Авторы

  • Шамсиддин Хасанов
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti katta o’qituvchisi, xasanovshamsiddin1977@gmail.com

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsci.129178

Ключевые слова:

qishloq xo‘jaligi tovarlilik marketing logistika eksport innovatsiya bozor bozor segmentatsiyasi qishloq xo‘jaligining iqtisodiy samaradorligi mahsulot bozori

Аннотация

Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini samarali taqsimlash, ichki va tashqi bozorlarda sotishni rivojlantirish hamda mahsulotlarning tovarlilik darajasini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga, mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan

background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

136

QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINI TAQSIMLASH, SOTISH VA TOVARLILIK

DARAJASINI OSHIRISH YO‘LLARI.

XASANOV SHAMSIDDIN XAFIZOVICH

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti katta o’qituvchisi,

xasanovshamsiddin1977@gmail.com

Annotatsiya.

Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini samarali taqsimlash, ichki

va tashqi bozorlarda sotishni rivojlantirish hamda mahsulotlarning tovarlilik darajasini oshirish

yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga, mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish

bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar:

qishloq xo‘jaligi, tovarlilik, marketing, logistika, eksport, innovatsiya, bozor,

bozor segmentatsiyasi, qishloq xo‘jaligining iqtisodiy samaradorligi, mahsulot bozori.

Kirish.

Qishloq xo‘jaligi har qanday mamlakat iqtisodiyotining tayanch tarmoqlaridan biri

hisoblanadi. O‘zbekiston sharoitida ham bu sohaning ahamiyati beqiyos bo‘lib, nafaqat oziq-ovqat

xavfsizligini ta'minlash, balki eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim

rol o‘ynaydi. Ammo qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini taqsimlash, ularni bozorda samarali sotish va

tovarlilik darajasini oshirish bo‘yicha hali to‘liq yechimini topmagan muammolar mavjud.

Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda mavjud muammolarni o‘rganish, chuqur tahlil qilish va

yechimlarini topish bo‘yicha qator chora tadbirlar ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilmoqda.

Jumladan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, ularni eksportbop holga keltirish va

raqobatbardoshligini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.[1] Ammo

ushbu jarayonlarda tizimli muammolar mavjud bo‘lib, ularni hal etish o‘z vaqtida ilmiy asoslangan

yondashuvni talab etadi.

Metod va metodologiya.

Ushbu tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini

taqsimlash, sotish va tovarlilik darajasini oshirishning barqarorligini ta’minlashning metodologik va

amaliy asoslarini takomillashtirish, unda zamonaviy iqtisodiy tizimning ahamiyatini tahlil qilish, uni

yanada rivojlantirish yо‘nalishlarini aniqlashdan iborat. Mavzuni yoritishda statik tahlillar, mantiqiy

uzviylik, tahlil va tadqiq etish jarayonida turli xil adabiyotlar va maqolalar tahlilidan foydalanilgan

Natijalar va tahlillar.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari fermer xo‘jaliklari, kichik

xo‘jaliklar va uy xo‘jaliklari tomonidan yetishtiriladi. Bu esa mahsulotlarni yig‘ish, saqlash, qayta

ishlash va taqsimlash jarayonlarini murakkablashtiradi. Fikrimizcha bu jarayon bo‘yicha asosiy

muammolar quyidagilardan iborat:

- Yagona logistika tizimining yo‘qligi;

- Sovutkichli transport vositalari yetishmasligi;

- Oraliq vositachilar faoliyatining yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi;

- Mahsulotni sertifikatlash va standartlashtirishda muammolar va boshqalar;

Statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yo‘qotilishi

sabablari bo‘yicha taqsimoti (% hisobida) qo‘yidagicha bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin.[2]

1-jadval

T/r

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yo‘qotilishi sabablari

Ulushi (foizda)

1

Yagona logistika tizimining yo‘qligi

35

2

Sovutkichli transport vositalari yetishmasligi

28

3

Mahsulotni sertifikatlash va standartlashtirishda muammolar va

boshqalar

20


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

137

4

Oraliq vositachilar faoliyatining yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi

17

Jami

100

Mahsulot sotishdagi mavjud holatni tahlil qiladigan bo‘lsak ichki bozorda narxlarning

mavsumiy tebranishi, ayrim hollarda esa oraliq vositachilarning haddan tashqari ko‘pligi fermerlar

foydasining kamayishiga olib keladi.

