Авторы

  • Абдумалик Бердиев
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti, dotsent a.berdiyev197501@gmail.com

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsci.129186

Ключевые слова:

Agroklaster ishlab chiqarish samaradorligi klaster tizimi qo‘shilgan qiymat zanjiri innovatsion agrotexnologiyalar klaster infratuzilmasi modernizatsiya eksport import marketing strategiyalari mahsulot sifati.

Аннотация

Mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish, fan va texnikaning rivojlanishi natijasida barcha sohalar kabi agrar sohada ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Bu sohani rivojlantirishga esa davlat va jamiyat oldidagi muhim ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Bunga asosiy sabab, agrar soha mamlakat oziq-ovqat muammolarini hal etish bilan birga oziq-ovqat sanoati korxonalarini xom-ashyo bilan ta’minlaydigan asosiy tarmoq hisoblanadi. Agrar sohada klasterlashuv modeli jahon amaliyotida o‘z samaradorligini ko‘p marta isbotlagan mexanizm hisoblanadi. Agroklasterlar — bu o‘zaro bog‘liq qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari, qayta ishlovchi korxonalar, logistika xizmatlari, ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda moliya institutlarini yagona hududiy tizimda birlashtirish orqali yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot yaratishni maqsad qiladi. So‘nggi yillarda Respublikamizda xalqaro amaliyotda sinalgan, iqtisodiyotni rivojlantirish va barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadigan klaster tizimini joriy etish, bozor munosabatlari va tajribalarini hayotga tadbiq etishga katta e’tibor berilmoqda. Buning natijasida, agroklasterlar samaradorligini oshirish qishloq xo‘jaligi sohasining umumiy raqobatbardoshligini ko‘tarish, aholi bandligini ta’minlash va mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.

background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

159

AGROKLASTERLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH Y‘LLARI

BERDIYEV ABDUMALIK HAKIMOVICH

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti, dotsent

a.berdiyev197501@gmail.com

Annotatsiya.

Mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish, fan va texnikaning rivojlanishi

natijasida barcha sohalar kabi agrar sohada ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Bu sohani

rivojlantirishga esa davlat va jamiyat oldidagi muhim ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Bunga

asosiy sabab, agrar soha mamlakat oziq-ovqat muammolarini hal etish bilan birga oziq-ovqat

sanoati korxonalarini xom-ashyo bilan ta’minlaydigan asosiy tarmoq hisoblanadi.

Agrar sohada klasterlashuv modeli jahon amaliyotida o‘z samaradorligini ko‘p marta

isbotlagan mexanizm hisoblanadi. Agroklasterlar — bu o‘zaro bog‘liq qishloq xo‘jaligi ishlab

chiqaruvchilari, qayta ishlovchi korxonalar, logistika xizmatlari, ta’lim va ilmiy-tadqiqot

tashkilotlari hamda moliya institutlarini yagona hududiy tizimda birlashtirish orqali yuqori

qo‘shilgan qiymatli mahsulot yaratishni maqsad qiladi.

So‘nggi yillarda Respublikamizda xalqaro amaliyotda sinalgan, iqtisodiyotni rivojlantirish va

barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadigan klaster tizimini joriy etish, bozor

munosabatlari va tajribalarini hayotga tadbiq etishga katta e’tibor berilmoqda.

Buning natijasida, agroklasterlar samaradorligini oshirish qishloq xo‘jaligi sohasining

umumiy raqobatbardoshligini ko‘tarish, aholi bandligini ta’minlash va mamlakatning eksport

salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

Agroklaster, ishlab chiqarish samaradorligi, klaster tizimi, qo‘shilgan qiymat

zanjiri, innovatsion agrotexnologiyalar, klaster infratuzilmasi, modernizatsiya, eksport, import,

marketing strategiyalari, mahsulot sifati.

Kirish.

Bugungi kunda butun dunyoda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash eng dolzarb

masalalardan biriga aylangan. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish, uning

iqtisodiy samaradorligini oshirish, qishloq aholisining turmush darajasini yaxshilash va ularning

manfaatdorligini ta’minlash masalalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarishning zamonaviy shakli —

klasterlar tizimi bilan chambarchas bog‘liqdir.

O’zbekistonda ham so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligida qo‘shilgan qiymatlar zanjirini yaratish

hamda tabiiy va moddiy resurslardan samarali foydalanish maqsadida klaster usuli keng joriy

etilmoqda. Xususan, bugungi kunda qishloq xo‘jaligining barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan.

Agroklasterlar sohani zamonaviy innovatsiyalar bilan boyitish va raqobatbardoshligini

oshirish uchun samarali vosita hisoblanib, fermerlar, qayta ishlovchi korxonalar, ta’minotchilar va

bozor o‘rtasida integratsiyani ta’minlab, ishlab chiqarish jarayonlarini tizimli ravishda

takomillashtiradi.

