Авторы

  • Абдумалик Бердиев
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti, dotsent a.berdiyev197501@gmail.com
  • Джасмина Тураева
    E-mail: jasminaturaeva455@gmail.com axborot texnologiyalari va menejment universiteti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsci.129181

Ключевые слова:

Investitsiya moliyaviy qo‘llab-quvvatlash xom-ashyo bazasi marketing va raqamlashtirish klasterlash

Аннотация

Mazkur maqolada oziq-ovqat sanoatida tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy omillari, mavjud muammolar va takomillashtirish yo‘llari tahlil qilinadi. Mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishda oziq-ovqat sanoati korxonalarida klasterli boshqaruv mexanizmini rivojlantirish, unga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish, ushbu sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish va oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash dolzarb ustuvor vazifalardan sanaladi

background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

139

BIZNES JARAYONLARNI BOSHQARISHDA ZAMONAVIY AXBOROT

KOMMUNIKATSIYALARIDAN FOYDALANIB MARKETING SAMARADORLIGINI

OSHIRISH.

ZOKIROV ULUG‘BEK INOM O‘G‘LI

Axborot texnologiyalari va menejment unversiteti assistenti,

ORCID: 0009-0001-5357-3270

Annotatsiya.

Maqolada marketing kommunikatsiyalarining mazmuni va ularning

kompaniya raqobatbardoshligini oshirishdagi roli tahlil qilingan. Integratsiyalangan marketing

kommunikatsiyalari (IMK) konsepsiyasi orqali reklama, PR, shaxsiy sotuv va raqamli

texnologiyalar yagona tizimda uyg‘unlashtirilishi zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan. Zamonaviy AKT

vositalari — CRM, Big Data va sun’iy intellekt marketing samaradorligini oshirishi ta’kidlangan.

Tahlil natijasida, kompaniya muvaffaqiyati uchun kompleks kommunikatsiya yondashuvi va

raqamli transformatsiya sharoitida doimiy rivojlanish zarurligi asoslab berilgan.

Kalit

so‘zlar

:

marketing

kommunikatsiyasi,

integratsiyalangan

marketing

kommunikatsiyalari (IMK), reklama, PR, raqamli marketing, CRM, Big Data, sun’iy intellekt,

raqobatbardoshlik, raqamli transformatsiya.

Kirish.

Marketingda kommunikatsiya deb turli xil auditoriyalar adresiga, shu jumladan,

mijozlar, sotuvchilar, ta’minotchilar, aksionerlar, boshqaruv organlariga firmadan yuboriladigan

signallar majmuini tushunishimiz mumkin. Marketing kommunikatsiyalari deganda bozorda

xo‘jalik yurituvchi subyekt oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish maqsadida belgilangan bozor

segmentlari bilan, shuningdek, muloqot doiralari bilan kommunikatsiyalarni ta’minlashga imkoniyat

beradigan texnologiya (fan, vositalar) tushuniladi. Aynan har xil marketing kommunikatsiyalarining

integratsion jarayonlari kommunikativ jarayonlarni boshqarishning turli vositalari va tamoyillarini

sintez qiladigan ochiq joriy (shuningdek, istiqboldagi) resurslardan maksimal iqtisodiy va ijtimoiy

foyda olishga yo’naltirilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati to‘laqonli tizimi sifatida

integratsiyalashgan marketing kommunikatsiyalarini shakllantiradi. Kommunikatsiya faoliyatining

eng muhim vazifalari marketing strategiyasini amalga oshirish maqsadida tashkilotning barcha

bo‘g‘inlari samaraliroq ishlashi va texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarini o’sishi hisoblanadi. SHu

sababli qo‘yilgan vazifani bajarish uchun tashkilotninghar xil bo‘linmalari uzviy o‘zaro aloqa qilishi

zarur, bu esa, eng avvalo, tashkilot ichida yo‘lga qo‘yilgan kommunikatsiyalarni hamda tashqi

muhit bilan kommunikatsiyalarni yo’lga quyish va qo‘llab-quvvatlash uchun ulkan hajmdagi turli

xil vositalar yig‘indisini taqozo etadi.

