniladigan, tayyor holda mavjudlik, obrazlilik,
semantik qayta shakllanish kabilar frazeologizmning belgilari sifatida ko‘rsatiladi. Bu
belgilarning barchasi frazeologizmlarga xos. Ammo bularning ko‘pchiligi boshqa
birikmalarga, jumladan, erkin va turg‘un bog‘lanmalarga ham xosdir. Shu bois,
frazeologizmlarga xos etakchi belgilarni aniqlash zarur hisoblanadi. Tadqiqotlar
obrazlilik va semantik qayta shakllanish bu belgilar ichida etakchi ekanligini
ko‘rsatadi.
Frazeologizmlar uchun bitta belgi yetarli emas. Chunki ular bir qancha belgilar
yig‘indisidan iborat til birliklaridir. Bular ichida obrazlilik va semantik qayta
shakllanish etakchi belgilar sanaladi. Frazeologik birlik bo‘lishi uchun so‘zlarning
turg‘un birlashmasi obrazli ma’no, ko‘chma ma’no anglatishi shart. Shuning uchun
ham frazeologizmlar alohida rasmiylashgan, obrazli ko‘chma ma’no ifodalaydigan til
birliklaridir.
Frazeologizmlarda so‘zlovchining voqea, belgi, narsa-predmetga nisbatan
bo‘lgan sub’ektiv ijobiy yoki salbiy munosabatlari o‘z aksini topadi. Bu munosabat
orqali frazeologizmlar nutqning ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi.
Shunday qilib, iboralar ularning semantik va stilistik xususiyatlariga tayanib
qo‘llanilgan uslubiy vositalar o‘quvchida badiiy tilning shakl va mazmun tizimiga
tag, ya’ni yashirin ma’no nozikliklariga alohida e’tibor uyg‘otadi, shu bilan birga
chuqur mushohada qilishga undaydi.
O‘zbek tilida frazeologizmlar ma’no jihatdan shakllanadi. Frazeologizmlarning
ma’no xususiyatlari ularni boshqa til birliklaridan farqlovchi asosiy belgilardir.
Frazeologizmlarning ma’nolari semantik qayta shakllanish asosida yuzaga
keladi. Ayni shu masalani o‘rganish chog‘ida ularda transpozitsiya ro‘y berishi
aniqlanadi. Transpozitsiya bu - til elementlarining o‘ziga xos bo‘lmagan vazifa va
ma’noda qo‘llanishidir. Transpozitsiyada erkin bog‘lanma yoki gapning to‘g‘ri
ma’nosidan kelib chiqmaydigan frazeologik ma’no yuzaga keladi. O‘zbek tilida
frazeologizmlarning aksariyati transpozitsiya asosida yuzaga keladi.
Frazeologizmlar nutqning ta’sirchanligini oshirish vositasi bo‘lganligi,
emotsional-ekspressivlikni ifodalovchi birlik bo‘lganligi bois, ularni bir tildagisining
ikkinchi tildagi sinonimlarini qiyosiy o‘rganish muhim hisoblanadi. Chunki ibora
30
7.1
2
9
anglatayotgan ma’no, ijobiy yoki salbiy, qo‘pol yoki muloyim va bir nechta ma’no
ottenkalariga ega bo‘lishi mumkin.
Frazeologizmlarning shakllanishida hamda nutqning ta’sirchanligini oshirishda
frazeologik sinonimlar va variantlilik ham jozibali, obrazli ifodalanishda muhim til
birikmalari hisoblanadi.
Demak, xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, frazeologizmlar uslubiy -
semantik jihatdan shakllangan obrazli til birliklari hisoblanib, badiiy asar tili,
yozuvchi va shoirlar mahoratini ko‘rsatuvchi nutqning emotsionalligi, ta’sirchanligini
ifodalovchi vositalardan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Rаhmаtullаyеv Sh. O’zbеk tilining frаzеоlоgik lug’аti. –Tоshkеnt, 1992. –B.3.
2.
Rаhmаtullаyеv Sh. O’zbеk tilining frаzеоlоgik lug’аti. –Tоshkеnt, 1992. –B.3.
3.
Mаmаtоv А.E. O’zbеk tili frаzеоlоgizmlаrining shаkllаnish mаsаlаlаri. Filоl. fаn.
dоktоri....diss. аvtоrеf. –Tоshkеnt, 1999. –B.22.
4.
Mirzаyеv M., Usmоnоv S., Rаsulоv I. O’zbеk tili. –Tоshkеnt, 1978. –B.45-47.
5.
Norov, I. K., Shirinova, N. A., & Yuldasheva, S. S. (2020). BADIIY ASARNI
TAHLIL QILISHDA ZAMONAVIY METODLARDAN FOYDALANISH. In
Молодой исследователь: вызовы и перспективы (pp. 124-126).
