Авторы

  • Ixtiyorbek Norov
    Xalqaro innovatsiyalar universiteti magistranti
  • Matmuratova Muyassar
    Qoraqalpoq davlat universiteti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijrs.59731

Ключевые слова:

frazeologiya muammo tarix sintaksis leksik

Аннотация

O‘zbek frazeologiyasining asosiy muammolarini ilmiy jihatdan o‘rganish ishlari boshlanganiga qirq yildan oshdi. 50-yillargacha frazeologiya hali o‘zbek tilshunosligi taribida mustaqil soha sifatida shakllanib etmagan edi. Bu davrda frazeologiyaga doir dastlabki ma’lumotlar, turg‘un birikmalarga oid ilk nazariy fikrlar grammatika va stilistikaga, ayrim o‘zbek shoirlari, yozuvchilarining  badiiy mahorati tadqiqiga bag‘ishlangan ishlarda ko‘zga tashlanadi.


background image

11

7.1

2

9

O‘ZBEK FRAZEOLOGIYASINING O‘RGANILISH TARIXI

Ixtiyorbek Norov

Xalqaro innovatsiyalar universiteti
magistranti

Matmuratova Muyassar

Qoraqalpoq davlat universiteti
magistranti

Annotatsiya:

O‘zbek frazeologiyasining asosiy muammolarini ilmiy jihatdan o‘rganish

ishlari boshlanganiga qirq yildan oshdi. 50-yillargacha frazeologiya hali o‘zbek tilshunosligi
taribida mustaqil soha sifatida shakllanib etmagan edi. Bu davrda frazeologiyaga doir dastlabki
ma’lumotlar, turg‘un birikmalarga oid ilk nazariy fikrlar grammatika va stilistikaga, ayrim o‘zbek
shoirlari, yozuvchilarining badiiy mahorati tadqiqiga bag‘ishlangan ishlarda ko‘zga tashlanadi.

Kalit so’zlar:

frazeologiya, muammo, tarix, sintaksis, leksik.

Ma’lumki, o‘zbek frazeologiyasining nazariy masalalari dastlab E.D.Polivanov

ishlarida o‘rtaga qo‘yilgan edi. U rus va ayrim sharq tillari frazeologiyasini o‘rgandi
va shu asosida frazeologiyani mustaqil lingvistik soha sifatida ajratish haqida fikr
bildirdi. E.D.Polivanovning ta’kidlashicha, yangi shakllanadigan frazeologiya sohasi
leksikologiyaga nisbatan xuddi sintaksis morfologiyaga nisbatan egallagan o‘rinda
bo‘lishi lozim. «…Sintaksisga teng keluvchi yangi sohaning shakllanishiga ehtiyoj
sezilmoqda, - deb yozgan edi E.D.Polivanov, - lekin sintaksis so‘z birikmalarining
umumiy tiplarini, xususiyatlarini o‘rgansa, yangi shakllanadigan soha
leksemalarning o‘zaro munosabati asosida yuzaga keladigan birikmalarning konkret,
individual (leksik) ma’no xususiyatlari bilan shugullanadi. Yangi shakllanadigan
sohani E.D.Polivanov frazeologiya yoki idiomatika deb nomlagan edi.

O‘zbek frazeologiyasining asosiy muammolarini ilmiy jihatdan o‘rganish

ishlari boshlanganiga qirq yildan oshdi. 50-yillargacha frazeologiya hali o‘zbek
tilshunosligi taribida mustaqil soha sifatida shakllanib etmagan edi. Bu davrda
frazeologiyaga doir dastlabki ma’lumotlar, turg‘un birikmalarga oid ilk nazariy
fikrlar grammatika va stilistikaga, ayrim o‘zbek shoirlari, yozuvchilarining badiiy
mahorati tadqiqiga bag‘ishlangan ishlarda ko‘zga tashlanadi. Bunday ishlar
A.G‘ulomov, U.Tursunov, A.K.Borovkov, F.Kamol, X.Zarif, V.Abdullayev,
N.Mallayev singari mashhur tilshunos va adabiyotshunos olimlarning qalamiga
mansub edi. Jumladan, A.Sa’diy, V.Abdullayev kabi adabiyotshunoslarning Alisher
Navoiy asarlarida turg‘un birikmalar, xalq iboralarining qo‘llanilishiga oid fikrlari
hozir ham o‘z qimmatini saqlab kelmoqda.