Aynan marketing makoniga kiritilganlik, yoki marketing kommunikatsiyalari kompleksi

tashkilotning investitsion jalb etuvchanligi va rivojlanish dinamikasini ta’minlaydigan asl qiymatini

shakllantiradi. Kommunikatsiya siyosati bu tovarni bozorga targ’ibot usullari yig‘indisidir.

Kommunikatsiyaning asosiy vositalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: jamoat bilan aloqa; reklama;

sotishni rag‘batlantirish; maxsus ko‘rgazmalar; shaxsiy sotuv hisoblanadi

Muammoning o‘rganilganlik darajasi.

Chaffey 2022-yilgi asarida raqamli texnologiyalar

orqali biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va mijozlarga moslashtirilgan marketingni olib borish

marketing samaradorligini keskin oshirayotganini ta’kidlaydi

1

. U CRM, big data analytics, sun’iy

intellekt (AI) va avtomatlashtirilgan marketing kampaniyalarining kompaniya raqobatbardoshligini

oshirishdagi rolini zamonaviy misollar bilan asoslab bergan.

Kotler, Kartajaya va Setiawan (2021). "Marketing 5.0: Technology for Humanity". Bu

asarda marketingning so‘nggi evolyutsiyasi — Marketing 5.0 konsepsiyasi bayon etiladi. Mualliflar

zamonaviy texnologiyalar (AI, machine learning, IoT) orqali fizik va raqamli tajriba integratsiyasini

1

Chaffey, D. (2022). "Digital Marketing: Strategy, Implementation, and Practice".


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

140

yaratish marketingda maksimal natija berishini ta’kidlashgan. Marketing 5.0 tushunchasi aynan

biznes jarayonlarda AKT-dan foydalanish orqali samaradorlikni oshirishga qaratilgan.

Metodlar va metodologiya.

Marketing va biznes jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligini har

tomonlama tahlil qilish. AKT vositalari ta’sirini marketingning turli bosqichlarida (mijoz jalb qilish,

sotish, xizmat ko‘rsatish) baholash. Innovatsion yondashuv – raqamli texnologiyalardan

foydalanishning marketing samaradorligiga zamonaviy ta’sirini o‘rganish.

Natijalar.

Kommunikatsiya raqobat kurashida muvaffaqiyat omili deb ta’kidlanadi.

Tashkilot o‘z firmasining yaxshi imijini yaratish uchun ko‘plab kommunikativ jarayonlar bilan

o‘zaro murojaat qilishga majburdir. Tashkilot tovar bilan raqobatlashib kommunikativ raqobatga

chuqurroq, ya’ni bozorning muhimroq maqsadli segmenti va mijozlari e’tiboriga erishishga

kurashib jalb etiladi.

Keyingi kommunikativ siyosatda strategik va taktik choralarni ichiga oluvchi faqat

kompleks yondashish imkoniyati oldinga qo‘yiladi. Buning uchun tashkilotdan tadbirkorlikning

integratsiyalangan kommunikativ konsepsiyasini yaratish va rivojlantirish talab etiladi.

Integratsiyalangan kommunikativ jarayonning xususiyati bo‘lib, kommunikatsiya vosita va

jarayoni, tashuvchilari, shakllarining turli-tumanligi deb hisoblanadi.

Kommunikatsiya kategoriyalarni ushbu 1-rasmda ko‘rishimiz mumkin.

1-rasm. Kommunikatsiya kategoriyalar.

Integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalari biznesni rivojlantirishning jadal

uslubiyatlari tizimi. An’anaviy ravishda integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalari BTL,

ATL, to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing texnologiyalarini, shuningdek, zarur shaxslar bilan shaxslararo

munosabatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha texnologiyalarni o’zida uyg‘unlashtiradi.

BTL atamasining vujudga kelish afsonasi mashhurdir. Reklama sohasi guruhlaridan biri,

navbatdagi reklama kampaniyasi byudjetini shakllantirar ekan, yakuniy xulosa chiqardi, so‘ngra

sotuvni rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlarni ham yozib kiritish lozim ekanligi uning yodiga tushdi,

oqibatda bu yozuvlar chiziqning tagidan o‘rin oldi. Bu yerda shunga izoh berib o‘tish zarurki,

adabiyotlarda yuqorida sanab o‘tilgan vositalar to‘plamida ayrim qarama-qarshiliklar mavjuddir.