Metod va metodologiya.

Klasterlar hududlarning raqobatbardoshligini oshirish, qo‘shimcha

qiymatga ega ishlab chiqarish jarayonlariga o‘tish, korxonalar, ilmiy-tadqiqot, ta’lim, moliya

institutlari o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni o‘rnatishga hissa qo‘shish vositasi sifatida

ishlaydi. Klaster yondashuvi mintaqaviy va sanoat siyosatining mazmunini tubdan o‘zgartiradi,

chunki davlat organlarining sa’y-harakatlari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va davlat institutlari

o‘rtasidagi munosabatlar tizimini rivojlantirishga qaratilgan.

Agroklasterlar qishloq xo‘jaligining turli tarmoqlarini qamrab olgan bo‘lib, don mahsulotlari,

poliz va sabzavot yetishtirish, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hamda eksportga

yo‘naltirilgan ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Xususan, don mahsulotlari va paxta ishlab

chiqarish sohalarida bir qator yirik agroklasterlar faoliyat yuritmoqda. Bu klasterlar yangi

texnologiyalarni joriy etish, yerdan samarali foydalanish va qayta ishlash quvvatlarini oshirish

orqali hududning agrosanoat salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

160

Hozirgi kunda aholi salomatligini ta’minlash va turmush darajasini yaxshilash ekologik toza

va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar yetishtirish agroklasterlarning muhim vazifalaridan

biri hisoblanadi. Suv resurslaridan tejamli foydalanish maqsadida tomchilatib sug‘orish tizimlari

keng qo‘llanilmoqda. Shuningdek, organik dehqonchilik usullari ham rivojlanayotgan

yo‘nalishlardan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ayrim agroklasterlar o‘z

mahsulotlarini xalqaro standartlar bo‘yicha sertifikatlab, tashqi bozorlarga eksport qilishga

muvaffaq bo‘lmoqda.

Agroklasterlarning yana bir muhim jihati — ishlab chiqarish jarayonlarini qayta ishlash

korxonalari bilan bog‘lashdir. Bu mahsulot qiymat zanjirini to‘liq ta’minlash va ishlab chiqarilgan

xom-ashyoni yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotga aylantirish imkonini beradi. Meva-

sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha tashkil etilgan klasterlar hududdagi eksport hajmini

oshirishda katta rol o‘ynamoqda.

Eksport yo‘nalishidagi natijalarga kelsak, agroklasterlari Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy va

boshqa mamlakatlarga meva-sabzavot va qayta ishlangan mahsulotlarni eksport qilmoqda. Shu

maqsadda logistika tizimini yaxshilashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Sovutilgan

omborxonalar, transport-logistika markazlari tashkil etilishi eksport salohiyatini oshirishga yordam

bermadi.

Shuningdek, davlat tomonidan berilgan imtiyozlar va qo‘llab-quvvatlash choralari ham

agroklasterlarning barqaror rivojlanishiga turtki bo‘lmoqda. Agroklasterlar uchun imtiyozli kreditlar,

yer ajratish va subsidiyalar berish kabi chora-tadbirlar klasterlar faoliyatini yanada samarali va

rivojlangan holatga keltirishda muhim ahamiyatga ega.

Shunday ekan, agroklaster tizimini rivojlantirish nafaqat paxtachilik bilan bog‘liq yengil

sanoat sohasi, balki oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasi korxonalari, qurilish materiallari,

farmatsevtika sohalarini ham rivojlantirishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentyabrda davlat budjeti

tushumlarini ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni to‘liq bajarish bo‘yicha

belgilangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish, paxta-to‘qimachilik sohasida klasterlarni joriy

etishni jadalalashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida “klasterlar faoliyatiga har tomonlama

yordam berishimiz zarur. Paxtachilikda qishloq xo‘jaligining kelajagi, uning iqtisodiy samaradorligi

klasterlar bilan bog‘liq. Klasterlar agrar sohani jadal rivojlantirishning “lokomotivi” bo‘lishi kerak”

1

deb ta’kidlaganlar.

