Авторы

  • Шамсиддин Хасанов
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti katta o’qituvchisi, xasanovshamsiddin1977@gmail.com

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsci.129177

Ключевые слова:

yalpi mahsulot tovar mahsuloti qishloq xo‘jaligi iqtisodiy samaradorlik eksport bozor oziq-ovqat xavfsizligi.

Аннотация

Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi yalpi va tovar mahsulotlari tushunchalari, ularning hisoblash usullari, iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston misolida statistik ko‘rsatkichlar asosida baho berilgan

background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

133

QISHLOQ XO‘JALIGINING YALPI VA TOVAR MAHSULOTI HAMDA ULARNING

AHAMIYATI.

XASANOV SHAMSIDDIN XAFIZOVICH

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti katta o’qituvchisi,

xasanovshamsiddin1977@gmail.com

Annotatsiya

. Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi yalpi va tovar mahsulotlari tushunchalari,

ularning hisoblash usullari, iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan

tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston misolida statistik ko‘rsatkichlar asosida baho berilgan.

Kalit so‘zlar.

yalpi mahsulot, tovar mahsuloti, qishloq xo‘jaligi, iqtisodiy samaradorlik,

eksport, bozor, oziq-ovqat xavfsizligi.

Kirish.

Qishloq xo‘jaligi milliy iqtisodiyotda yetakchi sohalardan biri bo‘lib, u aholining

oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, sanoat uchun xomashyo yetkazib berish, ish o‘rinlari yaratish

va eksport salohiyatini oshirishda muhim o‘rin egallaydi [1]. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmini

aniqlash va baholashda ikki asosiy ko‘rsatkich – yalpi mahsulot va tovar mahsuloti – muhim

metodologik ahamiyatga ega.

Metod va metodologiya

. Yalpi mahsulot tarmoqda mа’lum davr mоbаynida ishlab

chiqilgan mahsulotlarning hammа hаjmini bildirаdi. U o‘simlikchilikning yalpi mahsuloti va

chorvachilikning yalpi mahsulotidan iborat bo‘lаdi. O‘simlikchilikning yalpi mahsuloti qishloq

xo‘jaligi ekinlarining mahsulotlarini, ko‘p yillik ko‘chаtlarni ekish, ularni pаrvarishlab o‘stirish va

tug‘allanmаgan ishlab chiqarishning o‘sib borish qiymаtlarini hisоbga оlgan holda yalpi yig‘imini

qаmrаb oladi. Chorvachilikdagi yalpi mahsulot – bu hаyvоnlarni so‘yish bilan bog‘liq bo‘lmаgan

tаyyor mahsulotlar (sut, jun, tuхum) nаsl olish, yosh buzоqlar va kаttа yoshli qоrаmоllarni

o‘sishidan vazn оrtishi, shuningdek, qo‘shimchа mahsulotlardir.

Qishloq xo‘jaligida yalpi mahsulot nаturаl va qiymаt baholarda ifоdalаnаdi va hisоbga

оlinаdi. Nаturаl ko‘rsatkichlarda u mahsulotning аlоhida turlari bo‘yicha аniqlаnаdi. Yalpi mahsulot

qiymаti tаqqоslаmа va аmаldagi haqiqiy joriy baholar (uning tovar qismi-rеаlizаtsiya bahosida,

tovar bo‘lmаgani-tannarxi bo‘yicha) shuningdek, tаnnаrхlar bo‘yicha ham hisоblаb chiqiladi.

Tovar mahsulotlar – bu yalpi mahsulotning rеаlizаtsiyaga mo‘ljallangan bir qismi. Tarmoq,

korxona tashqarisiga chiqаrilgan hamda iste’molchi yoki sаvdоlаshuvchi tashkilоt tomonidan hаqi

to‘lаngan tovar mahsulotining qismi rеаlizаtsiya qilingan mahsulot deyilаdi. Biroq, аmаliyotda va

qishloq xo‘jaligi adabiyotlarida bu tushuncha sinоnim sifatida ishlаtilаdi va tovar mahsuloti

deganda rеаlizаtsiya qilingan pul tushumi sifatida ko‘rinаdigan mahsulotlar tushunilаdi. Qishloq

xo‘jaligi korxonalarining hisоbоt-stаtistik mаteriаllaridan tovar mahsulotlari o‘tkаzilmаydi. Tovar

va rеаlizаtsiya qilinаdigan mahsulotlar аmаldagi nаrхlarda hisоblаb chiqiladi.

Yalpi mahsulot tushunchasi va uni hisoblash usullari. Qishloq xo‘jaligining yalpi mahsuloti

– bu ma’lum vaqt davomida ishlab chiqarilgan barcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy

qiymati hisoblanadi. Bu qiymat o‘rtacha bozor narxlari asosida aniqlanadi [2].

