SANOATNING HUDUDIY RIVOJLANISHI VA BARQAROR IQTISODIY TARAQQIYOT O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK.

Аннотация

Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatining barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda sanoatning hududiy tarkibini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Maqolada hudud iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va sanoatning tarmoqlararo muvozanatini oshirish orqali viloyatning iqtisodiy salohiyatini oshirish yo‘llari yoritilgan. Tadqiqotda hududiy sanoat infratuzilmasini rivojlantirish, mavjud tabiiy resurslardan samarali foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda sanoat tarmoqlari o‘rtasida innovatsion hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, maqolada sanoatning hududiy tarkibini optimallashtirish orqali aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari hududning uzoq muddatli barqaror rivojlanish strategiyasini shakllantirishga ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
f
9-14
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Шукуров U. (2025). SANOATNING HUDUDIY RIVOJLANISHI VA BARQAROR IQTISODIY TARAQQIYOT O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK. Международный научный журнал, 1(2), 9–14. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/ijsci/article/view/129386
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatining barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda sanoatning hududiy tarkibini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Maqolada hudud iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va sanoatning tarmoqlararo muvozanatini oshirish orqali viloyatning iqtisodiy salohiyatini oshirish yo‘llari yoritilgan. Tadqiqotda hududiy sanoat infratuzilmasini rivojlantirish, mavjud tabiiy resurslardan samarali foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda sanoat tarmoqlari o‘rtasida innovatsion hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, maqolada sanoatning hududiy tarkibini optimallashtirish orqali aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari hududning uzoq muddatli barqaror rivojlanish strategiyasini shakllantirishga ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH

VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

9

SANOATNING HUDUDIY RIVOJLANISHI VA BARQAROR IQTISODIY

TARAQQIYOT O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK.

Shukurov Ulugʻbek Shokirovich

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

“Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti,

shukurov.u@gmail.com,

tel+998945231010

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatining barqaror iqtisodiy rivojlanishini

ta’minlashda sanoatning hududiy tarkibini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan.

Maqolada hudud iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va sanoatning tarmoqlararo muvozanatini

oshirish orqali viloyatning iqtisodiy salohiyatini oshirish yo‘llari yoritilgan. Tadqiqotda

hududiy sanoat infratuzilmasini rivojlantirish, mavjud tabiiy resurslardan samarali foydalanish,

zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda sanoat tarmoqlari o‘rtasida innovatsion

hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, maqolada

sanoatning hududiy tarkibini optimallashtirish orqali aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy-

iqtisodiy muammolarni hal qilish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar

ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari hududning uzoq muddatli barqaror rivojlanish

strategiyasini shakllantirishga ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Kalit soʻzlar:

hudud, barqaror iqtisodiy rivojlanish, hududiy sanoat tarkibi, sanoat

diversifikatsiyasi, innovatsion hamkorlik, tabiiy resurslardan foydalanish, sanoat infratuzilmasi.

aholi bandligi

Annotation.

This article analyzes the issues of improving the regional structure of

industry to ensure the sustainable economic development of the Kashkadarya region. The

article highlights ways to enhance the region's economic potential by diversifying the local

economy and increasing intersectoral balance in the industrial sector. The study focuses on

developing regional industrial infrastructure, effectively utilizing available natural resources,

introducing modern technologies, and strengthening innovative collaboration between industrial

sectors. Additionally, the article provides practical recommendations for optimizing the

regional structure of the industry to ensure employment, address socio-economic challenges,

and increase export potential. The results of the research serve as a scientific basis for forming a

long-term sustainable development strategy for the region.

Keywords:

Region, Sustainable economic development, regional industrial structur,

industrial diversification,innovative collaboration,utilization of natural resources, industrial

infrastructure, Employment of the population.

Kirish.

