RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
277
AQLI ZAIF O’QUVCHILARNING SHAXSLARARO MUNOSABATI
XUJAYAROVA NAFISA SULTONMURODOVNA
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
QAHRAMONOVA ZEBUNISO RAUFJON QIZI
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti,
Defektologiya yo’nalishi 2-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada aqli zaif o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlari va
shaxslararo munosabatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda aqli zaif bolalarning psixologik va ijtimoiy
rivojlanish xususiyatlari, ularning hissiy holati, kommunikativ ko‘nikmalari va atrofdagilar bilan
o‘zaro munosabatlari o‘rganiladi. Shuningdek, ularning ijtimoiy muhitga moslashuvi, do‘stlik va
jamoaviy faoliyatga jalb etilish jarayoni yoritiladi. Tadqiqot natijalari ushbu bolalar bilan ishlashda
samarali metodlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so’zlar
: aqli zaif, shaxs, individ, o’quvchi, tadqiqot, jamoa, metod.
INTERPERSONAL ATTITUDES OF MENTALLY CHALLENGED STUDENTS
Khuhayarova Nafisa Sultanmurodovnaб
University of Information Technology and management
Doctor of Philosophy (PhD)in Pedagogical Sciences
Kahramonova Zebuniso
2nd-year student of the University of
Information Technologies and Management,
Specializing in Defectology
Abstract:
This article analyzes the personal characteristics and interpersonal relationships
of students with intellectual disabilities. The study examines the psychological and social
development characteristics of children with intellectual disabilities, their emotional state,
communication skills, and interactions with others. Additionally, the process of their adaptation to
the social environment, involvement in friendships, and participation in group activities is
highlighted. The research findings are significant for developing effective methods for working with
these children.
Key words:
intellectual disability, personality, individual, student, research, community,
method.
МЕЖЛИЧНОСТНЫЕ ОТНОШЕНИЯ УМСТВЕННО ОТСТАЛЫХ УЧАЩИХСЯ
Хужаярова Нафиса Султанмуродовна,
Университет информaтсионных технологий и менежмента
,
доктор философии (PhD) по педагогическим наукам
Кахрамонова Зебунисо Рауфжоновна
,
Студентка 2-го курса Университета информационных технологий и менеджмента,
специальность «Дефектология»
Аннотация:
В данной статье анализируются личностные особенности и
межличностные отношения учащихся с интеллектуальными нарушениями. В исследовании
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
278
рассматриваются психологические и социальные особенности развития детей с умственной
отсталостью, их эмоциональное состояние, коммуникативные навыки и взаимодействие с
окружающими. Кроме того, освещается процесс их адаптации к социальной среде,
вовлечение в дружеские отношения и коллективную деятельность. Результаты исследования
важны для разработки эффективных методов работы с такими детьми.
Ключевые слова:
умственная отсталость, личность, индивид, ученик, исследование,
сообщество, метод.
“Aqli zaif o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini chuqur
o‘rganmasdan, ularni samarali ijtimoiylashtirishning iloji yo‘q”.
V.I. Lubovskiy
KIRISH.
Zamonaviy ta’lim tizimi har bir o‘quvchining individual imkoniyatlarini hisobga olgan
holda, ularni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan. Maxsus ta’lim muassasalarida tahsil
olayotgan aqli zaif o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlari va shaxslararo munosabatlarini o‘rganish,
ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish jarayonida muhim o‘rin tutadi. Aqli zaif bolalar odatiy
rivojlanayotgan tengdoshlariga nisbatan sezilarli psixologik-pedagogik farqlarga ega bo‘lib, bu
farqlar ularning atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlarida, shuningdek, shaxsiy rivojlanishida aks
etadi.
ASOSIY QISM.
Shaxs – bu ongga ega bo’lgan, ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyada yashaydigan,
ma’lum bir faoliyat bilan shug’ullanadigan individdir.
Shaxs haqida ta’rif berilganda, rus psixologi S.Y.Rubinshteynning fikrlariga to’xtalmoq
kerak. Olimning ta’kidlashicha, odam o’zidagi takrorlanmas xususiyatlarga ko’ra individualdir.
Odam o’z atrofidagilarga, borliqqa bo’lgan ongli munosabati, uning biror-bir faoliyat bilan
shug’ullanishi esa uning shaxs ekanligidan dalolat beradi. Shaxs odamning atrofga bo’lgan
munosabatlarini va o’z-o’ziga bo’lgan munosabatini belgilaydi. Odamning atrof-muhitga bo’lgan
munosabatlari uning dunyoqarashida, ishonchlarida va boshqalarga bo’lgan munosabatlarida eng
muhimi, uning faoliyatida ifodalanadi.
Shaxs tarkib topishi uzoq muddatli, murakkab va tarixiy jarayon hisoblanadi. Shaxs
xususiyatlari ruhiy jarayonlarining kechishiga ta’sir qiladi. Shaxsning yo’nalganligi, qiziqishlari va
boshqalar barcha ruhiy jarayonlariga tanlanganlik tabiatini kasb etadi. Shaxs xususiyatlari atrof-
muhitni aks ettirishda ham ahamiyatga ega. Masalan, ayrim odamlar atrof muhitni oson va tez idrok
etsalar, boshqalar esa atrof-muhitni eshituv, harakat va boshqa analizatorlar yordamida idrok
etadilar.
