01-08-2025
440-445
179
52
SUN’IY INTELLEKT VA ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VAZIFALARI
Sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari dunyoning deyarli barcha sohasiga jadal tarzda kirib kelayotgan bir paytda bu jarayon lingvistika sohasida ham tub o‘zgarishlar keltirib chiqarmoqda. An’anaviy morfologik, sintaktik, semantik, fonetik va pragmatik tadqiqotlar kundan-kunga avtomatlashtirilar ekan, lingvistlar zamonaviy raqamli vositalar bilan hamkorlik qilgan holda yangidan-yangi metodologiyalar ishlab chiqishga majbur bo‘lishmoqda. SI texnologiyalari bir tomondan o‘lchovsiz qulaylik yaratib, lingvistik ma’lumotlarni tezda qayta ishlash, katta hajmdagi korpuslarni tezkor tuzish, mashinada tarjima va transkripsiya jarayonlarini kuchli ravishda optimallashtirish, yozma va og‘zaki nutqni tez va aniq tahlil qilish imkonini berayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan ba’zi an’anaviy ishlarni (masalan, lug‘at tuzish, dastlabgi morfologik va sintaktik saralash, oddiy so‘z chastotasi tahlili va b.) deyarli “keraksiz” darajaga tushirib yuborish xavfini tug‘diradi. Bunda tilshunoslar, ayniqsa, semantik nuqtayi nazardan murakkab, pragmatik kontekstga ega, madaniy xosliklar bilan bog‘liq yoki mafkuraviy ziddiyatlar aks etadigan nutq tahlillarida hamon muhim o‘rin tutadi. Maqolada SI sharoitida lingvistlarning hali ham dolzarb bo‘lib turgan, hattoki yangidan paydo bo‘layotgan ilmiy-amaliy vazifalari chuqur yoritiladi