RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
214
O‘QUVCHILARDA OILAGA NISBATAN QADRIYATLI MUNOSABATLARNI
SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHARTLARI
BERDIYEVA GULOBOD SHONAZAROVNA
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
OMONOVA BONU BUXOR QIZI
Аxborot texnologiyalari va menejment universiteti,
magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining oilaga nisbatan qadriyatli
munosabatlarini shakllantirish imkonini beruvchi pedagogik shart sharoitlar tahlil qilinadi.
Shuningdek boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining psixologik va ijtimoiy rivojlanish xususiyatlari,
ularning hissiy holati, kommunikativ ko‘nikmalari va atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlari
o‘rganiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining oiladan ijtimoiy muhitga moslashuvi, do‘stlik va
jamoaviy faoliyatga jalb etilish jarayoni yoritiladi. Tadqiqot natijalari ushbu bolalar bilan ishlashda
samarali metodlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so’zlar
: ta’lim, qadriyat, oila, maktab, muloqot, metod, munosabat, ma’naviyat.
PEDAGOGICAL CONDITIONS FOR THE FORMATION OF VALUABLE ATTITUDES
TOWARDS THE FAMILY IN STUDENTS.
Berdiyeva Gulobod Shonazarovna
University of Information Technology and management
Doctor of Philosophy (PhD)in Pedagogical Sciences
Omonova Bonu Buxor qizi
University of Information Technology and management,
Undergraduates
Abstract:
This article analyzes the pedagogical conditions that allow the formation of valuable
attitudes of Primary School students towards the family. Also studied are the features of
psychological and social development of primary students, their emotional state, communicative
skills and their interaction with those around them. The process of adaptation of Primary School
students from the family to the social environment, involvement in friendship and teamwork is
highlighted. The results of the study are important in the development of effective methods in
working with these children.
Key words:
. education, value, Family, School, communication, method, attitude,
spirituality.
ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ УСЛОВИЯ ФОРМИРОВАНИЯ У УЧАЩИХСЯ ЦЕННОСТНЫХ
ОТНОШЕНИЙ К СЕМЬЕ.
Berdiyeva Gulobod Shonazarovna
Университет информaтсионных технологий и менежмента
,
доктор философии (PhD) по педагогическим наукам
Omonova Bonu Buxor qizi
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
215
Университет информационных технологий и менеджмента,
Магистрант
Аннотация:
В данной статье будут проанализированы педагогические предпосылки,
позволяющие формировать ценностное отношение младших школьников к семье. Также
изучаются особенности психолого-социального развития младших школьников, их
эмоциональное состояние, коммуникативные навыки, взаимодействие с окружающими.
Освещается процесс адаптации младших школьников из семьи в социальную среду,
вовлеченность в дружбу и коллективную деятельность. Результаты исследований становятся
важными для разработки эффективных методов работы с этими детьми.
Ключевые слова:
образование, ценность, семья, школа, общение, метод, отношение,
духовность.
KIRISH.
Shaxsning shakllanishi va tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadigan eng muhim ijtimoiy institut bu
oiladir. Oila - avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tadigan madaniy asarlar, urf-odatlar, qadriyatlarning
uzviyligini saqlaydigan ijtimoiy-madaniy amaliyotning asosiy tashuvchisidir.
Zamonaviy ilmiy tadqiqot ishlarida ota-onalarning pedagogik madaniyati va ota-onaning ijobiy
imidjini shakllantirish muammolari yoritilgan Tadqiqotlarning ko‘pchiligi turli yoshdagi
o‘quvchilarni axloqiy tarbiyasiga bag‘ishlangan, bu shubhasiz oilaga nisbatan qadriyatli
munosabatlarni shakllantirishga yordam beradi.
ASOSIY QISM.
