41
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA „MAHBUB UL – QULUB“
ASARINI SHARHLAB O‘RGATISH
Nafisa Yuldasheva,
Iroda Narimmatova
Ajiniyoz nomidagi NDPI Turkiy tillar
fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim
yo‘nalishi talabalari.
Annotatsiya:
Alisher Navoiyning „Mahbub ul– qulub“ asarida komil inson axloqi va uning
tarbiyasiga oid muhim manba
Kalit so‘zlar:
Navoiy asarlarini umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘rgatish, „Kim chaqqon“
metodi, „O‘yla, izla top“ metodi
Mumtoz adabiyotimizning zabardast vakili, turkiy til rivojiga o‘zining munosib
hissasini qo‘shgan buyuk adib Alisher Navoiy ijodi umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining barcha sinflarida, o‘quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib
chiqqan holda o‘rgatiladi. Masalan: 5-sinf o‘quvchilarining yoshiga mos tarzda
pand-nasihat ruhidagi „Hayrat ul-abror“ dostonidan hikoyatlar, 6-sinf adabiyot
darsligida komil inson axloqi va uning tarbiyasiga oid muhim manba bo‘lgan
„Mahbub ul-qulub“, 7-sinf da qit’a va fardlar , 8- sinf adabiyot darsligida
g‘azallari, 9- sinfda „Farhod va Shirin“ dostonidan parcha, 10- sinfda Alisher
Navoiy g‘azallari, 11-sinfda esa „Saddi Iskandariy“ dostonidan parchalar
o‘rgatiladi.
„Mahbub ul-qulub“ asari 3qismdan iborat. 1-qism 40 faslni o‘z ichiga oladi.
Bunda muallif o‘z davrining tipik vakillari hayotini tasvirlagan. 10 bobdan tashkil
topgan 2-qismda yaxshi va yomon, maqtovga sazovor va nafratga loyiq xislatlar
tafsiloti berilgan.3-qismga masal va hikmatlar kiritilgan. Bu asar 6-sinf adabiyot
darslarida o‘rgatilishi rejalashtirilgan.
№
Mavzu nomi
Soat
1
Alisher Navoiy hayoti va ijodi. „Mahbub ul – qulub“ asaridagi
hikmatlar
1
2
Alisher Navoiy hikmatli so‘zlari matni ustida ishlash
1
3
Hikmatli so‘zlarning talimiy, tarbiyaviy ahamiyati
1
4
Nazorat ishi. Insho va tahlil. „Odob insonga ziynat“
2
O‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida „Mahbub ul-qulub“ asarini o‘rgatishda „Olmos“, „Blits so’rov“,
42
„Teskari test“, „Qarorlar daraxti“, „O‘zlashtirib javob ber“ kabi metodlardan
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu usullardan foydalanish o‘quvchilarga
mavzuni atroflicha tushuntirish, yoritib berish bilan bir qatorda ularning mavzuni
oson esda saqlab qolishiga yordam beradi.
“
Kim chaqqon” metodi
Metodning maqsadi: bu usul orqali oquvchilarda guruhda ishlash, bir birini fikrini
hurmat qilish,ta’riflarga to’g’ri javobni chaqqonlik bilan belgilash,rasmlar orqali
ma’lumotlarni xotirada saqlash.
Metodning borish tartibi:
Dastlab o‘qituvchi tomonidan 3 guruh shakllantiriladi. Har bir guruhga bir xil
ta’rif va unga mos tarzdagi rasmlar tushirilgan qog‘ozlar tarqatiladi. Ta’rif va
rasmlar bir biriga moslashtiriladi. Topshiriqni bajarish uchun 5 daqiqa vaqt
belgilanadi. Jamoalarning topshiriqni to‘liq va to‘g‘ri bajarganligidan kelib
chiqqan holda baholanadi.
„O‘yla, izla, top“ metodi
Ma’lumotlarni jadvalga mos tarzda joylashtiring
.
Insoniyat bog‘ining hosildor daraxti, balki u daraxtning foydali mevasidir; o‘zi
xunuk, gapi bema’ni, ovozi yoqimsiz odam qurbaqaga o‘xshaydi; yaxshi odamdan
yomonlar ham yomonlik kutmas; yaxshi odam yomonlardan ham yaxshilikni
ayamas; arslonning maqsadi – ov qilib, och yirtqichlarni to‘yg‘azmoq, sichqonning
harakati – don o‘g‘irlab, tugun axtarmoq;
Yor uldirki, o‘ziga ravo ko‘rmagan narsani
Yoriga ham ravo ko‘rmagay.