6.
Norov, I., & Xaytbayev, O. (2023). TIL TA’LIMIGA ZAMONAVIY
YONDASHUV. INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC
RESEARCHER'S THEORY, 1(9), 65-72.
7.
Jemal, G., & Norov, I. (2021). Avlodlar Dovoni Asarida Onomastik Birliklar.
TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 1(5), 77-
79.
8.
Norov, I., & Xaytbayev, O. (2023). SHAXS MA’NAVIYATIDA UZLUKSIZ
TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH. The Role of Exact Sciences in the Era of
Modern Development, 1(6), 36-39.
9.
Norov, I. (2024). TEACHING INDEPENDENT VOCABULARY BASED ON
MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES. Fan va Tadqiqot Samaralari,
1(1), 27-33.
10.
Norov, I., & Xaytbayev, O. (2023). SHAXS MA’NAVIYATINI
SHAKLLANTIRISH. The Role of Exact Sciences in the Era of Modern
Development, 1(6), 32-35.
11.
Norov, I. (2024). ZOONIMLARNING BADIIY ASARLARDA ISHLATILISHI.
Нововведения Cовременного Научного Развития в Эпоху Глобализации:
Проблемы и Решения, 2(1), 12-15.
12.
Norov, I. (2023). BOLALAR ADABIYOTIDA ZOONIMLAR O’RGANILISH
DARAJASI. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 3(6
(INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCHER)), 195-198.
31
7.1
2
9
13.
Norov, I. (2024). ONA TILI DARSLARIDA FRAZEOLOGIZMLARNI O
‘RGATISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
USULLARI. International innovation and researches, 1(1), 49-55.
14.
Norov, I. (2024). A SYSTEMATIC STUDY OF THE VOCABULARY OF THE
LANGUAGE. Fan va Tadqiqot Samaralari, 1(1), 23-26.
15.
Norov, I. (2024). MUTUAL INTEGRATION OF SUBJECTS IN PRIMARY
EDUCATION. Нововведения Cовременного Научного Развития в Эпоху
Глобализации: Проблемы и Решения, 2(5), 6-8.
16.
Norov, I. (2024). TILNING LUG ‘AT BOYLIGINING SISTEMA SIFATIDA
TADQIQ QILINISHI. Barqaror Taraqqiyot va Rivojlanish Tamoyillari, 2(5), 13-
15.
17.
Norov, I. (2024). O ‘ZLASHMA SO ‘ZLARGA MUQOBILLAR TANLASH
MUAMMOLARI. Нововведения Cовременного Научного Развития в Эпоху
Глобализации: Проблемы и Решения, 2(1), 25-27.
18.
Norov, I. (2024). BOSHLANG'ICH TA'LIMDA INTEGRATSIYA. The Role of
Exact Sciences in the Era of Modern Development, 2(5), 6-8.
19.
Norov, I. (2024). O ‘RTA UMUMIY TA’LIMNING IKKINCHI BO ‘QINIDA O
‘ZBЕK TILI (DAVLAT TILI) NI O ‘QITISHNING MAQSAD VA
VAZIFALARI. INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC
RESEARCHER'S THEORY, 2(5), 24-29.
20.
Norov, I. (2024). BOLALAR FOLKLORIDA ZOONIMLAR. Academic Book,
1(1), 6-10.
21.
Norov, I. (2024). XALQARO TA’LIM DASTURLARI. Barqaror Taraqqiyot va
Rivojlanish Tamoyillari, 2(3), 6-9.
22.
Norov, I. (2024). MUHAMMAD YUSUF SHE'RIYATIDA INDIVIDUAL
NEOLOGIZMLARNING LINGVOPOETIK TAHLILI. The Role of Exact
Sciences in the Era of Modern Development, 2(1), 24-27.
23.
Norov, I. (2024). UMUMTIL VA INDIVIDUAL NEOLOGIZMLARNING
XUSUSIYATLARI. Нововведения Cовременного Научного Развития в
Эпоху Глобализации: Проблемы и Решения, 2(1), 21-24.
24.
Norov, I. (2024). TILNING MUAYYAN LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI.
INTERNATIONAL
JOURNAL
OF
RECENTLY
SCIENTIFIC
RESEARCHER'S THEORY, 2(1), 91-96.
25.
Kamoliddin O’g’li, I. N. (2021). Alpomish Dostonida Onomastik Nomlar Tahlili.
IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 1(5),
180-182.
26.
Samad o’g’li, R. S., & Kamoliddin o’g’li, I. N. (2021, October). Reforms in
Education. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 138-140).
