05-08-2025
117-118
97
19
GOMEOSTAZ MEXANIZMLARI VA ULARNING FIZIOLOGIK AHAMIYATI
Ushbu maqolada gomeostaz tushunchasi, uning fiziologik asoslari va organizmdagi barqaror ichki muhitni ta'minlovchi asosiy regulyator mexanizmlar keng yoritilgan. Gomeostaz asosan asab va endokrin tizimlar orqali amalga oshiriladi, bu tizimlar organizmda harorat, glyukoza darajasi, qon bosimi, pH, suyuqlik va elektrolit muvozanatini qat'iy nazorat ostida ushlab turadi. Teskari aloqa mexanizmi gomeostazning markaziy tamoyili sifatida ko‘rsatilgan bo‘lib, har qanday fiziologik ko‘rsatkichning og‘ishi javoban regulyator tizimlar tomonidan tuzatilib, holat me'yorga keltiriladi. Termoregulyatsiya, osmoregulyatsiya, glikemik nazorat, kislota-ishqor muvozanati va qon bosimi regulyatsiyasi gomeostaz mexanizmlarining asosiy yo‘nalishlari sifatida ko‘rib chiqilgan. Maqolada, shuningdek, bu mexanizmlarning buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan patologik holatlar ham ilmiy tahlil etilgan. Gomeostaz mexanizmlarining izchil va muvozanatli ishlashi organizmning salomatligi va hayotiy faoliyati uchun muhim asos hisoblanadi.