Mahsulot hajmi quyidagi shakllarda hisoblanadi:

- Natural (massa, hajm, son jihatidan)

- Qiymat ifodasida (so‘m, AQSh dollari)

- Shartli birliklarda (umumlashtirilgan mahsulot birligiga keltirish orqali)

Yalpi mahsulot hajmi hududiy, tarmoq va xo‘jaliklar kesimida qishloq xo‘jaligi salohiyatini

baholashda muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.

Tovar mahsuloti – bu yalpi mahsulot tarkibida sotuv uchun mo‘ljallangan (ya’ni bozorga

chiqariladigan) qismidir [3]. Bu ko‘rsatkich xo‘jalik faoliyatining tijoratlashtirilgan darajasini

bildiradi.

Tovar mahsulotining yuqori ulushi xo‘jalik subyektlarining iqtisodiy samaradorligini, bozor

talabiga moslashganligini ko‘rsatadi. U eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarning asosiy qismini


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

134

tashkil etadi, shuningdek, soliq bazasini kengaytirish, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish omilidir [4].

Natijalar va tahlil.

2023-yilda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot

(xizmat)larining umumiy hajmi 426 264,0 mlrd. so‘mni shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik,

ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 411 594,6 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 10

399,5 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 4 269,9 mlrd. so‘mni tashkil qilgan bo’lsa, 2024-yilda

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 467 041,5 mlrd

so‘mni shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan

xizmatlar 451 019,6 mlrd so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 11 778,4 mlrd so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 4

243,5 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2024-yilda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi 2024-yilning

mos davriga nisbatan 103,1 % ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu

sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 103,1 % ni, o‘rmon xo‘jaligi – 103,0 % ni, baliqchilik xo‘jaligi –

97,2 % ni tashkil etganligini ko‘rishimiz mumkin. [5]

Tovar mahsulotining yalpi mahsulotdagi ulushi 62% dan ortiq bo‘lganligi.

mamlakatda qishloq xo‘jaligi sohasining iqtisodiy barqarorligi va salohiyatini ko‘rsatadi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Eksport qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2,5

mlrd AQSh dollari ni tashkil etdi [5].

Xulosa.

Yalpi va tovar mahsulotlari – qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining iqtisodiy faoliyatini

tavsiflovchi asosiy indikatorlar bo‘lib, ular orqali tarmoq samaradorligi, bozor ishtiroki, iqtisodiy

o‘sish va eksport imkoniyatlari aniqlanadi. Zamonaviy sharoitda bu ko‘rsatkichlarni oshirish davlat

siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Yalpi va tovar mahsulotlari quyidagi jihatlardan strategik ahamiyatga ega ekanligini

ko’rsatib o’tishimiz mumkin:

- Oziq-ovqat xavfsizligi: aholi ehtiyojini qondirish va importdan qaramlikni kamaytirish.

- Bozor iqtisodiyoti rivoji: mahsulotlar real talab va taklif asosida baholanadi.

- Soliq tushumlari: tovar mahsulotlari asosida byudjetga tushumlar shakllanadi.

- Valuta tushumlari: eksport orqali mamlakatga xorijiy valuta oqimi ta’minlanadi.

- Hududiy taraqqiyot: yangi ish o‘rinlari yaratiladi, ijtimoiy barqarorlik oshadi [6].

Adabiyotlar

1. Ergashev R. “Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti”. – Darslik. Toshkent: O‘zbekiston, 2022.

2. Toshov A. “Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi”. – Toshkent: Iqtisod-

Moliya, 2018.

3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi statistik ma’lumotlari, 2025.

4. Jorayev B., Qosimov I. “Agrosanoat majmuasining iqtisodiyoti”. – Toshkent: Fan, 2016.

5. O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi, www.stat.uz (murojaat qilingan sana: 2025-

04-20).

6. FAO (BMT Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tashkiloti) hisobotlari, 2022.

7.Uzaqov, J. N., & Jumanazarov, K. S. (2024, August). Mintaqada ziyorat turizm

salohiyatini oshirish mexanizmining nazariy-uslubiy asoslari. In

conference on the role and

importance of science in the modern world

(Vol. 1, No. 7, pp. 23-33).

8.Узоқов, Ж. Н. (2024, May). Зиёрат туризмнинг ривожланиш босқичлари ҳамда

тармоқ сифатида шаклланиш тарихи. In

conference on the role and importance of science in the

modern world

(Vol. 1, No. 4, pp. 98-102).