Chiziq ustida (ATL) ommaviy axborot vositalari hamda tashqi reklama va axborot vositalari orqali

tarqatiladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reklama joylashgan edi.

Reklama materiallari imijni shakllantirish, eslatish, tanib olish, xabardor qilish uchun xizmat

qiladi. Ya’ni garchi reklama «to‘g‘ridan-to‘g‘ri» bo‘lsa-da, lekin potensial mijoz bilan

kommunikativ kanal bilvosita va qaytuvchan aloqasiz bo‘lib chiqadi. Chiziq ostida (BTL) sotuvni


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

141

rag‘batlantirish, mijozlarni rag‘batlantirish, savdoni rag‘batlantirishning nozikroq mexanizmlari

ishlaydi. Bu yerda tovarni namoyish etish va qayd qilingan oldi-sotdi harakati emas, mijoz-sotuvchi

o‘zaro aloqalari interaktiv kanali va ikkilamchi tadqiqotlar o‘tkazish imkoniyati juda muhimdir.

Tovar yoki xizmatning o‘zi emas, balki uning iste’mol tizimiga kiritilganligi juda muhimdir.

Aynan mijozlar bilan yo‘lga qo‘yilgan aloqalar hamda iste’mol va taqsimot yo‘lga qo‘yilgan tizimi

biznesning

muvaffaqiyatga

erishishini

hal

qiladi.

Integratsiyalangan

marketing

kommunikatsiyalarining reklama, jamoatchilik bilan aloqalari, sotuvni rag‘batlantirish, moddiy-

texnika ta’minoti, ishchilar bilan o‘zaro munosabatlarni shakllantirish kabi alohida qismlardan

iborat bo‘lgan «butun bir yaxlitlik»ni tushunishning yangi usuli sifatida yetarli darajada umumiy

deb hisoblash mumkin.

Tahlil.

Integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalari usullarini to‘rtta asosiy guruhga

bo’lish mumkin.

1.Tashkiliy-iqtisodiy usullar. Butun biznes-struktura kommunikativ qadamlar bilan

muvofiqlashtirilgan bo‘lishi lozim. Agar tovarlarni sotishda ularni sotish mumkin bo‘lgan tezlik

baholanmagan va tovar sotuvda bo‘lmaydigan bo‘lsa, butun reklama faoliyati samarasiz bo’ladi.

Agar tashkilot qurilish uchun ruxsat olishga harakat qilayotgan bo‘lsa, qurilish esa mablag‘lar

yo‘qligi tufayli boshlanmasa – shunchalik mashaqqat bilan tashkil qilingan kommunikativ kanal o’z

nihoyasiga yetadi. Xaridorlarga chegirmalar tizimi ko‘rinishida taqdim etiladigan sof iqtisodiy

foyda raqobatli ustunlikka aylanishi mumkin.

2.Axborot-reklama usullari. Bu usullar qatoriga yakuniy mijoz uchun ham, korporativ

xaridorlar uchun ham tijorat takliflari, taqdimotlar, keng jamoatchilik uchun ham mo‘ljallangan imij

va nufuzni shakllantirish bo‘yicha tadbirlarni kiritish lozim.

3.Shaxslararo aloqalar o‘rnatish usullari. Bu usullar tashqi muhit bilan ham, tashkilot

ichida ham marketing strategiyasini amalga oshirish, «ko‘maklashuvchi» shaxslar bilan o‘zaro

aloqalarni yo‘lga qo‘yish ularga bog‘liq bo‘lgan ish aloqalari etikasini – o‘ta tartiblilik va «nozik»

kommunikativ texnologiyalar talab qiladigan narsalarni o’zida aks ettiradi.

4.Yuridik usullar – tashkilotlarni qo‘shib olish va birlashtirish jarayonlarining faollashuvi

axborot-reklama, tashkiliy-iqtisodiy boshqa jarayonlar bilan birgalikda kuzatiladigan ushbu

usullarni integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalari qurollari qatoriga kiritish zarurligini

ta’kidlaydi.