Oilaga nisbatan qadriyatli munosabatlarni shakllantirish muvaffaqiyatli yechim topishi
mumkin, agarda oila va boshqa ijtimoiy institutlar birgalikda faoliyat olib borsa, xususan, oila va
mahalla maktab hamkolikda faoliyat yuritsa. Shu bilan birga ta’lim muassasalari har doimgidek,
tarbiya jarayonida, bola va ota-onalarning ijtimoiy sharoitda real harakatlarini ta’minlovchi ijtimoiy
institut hisoblanadi.
Insonni tarbiyalash madaniyati ikkita samarali institutni kashf etgan – maktab va oila. Oila
irsiyat darajasida o‘tmaydigan harakatlarni shakllantiradi, shu bilan birga oila qator muhim
vaziyatlarda maktab oldida ustunlikka ega: avlodlar almashinuvining mavjudligi, oilaning alohida
vakili noyobligini saqlagan holda yagonalik hamda yaxlitlikva shu kabilar [1]. Oila bu shunday
maskanki, unda muhimligi jihatidan ta’lim muassasasidan qolishmaydigan keyingi avlodga
jamiyatda harakatlanishning o‘ziga xos meyorlari shakllantiriladi.
Keyingi yillarda tadqiqotchilar tomonidan shu narsa aniqlanganki, oila tarbiyasi vazifalarini
muvaffaqiyatli yechimini topish, turmushda uchraydigan hayotiy qadriyatlar ma’nolarini
o‘zlashtirish faqatgina oila va boshqa jamoatchilik institutlari bilan birgalikda bo‘lishi mumkin.
Bunda maktab doimiy tarzda tarbiya jarayonini hamda bola, ota-ona va ijtimoiy muhit kabi
subyektlarni o‘zaro harakatlarini ta’minlovchi muhim maskanlardan biri bo‘lib qolaveradi. Shaxs
kamollti uchun muhim hisoblangan aksiologik yondashuvni ta’minlovchi qadriyatli tushuncha
sifatida shaxsning qayg‘urishi, mas’uliyatliligi, mehnatsevarligi, mustaqilligi kabilar qaraladi.
Ularni bajarilishi jamiyatdagi betartibliklarni oldini oladi. Inson mavjudligining hayotiy izini
nafaqat biologik yo‘lini kuzatish orqali, balki uning muomolasi, ta’limi, to‘plangan tajribani
o‘tkazishi, ya’ni kattadan kichikka taqdim etish yo‘li orqali ham kuzatish mumkin.
Shunday qilib, inson oilada va oila yordamida inson bo‘lib shakllanadi. Oila va inson uzviy
bog‘liqlikda bo‘lib, uning oiladan ayri holda mavjudligi shartlidir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.
Pedagogik tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda oilaga nisbatan qadriyatli
munosabatlarni shakllantirish mexanizmlarini aniqlashda ancha ijobiy tajriba to‘plangan. M.
Scheler va V. Frankning tadqiqot ishlarida - oilaga bo‘lgan qadriyatli munosabat – muhabbat ila
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
216
oilaga qayg‘urishdir deb ko‘rsatilgan. L.P. Razbegayeva ijtimoiy hayotning eng muhim tomonlariga
qadriyatli munosabatini shakllantirishda uchta mantiqiy ketma-ketlikdagi bosiqchlarni ajratib
ko‘rsatadi: axborot-izlanuvchan, baholovchi, psixologik jarayonlarga asoslanib bashorat qilish [1].
V.V. Nikolina, ma’naviy qadriyatlarning shakllanish bosqichlarini tavsiflab, maktab
tarbiyalanuvchilari orasida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni tarbiyalashda beshta
muvofiqlashtiruvchi bosqichni (idrok - ma’no - baholash - qadriyatlarni tanlash - o‘zlashtirish)
belgilaydi [2]. S.P. Akutina oilaviy hayotga qadriyatlarga asoslangan munosabatni
shakllantirishdagi o‘zaro bog‘liq uchta bosqichni aniqlaydi: yo‘naltirish, semantik baholash va
ahamiyatli-faoliyatli bosqich [3].
