Авторы

  • Karimboyeva Shohida Baxtiyor qizi
    Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti O‘zbek tili kafedra o‘qituvchisi
  • Sa’dullayeva Gulsora
    O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
  • Yangiboyeva Iroda
    O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijrs.59755

Ключевые слова:

dialektizm fonetik leksik-fonetik ma’naviy qahramonlik mardlik vatanparvarlik

Аннотация

Maqolada Alpomish dostoni haqida nazariy ma’lumotlar va til jihatidan tahliliy misollar berilgan. Ushbu dostonda ishlatilgan dialektizmga oid so‘zlarning hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi muqobillari berilgan. Alpomish dostonida o‘zbek millatiga xos eng yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlar, ayniqsa millatdoshlarimizdagi so‘zga chechanlik, mohirlik bilan so‘z qo‘llash san’ati, topqirlik qobilyati kabilar misollarda ham keltirilgan.


background image

158

7.1

2

9

DOSTONLARDA DIALEKTALIZM MASALALARINI O‘QITISH

Karimboyeva Shohida Baxtiyor qizi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika
instituti Turkiy tillar fakulteti O‘zbek tili
kafedra o‘qituvchisi

Sa’dullayeva Gulsora

O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-bosqich
talabasi

Yangiboyeva Iroda

O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-bosqich
talabasi

Annotatsiya:

Maqolada Alpomish dostoni haqida nazariy ma’lumotlar va til jihatidan

tahliliy misollar berilgan. Ushbu dostonda ishlatilgan dialektizmga oid so‘zlarning hozirgi o‘zbek
adabiy tilidagi muqobillari berilgan. Alpomish dostonida o‘zbek millatiga xos eng yuksak
ma’naviy-axloqiy sifatlar, ayniqsa millatdoshlarimizdagi so‘zga chechanlik, mohirlik bilan so‘z
qo‘llash san’ati, topqirlik qobilyati kabilar misollarda ham keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

dialektizm, fonetik, leksik-fonetik, ma’naviy, qahramonlik, mardlik,

vatanparvarlik.

“Alpomish” – dоstоnidа o‘zbеk хаlqining аzаl-аzаldаn imоn-e’tiqоd, оr-

nоmus vа yurt birligi yo‘lidа o‘zini аyamаsligi yorqin аks ettirilgаn.

1

Shuning uchun

ham O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov “Yuksak ma`naviyat
yengilmas kuch” asarida bu dostonga: “Alpomish – o‘zbekning o‘zligini namoyon
etadigan, mard va tanti xalqimizning yurak-yuragidan chiqqan, ota-bobolarimiz
avlodlaridan avlodlariga o‘tkazib kelayotgan qahramonlik qo‘shig‘idir. Alpomish
dostoni bizga insonparvarlik fazilatlaridan saboq beradi”, - deb ta’rif bergan.
Shuning uchun hаm 1999- yildа ushbu dоstоn yarаtilgаnining ming yilligi
mаmlаkаtimizdа kеng bаyrаm qilindi.

Bu dоstоnni o‘zbеkning buyuk bахshisi Fоzil yo‘ldоsh o‘g‘li аytgаn.

“Alpоmish” dоstоnining bоshqа bахshilаr tоmоnidаn аytilgаn qirqdаn оrtiq nusхаsini
juda ko‘p оlimlаr yozib оlishgаn. Lеkin ulаrning birоrtаsi vоqеаlаrning qiziqаrliligi,
ifоdаning tа’sirchаnligi, tаsvirning izchilligi, o‘zbеk хаlqigа хоs bеlgilаrni аks ettirа
оlish qudrаti bilаn Fozil yo‘ldоsh o‘g‘li аytgаn nusхаgа tеng kеlоlmаydi. Fozil
Yo‘ldosh o‘g‘li ulkаn istе’dоdi tufаyli o‘zbеk хаlq dоstоnchiligini yangi bоsqichgа
ko‘tаrgаn. Fоzil yo‘ldоsh qirqdаn оshiq хаlq dоstоnlаrini to‘lа yod bilgаn vа bеtаkrоr
iste’dodi bilаn аytgаn dоstоnlаrining bаdiiy jihаtdаn bоshqаlаrnikidаn mukаmmаl

1

O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning <<Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch>>

asari. <<Ma`naviyat>> nashriyoti. Toshkent-2008.