Hududlarning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda sanoat tarmoqlarining

joylashuvi va ularning samaradorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, sanoatning hududiy

tarkibini takomillashtirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish imkoniyati sezilarli

darajada ortadi. Qashqadaryo viloyati o‘zining tabiiy resurslari, mehnat salohiyati va strategik

geografik joylashuvi bilan sanoat rivojlanishining muhim hududi sifatida ajralib turadi. Ammo

bu imkoniyatlar hududlar bo‘yicha notekis taqsimlangani viloyat ichida iqtisodiy

nomutanosibliklarga olib kelmoqda. Shu sababli ushbu maqolada viloyat sanoatining hududiy

rivojlanish holati tahlil qilinib, uning barqaror iqtisodiy taraqqiyot bilan o‘zaro bog‘liqligi

aniqlanadi.

Mintaqada ishlab chiqarishni joylashtirishda uning hududiy tarkibi, tabiiy-geografik

sharoiti va aholi joylashuvi birlamchi omillar qatoriga kiradi. Jumladan, hudud aholisi undagi

mehnat resurslarini shakllantirsa, tabiiy-geografik sharoti esa hududda iqtisodiy faoliyatning

ma’lum turlarining rivojlanishi va uning ixtisoslashuviga sabab bo‘ladi. Shunday ekan, mazkur

jihatlarni tahlil qilish hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini

aniqlash maqsadiga xizmat qiladi.

Metodologiya

.Tadqiqotda Qashqadaryo viloyatining 2020–2024-yillar oralig‘idagi


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH

VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

10

statistik ko‘rsatkichlari asosida hududlar bo‘yicha sanoat ulushi, o‘sish sur’atlari va

makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlil qilindi. Tahlil usuli sifatida hududiy taqqoslash, dinamik

tahlil va o‘sish koeffitsiyentlari asosida solishtirma baholashdan foydalanildi. Ma’lumotlar

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi va viloyat hokimligining ochiq

manbalaridan olindi. Shuningdek, sanoatning hududiy diversifikatsiyasi, aglomeratsiya

samaralari va infratuzilma omillari nazariy asos sifatida kiritildi.Qashqadaryo viloyati hududi

28,6 ming kvadrat kilometrni tashkil etib, 2 ta shahar va 14 ta tumanni o‘z ichiga oladi. 2022

yilga qadar viloyatda 13 ta tuman mavjud bo‘lib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2022 yil

2 martdagi 1901-IV-son hamda Oliy Majlis Senatining 2022 yil 17 martdagi SQ-503- IV-son

“Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining chegaralarini o‘zgartirish va Ko‘kdala tumanini

tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorlari bilan Ko‘kdala tumanini tashkil etildi [1].

Yer maydoni jihatidan eng yirik hududlar Dehqonobod (14,0 foiz), Muborak (11,2 foiz),

Nishon (10,7 foiz), G‘uzor (9,3 foiz) va Qamashi (9,3 foiz) tumanlari sanaladi.Ko‘rinib

turibdiki, hajm ko‘rsatkichlari o‘sishsur’atlariga mos kelmayapti. Buning sababi Muborak

tumanidagi 5 ta yirik sanoat korxonalarining 3 tasi respublika bo‘ysunuviga o‘tkazilgani hamda

ularning statistikasi viloyat ko‘rsatkichlarida aks etmasligi bilan bog‘liq. Natijada viloyatning

yirik sanoat ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Muborak tumanining jami sanoat mahsulotidagi ulushi

2021 yilga kelib 3,3 foizga tushib qolgan. Mintaqa sanoatining rivojlanishi undagi aholi

yashash punktlarining o‘zaro yaqin joylashuvi va ular o‘rtasidagi iqtisodiy va transport

aloqalarining darajasiga bevosita bog‘liq. Aglomeratsiya sanoat, transport va madaniy

aloqalarga ega bo‘lgan hududlarni ifodalab, urbanizatsiyaning bir bosqichi hisoblanadi. “Aholi

punktlarining yaqinligi ba’zan aglomeratsiya deb ataladigan samarani beradi. Shahar

aglomeratsiyalarida sanoat va boshqa iqtisodiy obyektlarning makon bo‘yicha konsentratsiyasi

tufayli xarajatlarni kamaytirish orqali iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarga erishiladi”.

“Urbanizatsiya iqtisodchilari aglomeratsiyaning ikkita asosiy o‘lchovidan foydalanganlar.