Tashqi bozorlarda esa marketing va reklama ishlarining yetarlicha yo‘lga qo‘yilmaganligi

eksport imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga to‘sqinlik qilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmi 2019-2023 yillarda quyidagicha bo‘lgan: [3].

1-chizma

Grafik ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmi

2019-yilda 870 million dollarni, 2020-yilda 950 million dollarni 2021-yilda 1140 million dollarni,

2022-yilda 1030 million dollarni, 2023-yilda esa 1120 million dollarni tashkil etgan.

Fikrimizcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmi oshirish uchun quyidagilarni

amalga oshirish maqsadga muvofuq deb hisoblaymiz:

- Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari va oraliq vositachilar o‘rtasidagi

hamkorlikni yanad kuchaytirish;

- Marketing kurslarini tashkil va unga Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi fermer

xo’jaliklari va kerak bo’lsa uy xo’jaliklari xodimlarini jalb etish;

- Har bir tuman markazida agro-logistika markazlari tashkil etish;

- Kooperatsiyalar orqali kichik fermer xo‘jaliklarini birlashtirish;

- Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni elektron savdo platformalari orqali global bozorlarga

chiqishini rag‘batlantirish;

- Yirik supermarket tarmoqlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish tizimini yo‘lga

qo‘yish ba boshqalar.

Xulosa.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini raqobatbardosh holga keltirish uchun tizimli

yondashuv, logistika infratuzilmasini rivojlantirish va eksport strategiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish

zarur. Grafiklar va amaliy misollar orqali ko‘rinib turibdiki, kichik texnologik yechimlar ham yirik

iqtisodiy natijalarga olib kelishi mumkin.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

138

1. Ergashev R. “Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti”. – Darslik. Toshkent: O‘zbekiston, 2022.

2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2023-yilgi yillik hisoboti.

3. Jahon bankining O‘zbekistonda agrobiznes bo‘yicha hisobotlari (World Bank, 2023).

4.Uzaqov, J. N., & Jumanazarov, K. S. (2024, August). Mintaqada ziyorat turizm

salohiyatini oshirish mexanizmining nazariy-uslubiy asoslari. In

conference on the role and

importance of science in the modern world

(Vol. 1, No. 7, pp. 23-33).

5.Узоқов, Ж. Н. (2024, May). Зиёрат туризмнинг ривожланиш босқичлари ҳамда

тармоқ сифатида шаклланиш тарихи. In

conference on the role and importance of science in the

modern world

(Vol. 1, No. 4, pp. 98-102).

6.Xаmrоyevnа, B. S., & Аlisher о'g'li, А. B. (2024). Kоmmunаl xо'jаligining institutsiоnаl

jihаtlаrini tаkоmillаshtirishdа yаshil iqtisоdiyоtning о'rni.

World of science

,

7

(12), 88-91.

7.Kh, A. N. (2025). Optimizing prophylactic strategies for post-lasik dry eye syndrome: a

comprehensive review.

oriental journal of medicine and natural sciences

,

2

(3), 4-8.

8.Erkaeva, G. P., & Shukurov, U. S. (2022). Experience of foreign countries in increasing

the investment attractiveness of the regions.

Gospodarka i Innowacje.

,

24

, 234-238.

9.Shukurov, U. S. Peculiarities of industrial location in cities and districts of Kashkadarya

region.

Gwalior management academy

, 73.

10.Музаффарова, К. З. (2022, December). Қашқадарё вилоят иқтисодиётига хорижий

инвестициялар жалб этиш омиллари. In

international conferences

(Vol. 1, No. 18, pp. 131-134).

11.Zoyirovna, M. K. (2022). Importance of enterprises with foreign investment in the

development of the regional economy.

Gospodarka i Innowacje.

,

29

, 219-225.

12.Muzaffarova, K. Z. (2023). TASKS OF ATTRACTING FOREIGN INVESTMENTS TO

THE REGIONS.

Gospodarka i Innowacje.

,

41

, 404-408.

13.Музаффарова, К. З. (2023). Приоритеты привлечения иностранных инвестиций в

региональную промышленность в условиях развития цифровой экономики.

14.Muzaffarova, K. Z., & Abdukarimov, X. R. (2023). Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda

tijorat banklarining faolligini oshirish asoslari.

Gospodarka i Innowacje.

, 473-478.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)