Oligofrenopedagogikaning asoschilaridan biri E.Segen ta’kidlab o’tgan aqli zaif
bolalardagi “xohishning yo’qligi” shaxs shakllanishida qator qiyinchiliklar keltirib chiqaradi.
L.V.Zankov ham aqli zaif bolalar shaxsidagi qator kamchiliklar haqida batafsil ma’lumotlar beradi.
Aqli zaif bolalar shaxsidagi disgarmoniya, nomutanosiblik ular shaxsining rivojlanishidagi yetakchi
kamchiliklardandir.
N.L.Kolominskiy tomonidan aqli zaif bolalar shaxsiy sifatlarining shakllanishi yordamchi
maktablarda qanday kechishini qator tajriba ishlari bilan tekshiradi. Bunda, aqli zaif bolalarga sinf
jamoasining ta’siri masalalari ochib beriladi.M.S. Pevzner “Aqli zaif bolalarning shaxsiy
rivojlanishida ularning emotsional-irodaviy yetishmovchiligi muhim rol o‘ynaydi” degan. U aqli
zaifliknig turli shaklarini tahlil qilgan, shuningdek, pedagogik tashxis va yondashuvlarni ishlab
chiqqan. Shaxsiy sifatlar va ijtimoiy moslashuv darajasiga alohida e’tibor bergan.
Aqli zaif bolalar shaxsi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning rivojlanishida
qiyinchiliklar kuzatiladi. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bunday bolalar shaxsiy sifatlarining
shakllanishi murakkab kechib, ular ko‘pincha ijtimoiy moslashishda muammolarga duch kelishadi.
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
279
Shu sababli, maxsus pedagogik yondashuv va ta’lim muassasalari yordamida ularning shaxsiy
rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.
Aqli zaif o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishi va shaxslararo munosabatlarining o‘ziga xos
xususiyatlari maxsus pedagogika va psixologiya fanlarining tadqiqot obyekti hisoblanadi. Turli
ilmiy manbalarda aqli zaif bolalarning shaxsiy xususiyatlari, ijtimoiy moslashuvi, emotsional holati
va muloqot qobiliyatlari chuqur o‘rganilgan. Aqli zaif bolalarning shaxsiy rivojlanishi. Ilmiy
adabiyotlarda aqli zaif bolalar (oligofrenlar) shaxsi va ularning emotsional-tarbiya jarayoni haqida
keng yoritilgan (V.V. Lebedinskiy, M.S. Pevzner, S. Ya. Rubinshteyn). Tadqiqotchilarning fikriga
ko‘ra, bu bolalarda hissiy sohaning rivojlanishidagi buzilishlar kuzatiladi, bu esa ijtimoiy
moslashuvga ta’sir qiladi. Shaxslararo munosabatlar va muloqot xususiyatlari. J. Piaget va L.S.
Vygotskiy ta’limotlariga ko‘ra, aqli zaif o‘quvchilarning ijtimoiy moslashuvi sezilarli darajada
atrof-muhit va pedagogik yondashuvlarga bog‘liq. T. V. Egorova tadqiqotlarida aqli zaif
o‘quvchilarning ijtimoiy adaptatsiyasi, tengdoshlari bilan o‘zaro munosabatlari va pedagogik ta’sir
mexanizmlari tahlil qilingan.
Aqli zaif o‘quvchilarning emotsional-intellektual rivojlanishida ko‘plab tadqiqotlarda aqli
zaif bolalarning emotsional-intellektual rivojlanishi ularning ijtimoiy muhitga moslashish
qobiliyatiga ta’sir etishi ta’kidlangan (A. R. Luriya, D.B. Elkonin, L.S. Vygotskiy). Bunday
bolalarda affektiv sohaning buzilishi muloqot qobiliyatlarining sust rivojlanishiga olib kelishi
mumkin.
Korrektsion pedagogika va psixologiyaning yondashuvlarida maxsus ta’lim va korrektsion
pedagogika usullaridan foydalanish aqli zaif o‘quvchilarning ijtimoiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatishi aniqlangan.
Xususan, kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan logopedik
mashg‘ulotlar, o‘yin terapiyasi, psixologik treninglar natijador usullar sifatida qayd etilgan (N. N.
Malofeev, E. A. Strebeleva). Aqli zaif o‘quvchilarning shaxsi va shaxslararo munosabat
xususiyatlarini o‘rganish uchun empirik, eksperimental va statistik tahlil kabi ilmiy usullar ya’ni
metodlar qo‘llaniladi.
NATIJALAR VA MUHOKAMA.
