PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
179
AFRIG‘IYLAR DAVRIDA XORAZM MARKAZIY SHAHARLARINING O‘ZIGA XOS
JIHATLARI: TARIXI VA TAHLILI
Qurbanov A.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Urganch davlat universiteti tadqiqotchisi
Annotatsiya.
Shaharlarning o‘sishi mamlakat umumiy iqtisodiy taraqqiyotining muhim
tomonlaridan biri bo‘lib, yangicha asosda yuksala boshlagan Xorazm shahar tsivilizatsiyasining
atrofdagi dashtlar va uzoqdagi mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalari mustahkamlanayotganidan va
kengayib borganidan dalolat beradi. Maqoalada Afrig‘iylar davrida Xorazm markaziy
shaharlarining o‘ziga xos jihatlari ko‘rib chiqildi.
Kalit so‘zlar:
shahar, qal’a, saroy, afrig‘iylar, istehkom, manzilgoh.
СПЕЦИФИКА ЦЕНТРАЛЬНЫХ ГОРОДОВ ХОРЕЗМА В ЭПОХУ АФРИГИДОВ:
ИСТОРИЯ И АНАЛИЗ
Аннотация.
Рост городов является одним из важных аспектов общего экономического
развития страны и свидетельствует об укреплении и расширении экономических связей
городской цивилизации Хорезма с окружающими степями и дальними странами, которая
начала развиваться на новой основе. В статье рассматривается специфика центральных
городов Хорезма в эпоху Афригидов.
Ключевые слова:
город, крепость, дворец, Афригиды, фортификация, поселение.
SPECIFICS OF THE CENTRAL CITIES OF KHOREZM IN THE ERA OF THE
AFRIGHIDS: HISTORY AND ANALYSIS
Abstract.
The growth of cities is one of the important aspects of the general economic
development of the country and indicates the strengthening and expansion of economic ties
between the urban civilization of Khorezm and the surrounding steppes and distant countries,
which began to develop on a new basis. The article examines the specifics of the central cities of
Khorezm in the era of the Afrighids.
Keywords:
city, fortress, palace, Afrighids, fortification, settlement.
Mustaqil davlat boʻlgunga qadar ham Xorazm Qangʻ davlati tarkibidagi yetakchi hududlardan biri
boʻlgan. Mil. avv. III-II asrlarda Qangʻ davlati kuchayib, Sirdaryo quyi oqimidan dahlarni siqib
chiqardi. Shu davrdan Xorazm ham oʻz mustaqilligini yoʻqotdi. Dahlar esa Xuroson hududiga
koʻchib oʻtdi. Iqtisodiy jihatdan ancha taraqqiy etgan, yuksak va boy madaniyatga ega Xorazm
aksariyat aholisi koʻchmanchilar boʻlgan Qangʻ davlati tarkibida muhim iqtisodiy va madaniy
markazlardan biri sifatida oʻz yuksalishini davom ettirdi. Sugʻorma dehqonchilik an'analari
hisobiga ekin maydonlari kengaydi, irrigatsiya shaxobchalari yanada tarmoq yoydi, yangi
qoʻrgʻon, qal’a va shaharlar vujudga keldi
.
Arab tarixchisi Al-Istahriy, taxminan 930-933-yillarda Xorazmdagi shaharlarni sanab o‘tarkan:
Xorazm (Kas), Darg‘on, Xazorasp, Xiva, Xushmisan, Ardaxushmisan, Safardiz, Nuzbar,
Kardaronxos, Kardar, Barategin, Mazminiya, Jurjoniya (Gurganj) kabi o‘n uchta nomni tilga oladi.
Nihoyat, 985-yilda Xorazmga kelgan arab muallifi al-Maqdisiy voha shaharlari soni 32 ta
bo‘lganligini yozadi. Jumladan, u Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi Kas, Gardman, Oyxon,
1
Гулямов Я.Г. История орошения Хорезма. С древнейших времен до нашех дней.-Т. Изд-во АН УзССР, 1967.
С.97-98.
PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
180
Arzaxiva, Nukfag, Kardar, Mizdahqon, Jashira, Sadvar, Zardux, Barategin, Madkaminiya; chap
qirg‘og‘ida joylashgan Jurjoniya (Gurganj), Nuzvar, Zamaxshar, Ruzund, Vazarmand,
Vaskaxankas, Raxushmisan, Madamisan, Xiva, Kardaronxos, Xazorasp, Jigarband, Jaz, Darg‘on,
Jit, Kichik Jurjoniya, Ikkinchi Jit, Sadvar, Masasan, Kardar, Andarstan kabi shaharlar borligini
ko‘rsatgan. Bundan tashqari, Xorazmga boradigan yo‘llarda Sho‘raxon, Xas, Nuzkat, Darson,
Juvikan, Amir, Barabsar, Vardara kabi aholi punktlari bo‘lganligi ta’kidlanadi
Shaharlarning o‘sishi mamlakat umumiy iqtisodiy taraqqiyotining muhim tomonlaridan biri bo‘lib,
yangicha asosda yuksala boshlagan Xorazm shahar tsivilizatsiyasining atrofdagi dashtlar va
uzoqdagi mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalari mustahkamlanayotganidan va kengayib
borganidan dalolat beradi. Xorazmlik savdogarlar, xuddi qadim zamonlardagidek, Turkmaniston
va G‘arbiy Qozog‘iston o‘rnida bo‘lgan dasht ko‘chmanchilari bilan, Volgabo‘yi - Xazoriya
(keyinchalik Dashti Qipchoq) va Bulg‘oriya bilan, nihoyat, Sharqiy Yevropadagi keng slavyanlar
olami bilan savdo-sotiq aloqalarini kuchaytirdilar. X asrdayoq yuqoridagi hududlar bilan savdo-
sotiq munosabatlari kengayganligi to‘g‘risida va, umuman, xorazmliklar haqida Istahriy yozgandi:
“Xorazm - hosildor, oziq-ovqati va mevalari ko‘p shahar (madina), faqat yong‘og‘i yo‘q; bu yerda
paxta va jundan ko‘p narsalar tayyorlanadi hamda bu narsalar uzoq-uzoq joylarga eltiladi.
Aholisining ajralib turadigan xususiyati - boyligi va mardlik ko‘rsatishga intilishidir”. X asr
oxirida yozilgan "Hudud al-Olam" asarining muallifi Kat shahri to‘g‘risida quyidagilarni yozadi:
"Shaharning boyligi katta. Bu yerdan yostiq jildi, qavima kiyim-bosh, ip gazlama, kigiz, qora uy,
ruxbin (pishloqning bir turi) chiqariladi"
Yana bir O‘rta asr fors tarixchisi Zakariyo ibn Muhammad al-Kazviniyning yozishicha: “Har bir
shahar o‘rtasida yana bir kichik shahar bo‘lgan. Kichik shaharning o‘rtasi qo‘handiz deb atalgan.
Markazdagi kichik shaharlarni shahriston yoki arabcha - madinat us-sug‘ro (kichik shahar) deb
ataganlar. Uning atrofi devor bilan o‘ralgan va bir necha darvozalari bo‘lgan. Shahriston atrofida
katta shahar -madinat ul-kubro bo‘lib, u ham devor bilan o‘ralgan va bir necha darvozalari
bo‘lgan. Katta shahar atroflarida esa uzumzorlar va mevali bog‘lar, ularning tevaragida - ekinzor
dalalar bor edi”
.
Tarixiy manbalarda Xorazmning boshqa savdo shaharlari to‘g‘risida ham ko‘p ma’lumotlar
saqlanib qolgan. 922-yilda Xorazmda bo‘lgan arab diplomati Ibn Fadlan «Ardaxushmisan
bozorlari gavjum va aholisi farovon, katta shahar. Ardaxushmisan Kat va Gurganj oralig‘ida
joylashgan hamda Amudaryo bo‘yidagi shahar bo‘lib, unga suv yo‘li orqali boriladi», - deb
yozgandi. “Hudud al-Olam” asarida «Ardaxushmisan savdogarlarning to‘planish joyi», - deb
ko‘rsatilgan.