Sh.Rahmatullayevning «O‘zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari» nomli

monografiyasida frazeologik sinonimlar tahlilidan keyin chiqargan quyidagi ilmiy


background image

12

7.1

2

9

xulosasi har jihatdan asoslidir: «Har bir frazeologik sinonimga to‘g‘ri va to‘liq
xarakteristika berish uchun uni sinonimiya uyasi ichida olib, boshqa sinonimlari bilan
qiyoslab o‘rganish zarur. Bunda sinonimlar turli-tuman nuqtalardan tekshiriladi, ular
orasidagi o‘xshashlik ham, farqlar xam ta’kidlanadi. Sinonimlar orasida farqlar
qancha oz bo‘lsa, ularni nutqda bir-birining o‘rnida ishlatishga imkoniyat ortadi va
aksincha bo‘lsa, bunday imkoniyat ozayadi. Qay darajada bo‘lmasin, sinonimlarni
o‘zaro almashtirishga yo‘l qo‘yuvchi konktest mavjud bo‘ladi. Bundan almashtirish
bilan nimanidir yo‘qotiladi, nimagadir ega bo‘linadi. Xuddi ana shu «nimalardir»
sinonim iboralarning xar biriga tilda yashash huquqini beradi».

Umuman olganda, Sh.Rahmatullayev to‘g‘ri ta’kidlaganidek, «variantlashish

tufayli bir ibora boshqa bir iboraga aylanmaydi, bir iboraga xos obraz birligi, ma’no
birligi saqlanadi. Variantlashish tufayli yuz beradigan o‘zgarishlar iboralarga xos
yaxlitlikni emirmaydi, parchalamaydi, balki iboraga xos yaxlitlik doirasida, shu
yaxlitlik yo‘l qo‘ygan darajada voqea bo‘ladi. Aks holda yo ibora yo‘qqa chiqadi,
yoki boshqa bir ibora barpo qilinadi».

Ko‘rinadiki,

professor

Sh.Rahmatullayevning

tadqiqotlari

o‘zbek

frazeologiyasining shakllanishi va rivojida alohida qimmatga egadir.

Frazeologiya masalalariga oid 1-Butunittifoq ilmiy anjuman (1959)da

professor U.Tursunov tomonidan o‘zbek frazeologiyasining umumnazariy masalalari
o‘rtaga qo‘yildi. Olim to‘g‘ri ta’kidlaganidek, frazeologiya sohasida umumnazariy
masalalarni tadqiq etishga alohida e’tibor qilmasdan turib, o‘zbek tili
frazeologiyasini keng va chuqur o‘rganish ishini yaxshi yo‘lga qo‘yish mumkin emas.
Shu ilmiy anjumandan keyin yuzaga kelgan ilmiy maqolalarda o‘zbek tili
frazemalarining hosil bo‘lishi, grammatik xususiyatlari, sintaktik vazifasi, ibora
komponentlarining tartibi kabi masalalar o‘rganilgan edi. Xuddi ana shunday ishlar
o‘zbek frazeologiyasining nazariy va amaliy jihatdan rivojlanishi uchun zamin bo‘ldi.

Ayrim ishlarda tilning mustaqil birligi sifatida qaraladigan frazeologik

birliklarlarni belgilovchi xususiyatlar-tayyor holda mavjudlik, strukturasi va
komponent tarkibining turg‘unligi, birikmaning o‘z ma’nosini turli darajada yo‘qota
borishi, ustama ko‘chma ma’noloning yaxlitligi kabilar o‘zbek tili frazeologik
birliklarlari materialida tahlil qilinadi, bunday tadqikotlarda frazeologik birliklarni
belgilovchi tayanch xususiyatlar topishga, iboralarni qo‘shma so‘zlar, erkin so‘z
birikmalaridan farqlashga harakat qilinadi, o‘zbek tilidagi frazeologik birliklarlarning
grammatik, semantik xususiyatlari o‘rganiladi.