Birinchisi, joylashuv koeffitsiyenti bo‘lib, u ma’lum bir sanoatdagi firmalar alohida shaharlarda

qay darajada to‘planganligini o‘lchaydigan oddiy tavsiflovchi statistik ko‘rsatkichdir. Bu qaysi

hududlarda mahalliylashtirishni joriy etish mumkinligini aniqlash uchun foydalidir. Ikkinchi

yondashuvda ishlab chiqarish funksiyalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri baholanib, bu sohaning ko‘lam,

mahalliylashtirish yoki urbanizatsiya orqali ichki iqtisodga moyil bo‘lgan firmalari aniqlanadi”.

[2].

Yuqoridagi holat Qashqadaryo sanoatining asosiy tarmog‘i bo‘lgan tog‘-kon sanoati va ochiq

konlarni ishlash faoliyat turi ulushining qisqarishida ham aks etdi. Jumladan, 2019 yilda jami

sanoat mahsulotining 44,9 foizini ishlab chiqargan bu tarmoqning ulushi 2021 yilga kelib 11,1

foizni tashkil qildi. Aytish joizki, viloyatning Muborak, G‘uzor, Nishon, Koson va Dehqonobod

tumanlari hamda qarshi shahri mazkur tarmoqqa yuqori darajada ixtisoslashgan. Biroq ba’zi

yirik korxonalar statistikasining hududiy sanoatda aks etmasligi joriy ixtisoslashuv holatini

aniqlashga to‘sqinlik qiladiki, bu boshqa muqobil ko‘rsatkichlardan foydalanish zaruratini

asoslaydi. Qashqadaryo viloyatining yirik neft va gaz sanoati korxonalari G‘uzor (4 ta),

Dehqonobod (1 ta), Koson (2 ta), Nishon (1 ta), Muborak (4 ta) tumanlari va Qarshi shahrida (2

ta) joylashgan. Jumladan, G‘uzor tumanida 8996 kishi, Dehqonobod tumanida 625 kishi, Koson

tumanida 1494 kishi, Nishon tumanida 3465 kishi, Muborak tumanida 8370 kishi va Qarshi

shahrida 4607 kishi bu sohada faoliyat yuritadi. Ular hududdagi jami bandlarning G‘uzorda

11,9 foiz, Dehqonobodda 1,1 foiz, Kosonda 1,5 foiz, Nishonda 6,1 foiz, Muborakda 27,4 va

Qarshida 3,9 foizini tashkil etadi. Viloyadagi mazkur sohada bandlar (32610 kishi) jami

bandlarning (1214991 kishi) 2,7 foizini tashkil etadi.

Qashqadaryo viloyatidagi shahar va tumanlar kesimida 2020–2024-yillar davomida kuzatilgan

statistik ma’lumotlar asosida ichki hududlar o‘rtasidagi nisbiy ulushlarning o‘zgarish

dinamikasi tahlil qilindi(1-jadval). Ma’lumotlarga ko‘ra, Qarshi shahrida tahlil davrida doimiy

pasayish kuzatilmoqda: 2020-yildagi 20,2 foizlik ko‘rsatkich 2024-yilning yanvar–sentabr


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH

VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

11

oylarida 12,0 foizgacha tushgan. Bu esa ushbu shaharning viloyatdagi nisbiy iqtisodiy yoki

demografik salmog‘ining kamayganligini anglatadi.

1-jadval. Qashqadaryo viloyati sanoat ishlab chiqarishida hududlarning ulushi

[3].

2020- yil 2021- yil

2022- yil

2023- yil

2024- yil

yanvar-

sentabr¹

Qashqadaryo

viloyati

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

Qarshi shahri

20,2

17,2

15,2

13,3

12,0

Shahrisabz shahri

2,2

1,7

2,0

1,6

1,9

tumanlar:

G'uzor

18,5

18,1

15,4

13,5

11,4

Dehqonobod

4,0

3,7

6,0

3,2

2,7

Qamashi

3,8

3,0

2,9

3,3

2,9

Qarshi

4,2

5,6

7,7

7,2

6,5

Koson

5,2

4,2

4,0

4,3

4,0

Kitob

2,7

1,8

3,0

4,7

4,3

Mirishkor

2,1

1,7

2,5

2,2

2,2

Muborak

4,3

3,3

2,6

2,9

2,7

Nishon

20,6

24,3

23,0

29,2

25,8

Kasbi

2,7

6,2

7,3

5,7

4,2

Ko'kdala

-

-

0,5

0,5

0,8

Chiroqchi

2,5

2,3

2,3

2,7

2,1

Shahrisabz

2,9

2,7

2,0

1,8

2,0

Yakkabog'

