37
„VAQFIYA“ ASARIDA ALISHER NAVOIYNING IJTIMOIY FAOLIYATI
BILAN BOG‘LIQ MASALALAR
Iroda Narimmatova,
Nafisa Yuldasheva
Ajiniyoz nomidagi NDPI Turkiy tillar
fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim
yo‘nalishi talabalari.
Annotatsiya:
Mazkur kichik tadqiqot ishida Alisher Navoiyning davlat arbobi sifatidagi
faoliyati, vaqf qildirgan yerlari, qurdirgan binolari, jonkuyar davlat arbobi sifatidagi faoliyati
o‘rganilgan.,
Kalit so‘zlar:
Alisher Navoiy, „Vaqfiya“, vaqf yerlari, hamd, na’t, mahdudot.
„Vaqfiya“ asari 1481-1482 yillar oralig‘ida yozilgan bo‘lib, Navoiyning
davlat arbobi sifatidagi faoliyati, vaqf qildirgan yerlari, qurdirgan binolari haqida
ma’lumot beruvchi asardir. „Vaqfiya“ Hamd, na’t va Sulton Husayn Boyqaro
madhini o‘z ichiga olgan kattagina muqaddima bilan boshlanadi. Asarni shartli
ravishda ikki qismga bo‘lish mumkin:
1. Navoiyning Sulton Husayn Boyqaro saroyidagi davlat arbobi sifatidagi
faoliyati aks etgan o‘rinlar.
2. Navoiyning xayriya ishlari va vaqf qilib qoldirgan mulk yerlari, vaqf
joylardagi idora usuli, xizmat uchun belgilangan lavozimlar, tayin etilgan maosh,
o‘rnatilgan tartib-qoidalar bayoni.
Asarda Alisher Navoiyning mamlakat obodligi va el-yurt farovonligiga doir
muhim fikrlari ham o‘z ifodasini topgan:
To hirs-u havas xirmani barbod o‘lmas,
To nafs-u havo qasri baraftod o‘lmas.
To zulm-u sitam jonig‘a bedod o‘lmas,
El shod o‘lmas, mamlakat obod o‘lmas.
1
„Vaqfiya“ asarida bayon qilinganidek, Navoiy masjid, madrasa, shifoxona
va boshqa inshootlar qurdirib qo‘ya qolmasdan, ularni kerakli darajada jihozlash,
o‘z-o‘zini ta’minlash uchun vaqf yerlar ajratib berish, mudarrislar, tabiblar va
boshqa xodimlar bilan ta’minlash, ularga oylik maosh, ozuqa, kiyim-bosh
belgilashgacha, talabalar nafaqasi va kitoblarigacha, barcha-barchasini mukammal
boshqarib, tashkil etib, o‘zi doimo xabar olib, nazorat qilib turishni ham
1
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдлик. 14-жилд. – Тошкент: Фан, 1998. 258-бет.
38
unutmasdi. Chunonchi, madrasada ustoz va talabalarining soni va ularga ajratilgan
maoshi va nafaqalari (stipendiya) haqida shunday yozadi: „Arbobi vazoif – ikki
olimi muttaqiy mudarris bo‘lg‘ay: har birining yilliq vazifasi ming ikki yuz oltun
naqda, yigirma to‘rt yuk oshlig‘kim, sulsi arpa, sulsoni bug‘doy bo‘lg‘ay. Har
halqai darsda o‘n bir tolibi ilmkim borisi yigirma ikki bo‘lg‘ay, olti a’lo; har biriga
oyliq naqda yigirma to‘rt oltun, yilda bug‘doy besh yuk; vasat — sekiz; oylig‘ har
biriga naqda o‘n olti oltun, bug‘doy yilliq to‘rt yuk; adno — sekiz: oylig‘ har biriga
naqda o‘n ikki oltun, oshlig‘ yilliq uch yuk“.