Ilmiy-pedagogik adabiyotlarni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchilar bilan olib boriladigan
ta’limiy o‘yin faoliyatida oilada qadriyatli munosabatlarni shakllantirishning konseptual asoslari
pedagogik shart-sharoitlar majmuasini hisobga olganda muvaffaqiyatli amalga oshadi.
NATIJALAR VA MUHOKAMA.
O‘quvchilarda oilada qadriyatli munosabatlarni samarali shakllantirishning pedagoglar va
ota-onalar oldida turgan qator tashkiliy-boshqaruv vazifalarni hal etish bilan bog‘liq tashkiliy
sharoitlarini ko‘rish mumkin.
qonuniy vakillar ishtirokida maktabda, sinfda tarbiyaga yo‘nalgan barcha tadbirlarni tashkil
etish;
pedagogik jixatdan ota-onalar bilan birga ishlash tizimini tashkil etish;
oila bilan o‘zaro munosabatlar muammosi bo‘yicha ta’lim jarayoni ishtirokchilari (pedagoglar)
bilan uzluksiz metodik ishlashni takshil etish;
ta’lim tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini rag‘batlantiruvchi tizimni
ishlab chiqish va ta’minlash;
ota-onalar qo‘mitasi ishini tashkil etish;
maktab jamoasi kundalik faoliyati masalalarini hal etishda uning nufuzi va rolini ko‘tarish.
Mazkur jarayonni to‘ldirgan va aksiologik boyitgan holda biz o‘quvchilarda oilani qadrlash
tuyg‘usini shakllantirishning samaradorligini ta’minlovchi quyidagi pedagogik shart-sharoitlarni
ajratib ko‘rsatamiz.
- tarbiyalanuvchilarning yoshga doir xususiyatlarini hisobga olish;
- maktabning ijtimoiy-madaniy ta’lim muhitida maqbul oilaviy maydon yaratish;
- pedagoglar familistik kompetentlikni shakllantirish;
- o‘quvchilarida ta’limiy o‘yin faoliyatida oilani qadrlash tuyg‘usini shakllantirish bo‘yicha
ularning ma’no izlash faoliyatida oilani psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash.
Ta’lim muassasasining ijtimoiy-madaniy ta’lim muhitida oilaviy maydonni yaratish
o‘quvchilarda oilaga nisbatan qadriyatli munosabatlarni shakllantirishning asosiy pedagogik
shartlaridan biri hisoblanadi.
Oilalar kundalik hayotini o‘rganish guruh jamoasining qadriyatli ma’naviy faoliyati va
muammoli muloqotiga ota-onalarni ham jalb qilish imkonini berdi. Bu jarayonni biz ota-onalarni
dars mashg‘ulotlari va undan tashqari faoliyat bilan o‘zaro hamohanglikda oilaviy tarbiya bo‘yicha
tarbiyaviy ishni bilishga doir faollik shakllari orqali, ijtimoiy ahamiyatga ega qadriyat sifatida
mehnat faoliyati orqali birgalikda rejalashtirish kabi o‘zaro munosabat shakllariga qo‘shish yo‘li
bilan tashkil etish o‘rinli deb hisobladik.
Shuningdek, birgalikda maroqli vaqt o‘tkazish shakllari; oila mavzusiga daxldor bahs-
munozalarga kirishish; ijodiy ishlar, oilaviy albomlari ko‘rgazmasi, oilaviy gazetalar tanlovlari, oila
bilan birgalikda ijtimoiy mehr-shafqat aksiyalari tashkil etish, oilaviy shajara daraxtini tuzib chiqish.
Aynan shunday yaqin ijtimoiy muhitda o‘quvchilar o‘zi egallagan ijtimoiy bilimlarning ilk amaliy
tasdig‘ini oladi, ularni qadrlashni boshlaydi. Unda ular tomonidan qabul qilingan qadriyatlarga
muvofiq yashash istagi, niyati paydo bo‘ladi.