background image

159

7.1

2

9

bo‘lishigа erishgаn. “Alpоmish” dоstоni nаfаqаt baxshining ijоdidа, bаlki o‘zbеk
хаlq dоstоnchiligidа аlоhidа аhаmiyat kаsb etаdi. Chunki bu dоstоndа o‘zbеk хаlqigа
хоs eng ezgu sifаtlаr hаqqоniy hаmdа tа’sirli аks ettirilgаn. Ushbu durdona meros
Qadimiy turkiy tilda yozilgan dostonlar biridir, shu jihatdan ham ushbu asar
tilshunoslar uchun ham juda qadrli, til tarixini tadqiq qilishda katta ahamiyatga ega
madaniy boylikdir. Bu dostonda Alpomish laqabli Hakimbek degan qoʻrqmas
pahlavonning amakisi (qaynotasi) bilan sevgilisi Barchinoyni yovuz Qalmoqlar
yurtidan qutqarib kelishi va murod-maqsadiga yetishi juda ishonarli tarzda yoritib
berilgan. Alpomish Qalmoqlar yurtida koʻp qiyinchiliklarga, hiyla-nayranglarga duch
kelib, ularni mardona yengib oʻtadi. Oʻzining mardligi, haqqoniyligi, tantiligi tufayli
Qalmoqlar yurtida ham, oʻz vatanida ham adolatni qaror toptiradi. Ushbu dostonda
oʻzbeklarning o‘ziga xos feʼl-atvori, udumlari va urf-odatlari ochib berilgan
dostonlardan biridir. Hamda dostonni til jihatdan tahlil qiladigan bo‘lsak, juda
ko‘plab so‘zlarning tarixiy shaklini, o‘zgacha ko‘rinishlarini va albatta,
dialektalizmga oid so‘zlarni ko‘rishimiz mumkin.
“Ana endi katta-kichik, eli-elati, mulla-xo‘jasi, qavmi-qarindoshlari, o‘qishib
yurishgan sheriklari, mana, bizning sherigimiz ketib qoladiganga o‘xshaydi, deyishib
xapa bo‘lishib, qoboqlari uyulishib, dimoqlari pitishibdi. Boybo‘rining ko‘ngli uchun
jiyilishib, qavmi-qarindoshlarimizni ko‘rib qolayik, oq fotiha berayik, deb xotinlar
keldi. Hammasi jiyilishib keddi. Polvonning enasi Kuntug‘mish boybicha: “Ota bilan
ena farzandga Hazrati Xizr Ilyosga duo qilmoqdan bo‘lak gap yo‘q. Vo darig‘”, - deb
yoppasi polvonni Boychiborga mingizishib, hamma qora ko‘zlar girdini olib turishib,
bir-birlariga qarashib turgan vaqtlarida mulla Hakim xalq- xaloyiqqa , qavmi-
qarindoshlariga qarab uzangiga oyog‘ini tiradi. Asardan olingan ushbu matn
parchasida ham quyidagicha misollardagi so‘zlar davr talabiga ko‘ra ayrim fonetik
o‘zgarishlariga uchragan va ushbu holatda aks etgan:

Xapa-xafa
Qaboqlari-qavoqlari
Pitishibdi-bitishibdi
Qolayik-qolaylik
Berayik-beraylik,
Jiyilishibdi-yig`ilishib
Keddi-ketdi
Mingizishib- mindirishib
“Shunda Kayqubodning yuragi ishib keddi. Alpomish yeznasiga qarab:-

Assalomu alaykum, yezna,- dedi. Alpomish aydi: -Qaynim, nimang bor? Kayqubod


background image

160

7.1

2

9

aydi: -Bor boricha, qirq qo‘yim bor, bosh otiga beraman degan bir olgina toyim bor,
ikki qorin, bir jumu moyim bor,xotin olaman degan o‘yim bor, uch nimcha
sarg`ichgina, mehmonlarga damlab beradigan yaxshi choyim bor. Alpomish aydi:

-Balli senga, Tovkani olib beraman.Qirq qo‘yni ham tapsha,olatoyni

ham,moyni ham,choyni ham tashla. Senga olib beraman. Unda Kaykubod:-Qulluq,-
dedi. Suyunganidan vaqgi xush bo‘lib, shoulog‘i, deb ikki qo‘y tashladi,vaqgi
xushligiga ikki qo‘y tashladi. Quymoq uyning qo‘yi,deb yana ikki qo‘y tashladi.
Shunda Kaykubod vaqgi xush bo‘lib, dimog‘i choq bo‘lib, quvonganidan juragi
jorilg‘iday bo‘lib, bir so‘z deb ketayotibdi, qo‘yni haydab:

Kayqubod xotinli bo‘ldi, Xudoyim,
To‘shlari cho‘llarda bo‘ldi muloyim.
Hay-huy yallasi,kirib ketar kallasi,
Kayqubod xotinli bo‘ldi,olloyim.
Tovba desam, to‘kilgaydi gunoyim.
Endi oldim Toychixonning qizini,
Jarqillatib yulduzdayin ko‘zini.
Endi oldim Oy Tovkaning o‘zini.