Nizomiddin Mir Alisher binolar qurilishi bilan bevosita shug‘ullanar, usta va
shogirdlari mehnatidan boxabar bo‘lib turardi. „Xayru saxovatli binokor amir
Alisher o‘sha imoratni tiklash xususida ko‘p g‘amxo‘rligi bo‘lganidan har kuni
o‘sha sharofatli manzilga tashrif buyurar, ko‘p kunlar etakni belga qistirib,
yollangan ishchilar kabi ustalarga g‘isht olib berardi hamda boshqa yumushlarni
qilardi, tez-tez o‘sha yerdagi me’morlar, ustalar va kosiblarga qimmatbaho
sarupolar kiydirar va ularni ko‘p siylash va boshqa in’omlar bilan xursand qilardi.
Shu tariqa tangrining quvvatlashi hamda podshoning cheksiz yordami bilan uch-
to‘rt yillik ish olti oy muddat ichida oxiriga yetkazildi“.
„Vaqfiya“ asarining ikkinchi qismi ya’ni „Mahdudot“ qismida Navoiy vaqf,
vaqf huquqi kabi o‘zining moliyaviy ibodati bilan yaqindan tanishtirishga harakat
qilgan. Mahdudot (Mahdudning ko’plik shakli bo’lib, cheklangan, chegaralangan,
tayin qilingan degan ma’nolarni bildiradi) iqtisodiy atama, tushuncha bo‘lib,
chegaralangan, atrofi o‘ralgan, atrofi aniqlangan joylar, er-suv va boshqa mulklar
degan lug‘aviy ma’noni bildiradi.
Navoiy mahdudotda o‘z qalami bilan vaqf qilingan barcha ko‘chmas
mulklarining ro‘yxatini, mulk turlarini, joylashgan hududlari nomini birma-bir,
tartib bilan yozib qoldirgan. Chunonchi: „… vaqf qilingan mahdudlarkim, shahr va
tavobindadur, mujmalan (qisqa) mazkur bo‘lur va tafsili forsi vaqfnomalardakim,
muqarrar aytilibdur.“ Qizig‘i shundaki, u o‘z mahdudotlaridan olingan daromad,
tushumni o‘z mablag‘lari hisobidan qurdirgan masjid, madrasa, shifoxona, rabot,
xonaqoh va shu kabi yuzlab binolar ta’minoti uchun belgilab qo‘ygan hamda
vatan, yurt obodligi, xalq manfati yo‘lida og‘ishmay sarflagan.
Vaqfiyaning mahdudot fasli aynan rasmiy uslubda bitilgan bo‘lib, bu holat
adibning mazkur hujjatli faslda vaqf qilingan ko‘chmas mulk turlarini sharhlashda
qo‘llagan ifoda va bayon tarzida yaqqol ko‘rinadi.
39
Navoiyning mahdudotda bitishicha, uning vaqf qilingan barcha turdagi
ko‘chmas mulklari qonuniy, ya’ni „shar’ tariqi“ va qonun himoyasida bo‘lib,
ko‘chmas mulklarining barcha tafsiloti vaqf hujjatlarida fors tilida aniq yozilgani
hamda guvohlar ishtirokida qozi muhri bilan tasdiqlab qo‘yilgani aytilgan.
Alisher Navoiy vaqflarini musulmonlarga shunchaki topshirib qo‘ymagan, har bir
vaqf molining iste’moli shartlarini ham bayon qilgan. Belgilangan maoshga haqli
bo‘lsa bo‘lmasa berilavermagan, shartlar bajarilmasa kamaytirilgan yoki vaqf
hududidan chiqarib yuborilgan. Shu bilan birga vaqf shartlari bitilgan „Vaqfiya“
asarini har o‘ttiz yilda yangilab turishni tavsiya qilgan.
„Madrasa va xonaqoh orasidakim, tosh solibdurlar — qachon buzulurdek
bo‘lsa, yildin-yilg‘a marammat qilsunkim, musulmonlarg‘a o‘tar — borur dushvor
bo‘lmag‘ay. Yana shart ulkim, har o‘ttuz yilda mutavalli „Vaqfiya“ni mukarrar
yangi bitgan va asl bila muqobila qilg‘ondin so‘ngra quzot sijillot bila muqobala
qilg‘ay to ayyom mururi bila churumagay. Yana shart ulkim, hech zamonda sadr
gumashtalari va mutavallilar bu sarkorda madxal qil.“
2
Vaqf mulkidan noto‘g‘ri
foydalanganlarni qattiq ogohlantirib o‘tgan.