Istahriy va Maqdisiylar Ardaxushmisanni Xorazmning Kat (Kos) va Gurganjdan keyingi yirik
shahri sifatida ko‘rsatishgan. Kosdan Jurjoniyagacha masofa 3 kunlik yo‘l, Ardaxushmisangacha
esa 1 kunlik yo‘l deb ko‘rsatgandi Istahriy. Xivadan Raxushmisangacha (Ardaxushmisan) ham
masofa (30-40 km.) shuncha bo‘lganligini Maqdisiy yozib qoldirgan. Hamdulloh Qazviniy va
Xoji Xalfalarning ma’lumotlariga ko‘ra, Gurganj bilan Ardaxushmisan oralig‘idagi masofa - 14
farsah (84-112 km.) bo‘lgan. Ardaxushmisan orqali Xivani chetlab, to‘g‘ri Xazorasp bilan
Gurganjni bog‘lovchi yo‘l ham o‘tgandi. Xazorasp va Ardaxushmisan o‘rtasidagi masofa 16
farsahdan iborat deb hisoblangan. Ardaxushmisan o‘rnidagi hozirgi Voyangan yodgorligida olib
borilgan arxeologik tadqiqotlar tarixiy manbalardagi ma’lumotlarni to‘la tasdiqlab, o‘rta asrlarda
shaharning yirik savdo-hunarmandchilik markazi bo‘lganligini ko‘rsatadi
III asrga kelib qal’a-shaharlarning hayoti ham turlicha kechdi. Ba'zi shaharlarda aholi bir necha
yuz yillar muddat yashagan bo‘lsa, ba'zi birlari tabiiy jarayonlar oqibatida qisqa muddat odamlar
hayoti uchun yaroqli holda faoliyat yuritgan. Xususan, Guldursun qal’asi Qirqqiz kanali bo‘yida
2
http://xorazmiy.uz/oz/pages/view/321
3
http://xorazmiy.uz/oz/pages/view/321
4
http://xorazmiy.uz/oz/pages/view/321
5
http://xorazmiy.uz/oz/pages/view/321
PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
181
bunyod etilib, suv tanqisligi tufayli uni odamlar tark eta boshladi. Natijada, bir mahallar gullab-
yashnagan shahar o‘z ahamiyatini yo‘qotgan edi. Qizilqal’a ham o‘z taraqqiyot o‘rnini yangidan
bunyod etilgan, yuksalib borayotgan Tuproqqal’aga bo‘shatib berdi. Ayozqal'a shahri o‘rniga esa
Jildikqal’a vujudga keldi. Bu jarayon voha taraqqiyotida markaz bo‘lib shakllanayotgan
Tuproqqal’aning ahamiyatini oshirib bordi. Hatto Ayozqal’a va Tuproqqal’a o‘rtasida suv
ta'minoti masalasida jiddiy raqobat kuchayib bordi. Bu kurashda Tuproqqal’a vakillari, ya'ni,
qattiq qo‘l va shijoatli Afrig‘ boshchiligidagi afrig‘iylar xonadoni vakillari g‘olib kelgan. Shundan
so‘ng raqobatga dosh berolmagan Ayozqal’a o‘z faoliyatini to‘xtatib, Tuproqqal’a yuksalib
borgan.
I-IV asrlarda yangi istehkomlar qurilishi bilan birga, eskilari ta’mirlandi ham. Ba’zi
hollarda avvalgi qal’a devorlari butun bo‘yicha butkul yangi devor bilan o‘rab olindi
(Xazorasp, Devkesgan, Xivadagi Tuproqqal’a va boshqalar). Boshqa holatlarda otish
yo‘lagining pastki qavatiga g‘isht terildi (Kichik Qirqqizqal’a, Oqshaxonqal’a, Sulton Uvays
tog‘idagi Govurqal’a va boshqalar), natijada to‘g‘ridan otilgan o‘q kelib tegadigan joy pastki
qavatdan tepa qavatga ko‘chdi. Bunday baquvvat poydevorli istehkomlar qurilishiga o‘tish
qadimgi Xorazm harbiy istehkomlari tizimidagi ikkinchi tub burilish bo‘ldi. Istehkomlarning
umumiy tarhi qanhxa davridagi kabi qolgan bo‘lsa-da, ularning xususiyati keskin o‘zgardi:
poydevor baland ko‘tarildi, devorlar tik qurildi
.