4,3

4,2

3,5

3,8

2,6


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH

VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

12

Shunga o‘xshash holat G‘uzor tumanida ham kuzatiladi 2020-yilda 18,5 foiz bo‘lgan

ko‘rsatkich 2024-yilga kelib 11,4 foizgacha kamaygan. Bu ikki hudud bo‘yicha salbiy

tendensiyalarning mavjudligi ehtimol u yerda iqtisodiy faollikning pasaygani, aholi migratsiyasi

yoki ishlab chiqarish resurslarining boshqa hududlarga siljishi bilan bog‘liq bo‘lishi

mumkin.Xulosa qilganda, Qashqadaryo viloyati iqtisodiyotini barqaror rivojlanishini

ta’minlashda hududlarning sanoat tarkibini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga

oshirish muhimdir.

2-jadval. Qashqadaryo viloyati asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar

[4].

Shahar va

tumanlar

nomi

Sanoat

shu

jumladan,

hududiy sanoat

Qishloq xo‘jaligi Qurilish

ishlari

2023y.

mlrd.so‘

m

O‘sish

sur’ati

(%)

2023y.

mlrd.so‘

m

O‘sish

sur’ati

(%)

2023y.

mlrd.so‘

m

O‘sish

sur’ati

(%)

2023y.

mlrd.so

‘m

O‘sish

sur’ati

(%)

Jami:

28

259,6

107,1 10540

,

6

116,0 40167,

9

104,3

9246,

2

107,0

1

Qarshi sh.

3 775,3 105,5 1143,8

107,0 300,6

106,5

2

711,2 107,7

2

Shahrisabz

sh..

460,8

103,3 405,5

105,8 316,6

100,3

501,6 133,9

tumanlar:

3

G‘uzor

3 812,7 102,6 335,1

110,0 2465,8

106,4

906,8 106,1

4

Dehqonobod 921,7

74,3

166,7

105,0 1568,8

103,7

182,8 103,6

5

Qamashi

787,4

105,9 478,6

116,0 3406,4

101,9

265,6 105,9

6

Qarshi

2 047,0 101,8 938,4

112,3 3077,4

103,8

648,5 105,9

7

Koson

1 214,3 106,3 870,4

122,9 3737,9

105,5

508,9 107,2

8

Kitob

1 319,0 118,8 1311,3

183,0 3550,6

105,6

445,8 107,4

9

Mirishkor

648,5

106,6 648,2

119,9 2644,4

102,1

191,2 101,6

1

0

Muborak

818,6

104,3 617,0

131,8 1916,2

107,7

778,2 100,1

1

1

Nishon

8 394,4 113,5 450,8

101,1 3160,6

105,8

185,5 101,6

1

2

Kasbi

1 628,3 102,3 1628,3

102,3 3728,6

104,0

336,9 103,2

1

3

Ko‘kdala

148,7

108,5 148,7

108,5 2171,8

108,0

30,8

155,5

1

4

Chiroqchi

836,1

106,4 833,9

112,5 2651,4

102,9

844,7 105,3

1

5

Shahrisabz

517,7

102,4 260,6

109,3 2582,3

101,7

301,8 110,3

1

6

Yakkabog‘'

929,2

107,2 303,3

105,0 2888,5

102,3

406,0 102,6

Viloyatning

makroiqtisodiy

ko‘rsatkichlarini

tahlili

amalga

oshirish

muhim

(2-jadval). Unga ko‘ra 2023-yilda sanoat umumiy hajmi 28 259 milliard so‘mni tashkil etib,

o‘sish sur’ati 107,1%ni ko‘rsatgan. Bu sanoatning barqaror rivojlanishini va iqtisodiyotning

asosiy drayveri bo‘lib qolayotganini tasdiqlaydi.Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 41 067,9