Xulosa.

O‘tkazilgan tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, marketingda kommunikatsiya

kompaniyaning ichki va tashqi faoliyatida markaziy o‘rin tutadi. Tashkilot va uning maqsadli

auditoriyasi o‘rtasida samarali axborot almashinuvini ta’minlash orqali kompaniya bozorda o‘z

imijini shakllantiradi, mijozlar e’tiborini jalb qiladi va raqobat ustunligini oshiradi.

Integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalari (IMK) esa turli kommunikatsiya vositalari va

texnologiyalarini yagona tizimda birlashtirib, tashkilotning marketing strategiyasini kompleks

tarzda amalga oshirishga imkon yaratadi. IMK orqali kompaniyalar reklama, PR, sotishni

rag‘batlantirish, shaxsiy sotuv va raqamli marketing vositalarini o‘zaro uyg‘unlashtirib, bozorda

mustahkam mavqega ega bo‘lishi mumkin.

Raqamli texnologiyalar (CRM, Big Data, sun’iy intellekt) marketing kommunikatsiyalarini

yanada samaraliroq va shaxsiylashtirilgan qilish imkonini bermoqda. Ayniqsa, Marketing 5.0

konsepsiyasi zamonaviy texnologiyalar va inson markazidagi yondashuvni uyg‘unlashtirish orqali

marketing samaradorligini yangi bosqichga olib chiqmoqda.

Shuningdek, kommunikatsiya siyosatini shakllantirishda kompleks yondashuv — tashkiliy-

iqtisodiy, axborot-reklama, shaxslararo aloqalar va yuridik usullardan uyg‘un holda foydalanish —

muvaffaqiyatli biznes jarayonlarini tashkil qilishning muhim shartlaridan biridir.

Yakunda aytish mumkinki, marketing kommunikatsiyalari va ularning integratsiyalangan

shakllaridan samarali foydalanish kompaniyaning raqobatbardoshligini oshiribgina qolmay, balki

barqaror rivojlanishini ham ta’minlaydi. Zamonaviy marketingda muvaffaqiyatga erishish uchun

tashkilotlar o‘z kommunikatsiya strategiyasini raqamli transformatsiya sharoitida doimiy ravishda


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

142

yangilab borishi zarur.

Adabiyotlar:

1. Goleman, D. (1995).

Emotional Intelligence: Why It Can Matter More Than IQ.

Bantam

Books.

2. Drucker, P. (1999).

Management Challenges for the 21st Century.

HarperBusiness.

3. Robles, M. M. (2012).

Executive Perceptions of the Top 10 Soft Skills Needed in

Today’s Workplace.

Business Communication Quarterly, 75(4), 453-465.

4. World Economic Forum. (2020).

The Future of Jobs Report.

Retrieved from

https://www.weforum.org/reports

5. Google. (2018).

Project Oxygen: What Makes a Great Manager?

Retrieved from

https://rework.withgoogle.com

6. Google. (2016).

Project Aristotle: Understanding Team Effectiveness.

Retrieved from

https://rework.withgoogle.com

7. Amazon.

(2023).

Leadership

Principles.

Retrieved

from

https://www.aboutamazon.com/news/workplace/amazon-leadership-principles

8.

Uzaqov, J. N., & Jumanazarov, K. S. (2024, August). Mintaqada ziyorat turizm

salohiyatini oshirish mexanizmining nazariy-uslubiy asoslari. In

conference on the role and

importance of science in the modern world

(Vol. 1, No. 7, pp. 23-33).

9.

Узоқов, Ж. Н. (2024, May). Зиёрат туризмнинг ривожланиш босқичлари ҳамда

тармоқ сифатида шаклланиш тарихи. In

conference on the role and importance of science in the

modern world

(Vol. 1, No. 4, pp. 98-102).

10. Xаmrоyevnа, B. S., & Аlisher о'g'li, А. B. (2024). Kоmmunаl xо'jаligining

institutsiоnаl jihаtlаrini tаkоmillаshtirishdа yаshil iqtisоdiyоtning о'rni.

World of science

,

7

(12), 88-

91.

11. Erkaeva, G. P., & Shukurov, U. S. (2022). Experience of foreign countries in

increasing the investment attractiveness of the regions.