Bundan tashqari qishloq xo‘jaligida agroklaster yondashuvning muhimligi to‘g‘risida xorijiy

olimlar va mutaxassislarning tadqiqotlarida ham bu xo‘jalik yuritish tizimini muhimligi to‘g‘risida

ijobiy baho berilgan. Jumladan, 20-asrning 80-yillarida M.Porter tomonidan “klaster” atamasi

iqtisodiy kategoriya sifatida kiritilgan. Uning fikricha, klaster-ma’lum sohada faoliyat

ko‘rsatayotgan kompaniya va institutlarning geografik jihatdan tarmoqlararo birlashuvi

2

deb

ta’kidlangan bo‘lsa, A.A.Nastin tomonidan “agroklaster bir vaqtda va o‘zaro hamkorlikda ishlab

chiqarish vazifalarini hal qilish va atrof muhitni himoya qilishda birlashish maqsadida geografik

jihatdan bir joyda joylashgan, o‘zaro bir-biriga bog‘liq va bir-birini to‘ldiruvchi, turli mulk egalari

oilaviy ferma, fermerlarning kooperativ korxonalar, ijtimoiy va ilmiy tashkilotlar, ta’lim

muassasalari va maslahat xizmatlaridan iborat bozor sub’ektlari tizimi”

3

, A.V.Glotko tomonidan

berilgan ta’rifda “agrosanoat majmuidagi tadbirkorlik agroklasteri ushbu tizimda ma’lum darajada

o‘zaro aloqa qilish madaniyatiga ega bo‘lgan bog‘liq ishtirokchilarning umumiy iqtisodiy

manfaatlarini amalga oshiruvchi va texnologik zanjir tamoyili asosida tashkil etilgan hududiy

1

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 2019 йил 12 сентябрь куни давлат бюджетига тушумларни кўпайтириш бўйича

амалга оширилаётган ишларни тўлиқ бажариш, 9 ой ва йил якуни бўйича белгиланган макроиқтисодий кўрсаткичларга эришиш, пахта-

тўқимачилик соҳасида кластерларни жорий этишни жадаллаштириш масалаларига бағишланган йиғилиш маълумотлари.

2

M.Porter Clusters and the New Economics of Competition. Harvard Business Review.

Available at:

http://hbr.org/product/clusters-and-the-new-economics-of-competition/an/98609-PDF-ENG

3

А.А. Настин Сельскохозяйственный кластер Дании. // «Экономика сельскохозяйственных и перерабатывающих предприятий», 2011, №4. -

С. 45.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

161

jihatdan alohida innovatsion yo‘naltirilgan integratsion to‘zilma

4

tarzida bayon etilgan.

R.R.Toxchukov esa, yanada aniqroq tarzda, “tadbirkorlik agroklasteri-pirovard natijada samara

olish hisoblangan ishlab chiqarishning barcha bosqichlari, ya’ni qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini

ishlab chiqarishdan tayyor mahsulotni sotishgacha bo‘lgan jarayonlarni yagona takror ishlab

chiqarish tarzida mujassamlashtirgan turli faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarni

birlashuvi

5

dan iborat ekanligi sifatida ta’riflagan va ilmiy ishlarida ta’kidlab o‘tgan.

Natijalar va tahlil.

Shunda ekan, respublikamizda keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi

soahasida bu xo‘jalik yuritish tizimini joriy etishga alohida e’tibor berilmoqda.

Hozirgi kunda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini barcha soahalarida agroklasterlarning tashkil

etilishi natijasida, meva sabzavotchilik sohasida 245 ta klasterlar faoliyati yuritib ularga 79,2 ming.

gektar yer maydonlari biriktirilgan. Yetishtirilayotgan meva-sabzavotlari 15,3 ming nafar fermer

xo‘jaliklari bilan 147,9 ming gektar yer maydonlarida meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish

bo‘yicha fyuʼchers shartnomasi asosida ish olib borilmoqda. 62 ta klasterlarda quvvati 956,2 ming

tonna bo‘lgan qayta ishlash zavodlari, 32 ta klasterlarda quvvati 290,5 ming tonna bo‘lgan

mahsulotni saralash va qadoqlash, 23 ta klasterlarda quvvati 230,5 ming tonnalik mahsulotni

quritish hamda 136 ta klasterlarda quvvati 360 ming tonnalik oddiy va muzlatkichli omborxonalar

mavjud

.

Paxta-to‘qimachilik klasterlari 134 tadan iborat bo‘lib, ularga biriktirilgan yer maydoni1034,2

mln. gektarni tashkil etadi. Yetishtirilayotgan paxta xom-ashyosi 28,2 mingta fermer xo‘jaliklari

bilan bozor tamoyillari asosida, 873,0 ming gektar yer maydonida yetishtirilmoqda.

2018-2022-yillarda sohada sanoatni rivojlantirish uchun jami 15 trln. 942 mlrd. so’m

jumladan, 4,7 trln

.

so’m o’z mablag’i hisobidan, qolgan 11,2 trln.so’m xorijiy investisiyalar va bank

kreditlari hisobidan investitsiya kiritldi.

Klasterlarning 22 tasida paxtani qayta ishlashning 5 ta bosqichi, 21 tasida 4 ta bosqich, 30

tasida 3 ta bosqich, 38 tasida 2 ta bosqich va 23 tasida 1 ta bosqich qamrab olingan.