9.Xаmrоyevnа, B. S., & Аlisher о'g'li, А. B. (2024). Kоmmunаl xо'jаligining institutsiоnаl

jihаtlаrini tаkоmillаshtirishdа yаshil iqtisоdiyоtning о'rni.

World of science

,

7

(12), 88-91.

10.Kh, A. N. (2025). Optimizing prophylactic strategies for post-lasik dry eye syndrome: a

comprehensive review.

oriental journal of medicine and natural sciences

,

2

(3), 4-8.

11.Erkaeva, G. P., & Shukurov, U. S. (2022). Experience of foreign countries in increasing

the investment attractiveness of the regions.

Gospodarka i Innowacje.

,

24

, 234-238.

12.Shukurov, U. S. Peculiarities of industrial location in cities and districts of Kashkadarya


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

135

region.

Gwalior management academy

, 73.

13.Музаффарова, К. З. (2022, December). Қашқадарё вилоят иқтисодиётига хорижий

инвестициялар жалб этиш омиллари. In

international conferences

(Vol. 1, No. 18, pp. 131-134).

14.Zoyirovna, M. K. (2022). Importance of enterprises with foreign investment in the

development of the regional economy.

Gospodarka i Innowacje.

,

29

, 219-225.

15.Muzaffarova, K. Z. (2023). TASKS OF ATTRACTING FOREIGN INVESTMENTS TO

THE REGIONS.

Gospodarka i Innowacje.

,

41

, 404-408.

16.Музаффарова, К. З. (2023). Приоритеты привлечения иностранных инвестиций в

региональную промышленность в условиях развития цифровой экономики.

17.Muzaffarova, K. Z., & Abdukarimov, X. R. (2023). Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda

tijorat banklarining faolligini oshirish asoslari.

Gospodarka i Innowacje.

, 473-478.

Библиографические ссылки

. Ergashev R. “Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti”. – Darslik. Toshkent: O‘zbekiston, 2022. 2. Toshov A. “Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi”. – Toshkent: Iqtisod- Moliya, 2018. 3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi statistik ma’lumotlari, 2025. 4. Jorayev B., Qosimov I. “Agrosanoat majmuasining iqtisodiyoti”. – Toshkent: Fan, 2016. 5. O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi, www.stat.uz (murojaat qilingan sana: 2025- 04-20).6. FAO (BMT Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tashkiloti) hisobotlari, 2022. 7.Uzaqov, J. N., & Jumanazarov, K. S. (2024, August). Mintaqada ziyorat turizm

salohiyatini oshirish mexanizmining nazariy-uslubiy asoslari. In conference on the role and

importance of science in the modern world (Vol. 1, No. 7, pp. 23-33). 8.Узоқов, Ж. Н. (2024, May). Зиёрат туризмнинг ривожланиш босқичлари ҳамда

тармоқ сифатида шаклланиш тарихи. In conference on the role and importance of science in the

modern world (Vol. 1, No. 4, pp. 98-102). 9.Xаmrоyevnа, B. S., & Аlisher о'g'li, А. B. (2024). Kоmmunаl xо'jаligining institutsiоnаl

jihаtlаrini tаkоmillаshtirishdа yаshil iqtisоdiyоtning о'rni. World of science, 7(12), 88-91. 10.Kh, A. N. (2025). Optimizing prophylactic strategies for post-lasik dry eye syndrome: a

comprehensive review. oriental journal of medicine and natural sciences, 2(3), 4-8. 11.Erkaeva, G. P., & Shukurov, U. S. (2022). Experience of foreign countries in increasing

the investment attractiveness of the regions. Gospodarka i Innowacje., 24, 234-238. 12.Shukurov, U. S. Peculiarities of industrial location in cities and districts of Kashkadarya

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

region. Gwalior management academy, 73. 13.Музаффарова, К. З. (2022, December). Қашқадарё вилоят иқтисодиётига хорижий

инвестициялар жалб этиш омиллари. In international conferences (Vol. 1, No. 18, pp. 131-134). 14.Zoyirovna, M. K. (2022). Importance of enterprises with foreign investment in the

development of the regional economy. Gospodarka i Innowacje., 29, 219-225. 15.Muzaffarova, K. Z. (2023). TASKS OF ATTRACTING FOREIGN INVESTMENTS TO

THE REGIONS. Gospodarka i Innowacje., 41, 404-408. 16.Музаффарова, К. З. (2023). Приоритеты привлечения иностранных инвестиций в

региональную промышленность в условиях развития цифровой экономики. 17.Muzaffarova, K. Z., & Abdukarimov, X. R. (2023). Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda

tijorat banklarining faolligini oshirish asoslari. Gospodarka i Innowacje., 473-478.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)