Gospodarka i Innowacje.

,

24

, 234-238.

12. Shukurov, U. S. Peculiarities of industrial location in cities and districts of

Kashkadarya region.

Gwalior management academy

, 73.

13. Музаффарова, К. З. (2022, December). Қашқадарё вилоят иқтисодиётига

хорижий инвестициялар жалб этиш омиллари. In

international conferences

(Vol. 1, No. 18, pp.

131-134).

14. Zoyirovna, M. K. (2022). Importance of enterprises with foreign investment in the

development of the regional economy.

Gospodarka i Innowacje.

,

29

, 219-225.

15. Muzaffarova, K. Z. (2023). TASKS OF ATTRACTING FOREIGN

INVESTMENTS TO THE REGIONS.

Gospodarka i Innowacje.

,

41

, 404-408.

16. Музаффарова, К. З. (2023). Приоритеты привлечения иностранных инвестиций

в региональную промышленность в условиях развития цифровой экономики.

17.Muzaffarova, K. Z., & Abdukarimov, X. R. (2023). Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda

tijorat banklarining faolligini oshirish asoslari.

Gospodarka i Innowacje.

, 473-478.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. (2020, October 26). Oziq-ovqat xavfsizligini

ta’minlash va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish strategiyasi. PQ–4884. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. (2020–2024). Sanoat va tadbirkorlik

faoliyati bo‘yicha statistik to‘plamlar. https://stat.uz

Porter, M.E. (1998). Competitive Advantage: Creating and Sustaining Superior Performance. The

Free Press. 4. Schumpeter, J.A. (1934). The Theory of Economic Development. Harvard University Press. 5. FAO. (2023). Entrepreneurship in Food Systems for Sustainable Development. www.fao.org

World Bank. (2022). Enabling the Business of Agriculture. www.worldbank.org

Abduvaxitov A. (2023). O’zbekistonda oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishda tadbirkorlikning

o‘rni. // Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar jurnali, №1. 8. Ibrohimov Sh. (2022). Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda tadbirkorlikning roli. //

Agrar ilmlar jurnali, №4. 9. Muminova N. (2023). Oziq-ovqat sanoatida inson kapitali va innovatsion rivojlanish. // Sanoat

iqtisodiyoti jurnali, №2. 10. Bekchanov, M., & Karimov, N. (2021). Tadbirkorlik asoslari va innovatsion rivojlanish. Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti. 11. Food and Agriculture Organization. (2023). The state of food and agriculture 2023. FAO. https://www.fao.org

World Bank. (2022). Enabling the business of agriculture 2022 report. Washington, D.C.: The

World Bank Group. https://www.worldbank.org

Khodjaev, N. (2020). Oziq-ovqat sanoatida kichik biznesning roli va istiqbollari. Iqtisodiyot va

Innovatsion Texnologiyalar, (4), 112–119. 14. Azizova, D., & Raximova, L. (2023). Agrosanoat kompleksida raqamli texnologiyalarning

qo‘llanilishi: muammolar va imkoniyatlar. Raqamli Iqtisodiyot, 1(9), 55–64. 15. United Nations Industrial Development Organization. (2021). Industrial development report:

Smart production for sustainable development. UNIDO. https://www.unido.org

Музаффарова, К. З. (2022, December). Қашқадарё вилоят иқтисодиётига хорижий

инвестициялар жалб этиш омиллари. In international conferences (Vol. 1, No. 18, pp. 131-134). 17.Zoyirovna, M. K. (2022). Importance of enterprises with foreign investment in the development

of the regional economy. Gospodarka i Innowacje., 29, 219-225. 18.Muzaffarova, K. Z. (2023). TASKS OF ATTRACTING FOREIGN INVESTMENTS TO THE

REGIONS. Gospodarka i Innowacje., 41, 404-408. 19.Музаффарова, К. З. (2023). Приоритеты привлечения иностранных инвестиций в

региональную промышленность в условиях развития цифровой экономики. 20.Muzaffarova, K. Z., & Abdukarimov, X. R. (2023). Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda tijorat

banklarining faolligini oshirish asoslari. Gospodarka i Innowacje., 473-478