2022-2026 yillarda paxtani chuqur qayta ishlashni tashkil etish bo‘yicha umumiy qiymati 25,5

trln. so‘mlik 270 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi.

Qishloq xo‘jaligining g‘allachilik sohasida 157 ta klasterlar faoliyat yuritib kelmoqda. Ularga

biriktirilgan yer maydoni 1038,0 ming gektarni tashkil etadi. G‘alla yetishtirish bo‘yicha 36,0

mingta fermer xo‘jaliklari bilan 957,0 ming gektar yer maydonida hamkorlik olib borilmoqda.

G‘allachilik klasterlari tomonidan 2020-yilda qiymati 547,2 mlrd. so‘m (sh.j: 193,3 mlrd.

so‘m o‘z mablag‘lari, 353,9 mlrd. so‘m bank kreditlari) va 20,3 mln. dollar miqdorda xorijiy kredit

mablag‘lari hisobiga 65 ta loyihalar ishga tushirilib, 3695 ta doimiy ish o‘rinlari yaratildi.

2022 yilda yilda 83 ta g‘allachilik klasterlari tomonidan 1 trln. 164 mlrd. so‘mlik 122 ta

investitsiya loyihalari amalga oshirildi. Klasterlar tomonidan 234,0 ming tonna don saqlaydigan

ochiq maydonlar, 166,0 ming tonna yopiq omborlar, 156,0 ming tonna un mahsulotlari, 3,8 ming

tonna non va non mahsulotlari hamda 79,0 ming tonna ozuqa-yem ishlab chiqarish quvvatiga ega

sexlar ishga tushirildi.

Agroklasterlar qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sohalarida muhim natijalarga erishmoqda.

Ular mahsulot hajmini oshirish, qayta ishlash va eksport qilish jarayonlarida muhim rol o‘ynamoqda.

Hududdagi agroklasterlarning kelgusidagi rivojlanishi mamlakatning agrosanoat salohiyatini yanada

yuksaltirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Agroklasterlar muvaffaqiyati ularning zamonaviy va yaxshi rivojlangan infratuzilmaga ega

bo‘lishiga bog‘liq. Shu sababli, quyidagi choralar muhim ahamiyatga ega:

Qishloq xo‘jalik mahsulolarini bozorlarga tez va samarali yetkazib berish uchun yo‘llar,

4

А.В. Глотко Инновационно-кластерная развития АПК. Материалы межрегион. Научно-практ. конф. с междунар. участием "Проблемы и

перспективы государственно-правового, экономического и социального развития субъектов Российской Федерации" 3-4 октября 2008 г.,

Горно-Алтайский, РИО ГАГ. -С.104.

5

Р.Р. Тохчуков Предпринимательский агропромышленный кластер: теоретические основы создания и функционирования в системе АПК. //

Современные научные исследования: электронный научный журнал, 19 апреля 2012 г., рубрика: "Экономика". http://www.sni-vak.ru/

info@sni-vak.ru


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

162

omborlar va logistika markazlarini qurish zarur.

Zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini (tamchilatib sug‘orish, avtomatlashtirilgan tizimlar)

joriy etish kerak.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirish (masalan, quyosh va

shamol energetikasi).

Agroklasterlarda innovatsiyalarni qo‘llash va raqamlashtirish samaradorlikni oshirishda

muhim rol o‘ynaydi. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va axborot-kommunikatsiya

vositalari orqali ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish fermerlar hamda ishlab

chiqaruvchilar uchun katta imkoniyatlar yaratadi.

Agrodronlar va sensorlardan foydalanish:

Yerlarning holatini monitoring qilish va

hosildorlikni nazorat qilish uchun agrodronlar hamda zamonaviy sensorlardan foydalanish juda

samarali. Bu texnologiyalar orqali zararkunandalarga qarshi kurashish va suv tejamkorligi

ta’minlanadi.

Raqamli platformalar:

Agroklaster ishtirokchilari uchun raqamli platformalar yaratish

ma’lumot almashishni yengillashtiradi. Bu platformalar orqali mahsulot sotish, sotib olish va

ta’minot zanjirini samarali boshqarish mumkin.

Aqlli qishloq xo‘jaligi texnologiyalari:

Avtomatlashtirilgan sug‘orish tizimlari, sun’iy

intellekt va Internet orqali boshqariladigan agrotizimlardan foydalanish hosildorlikni sezilarli

darajada oshiradi.

Ilmiy-tadqiqot ishlari:

Universitetlar va ilmiy markazlar bilan hamkorlik qilish innovatsion

yechimlarni ishlab chiqish va joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, yangi turdagi

urug‘liklar yaratish va zararli ekologik ta’sirlarni kamaytirishga qaratilgan tadqiqotlar

agroklasterlarning barqarorligi uchun foydalidir.