Ba’zi ishlarda frazeologik birliklarlarni erkin so‘z birikmalari, qo‘shma so‘zlar

singari tilning boshqa birliklaridan farqlashga intilish hollari seziladi. Lekin bu


background image

13

7.1

2

9

ishlarda ham to‘g‘ri, haqqoniy fikr-mulohazalar bilan bir qatorda ayrim chalkash
fikrlar ham aytilmoqda. Masalan, A.Abdullayev tilimizda mavjud bo‘lgan

qo‘lga

olmoq, qo‘l qo‘ymoq, ovoz bermoq, bola ko‘rmoq, tildan qolmoq, ko‘zdan
yo‘qolmoq, ishdan chiqmoq tilga olmoq, ovozga qo‘ymoq

kabi frazeologik

birliklarlarni «boshqaruv» asosida yuzaga kelgan birikmalar deb hisoblaydi.

Ko‘rinadiki, frazeologik birliklarni qo‘shma so‘zlar, erkin so‘z birikmalari,

tarkibli atamalar singari til birliklaridan farqlash o‘zbek tilshunosligining dolzarb
muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bizning ishimiz bu masalani hal etish yoki
olmilar bilan munozaraga kirishib, masalaga oydinlik kiritishni o‘z oldiga maqsad
qilib qo‘ymagan. Bizningcha, bu muammo qozoq tilshunosligida bo‘lgani singari
o‘zbek tilshunosligida ham maxsus tekshirish ob’ekti bo‘lmog‘i zarur.

40-50 yillardan keyin esa rus tilshunosligida L.V.Arxangelskiy, A.M.Babkin,

Yu.A.Gvozdarev, A.I.Molotkov, V.P.Jukov, V.M.Mokiyenko kabi, turkiyshunoslikda
S.Kenesbayev, Sh.Rahmatullayev, G.A.Bayramov, G.Axunzyanov, Z.G.Uraksin,
L.Bayramova, B.Yo‘ldoshev, A.Mamatov kabi tilshunoslarning monografik
tadqiqotlari yuzaga keldiki, ular u yoki bu darajada frazeologizmlarning tadqiqiga
sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu tadqiqotlar frazeologizmlarning leksik-grammatik,
leksik-semantik tabiati va stilistik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangandir.

Ayrim

tilshunoslar

(V.V.Vinogradov,

A.V.Kunin,

Yu.Yu.Avaliani,

L.Royzenzon, V.Arxangelskiy, Yu.A.Gvozdarev, A.G.Nazaryan va boshqalar)ning
tadqiqotlaridan frazeologiyada yangi ilmiy tekshirish sohasi shakllanayotganligi
tobora ayon bo‘lib bormoqda. Bu frazeologik shakllanish (frazoobrazovanie)
masalalaridir.

Frazeologizmlarni tarixiy jihatdan, ya’ni frazeologik shakllanish manbalari

tarixini o‘rganish frazeologogik ilm oldida turgan asosiy muammolardan biridir.
Frazeologizmlar faqat til hodisasi bo‘lmay, ular ijtimoiy-tarixiy davrning ham
mahsuli hisoblanadi. Shu ma’noda frazeologizmlarning shakllanish xususiyatlari
tadqiq etilganda, ularni tarixiylik jihatdan o‘rganish ilmiy va amaliy ahamiyat kasb
etadi. Diaxron tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, frazeologizmlarning paydo bo‘lishi va
shakllanishi uzoq o‘tmishga borib taqaladi.

O‘zbek tili frazeologiyasi o‘ziga xos tarixiy, taraqqiyot bosqichlariga ega.