Milodiy III asrdan azaliy mustaqil davlatchilik an'analariga ega bo‘lgan Xorazm vassallikdan
qutilish maqsadida o‘z iqtisodini tubdan yaxshilab, kuch to‘play boshladi. Qang‘ davlatining
kuchsizlanganligidan foydalangan ayrim yirik mulklar o‘z hududlaridagi zamindor dehqonlar
boshchiligida mustaqil va yarim mustaqil mulkliklar tashkil eta boshladilar. Bu mulklarni
birlashtirish zarurati paydo bo‘ldi. Bu siyosiy mustaqillik harakatiga Afrig‘ boshchiligidagi
mahalliy sulola boshchilik qildi. Afrig‘iylar barcha mulklarni o‘z itoatiga keltirib yangi sulolaga
asos soldilar. Ular Amudaryoning o‘ng sohil g‘arbiy qismi vohalari bo‘ylab o‘z hukmronliklarini
o‘rnatdilar. Markaz vazifasini sulola qarorgohi Tuproqqal’a bajardi
Tadqiqotchilar orasida Tuproqqal’a mamlakatning poytaxti bo‘lganmi yo poytaxt boshqa
shahar hisoblanganmi, degan bahslar hozirgacha davom qilmoqda. Ko‘pchilik olimlar, jumladan
S.P.Tolstovning o‘zi ham, mazkur obidani poytaxt bilan bog‘liq davlatni boshqarib turgan
podshohlar rezidentsiyasi deb hisoblaydilar. Ehtimol bu yerda istiqomat qiluvchilar asosan
zodagonlar, xizmatkorlar va qo‘riqlovchi askarlar. Shahar hududida bozor va hunarmandlar
rastalarining yo‘qligi ham mazkur fikrni quvvatlaydi. Asli Saroy binosi, unda topilgan yozma
hujjatlar Tuproqqal’a, shubhasiz qullarning og‘ir mehnati, me’morlarning zo‘r mahorati,
ijodkorlarning nafis san’ati mujassamlangan antik Xorazm sotsial tuzumi va davlatchilikni
ifodalovchi muqaddas noyob obida hisoblanadi
.
Tuproqqal’a o‘zining planirovkasi, devorlari va undagi shinaklar, u yerdagi xonalarning qurilish
va mudofaa sistemasi bilan antik davrdagi katta shaharlarga o‘xshab ketadi. Lekin u, ayniqsa
o‘zining ajoyib san’at boyligi bilan alohida
o‘rin tutadi. Shuning uchun buyuk
xorazmshohlarning ilk poytaxti hisoblangan bu ajoyib tarixiy obida Sulton Uvays tog‘larining
janubrog‘ida, qadimiy qal’alar rayonida joylashgan. Bu tilsimli qal’a xarobalari 17,5 gektar
maydonni (500x350 metrni) ishg‘ol etadi. Ko‘rinishdan to‘g‘riburchak shaklidagi Tuproqqal’a
shimoldan janubga cho‘zilgan bo‘lib, atrofi katta qolipda qo‘yilgan xom g‘ishtlardan qurilgan
qalin va baland devor bilan o‘ralgan. Devorlar bo‘ylab kvadrat shakldagi juda ko‘p burjlar qad
ko‘tarib turadi. Qal’aning shimoli-g‘arbida eni ham, bo‘yi ham 180 metr keladigan ikki qavat
qilib solingan hashamatli saroy xarobalari ko‘zga tashlanib turadi. Saroyning uchta burji bo‘lib,
bu burjlarning balandligi yer sathidan 25 metrga yetadi.
6
Ходжаниязов Ғ. Қадимги Хоразм мудофаа иншоотлари. –Т.: Ўзбекистон, 2007. – Б. 73.
7
Sagdullayev A.S. O‘zbekiston tarixi (Xorazm tarixi). T. I. - B. 155.
8
Jabborov I. Buyuk Xorazmshohlar davlati. –T.: Sharq, 1999. 88-b.
PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
182
Tuproqqal’a qarorgohi o‘z mahobatiga ko‘ra o‘sha davr shaharsozligining yirik namunasi edi.
Mazkur hududdan 1938-yildan shu kungacha topilgan arxeologik ashyolar shahar haqida bir qadar
tasavvur hosil qilish imkonini beradi.