Bu innovatsion yondashuvlar agroklasterlarda ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli

darajada oshirish imkonini beradi. Ular nafaqat ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, balki

bozor talablariga tez va samarali javob berish imkoniyatini ham yaratadi.

Mutaxassis kadrlar yetishmovchiligi agroklasterlar samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bunday holatlarni bartaraf etish uchun:

Fermerlar va klaster ishtirokchilari uchun yangi texnologiyalar bo‘yicha o‘quv kurslari

trening va seminarlar tashkil.

Agroinjeneriya, agrobiznes va boshqa sohalar bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash

ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish.

Yosh mutaxassislarning ishlab chiqarish jarayonlarida amaliyot dasturlari ishtirok etishini

ta’minlash.

Agroklasterlar qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion rivojlanish va yuqori qo‘shimcha qiymat

yaratishda muhim ahamiyatga ega tuzilmalar hisoblanadi. Ular qishloq xo‘jaligi ishlab

chiqaruvchilari, qayta ishlovchi korxonalar va bozor ishtirokchilari o‘rtasida uzluksiz hamkorlikni

ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, davlat tomonidan katta ko‘makka ega. Bunday qo‘llab-

quvvatlashning huquqiy asoslari va amaliy mexanizmlari agrosanoat tarmog‘ini barqaror

rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradi.

Avvalo, davlat qonunchilik orqali agroklasterlarni shakllantirish va rivojlantirishga imtiyozlar

yaratadi. O’zbekistonda “Qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun, turli hukumat

qarorlari va normativ hujjatlar agroklasterlarni qonuniy tartibga soladi. Bunday hujjatlar klaster

ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini aniq belgilash, yerdan foydalanish tartiblari hamda

soliq imtiyozlarini nazarda tutadi.

Davlat yordami agroklasterlar uchun moddiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash shaklida ham

amalga oshiriladi. Xususan, yer uchastkalari ajratish, subsidiyalar va imtiyozli kreditlar berish,

infratuzilmani rivojlantirishga grantlar ajratish kabi choralar qo‘llaniladi. Shuningdek, energiya

resurslari va suv ta’minoti bo‘yicha maxsus tariflar qo‘llanishi agroklasterlarning

raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

163

Agroklasterlar innovatsiya va texnologiyalarni joriy etishda ham davlat ko‘magidan

foydalanadi. Zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha loyihalarni qo‘llab-quvvatlash

maqsadida tadqiqot institutlari va ilmiy markazlar bilan hamkorlik qilinadi. Bu jarayonda ilmiy-

tadqiqot ishlarini rag‘batlantirish va o‘quv dasturlarini tashkil etish muhim ahamiyatga ega.

Eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatidagi yana bir

muhim yo‘nalish hisoblanadi. Agroklasterlar mahsulotlarining xalqaro bozorga chiqishi uchun

davlat tomonidan sertifikatlashtirish, logistika va tashqi savdo shart-sharoitlarini yaxshilash

choralari ko‘riladi.

Agroklasterlar davlat ko‘magi va huquqiy asoslarga tayangan holda qishloq xo‘jaligini

rivojlantirish, resurslarni samarali boshqarish va aholi farovonligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.

Davlat va xususiy sektor hamkorligi, huquqiy bazaning takomillashtirilishi hamda moliyaviy

qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining rivojlantirilishi bu jarayonda ustuvor ahamiyatga egadir.

Agroklasterlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdan tortib, qayta ishlash va

tashqi bozorlarga eksport qilishgacha bo‘lgan butun texnologik jarayonlarni birlashtiruvchi tizimdir.

Bu tuzilmalar nafaqat mahalliy bozorni sifatli mahsulot bilan ta’minlash, balki mamlakatning

eksport salohiyatini oshirishda ham muhim o‘rin tutadi. Shu bois agroklasterlarda eksport

imkoniyatlarini kengaytirish davlat va biznesning ustuvor vazifalaridan biriga aylanmoqda.

Eksport salohiyatini oshirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri ishlab chiqarish

texnologiyalarini modernizatsiya qilish va sifatli mahsulot yetishtirishdir. Xalqaro bozor talablari

bo‘yicha ekologik toza, sertifikatlangan va xalqaro standartlarga javob beruvchi mahsulotlarga talab

yuqori. Shu maqsadda agroklasterlarda zamonaviy sug‘orish texnologiyalari, seleksiya va

ulug‘turish ishlari hamda organik mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha innovatsiyalarni joriy etish

muhim ahamiyatga ega.