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH

VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

13

milliard so‘m bo‘lib, o‘sish sur’ati 104,3%. Bu sektor viloyat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga

ega bo‘lsa-da, o‘sish sur’ati boshqa sohalarga qaraganda past. Qurilish sohasida 9 246,2

milliard so‘mlik ishlar bajarilgan, o‘sish sur’ati 107%. Hududlarda infratuzilma va shaharsozlik

bo‘yicha jadal ishlar olib borilayotganidan dalolat beradi. Tumanlar kesimida oladigan bo’lsak

Qarshi shahri sanoatda yetakchi bo‘lib, umumiy hajm 3 775,3 milliard so‘mga yetgan. O‘sish

sur’ati 105,5% bo‘lib, hudud sanoatida yetakchilikni saqlab qolgan. Qishloq xo‘jaligida esa

300,6 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan, bu ko‘rsatkich viloyatning boshqa

tumanlariga nisbatan nisbatan past. Sanoat hajmi 460,5 milliard so‘m bo‘lib, o‘sish sur’ati

103,5%ni tashkil etgan. Qurilish ishlarida esa o‘sish sur’ati juda yuqori (133,9%), bu hududda

yangi infratuzilma loyihalari amalga oshirilayotganini bildiradi. G‘uzor tumani sanoat (335,1

milliard so‘m, 110% o‘sish) va qishloq xo‘jaligi (2 465,5 milliard so‘m) bo‘yicha yuqori

ko‘rsatkichlarga ega. Bu hududda qishloq xo‘jaligining rivoji tuman iqtisodiyoti uchun muhim

ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.

Adabiyotlar.

1.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 02.03.2022 yildagi

“Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining chegaralarini o‘zgartirish va Ko‘kdala tumanini

tashkil etish to‘g‘risida”gi №1901-IV son qarori.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Senatining 17.03.2022 yildagi “Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining chegaralarini

o‘zgartirish va Ko‘kdala tumanini tashkil etish to‘g‘risida”gi №SQ-503-IV son qarori.

2.

Shukurov, U. S. PECULIARITIES OF INDUSTRIAL LOCATION IN CITIES AND

DISTRICTS OF KASHKADARYA REGION. GWALIOR MANAGEMENT ACADEMY, 73.

3.

https://stat.uz/uz

- O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.

4.

https://stat.uz/uz

- O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.

5.

McMillen, D. P. Urban Economics. Encyclopedia of Social Measurement, − 2005. P.

915– 920.

6. Normamatov, I. B. (2022). Sources of financing innovative development of economic

sectors.

Экономика и социум

, (10-1 (101)), 121-126.

7. Normamatov, I. B. (2021). Improving the Practice of Using Cashless Accounts in

Uzbekistan.

European Scholar Journal

,

2

(4), 399-402.

8. Rakhmatullaev, A. I., Ruziev, Z. I., & Normamatov, I. B. (2020). Advantages of

Developing Cashless Settlement.

Asian Journal of Technology & Management Research

[ISSN: 2249–0892]

,

10

(01).

9. Normamatov, I. (2024). Improving the use of innovations in the national payment systems

of our country.

Экономика и социум

, (9 (124)), 243-247.

10. Bakhtiyarovich, N. I. Existing Problems in the Use of Cashless Forms of Payment in

Uzbekistan and Ways to Solve Them.

International Journal on Economics, Finance and

Sustainable Development

,

4

(3), 147-152.

11. Uzaqov, J. N., & Jumanazarov, K. S. (2024, August). Mintaqada ziyorat turizm salohiyatini

oshirish mexanizmining nazariy-uslubiy asoslari. In

conference on the role and importance

of science in the modern world

(Vol. 1, No. 7, pp. 23-33).

12. Узоқов, Ж. Н. (2024, May). Зиёрат туризмнинг ривожланиш босқичлари ҳамда тармоқ

сифатида шаклланиш тарихи. In

conference on the role and importance of science in the

modern world

(Vol. 1, No. 4, pp. 98-102).

13. Xаmrоyevnа, B. S., & Аlisher о'g'li, А. B. (2024). Kоmmunаl xо'jаligining institutsiоnаl

jihаtlаrini tаkоmillаshtirishdа yаshil iqtisоdiyоtning о'rni.