Yuragi ishib-yuragi shishib
Yezna-pochcha
Jumur-qorinning bir bo‘lagi
Sarg‘ichgina-sarg‘ishgina
Aydi-aytdi
Vaqgi xush-vaqti xush
Juragi-yuragi
Jorilg‘iday-yorilgiday
Yuqorida keltirilgan misollarda esa asarda keltirilgan so‘zlarning bugungi

kunda shevalarimizda uchrashini ko‘ramiz. Asardagi yezna-yezda, jumur, juragi,
jorilg‘iday kabi so‘zlar Qoraqalpoq hududida yashovchi xalq tilida, ya’ni, Qipchoq
dialektida mavjud so‘zlardir. Bunday misollardan namunalarni juda ko‘plab
keltirishimiz mumkin.

Jallodlar Boysarining haligi so‘zini arza qib,ikki mirg`azabdan jo‘natdi.

Mirg`azablar arzani op kep, Qalmoqshohga tutdi. Qalmoqshoh bu arzani o‘qib ko‘rib
aytdi. Juda dimog`i ham chog` bo‘lib ketdi: Meni himoyat tutib kelgan odam
bo‘lsa,qatorda nori ham o‘ziniki, nor ustida zar ham o‘ziniki, barcha davlat-moli ham
o‘ziniki,bizga dardkor emas, Barchin qizi ham o‘ziniki. Yayloviga Chilbirning


background image

161

7.1

2

9

cho‘lini berdim,suvloviga Oynalining ko‘lini berdim. Yetti yilgacha moli bezakot,
betergov yura bersin. Har kim musofir boylarga taaddi qilsa boshi-o‘limda, moli-
talovda, o‘z ixtiyorida yura bersin,-dedi.

Arza qib-ariza qilib,
Ob kep-olib kelib.
Kampirning yalang‘och bo‘p qolganini ko‘rib, Boybicha uyiga borib,yangi

kiyimlar olib kelib,kampirning ustidagi kuchuk yirtgan kiyimlarni chechib olib yangi
kiyim kiydirib, Boybicha kuchuklarini urib, kampirning dimog‘ini chog‘ qilib, uyiga
ergashtirib bordi. Barchin qirqin kanizaklari bilan o‘tirib edi, bu kampirni ko‘rib,
qanday bo‘lsa ham, musofirchilik yurtda, kampirni izzat qilib, o‘rnidan turib, tazim
qilib o‘tirdi. Barchinni kampir ko‘rib: “biznin Qorajonga lozim qiz ekan”,-deb o‘tirdi.

bo‘p qolgani-bo‘lib qolgani
chechib-yechib kabi misollarda ham aynan hozirgi qipchoq shevasi so‘zlari

bilan bir xil.

Mehmonlarni bular o‘tkizib qo‘lini yuvdirib dastarxon soldi. Uch tovoqqa

oshni suzib,ob kep mehmonlarning oldiga qo‘ydi. Bir tovoq to‘rtovara bo‘p qoldi.

ob kep-olib kelib
bo‘p qoldi-bo‘lib qoldi
…uchtovoq oshdan yigirma guruch kamib qoldi.
kamib qoldi-kamayib qoldi
Bu so‘zni eshitib Qorajon: - esa o‘zbaki rasm qilayik, -deb telpakni tashlab

yangi liboslar kiyib, boshiga salla o‘rab, chotayotir, sira shidam bo‘lmaydi, g‘arbayib
ketayotir, sira o‘zbak xohlaydigan bo‘lmayotir. Burin-so‘ng salla o‘ragani yo‘q,
shidamlab o‘ramoqqa o‘ng‘ayi kelmoyotir.

o‘zbaki-o‘zbegi
rasm qilayik-rasm qilaylik,
shidam bo‘lmaydi-tugamaydi
g‘arbayib ketayotir-kattayib ketmoqda.

Arzim eshit o‘zbak qizi,
Aqlimdolar jodu ko‘zi.
Seni olarim bordir,
Sening Boysari otangni.
Bul dorga ilarim bordir,
Sening ham tuqqan enangning
Boshini yularim bordir.


background image

162

7.1

2

9

To‘qson alpni quda qilib ergashtirib kelarim bordir.
Men seni zo‘rlikman olarim bordir,
Do‘lani qo‘yningga kirarim bordir,
Novvosday bo‘p seni surarim border