Bozor diversifikatsiyasi ham eksport salohiyatini oshirishda muhim omildir. An’anaviy

eksport bozorlari bilan bir qatorda yangi mamlakatlarga mahsulotlarni yetkazib berish

yo‘nalishlarini kengaytirish talab etilmoqda. Bu jarayonda tashqi bozorlar analizi, talab va

iste’molchilarga muvofiq mahsulot turlarini shakllantirish muhimdir.

Logistika va infratuzilmani yaxshilash ham eksportni kengaytirishga xizmat qiladi.

Mahsulotlarni tez va sifatli yetkazib berish uchun zamonaviy sovutgich tizimlari, logistika

markazlari va eksport koridorlari yaratish zarur. Bu jarayonda agroklasterlarni eksport uchun

maxsus logistik halqalarga bog‘lash muhimdir.

Shuningdek, xalqaro bozorlarda marketing strategiyasini ishlab chiqish ham katta ahamiyatga

ega. Agroklaster mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish uchun ularni brending qilish,

xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish va raqamli marketing vositalaridan foydalanish talab etiladi.

Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari ham eksport salohiyatini oshirishda muhimdir.

Eksportchilarga subsidiyalar, soliq imtiyozlari va sertifikatlashtirish jarayonlarida yengilliklar

berish bu yo‘nalishda samarali qadamlar hisoblanadi. Shuningdek, davlat organlari tomonidan

eksportchilarni xalqaro hamkorlik va investitsiya loyihalariga jalb etish choralari ko‘rilmoqda.

Xulosa.

Agroklasterlarda eksport salohiyatini oshirish innovatsiyalar joriy etish,

infratuzilmani rivojlantirish, davlat ko‘magi va marketing strategiyalarini ishlab chiqishga bog‘liq.

Mazkur yo‘nalishlarda tizimli ishlar olib borilishi mamlakatning qishloq xo‘jaligi sohasidagi

eksport salohiyatini yanada yuksaltirishga yordam beradi.

Mahsulotlarni xalqaro bozorlarga olib chiqish agroklasterlar samaradorligini oshirishning

muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bunda mahsulotlarni xalqaro standartlarga mos ravishda tayyorlash,

bozorda tanilishini ta’minlash uchun marketing strategiyalarini ishlab chiqish, tadbirkorlarning

mahsulotlarini tanitish uchun ko‘maklashish.

Agroklasterlar qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy va integratsiyalashgan ishlab chiqarish

jarayonlarini tashkil etish orqali qishloq joylarining iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladi. Biroq

mazkur tarmoqni kengaytirish va mahsulot hajmini oshirish atrof-muhitga salbiy ta’sir

ko‘rsatmaslikka yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Shu bois ekologik barqarorlik masalasi agroklasterlar


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

164

faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, zamonaviy qishloq xo‘jaligini ekologik

standartlarga mos ravishda olib borishni talab etadi.

Ekologik barqarorlikni ta’minlashda birinchi navbatda resurslarni oqilona boshqarish muhim

ahamiyatga ega. Yer, suv va energiya kabi tabiiy resurslardan samarali foydalanish atrof-muhitni

muhofaza qilishning asosiy shartlaridan biridir. Sug‘orish texnologiyalarini modernizatsiya qilish,

tomchilatib sug‘orish tizimlarini joriy etish va suv tejovchi innovatsiyalarni qo‘llash suv

resurslaridan tejamli foydalanishga yordam beradi.

Yerning holatini yaxshilash va unumdorligini saqlash ham ekologik barqarorlikning muhim

jihatlaridan biri hisoblanadi. Agroklasterlarda eroziyani oldini olish, tuproqning tuzlanishiga qarshi

kurash va organik o‘g‘itlardan foydalanish orqali tuproq himoyasi ta’minlanishi lozim. Bu bilan

yerning tabiiy holatini saqlab qolish va barqaror qishloq xo‘jaligi rivojini ta’minlash mumkin.

Ekologik toza ishlab chiqarishga o‘tish ham muhim yo‘nalishlardan biridir. Ximik vositalar va

pestitsidlardan kam foydalanish, biologik himoya usullarini joriy etish orqali mahsulotlarning

ekologik tozaligini ta’minlash mumkin. Bu nafaqat atrof-muhitni muhofaza qilishga, balki yuqori

sifatli va ekologik xavfsiz mahsulot ishlab chiqarishga imkon beradi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ham ekologik barqarorlikni

ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Quyosh energiyasi, shamol turbinalari yoki biogaz

texnologiyalaridan foydalanish agroklasterlarning energiyaga bo‘lgan talabini barqaror ravishda

ta’minlashga yordam beradi. Bu usul nafaqat ekologik zararni kamaytiradi, balki energiya

xarajatlarini ham pasaytiradi.