Tuproqqal’a to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida (500x350 m) aniq reja asosida qurilgan. U ichki
kesishgan yo‘laklar va minoralar bilan tiklangan. Qattiq mustahkamlangan darvozadan janubiy
tomondagi markaziy ko‘cha zardushtiylar ehromi tomon olib borgan. Shahar 10 dahaga bo‘lingan
bo‘lib, har bir daha ko‘chalar bilan kesishgan. Qurilish ishlarida guvala va xom g‘ishtdan
foydalanganligi uning milodiy I asrdan qurila boshlanganligini isbotlaydi. Hukmdor saroyi sun'iy
poydevor ustiga qurilgan bo‘lib, bu poydevor 14 metr balandlikni va maydoni 80x80 metrni
tashkil etgan, qasrga uchta 25 metr balandlikdagi minora biriktirilgan. Arxeologlar 100 ga yaqin
turarjoy va xo‘jalik inshootlarini hamda 8 ta namoyishlar zalini ochib o‘rgandilar. Binolar ichida
va devoriy tasvirlarda Xorazmning boy madaniyatiga oid namunalar topilgan. Buni afrig‘iylar
madaniyatining yuksak namunasi sifatida baholash mumkin
Tuproqqal’a hajm jihatdan mamlakat poytaxti bo‘lish darajasida emas edi. Aslida bu qal’ani
afrig‘iylarning sulolaviy qarorgohi bo‘lganligini taxmin qilish mumkin. Qolaversa, o‘z joylashuv
o‘rniga ko‘ra u avvallari bo‘sh yotgan joyda bunyod etilgan. Demak, bu hududda oldin yirik
biron-bir aholi manzilgohi bo‘lmagan va bu yerda oldin odam yashamagan, lekin qurilish ishlari
uchun qulay tekislik bo‘lgan. Sababi, qal’a qurilishining aniq tarh ostida olib borilishi bunday
qurilish uchun bo‘sh joy talab qilar edi. Qal’a qurilishga mohir me'morlar, kohinlar, musavvirlar
va ma'murlar jalb qilingan. Afrig‘iylar o‘z qo‘rg‘onlarini zamonasining yuksak me'moriy inshooti
sifatida salobatli bo‘lishiga alohida e'tibor bilan qaraganlar. Joy tanlash borasida ham muayyan
ishlar qilingan, buning uchun poytaxtdan uzoq bo‘lmagan, asov Amudaryo daxl qilmaydigan
Chog‘ra (Sulton Uvays) tog‘i etagidagi tekislik tanlangan
. Qurilish ishlari esa Qang‘ davlatining
yuksalish paytida boshlanib, tanazzuli paytida, ya’ni Xorazmning mustaqil siyosat maydoniga
chiqish davri bilan bir vaqtda yakunlangan. Chunki Tuproqqal’a xarobalaridan topilgan yozma
yodgorliklar milodiy III asr bilan belgilanadi. Hujjatlar arxivi bir necha yillar davomida
to‘planganligini e’tiborga olsak, qal'a tarixi yanada qadimiy bo‘lishi mumkin. Qal’aning janubiy
qismida olib borilgan qazish ishlari va ochilgan saroy qoldiqlari Tuproqqal’aning I-II asrdan qad
rostlagani va III – IV asr boshlarigacha hukmron afrig‘iylar sulolasi qarorgohi maqomida
bo‘lganligini isbotlaydi. Hatto poytaxt IV asr boshida Katdagi Fir qasriga ko‘chirilgan paytda ham
Tuproqqal’aning xorazmshoh podsholarining qarorgohi sifatidagi ahamiyati kamaymagan
. III
asrga kelib yangi sulola hukmdorlari Kat kanalini qazdirib, uning bo‘yida Kat shahriga asos
soldilar. Kat afrig‘iylar poytaxtiga aylandi. Keyinchalik vujudga kelgan Tuproqqal’adan 40 km.
janubroqdagi Katda bunyod etilgan Fir qasrining ahamiyati ortib bordi. Tuproqqal’aning
ahamiyati pasayishiga Amudaryo o‘zanining o‘zgarishi va suv ta'minotining buzilishi ham sabab
bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Natijada, Tuproqqal’a afrig‘iylar sulolasi hukmdorlari qarorgohi va
so‘nggi qo‘nimgohi bo‘lgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Jabborov I. Buyuk Xorazmshohlar davlati. –T.: Sharq, 1999. 88-b.
2.
Гулямов Я.Г. История орошения Хорезма. С древнейших времен до нашех дней.-Т.
Изд-во АН УзССР, 1967. С.97-98.
3.
Ходжаниязов Ғ. Қадимги Хоразм мудофаа иншоотлари. –Т.: Ўзбекистон, 2007. – Б.
73.
4.
Sagdullayev A.S. O‘zbekiston tarixi (Xorazm tarixi). T. I. - B. 155.
5.
Толстов С.П. По следам древнехорезмийской цивилизации М-Л, Наука, 1948.
6.
Толстов С.П. Древности верхнего Хорезма.-М.: Наука,1941. ВДИ. Л. -С. 116. Рис. 54.
Толстов С.П. По древним дельтам Окса и Яксарта. М.:Наука, 1962. -С. 246.
9
Sagdullayev A.S. O‘zbekiston tarixi (Xorazm tarixi). I. T. O‘zbekiston. - B. 160.
10
Топрак-кала. Дворец. -С. 287-288.
11
Топрак-кала. Дворец. -С.17.