„Vaqfiya“ki tortildi base zahmat anga,
To bo‘ldi sharoyit xatidin ziynat anga.
Mashrut ila kim qilsa amal rahmat anga,
Ulkim, munga tag‘yir berur, la’nat anga.
***
Bu qoidani kimki tuzar, bor bo‘lsun,
Tengri bori holatda anga yor o‘lsun.
Kim buzsa, buzuqluqqa sazovor o‘lsun.
Haq la’natu qahrig‘a giriftor o‘lsun.mag‘aylar.
„Modomiki, sharti voqif bila muvofiq amal qilg‘aylar — bu sarkor amalasidin
jam’ va xarj nusxasi tilamagaylar va hech nav’ nima alardin olmag‘aylarkim,
alarg‘a halol va muboh emas“.
Mahdudot o‘ziga xos xulosa qismga ega bo‘lib, ulug‘ Navoiy mahdudotning
xulosasini „Bu jami’ mahdudotkim, hududi vaqfiyalarda muqarrar mazkur
bo‘lubtur dag‘i bu varoqta mujmal (juda qisqa) bitildi, yuqori mazkur bo‘lg‘on
biqo’g‘a vaqfi sahihi sha’riy qilildi“ deb qisqa tarzda bayon qilgan.
Yuz shukrki, buq’alar mukammal bo‘ldi,
2
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдлик. 14-жилд. – Тошкент: Фан, 1998. 274-бет.
40
Vaqfi bu hududkim, mufassal bo‘ldi.
Sekkiz yuz ediyu sekson olti ta’rix
Vaqfiyasi ul kunki, musajjal bo‘ldi.
Navoiy katta mol-mulk egasi bo‘lgan. Ammo umri davomida biror marta shaxsiy
daromadi zakot hisobiga yetmagan – hosildor yer va bog‘lar, savdo va
hunarmandchilik do‘konlari va boshqa mulklaridan olinadigan daromaddan o‘zi
uchun yashashga kifoya qiladigan qismini olib, qolgan qismining barchasini
mamlakat obodonchiligi va boshqa xayriya amallariga sarflagan. Alisher
Navoiyning sadoqati va to‘g‘riligiga to‘liq ishongani uchun ham Husayn Bayqaro
unga katta imtiyoz va huquqlar bergan. Ilm-ma’rifat targ‘ibotchisi sifatida yoshlar
uchun madrasa va masjidlar qurdirgan. Xalq uchun shifoxonalar barpo ettirgan.
Bularning hammasi Alisher Navoiyning ijtimoiy hayotdagi faoliyatidan darak
beradi. Jonkuyar, davlat arbobi ekanligini isbotlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдлик. 14-жилд. –
Тошкент: Фан, 1998.
2.
Sh.Sirojiddinov, D.Yusupova, O.Davlatov. Navoishunoslik – Toshkent:
Tamaddun, 2019.
3.
Atakhanovna, Y. G., & Azada, A. (2021, May). FEATURES OF THE USE OF
MIXED EDUCATION IN UZBEK LANGUAGE CLASSES. In E-Conference
Globe (pp. 77-80).
4.
Atakhanovna, Y. G. (2020). ON THE CREATION OF EDUCATIONAL
CONTENT
AND
THE
PECULIARITY
OF
ITS
USE
FOR
MISCELLANEOUS LEARNING IN THE LESSONS OF THE UZBEK
LANGUAGE. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for
English Language and American Studies, 9(2), 58-65.
5.
Abdurakhimova, D. K. (2014). PREREQUISITES FOR THE TRANSITION
OF TRADITIONAL BANKS TO DIGITAL BANKING. The Way of Science,
23.
Internet manbalari:
1.
2.
www.wikipedia.com