Dastlabki bosqichda, tabiiyki, frazeologizmlar tarkibidagi leksemalar o‘zbek tili
leksikasining o‘z mulkidan iborat bo‘lgan. Davrlar o‘tishi bilan tilimizga fors-tojik
hamda arab tillaridan ko‘plab leksemalar o‘zlashdiki, ular frazeologizmlar tarkibida
ham o‘z aksini topdi.


background image

14

7.1

2

9

Frazeologik tarkib ham leksik tarkib kabi rivojlanish va boyish, shuningdek,

o‘zgarish jarayonida tilning ichki qonunlariga amal qiladi. Frazeologizmlarning hosil
bo‘lishi leksika bilan bog‘liq. Leksik fond qay darajada so‘zlar bilan boyib borsa,
frazeologik fond ham shunchalik boyib boraveradi. Chunki frazeologizmlarning
shakllanishi uchun birinchi manba leksemalardir. Frazeologizmlar leksemalarning
o‘zaro shakllangan uyushmasi ekanligini unutmaslik kerak. Shunga ko‘ra,
frazeologizmlar birikmalardan iborat. Ammo frazeologizmlarning o‘ziga xos
shakllanish

jarayonlari

ularni

oddiy

so‘z

birikmalaridan

farqlaydi.

Frazeologizmlarning shakllanishi lisoniy va nolisoniy omillar bilan ham bog‘liqdir.
Frazeologizmlarning paydo bo‘lishi va shakllanishi, birinchidan, tarixiy jarayonlar,
ijtimoiy muhit, ijtimoiy-siyosiy hayot, siyosiy-ma’naviy qarashlar, ikkinchidan
lisoniy, ya’ni tilning grammatik qonun-qoidalari kabi omillar bilan uzviy
aloqadordir. Shakllanish davrida frazeologizmlar ham leksika kabi tilning ichki
qonuniyatlariga fonetika, leksik-semantik, grammatik talablarga bo‘ysundiriladi.

«Frazeologizm til birligi sifatida murakkabligi, uning ma’nan yaxlitligi bilan

alohida shakllangan shakli o‘rtasidagi ziddiyat, nomoslik, iboradagi dolzarb va
etimologik ma’nolar nomuvofiqligi ularni nutq jarayonida qo‘llanishini
qiyinlashtiradi».

1

Bu fikrni tasdiqlab, yana shuni ta’kidlaymizki, bu nomuvofiqlik

frazeologizmlarning etimologik asosini aniqlashni ham mushkullashtiradi.

O‘zbek tili frazeologik manbalarini o‘rganishda, ularni leksik-semantik

guruhlarga ajratish leksikaga nisbatan muammoli o‘rinlar, chalkashliklar, hatto hal
qilinishi qiyin kechadigan qirralari ko‘ndalang bo‘ladi. Shulardan biri
frazeologizmlarning qatlamlari masalasidir. Qatlamlanuvchi frazeologizmlar genetik
jihatdan turli davrlarga mansub bo‘ladi. Leksemalar «genetik jihatdan ikki manbaga
mansubdir: a) o‘sha tilning o‘ziniki bo‘lgan so‘zlar; b) bu tilga boshqa tillardan kirib
kelgan so‘zlar»

1

Frazeologizmlarda bunday qatlamlarni aniqlash bir qadar qiyin.

Chunki birinchidan, frazeologizmlar tarkibidagi leksemalar genetik jihatdan turli
qatlamlarga tegishli bo‘lsa, ikkinchidan, shakl va ma’no o‘rtasida nomuvofiqlik ham
mavjud. Masalan, «alifni kaltak deyolmaslik» frazeologizmi «g‘irt savodsiz
bo‘lmoq», «hech narsa bilmaslik», «ma’lumoti yo‘q» kabi ma’noni ifodalaydi.

2

Frazeologizmlarning shakllanishi turli yo‘llar bilan amalga oshadi. Til egalari

u yoki bu harakat va holatni ifodalash maqsadida kishilar xarakteriga o‘xshash
narsalarni ko‘chirish asosida obrazli iboralarni shakllantiradilar.