XULOSA.
Sinf rahbari bo‘lgan pedagog bilan ota-onalarning birgalikdagi faoliyatida, ikkala tomon
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
217
ham bolaning tarbiyalanganlikka ega bo‘lishidan, unda yaxshi sifatlarni va xususiyatlarni
shakllanishidan, rivojlanishidan, ochilishidan manfaatdor. Bunday o‘zaro harakatning asosida
o‘zaro ishonch va hurmat, qo‘llab quvvatlash va yordam ko‘rsatish, bir-biriga nisbatan toqatlilik
prinsiplari yotadi. Bu esa sinf rahbariga va ota-onalarga o‘quvchilarda qadriyatli munosabatlarni
tarbiyalash uchun shart-sharoit yaratish hamda birgalikda harakatlanishga imkon beradi.
ADABIYOTLAR RO’YXATI.
1. Разбегаева Л.П. Теория и практика гуманитарного образования: ценностно-
коммуникативный подход: Автореф.дис…д-ра пед.наук:13.00.01/ Л.П. Разбегаева.–
Волгоград: ВГПУ, 2001. – 48 с.
2. Николина, В.В. Дети, молодежь и духовность: ценности и цели/В.В. Николина //
Воспитание ценности и цели: науч.-метод. сб.- Н.Новгород.: НГПУ, 2004. - С. 6-15.
3. Акутина, С. П. Теоретико-методологические основы воспитания семейных духовно-
нравственных ценностей школьников: Монография/ С.П. Акутина; АГПИ им. А.П. Гайдара.-
Саров: ИП А.Е.Кораблев. - 2008. - 130 с.
4.
Бердиева
,
Г.
(2025).
АКСИОЛОГИЧЕСКИЙ
ПОДХОД-КАК
ФАКТОР
ФОРМИРОВАНИЯ
У
УЧАЩИХСЯ
КУЛЬТУРЫ
ЦЕННОСТНОГО
ОБЩЕНИЯ.
Предпринимательства и педагогика
,
4
(2), 154–161. извлечено от
https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/81201
5. Рузимродов, О. ., & Бердиева , Г. (2021). Междисциплинарная связь в повышении
эффективности практической компетентности студентов.
Общество и инновации
,
2
(4/S),
659–665.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss4/S-pp659-665
6.
Berdiyeva Gulabad Shonazarovna. (2024). USE OF VIEWS IN THE HISTORY OF
NATIONAL EDUCATION IN THE DEVELOPMENT OF STUDENTS’ CREATIVE
THINKING.
Galaxy International Interdisciplinary Research Journal
,
12
(3), 164–167. Retrieved
from
https://giirj.com/index.php/giirj/article/view/6555
7.
Бердиева, Г. Ш. Гуманизация процесса профессионально-педагогической подготовки
будущих учителей / Г. Ш. Бердиева, Н. И. Джумаева. — Текст : непосредственный //
Образование и воспитание. — 2015. — № 3 (3). — С. 1-2. — URL:
https://moluch.ru/th/4/archive/9/143/ (дата обращения: 02.06.2025).
8.
Berdieva Gulobod Shonazarovna. (2023). Formation of an Analytical Attitude to
Information Among Students.
Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching
,
17
, 71–73.
Retrieved from
https://geniusjournals.org/index.php/ejlat/article/view/3408
9.
Xayitovich, A. M. (2025). BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA SHAXSIY
SIFATLARNI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY–PEDAGOGIK JIHATLARI.
JOURNAL OF
INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH
,
2
(5), 77-82.
10.
Khashimova, M. K., Maxsudov, V. G., Gaffarov, F. H., Allamuradov, A. A., Melieva,
Y., & Ismoilova, Y. T. (2021). Harmonization Of Gender Relations And Moral
Development.
Turkish Journal of Computer and Mathematics Education
,
12
(4), 77-82.
1.