-

aqlimdolar-aqlimni olar

seni olorim bordir-senga uylangim bor
ilarim bordir-ilgim bor
enang-onang
yularim bor-yulgim bor
kelarim bor-kelgim bor
zo‘rlikman-zo‘rlik bilan
do‘lani qo‘yningga-ko‘nglingga kirgim bor.
Ana shunda enasi Barchinoyni ham jo‘natmoqchi bo‘lib, Barchinoy uchun

to‘riq yo‘rg‘a otini tabladan olib kelib, tilla yuganlarini boshiga solib, juda choqlab,
otning jilovidan ushlab olib kelib berdi. “Tabladan”-ot bog‘lanadigan joy ya’ni
otxona…endi Boysari semiz qo‘ylarni so‘yib, o‘n ming uyli qo‘ng‘irot elining
odamman deganini jiyib, qorsonga sop, oldiga opkep qo‘ydi. Ushbu parchada
“jiyib”-yig‘ib, “opkep qo‘ydi”-olib kelib qo‘ydi so‘zlari ham haligacha shu shaklda
shevalarimizda ishlatiladi.

Qorajon qildi ziyofatdi, yugurib qilib yotir xizmatdi. Erta-mertan tong otdi, kun

choshga haddiga yetdi. Alpomish turib aytdi:- Qorajon, bizning bunda kelib
yotganimizni ne bilsin, sen Boysarinika tomom borib Kelsang, bir xabarini bilib
Kelsang, qizini bizga beradigandan bo‘lsa, jovchi bo‘lib Kelsang, qanday bo‘lsa
mening kelganimni bir bildirib Kelsang. Qorajon: - men qanday ot mininb borayin?-
dedi. -mayling, qanday ot mininb borsang,- dedi.

Ziyofatdi-ziyofatni
Qilib yotir- qilayapti
Xizmatdi-xizmatni
Erta-mertan- bugun-erta
Kun choshga haddiga yetdi-chosh vaqti bo‘ldi
Bunda-bu yerga
Jovchi-xabarchi
Minib borayin-minib boray.
Mayling-xohishing


background image

163

7.1

2

9

Xulosa qilib shuni aytadigan bo‘lsak, har bir inson agаr o‘zbеk dеgаn хаlqni

yuksаltirgаn, uni dunyogа tаnitgаn ахlоqiy хususiyatlаr nimаlаr ekаnligini
tuymоqchi, bоbоlаringizni оlаmgа mаshhur etgаn mа’nаviy fаzilаtlаrning ildizi
qаyеrdаnligini bilmоqchi, аjdоdlаrning оr-nоmus, so‘zgа egаlik, bаg‘rikеnglik vа
kеchirimlilik singаri jihаtlаridаn o‘rnаk оlmоqchi bo‘lsа, dоstоnni diqqаt bilаn o‘qib
vа аsаrni tushunib yеtishgа hаrаkаt qilishi lozim. Yana shuni qo‘shimcha qilishimiz
joiz-ki, dostondagi qahramonlar o‘zlarining go‘zal xislatlari bilan bugungi kun
yoshlariga namuna bo‘la oladigan timsollardir. “Alpomish” — mumtoz barkamol
eposlarning biridir. Unda qo‘llangan har bir detallar o‘z mazmun-mohiyatiga egadir.
Bizga qoldirilgan shunday katta merosni munosib avlod bo‘laroq, o‘qib o‘rganib,
tushunib anglab yetishimiz milliy madaniyatimizga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbat
va ehtiromimiz namunasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Yuqorida keltirgan
misollardan ham bilishimiz mumkin-ki, o‘zbek tili ya’ni qadimgi turkiy til juda boy
va go‘zal til bo‘lib, hozirgacha o‘z tarovati bilan, nafaqat turkiy xalqlarni, balki butun
insoniyatni ilm nurlari bilan boyitib kelmoqda. Shunday ulkan ummondan bahramand
bo‘lishimizda, albatta, til tariximizni, tilshunoslikdagi dialektalogiyaga oid bilimlarni
bilishimiz muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak
ma`naviyat yengilmas kuch” asari. “Ma`naviyat” nashriyoti. Toshkent-2008.

2.

Ashirboyev S. O‘zbek dialektologiyasi. - Toshkent:, “Nodirbegim” nashriyoti.
2008

3.

Mirzayev T., „Alpomish“ dostonining oʻzbek variantlari, T., 1968;

4.

“Alpomish” O‘zbek xalq qahramonlik dostoni. “Sharq” nashriyot matbaa
kontserni bosh tahririyati. Toshkent-1998.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch” asari. “Ma`naviyat” nashriyoti. Toshkent-2008.

Ashirboyev S. O‘zbek dialektologiyasi. - Toshkent:, “Nodirbegim” nashriyoti. 2008

Mirzayev T., „Alpomish“ dostonining oʻzbek variantlari, T., 1968;

“Alpomish” O‘zbek xalq qahramonlik dostoni. “Sharq” nashriyot matbaa kontserni bosh tahririyati. Toshkent-1998.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)