1

Yo’ldоshеv B. Frаzеоlоgizmlаrning аdаbiy til nоrmаsigа munоsаbаtigа dоir// O’zbеk tili vа аdаbiyoti. T., 1992, 3-4

sоnlаr, 39-bеt.

2

Bеgmаtоv E.А. Hоzirgi o’zbеk аdаbiy tilining lеksik qаtlаmlаri. 48-bеt.


background image

15

7.1

2

9

Ayrim milliy xarakterdagi frazeologizmlarning ma’nolari birikma

ifodalaydigan belgi, harakatdan kelib chiqadi. Masalan, tilimizdagi «Ali desa, Bali
demoq» frazeologizmi biron narsa, hodisa yoki tushuncha bilan bog‘lanmaydi. Bu
frazeologizm tarkibidagi Ali va Bali ma’lum shaxslarning nomi bilan ham bog‘liq
emas. Bunda ikki kishining o‘zaro bahslashishi va ulardan birining o‘rinsiz gap
qaytaraverishi,

o‘jarligini

ifodalash

maqsadida

tasodifiy

qo‘llanilgan

komponentlardir. Ikkinchi komponent Bali fikrimizcha Vali bo‘lishi kerak. Chunki
Bali antroponimi o‘zbek tilida uchramaydi. Talaffuzni soddalashtirish maqsadida
Vali o‘rniga Bali shakli yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin, deb hisoblaymiz. Bali
komponentining Vali ekanligini “Alining kekini Validan olmoq” frazeologizmi ham
tasdiqlaydi. Bu frazeologizm tarkibida

Vali

komponenti to‘g‘ri qo‘llanilgan. Biroq

bunda ham frazeologizm komponentlari ma’lum shaxslarning nomi bilan
bog‘lanmaydi. U «alamini aynan zarur bo‘lgan kishidan emas, balki bunga aloqasi
bo‘lmagan kishidan olish» tushunchasi bilan bog‘lanadi.

Ayrim frazeologizmlarning ma’nosi biron harakat-hodisaning oqibati, sababi

natijasida kelib chiqadigan harakat-hodisaning o‘xshashligi bilan aloqador bo‘ladi.
Bunda frazeologizmning ma’nosi relikat (qoldiq) ma’nodek tuyuladi.

Arava

leksemasi bilan bog‘liq “aravani quruq olib qochmoq”, “aravani olib qochmoq»,
“olib qochmoq” frazeologizmlari «balandparvoz gap qilmoq, behad maqtanmoq»
ma’nosini ifodalaydi. Bu ibora milliy xarakterga ega bo‘lishi bilan birga, ularning
etimologik manbasini quyidagicha izohlash mumkin: aravaga yuk ortmasdan,
quruqdan-quruq yurgizish eshakka ham, egasiga ham zarur, ikkinchidan, aravaning
quruqligi hech narsadan hech narsa yo‘q maqtanish bilan teng. Shundan kelib chiqib,
quruqdan-quruq yurish maqtanish bilan tenglik, behudalik holatiga o‘xshatilgan.

Bulardan tashqari, arava leksemasi ishtirokida «aravangni tort», «o‘z aravangni

o‘zing tort» kabi frazeologizmlar ham shakllangan bo‘lib, ular ham aravaning
xususiyatlarini o‘xshatish asosida yuzaga kelgan.

«Arpasini xom o‘rmoq» frazeologizmi «yomonlik qilmoq» ma’nosini

ifodalaydi. Bunda frazeologizm ifodalaydigan ma’no so‘z birikmasi bildirgan belgi,
xarakatdan mantiqan kelib chiqadi. Bunda birovning arpasini xom o‘rish unga
yomonlikni ravo ko‘rish bilan tengligi nazarda tutilgan.

«Arra qilmoq» frazeologizmi ham harakat ma’nosidan mantiqan kelib chiqadi.