World of science

,

7

(12), 88-91.

14. Kh, A. N. (2025). Optimizing prophylactic strategies for post-lasik dry eye syndrome: a

comprehensive review.

oriental journal of medicine and natural sciences

,

2

(3), 4-8.

15. Zoyirovna, M. K., & O’gli, A. H. R. (2022). Strong directions for improving economic

capital in the territory of kashkadarya region.

Gospodarka i Innowacje.

,

29

, 243-247.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH

VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

14

16. Muzaffarova, K., & Abdukarimov, K. (2022). Factors influencing the formation of the

investment environment in the regions.

Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy

and Culture

,

2

(5), 278-28.

17.

Muzaffarova, K. (2021). Қашқадарё вилоятининг инвестицион салоҳияти асосида

хорижий инвестицияларни жалб қилишнинг минтақавий жиҳатлари.

Архив научных

исследований

.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 02.03.2022 yildagi “Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining chegaralarini o‘zgartirish va Ko‘kdala tumanini tashkil etish to‘g‘risida”gi №1901-IV son qarori.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 17.03.2022 yildagi “Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining chegaralarini o‘zgartirish va Ko‘kdala tumanini tashkil etish to‘g‘risida”gi №SQ-503-IV son qarori.

Shukurov, U. S. PECULIARITIES OF INDUSTRIAL LOCATION IN CITIES AND DISTRICTS OF KASHKADARYA REGION. GWALIOR MANAGEMENT ACADEMY, 73.

https://stat.uz/uz - O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.

https://stat.uz/uz - O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.

McMillen, D. P. Urban Economics. Encyclopedia of Social Measurement, − 2005. P. 915– 920.

Normamatov, I. B. (2022). Sources of financing innovative development of economic sectors. Экономика и социум, (10-1 (101)), 121-126.

Normamatov, I. B. (2021). Improving the Practice of Using Cashless Accounts in Uzbekistan. European Scholar Journal, 2(4), 399-402.

Rakhmatullaev, A. I., Ruziev, Z. I., & Normamatov, I. B. (2020). Advantages of Developing Cashless Settlement. Asian Journal of Technology & Management Research [ISSN: 2249–0892], 10(01).

Normamatov, I. (2024). Improving the use of innovations in the national payment systems of our country. Экономика и социум, (9 (124)), 243-247.

Bakhtiyarovich, N. I. Existing Problems in the Use of Cashless Forms of Payment in Uzbekistan and Ways to Solve Them. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 4(3), 147-152.

Uzaqov, J. N., & Jumanazarov, K. S. (2024, August). Mintaqada ziyorat turizm salohiyatini oshirish mexanizmining nazariy-uslubiy asoslari. In conference on the role and importance of science in the modern world (Vol. 1, No. 7, pp. 23-33).

Узоқов, Ж. Н. (2024, May). Зиёрат туризмнинг ривожланиш босқичлари ҳамда тармоқ сифатида шаклланиш тарихи. In conference on the role and importance of science in the modern world (Vol. 1, No. 4, pp. 98-102).

Xаmrоyevnа, B. S., & Аlisher о'g'li, А. B. (2024). Kоmmunаl xо'jаligining institutsiоnаl jihаtlаrini tаkоmillаshtirishdа yаshil iqtisоdiyоtning о'rni. World of science, 7(12), 88-91.

Kh, A. N. (2025). Optimizing prophylactic strategies for post-lasik dry eye syndrome: a comprehensive review. oriental journal of medicine and natural sciences, 2(3), 4-8.

Zoyirovna, M. K., & O’gli, A. H. R. (2022). Strong directions for improving economic capital in the territory of kashkadarya region. Gospodarka i Innowacje., 29, 243-247.

Muzaffarova, K., & Abdukarimov, K. (2022). Factors influencing the formation of the investment environment in the regions. Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture, 2(5), 278-28.

Muzaffarova, K. (2021). Қашқадарё вилоятининг инвестицион салоҳияти асосида хорижий инвестицияларни жалб қилишнинг минтақавий жиҳатлари. Архив научных исследований.