Har bir shaxs ijtimoiy mavjudod bo’lganligi sababli atrofdagi boshqa odamlar bilan o’zaro
munosabatga kirishmay turib mutlaqo yashay olmaydi. Inson shaxsining guruh va jamoadagi
munosabatlarini ijtimoiy psixologiya fani o’rganadi. Ijtimoiy psixologiya ta’limotiga ko’ra, 2 xil
guruh farqlanadi. Ulardan birinchisi shartli guruh, ikkinchisi esa haqiqiy real guruhdir. Odamlarning
ma’lum belgilariga, ya’ni yoshiga, jinsiga, millatiga, kasbiga qarab shartli guruhlar tashkil qilish
mumkin. Ma’lumki, jamiyatda ishlab, odamlar bilan haqiqiy munosabatga kirishish yo’li bilan hosil
bo’lgan guruhni real deb ataymiz. Masalan, talabalar guruhi, ishchilar guruhi, oila va shu kabilar
real guruhlarga misol bo’la oladi. Shaxsning shartli va real guruhidan tashqari referent guruhi ham
bo’ladi. Referent guruhdagi odamlar shaxsga har tomonlama yoqadi, shu sababli shaxs ularni
hurmat qiladi va aytgan gaplariga quloq solidi. Masalan, o’smir na ota-onasi, na sinf rahbarining
gaplariga mutlaqo kirmasligi mumkin.
Chunki o’smirning ko’chada o’z referent guruhi bo’ladi. Shuning uchun tarbiyachi, sinf
rahbari va ota-onalar bolalarning ishonchlarini qozonib, ular uchun referent guruh bo’lishga harakat
qilishlari zarur. Aqli zaif bolalar ham sog’lom bolalarsingari mehnat va o’qish faoliyatlarida
muomalaga kirishadilar. Sinfda o’quvchilar faoliyat birligi, qarashlarning o’xshashligi,
qiziqishlarining bir-birlariga mos kelishlari bilan muomalaga kirishadilar. Aqli zaif bolalar orasida
shunday bolalar ham borki, ularning umuman o’rtoqlari yo’q, sinfdoshlari bilan hech qanday aloqasi
bo’lmagan hollar ham uchraydi.
Maxsus maktabning har bir o’qituvchi va tarbiyachisi shaxslararo munosabatlarning
psixologik xususiyatlarini yaxshi bilishlari kerak.
XULOSA.
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
280
Shaxslararo munosabatlar mazmunini o’rganish asosida har bir aqli zaif bolani to’liq
o’rganish mumkin. Bu bilimlar ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshi yo’lga qo’yishda yordam beradi.
Ushbu muammoga bag’ishlangan ilmiy-tadqiqot ishi G.Berdiyev tomonidan amalga oshirilgan.
Muallif o’z tadqiqoti davomida sog’lom va aqli zaif bolalarning shaxsiy munosabatlari, guruhlar,
yetakchilar, rasmiy va norasmiy yetakchilar bobida juda qimmatli ma’lumotlarni qo’lga kiritgan.
Ijtimoiy psixologiya insonning guruh va jamoa ichidagi munosabatlarini o‘rganadi hamda
shartli va real guruhlarni ajratib ko‘rsatadi. Shuningdek, referent guruh inson hayotida katta
ahamiyat kasb etadi. Xususan, o‘smirlar uchun referent guruhlar ularning hayot tarziga va
qarorlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Maxsus maktablarda tahsil olayotgan aqli zaif bolalarning ham
ijtimoiy munosabatlari alohida yondashuvni talab etadi. O‘qituvchi va tarbiyachilar bu jarayonni
chuqur tushunib, har bir bolaning jamoa ichidagi o‘rnini mustahkamlashga ko‘maklashishlari lozim.
ADABIYOTLAR RO’YXATI.
1. L.R.Mo’minova, Sh.M.Amirsaidova…,“Maxsus psixologiya”, O’zbekiston faylasuflari milliy
jamiyati nashriyoti Toshkent 2013.
2. D.A.Nurkeldiyeva, M.U.Hamidova “Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar diagnostikasi”
Toshkent 2016
3. Jalolov J.J. “Pedagogik psixologiya asoslari”. Toshkent, 2010.
4.Sultanmurodovna, K. N. (2025). Preparing Educators for an Inclusive Education
Environment.
Spanish Journal of Innovation and Integrity
,
38
, 168-171
5. Zokirov M. “Maxsus pedagogika”. Toshkent, 2015.
6. M.S. Pevzner – "Defektologiya asoslari" (1970)
7. V.I. Lubovskiy – "Psikhologiya umstvenno otstalyx detey" (1990).
8.Sultanmurodovna, K. N., & Zebuniso, Q. (2025). Pedagogical Theories on the Education of
Children with Disabilities.
Spanish Journal of Innovation and Integrity
,
39
, 147-149.
9. Xayitovich, A. M. (2025). BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA SHAXSIY
SIFATLARNI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY–PEDAGOGIK JIHATLARI.
JOURNAL OF
INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH
,
2
(5), 77-82.
10.
Yuldashev Sodiq Norchayevich, & Shaxmurodova Diljahon Almardanovna. (2025).
SCIENTIFIC-THEORETICAL-METHODOLOGICAL BASES OF THE USE OF MODERN
PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN EDUCATION.
American Journal of Pedagogical and
Educational Research
,
34
, 92–96.
1.