O‘zi yori uchun o‘lmoqqa tayyor esa-da,
Lekin yorini bu ishda sherik qilmagay;
Turg‘un yer qayda-yu, aylanuvchi osmon qayda? Bir joyda turgan tuproq qayda-
yu, sayr etib yuruvchi yulduz qayda? Ko‘p, bemaza so‘zlaydigan ezma kechalari
tong otguncha tinmay huradigan itga o‘xshaydi; bitta kulchani ikki bo‘lib, yarmini
och odamga berganni – saxiy deb, o‘zi yemay hammasini muhtoj odamga berganni
– axiy do‘st deb bil; issiq-sovuqda jonga orom beruvchi ham u, achchiq-
chuchukdan ko‘ngilni ogohlantiruvchi ham u.
43
Saxovat va himmat
to‘g’risida
Hilm to‘g‘risida
Safarning foydalari
to’g’risida
Har bir davlatning buyukligi va ulug‘ligini ko‘rsatib beruvchi eng asosiy manba
bu – shubhasiz, adabiyotdir. Aynan mana shu adabiyot uni butun jahonga oyina
sifatida tanitadi. Bizning adabiyotimizni esa so‘z san’atkori Alisher Navoiy ijodisiz
tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ijodkorning nafaqat badiiy balki, diniy, falsafiy va
pandnoma ruhida yozilgan asarlari ham kitobxonlar ko‘nglidan joy olishga
ulgurgan. Shu sababli Navoiy asarlarining ko‘pchiligi maktab darsligiga
kiritilganini o‘quvchilarga hayot darslarining boshlanishi deyishimiz mumkin.
Chunki uning ko‘pchilik asarlarida asosiy g‘oya: komil va har jihatdan barkamol
insonni tarbiyalashdir. Zero, kishi ma’naviy yuksala borgan sayin oqni qoradan,
yaxshini yomondan ajrata olish tuyg‘usini kasb etib boradi. Qora kuchlar esa,
ko‘pincha, o‘z hayotini birovlarning johilligi, omiligi, laqmaligi, umuman olganda,
jamiyat a’zolari orasida tarqalgan illatlar ustiga quradi. Bu murakkab jarayonni
yaxshi idrok eta olgan insongina bu qiyinchiliklarni oson yengib o‘tadi. Aynan shu
yo‘sinda yozilgan „Mahbub ul-qulub“ asarini o‘quvchilarga o‘rgatishdan maqsad:
mutafakkir nazdida inson o‘zini anglash asosida fe’l-atvoridagi illatlardan
poklansa, yaxshi xulq va fazilatlarni o‘zlashtirsa, hayotda yaxshilik va to‘g‘rilikni
o‘ziga shior qilib yashasa, uning ruhiyati, albatta, komillik sifatlari bilan bezatiladi
va u ikki dunyo saodatiga muvaffaq bo‘lishini o‘quvchilarga tushuntirishdan
iborat. Navoiyning nafaqat „Mahbub ul – qulub“ asari balki, uning barcha asarlari
insoniyatni qudratli va kuchli bo‘lishga undaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Atakhanovna, Y. G. (2020). ON THE CREATION OF EDUCATIONAL
CONTENT
AND
THE
PECULIARITY
OF
ITS
USE
FOR
MISCELLANEOUS LEARNING IN THE LESSONS OF THE UZBEK
LANGUAGE. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for
English Language and American Studies, 9(2), 58-65.
2.
Abdurakhimova, D. K. (2014). PREREQUISITES FOR THE TRANSITION
OF TRADITIONAL BANKS TO DIGITAL BANKING. The Way of
Science, 23.
44
3.
Бекниязов, Б. К. (2021). Концепт «кость» в языке казахов
Каракалпакстана. In НАУКА В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ (pp. 346-350).
4.
Bekniyazov, B. K. (2022). Effectiveness of “Resume” Technology in
Forming the Knowledge of Students. International Journal of Multicultural
and Multireligious Understanding, 9(11), 210-213.
5.
Bekniyazov, B. K. (2021). Linguocultural peculiarities of the concept “eye”
in phraseological units in the language of the kazakhs of Karakalpakstan.
ACADEMICIA:
AN
INTERNATIONAL
MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH JOURNAL, 11(1), 673-678.
6.
Iriskulov, A., Aslanov, A., & Subhonova, A. (2021). WHY DO WE NEED
A GLOBAL LANGUAGE?. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.
7.
Mengliboevna, B. S., & Sherali, M. (2021, October). The Need to Develop
Students' Professional Competencies in Teaching Specific Methods of
Teaching the Uzbek Language. In " ONLINE-CONFERENCES"
PLATFORM (pp. 131-132).