Shuningdek, chiqindilarni qayta ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish ham muhimdir. Organik

chiqindilardan biokompost ishlab chiqarish yoki qayta tiklanuvchi manbalar uchun energiya olish

agroklasterlarda chiqindilarni minimal darajaga keltirishga yordam beradi.

Ekologik barqarorlik sohasidagi davlat qo‘llab-quvvati ham katta ahamiyatga ega. Davlat

tomonidan ekologik standartlarni joriy etish, imtiyozli kreditlar ajratish va ilg‘or texnologiyalarni

jalb etishga yordam berish agroklasterlarning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashadi.

Agroklasterlarda ekologik barqarorlikni ta’minlash innovatsion texnologiyalarni joriy etish,

resurslardan samarali foydalanish, ekologik xavfsiz ishlab chiqarish va davlat ko‘magidan oqilona

foydalanish orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonda atrof-muhit bilan hamohang ravishda ishlash

jamiyatning uzluksiz rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Agroklasterlar qishloq xo‘jaligi sohasida yangi imkoniyatlar yaratish va iqtisodiyotni

rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Infratuzilmani yaxshilash, innovatsiyalarni joriy etish,

kadrlar tayyorlash, davlat ko‘magi va eksportga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish

orqali agroklasterlar samaradorligini sezilarli darajada oshirish mumkin.

Bu yo‘nalishda izchil harakatlar mahalliy fermerlar va ishlab chiqaruvchilar uchun yangi

manfaatli bozorlar ochilishini ta’minlaydi hamda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga

yordam beradi.

Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori. “Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq

xo‘jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. PQ-4239 (14.03.2019).

2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori. “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini

keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. PQ-4633 (06.03.2020)

3. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori. “G‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga

bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. PQ-4634 (06.03.2020).

4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori. “O‘zbekiston Respublikasida

zamonaviy urug‘chilik klasterlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. VMQ-512

(18.06.2019).

5. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 12- sentabr kuni davlat

budjetiga tushumlarni ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni to‘liq bajarish, 9 oy va


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

165

yil yakuni bo‘yicha belgilangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish, paxta-to‘qimachilik

sohasida klasterlarni joriy etishni jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish ma’lumotlari.

6. M.Porter Clusters and the New Economics of Competition. Harvard Business Review.

Available at:

http://hbr.org/product/clusters-and-the-new-economics-of-competition/an/98609-PDF-

ENG

7.

А.А.

Настин

Сельскохозяйственный кластер

Дании.

// «Экономика

сельскохозяйственных и перерабатывающих предприятий», 2011, №4. -С. 45.

8. А.В. Глотко Инновационно-кластерная развития АПК. Материалы межрегион.

Научно-практ. конф. с междунар. участием "Проблемы и перспективы государственно-

правового, экономического и социального развития субъектов Российской Федерации" 3-4

октября 2008 г., Горно-Алтайский, РИО ГАГ. -С.104.

9. Р.Р. Тохчуков Предпринимательский агропромышленный кластер: теоретические

основы создания и функционирования в системе АПК. // Современные научные

исследования: электронный научный журнал, 19 апреля 2012 г., рубрика: "Экономика".

http://www.sni-vak.ru/

info@sni-vak.ru

10.Uzaqov, J. N., & Jumanazarov, K. S. (2024, August). Mintaqada ziyorat turizm

salohiyatini oshirish mexanizmining nazariy-uslubiy asoslari. In

conference on the role and

importance of science in the modern world

(Vol. 1, No. 7, pp. 23-33).

11.Узоқов, Ж. Н. (2024, May). Зиёрат туризмнинг ривожланиш босқичлари ҳамда

тармоқ сифатида шаклланиш тарихи. In

conference on the role and importance of science in the

modern world

(Vol. 1, No. 4, pp. 98-102).

12.Xаmrоyevnа, B. S., & Аlisher о'g'li, А. B. (2024). Kоmmunаl xо'jаligining institutsiоnаl

jihаtlаrini tаkоmillаshtirishdа yаshil iqtisоdiyоtning о'rni.

World of science

,

7

(12), 88-91.

13.Kh, A. N. (2025). Optimizing prophylactic strategies for post-lasik dry eye syndrome: a

comprehensive review.

oriental journal of medicine and natural sciences

,

2

(3), 4-8.

14.Erkaeva, G. P., & Shukurov, U. S. (2022). Experience of foreign countries in increasing

the investment attractiveness of the regions.

Gospodarka i Innowacje.

,

24

, 234-238.

15.Shukurov, U. S. Peculiarities of industrial location in cities and districts of Kashkadarya

region.

Gwalior management academy

, 73.

16.Музаффарова, К. З. (2022, December). Қашқадарё вилоят иқтисодиётига хорижий

инвестициялар жалб этиш омиллари. In

international conferences

(Vol. 1, No. 18, pp. 131-134).