Odatda arra kesadigan boshqa asboblarga nisbatan teng va tekis, bejirim kesishi bilan
ajralib turadi. “Teng bo‘lib olish” ma’nosi arraga xos bo‘lgan belgi-xususiyatdan
mantiqan kelib chiqqan. Chunki aynan shu xususiyat teng va bejirim kesish holatiga
o‘xshatilgan. Shu asosda tilda yangi frazeologizm shakllangan:

Xo‘jalik a’zosi


background image

16

7.1

2

9

bo‘lmagan tanish-bilishlariga er ajratib berib, qovun-tarvuz ektirdi-da, hosilni ular
bilan

arra qildi

.

(Mushtum)

«Atlas ko‘ylakka bo‘z yamoq» frazeologizmi shunday jarayonni amalga

oshirish maqsadga muvofiq emasligi tushunchasi bilan bog‘lanadi.

Atlas

milliy

liboslar ichida eng ohorlisi, bo‘z esa uning aksidir. Bu ikki buyum o‘rtasidagi
nomuvofiqlik, nomoslik ushbu frazeologizmga xos «arzimagan nuqsonning yaxshi
narsani buzishi» ma’nosining yuzaga kelishiga asos bo‘ladi.

Ayrim milliy xarakterli frazeologizmlar muayyan bir davrning mahsuli bo‘lib,

ular o‘sha davrning ijtimoiy-siyosiy, tarixiy, jo‘g‘rofiy hayotini aks ettiradi. Masalan,

aflotun miya

frazeologizmining paydo bo‘lishi buyuk yunon faylasufi Platon (sharqda

Aflotun nomi bilan mashhur) nomi bilan bog‘lanadi. U aqlli, donishmand, bilimdon
kishi bo‘lgan. Shu xususiyat asosida aqlli, donishmand kishilar

aflotun miya

deb

atalgan.

Ayrim frazeologizmlar jo‘g‘rofiy nomlar bilan aloqadordir. Masalan,

“Afrosiyobdan qolgan” frazeologizmi Markaziy Osiyodagi eng qadimgi shahar
Afrosiyob toponimi bilan bog‘lanadi. Qadimiylik xususiyati «kishilar yoshining
ulug‘ligi» ma’nosini ifodalash uchun asos qilib olingan.

Keyingi yillarda o‘zbek tilshunosligida ham frazeologizmlarning turli

jihatlarini o‘rganish bo‘yicha jiddiy yutuqlarga erishildi. Frazeologizmlarni ilmiy
tadqiq etish bo‘yicha qator doktorlik va nomzodlik ishlari himoya qilindi, o‘nlab
ilmiy maqolalar, o‘quv qo‘llanmalari, frazeologik lug‘atlar yuzaga keldi. O‘zbek
tilshunosligida

frazeologizmlarni

ilmiy

tadqiq

etishni

birinchi

bo‘lib

Sh.Rahmatullayev boshlab berdi. Uning 1966-yilda himoya etilgan doktorlik ishida
va «O‘zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari» nomli monografiyasida
frazeologizmlarning grammatik tabiati keng ko‘lamda yoritilgan. Muhimi, bu asarda
frazeologizmlar lug‘aviy birlik sifatida o‘rganilishi zarur ekanligi asoslab beriladi.
Monografiyada o‘z ifodasini topgan fikr-mulohazalar, xulosalar frazeologizmlarni
semantik, grammatik, stilistik jihatlardan o‘rganishga imkoniyat yaratdi. Olimning
keyingi yillarda yaratgan qator ilmiy ishlari

3

ham o‘zbek frazeologiyasining rivojiga

muhim hissa bo‘lib qo‘shildi. Xullas, tilshunos frazeologogizmlarni grammatik va
semantik planda o‘rganishni boshlab berdi.

Ammo keyingi yillarda frazeologizmlarni grammatik va semantik planda

o‘rganish bir kadar sustlashib qolganligi ko‘zga tashlandi. Bu sohada A.Rafiev,
A.Mamatov va Q.Hakimovlarning nomzodlik ishlarini hisobga olmaganda,

3

Rаhmаtullаyеv Sh. Lеksikоlоgiya bilаn frаzеоlоgiya//Hоzirgi o’zbеk аdаbiy tili. T., 1992, -B.49-186.; O’zbеk tilining

frаzеоlоgik lug’аti; O’zbеk tilidа fе’l frаzеmаlаrning bоg’lаshuvi.-T., 1992.


background image

17

7.1

2

9

tilshunosligimizda frazeologizmlarning grammatik-semantik tabiatini tadqiq etuvchi
ilmiy ishlar deyarli yaratilmadi.

O‘zbek tilshunosligida frazeologizmlarni stilistik planda o‘rganish ham yo‘lga

qo‘yildi. O‘zbek yozuvchi va shoirlari asarlari frazologizmlarining usulbiy
xususiyatlari ko‘pgina nomzodlik ishlari uchun mavzu bo‘ldi. Ammo ko‘pgina shoir-
yozuvchilar asarlari frazeologizmlarni uslubiy jihatdan alohida mavzu sifatida emas,
balki yo‘l-yo‘lakay yoritildi. Bu o‘zbek badiiy san’atkorlarining frazeologizmlardan
foydalanish mahorati va ularning uslubiy xususiyatlari to‘liq ilmiy yoritildi, degan
gap emas.

Erishilgan yutuqlarni e’tirof etish bilan birga, hali o‘zbek frazeologiyasining

ko‘pgina jihatlari tilshunoslar e’tiboridan chetda qolayotganligini ham ta’kidlash
lozim. Jumladan, frazeologik ob’ektni belgilash, frazeologizmlarning paydo bo‘lish
va shakllanish tizimi, manbalari, tarixiy taraqqiyoti, frazeologik semantik bog‘lashuv,
ideografik semalar tahlili, frazeologizmlarni diaxron planda tadqiq qilish, frazeologik
etimologiya, frazeologik stilistika, turli tillar frazeologizmlarini qiyosiy o‘rganish
kabi masalalar xususida chuqur ilmiy monografik ishlar olib borilishi zarur.
Shuningdek, o‘zbek tilining frazeologik qatlamlarini belgilash, nutq jarayonidagi
o‘ziga xos qo‘llanish xususiyatlari, qo‘llanishdagi nuqsonlar, frazeologizmlar
o‘zlashtirish kabi masalalar ham tilshunoslar e’tiborida bo‘lishi kerak. Shuningdek,
«xalq tili frazeologiyasi, o‘zbek folklori frazeologiyasi, o‘zbek dialektal
frazeologiyasi materiallari hali tadqiq etilganicha yo‘q».

Eng muhimi, o‘zbek tili frazeologiyasining asoslarini belgilovchi ilmiy-nazariy

qo‘llanma ham yaratish zarur. O‘zbek tilining barcha frazeologik boyligini jamlovchi
ko‘p tomli izohli lug‘atini tuzishni yo‘lga qo‘yish lozim. Umumiy o‘rta ta’lim
maktablari uchun iste’molda ko‘p qo‘llanadigan izohli frazeologik lug‘at yaratish
ham zurur. Shubhasiz, amalga oshirilajak bu ishlar frazeologizmlarni nafaqat nazariy
jihatdan, balki amaliy jihatdan ham chuqur o‘rganish imkoniyatini yaratadi.

Frazeologiya lisoniy kategoriya sifatida keyingi yillarda keng miqyosda

o‘rganilmoqda. Bu esa frazeologiyani tilshunoslikning yangi sohasi sifatida
shakllantirishga imkon tug‘dirdi va uning o‘rganish ko‘lamini kengaytirdi.
Frazeologizmlarning grammatik, sintaktik, stilistik xususiyatlarini har tomonlama
chuqur ilmiy tahlil etish uning bir qadar nazariy asosini yaratish mas’uliyatini ham
keltirib chiqaradi. Ammo ko‘pgina nazariy va amaliy-ilmiy tadqiqotlar yuzaga
kelishiga qaramay, frazeologiya hozirgacha tilshunoslikning kam o‘rganilgan
sohasiligicha qolmoqda.


background image

18

7.1

2

9

Frazeologizmlar struktural, semantik, funksional-uslubiy jihatlardan murakkab

hodisa bo‘lganligi uchun u o‘ziga xos shakllanish qonuniyatlariga ega. Frazeologik
shakllanish til elementlarining, xususan, ikki yoki undan ortiq so‘zlarinng o‘zaro
uyushib, yangi til birligini yuzaga keltirishgacha bo‘lgan jarayondir.