17.Zoyirovna, M. K. (2022). Importance of enterprises with foreign investment in the

development of the regional economy.

Gospodarka i Innowacje.

,

29

, 219-225.

18.Muzaffarova, K. Z. (2023). TASKS OF ATTRACTING FOREIGN INVESTMENTS TO

THE REGIONS.

Gospodarka i Innowacje.

,

41

, 404-408.

19.Музаффарова, К. З. (2023). Приоритеты привлечения иностранных инвестиций в

региональную промышленность в условиях развития цифровой экономики.

20.Muzaffarova, K. Z., & Abdukarimov, X. R. (2023). Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda

tijorat banklarining faolligini oshirish asoslari.

Gospodarka i Innowacje.

, 473-478.

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori. “Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq

xo‘jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. PQ-4239 (14.03.2019). 2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori. “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini

keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. PQ-4633 (06.03.2020)

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori. “G‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga

bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. PQ-4634 (06.03.2020). 4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori. “O‘zbekiston Respublikasida

zamonaviy urug‘chilik klasterlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. VMQ-512

(18.06.2019). 5. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 12- sentabr kuni davlat

budjetiga tushumlarni ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni to‘liq bajarish, 9 oy va

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

yil yakuni bo‘yicha belgilangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish, paxta-to‘qimachilik

sohasida klasterlarni joriy etishni jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish ma’lumotlari. 6. M.Porter Clusters and the New Economics of Competition. Harvard Business Review. Available at: http://hbr.org/product/clusters-and-the-new-economics-of-competition/an/98609-PDF- ENG

А.А. Настин Сельскохозяйственный кластер Дании. // «Экономика

сельскохозяйственных и перерабатывающих предприятий», 2011, №4. -С. 45. 8. А.В. Глотко Инновационно-кластерная развития АПК. Материалы межрегион. Научно-практ. конф. с междунар. участием "Проблемы и перспективы государственно- правового, экономического и социального развития субъектов Российской Федерации" 3-4

октября 2008 г., Горно-Алтайский, РИО ГАГ. -С.104. 9. Р.Р. Тохчуков Предпринимательский агропромышленный кластер: теоретические

основы создания и функционирования в системе АПК. // Современные научные

исследования: электронный научный журнал, 19 апреля 2012 г., рубрика: "Экономика". http://www.sni-vak.ru/ info@sni-vak.ru

Uzaqov, J. N., & Jumanazarov, K. S. (2024, August). Mintaqada ziyorat turizm

salohiyatini oshirish mexanizmining nazariy-uslubiy asoslari. In conference on the role and

importance of science in the modern world (Vol. 1, No. 7, pp. 23-33). 11.Узоқов, Ж. Н. (2024, May). Зиёрат туризмнинг ривожланиш босқичлари ҳамда

тармоқ сифатида шаклланиш тарихи. In conference on the role and importance of science in the

modern world (Vol. 1, No. 4, pp. 98-102). 12.Xаmrоyevnа, B. S., & Аlisher о'g'li, А. B. (2024). Kоmmunаl xо'jаligining institutsiоnаl

jihаtlаrini tаkоmillаshtirishdа yаshil iqtisоdiyоtning о'rni. World of science, 7(12), 88-91. 13.Kh, A. N. (2025). Optimizing prophylactic strategies for post-lasik dry eye syndrome: a

comprehensive review. oriental journal of medicine and natural sciences, 2(3), 4-8. 14.Erkaeva, G. P., & Shukurov, U. S. (2022). Experience of foreign countries in increasing

the investment attractiveness of the regions. Gospodarka i Innowacje., 24, 234-238. 15.Shukurov, U. S. Peculiarities of industrial location in cities and districts of Kashkadarya

region. Gwalior management academy, 73. 16.Музаффарова, К. З. (2022, December). Қашқадарё вилоят иқтисодиётига хорижий

инвестициялар жалб этиш омиллари. In international conferences (Vol. 1, No. 18, pp. 131-134). 17.Zoyirovna, M. K. (2022). Importance of enterprises with foreign investment in the

development of the regional economy. Gospodarka i Innowacje., 29, 219-225. 18.Muzaffarova, K. Z. (2023). TASKS OF ATTRACTING FOREIGN INVESTMENTS TO

THE REGIONS. Gospodarka i Innowacje., 41, 404-408. 19.Музаффарова, К. З. (2023). Приоритеты привлечения иностранных инвестиций в

региональную промышленность в условиях развития цифровой экономики. 20.Muzaffarova, K. Z., & Abdukarimov, X. R. (2023). Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda

tijorat banklarining faolligini oshirish asoslari. Gospodarka i Innowacje., 473-478

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)