Frazeologizmlarning tarkibiy va ma’naviy shakllanishi leksikaga nisbatan juda

murakkab bo‘lib, bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshadi. Ta’kidlash joizki,
hozirgi qadar frazeologizmlar sinxron nuqtai nazardan o‘rganildi va bu intilish
hozirgacha davom etmoqda. Bu esa frazeologizmlarning manbalari, tarixiy-
etimologik asoslarini o‘rganish imkoniyatini bermayotir.

4

Bu ayniqsa, frazeologizmlarning shakllanish jihatlarida ochiqdan-oydin

namoyon bo‘ladi. Aslida leksemalarning genetik asosi frazeologizmalrning yuzaga
kelishi uchun asosiy manba hisoblanadi. Chunki aynan leksemalar frazeologizmlar
uchun «qurilish ashyosi»dir. Ammo «frazeologik birlik ifoda plani bilan mazmun
planining o‘ziga xos qarama-qarshiligi va birligi asosida yuzaga keladi, shunga ko‘ra,
frazeologik birliklar alohida yondashishni, o‘rganishni talab qiladi».

5

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Yo’ldоshеv B. Frаzеоlоgizmlаrning аdаbiy til nоrmаsigа munоsаbаtigа dоir//
O’zbеk tili vа аdаbiyoti. T., 1992, 3-4 sоnlаr, 39-bеt.

2.

Bеgmаtоv E.А. Hоzirgi o’zbеk аdаbiy tilining lеksik qаtlаmlаri. 48-bеt.

3.

Rаhmаtullаyеv Sh. Lеksikоlоgiya bilаn frаzеоlоgiya//Hоzirgi o’zbеk аdаbiy tili.
T., 1992, -B.49-186.; O’zbеk tilining frаzеоlоgik lug’аti; O’zbеk tilidа fе’l
frаzеmаlаrning bоg’lаshuvi.-T., 1992

4.

Rаhmаtullаyеv Sh. O’zbеk tilining frаzеоlоgik lug’аti. –Tоshkеnt, 1992. –B.4.

5.

Tursunоv U vа bоshqаlаr. Hоzirgi o’zbеk аdаbiy tili. –Tоshkеnt, 1992. –B.149.

4

Rаhmаtullаyеv Sh. O’zbеk tilining frаzеоlоgik lug’аti. –Tоshkеnt, 1992. –B.4.

5

Tursunоv U vа bоshqаlаr. Hоzirgi o’zbеk аdаbiy tili. –Tоshkеnt, 1992. –B.149.

Библиографические ссылки

Yo’ldоshеv B. Frаzеоlоgizmlаrning аdаbiy til nоrmаsigа munоsаbаtigа dоir// O’zbеk tili vа аdаbiyoti. T., 1992, 3-4 sоnlаr, 39-bеt.

Bеgmаtоv E.А. Hоzirgi o’zbеk аdаbiy tilining lеksik qаtlаmlаri. 48-bеt.

Rаhmаtullаyеv Sh. Lеksikоlоgiya bilаn frаzеоlоgiya//Hоzirgi o’zbеk аdаbiy tili. T., 1992, -B.49-186.; O’zbеk tilining frаzеоlоgik lug’аti; O’zbеk tilidа fе’l frаzеmаlаrning bоg’lаshuvi.-T., 1992

Rаhmаtullаyеv Sh. O’zbеk tilining frаzеоlоgik lug’аti. –Tоshkеnt, 1992. –B.4.

Tursunоv U vа bоshqаlаr. Hоzirgi o’zbеk аdаbiy tili. –Tоshkеnt, 1992. –B.149.