Авторы

  • Xudoyberganova Durdigul Otabek qizi
    TTА Urganch filiali “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.107451

Ключевые слова:

Virtual olam texnologiya manipulyatsiya vizual psixologiya axborot.

Аннотация

Maqolada zamonaviy virtual olamda manipulyatsiya jarayoni falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Jamiyatning virtuallashuvi inson tafakkuriga kuchli ta'sir qilayotgani, manipulyatsiya mexanizmlari tobora murakkablashib borayotgani, virtual olam tafakkurning alohida sohasi sifatida paydo bo‘lib, insonning axloqiy, ijtimoiy va siyosiy hayotiga qilayotgan ta’sir muhokama qilinadi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

191

ZAMONAVIY JAMIYATIDA VIRTUAL MANIPULYATSIYA MUAMMOLARI VA

OQIBATLARI

Xudoyberganova Durdigul Otabek qizi

TTА Urganch filiali “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya:

Maqolada zamonaviy virtual olamda manipulyatsiya jarayoni falsafiy jihatdan

tahlil qilinadi. Jamiyatning virtuallashuvi inson tafakkuriga kuchli ta'sir qilayotgani,

manipulyatsiya mexanizmlari tobora murakkablashib borayotgani, virtual olam tafakkurning

alohida sohasi sifatida paydo bo‘lib, insonning axloqiy, ijtimoiy va siyosiy hayotiga qilayotgan

ta’sir muhokama qilinadi.

Kalit so‘zi:

Virtual olam, texnologiya, manipulyatsiya, vizual, psixologiya, axborot.

Аннотация:

Статья посвящена философскому анализу процессов манипуляции в условиях

современного виртуального пространства. Рассматривается влияние виртуализации

общества на трансформацию человеческого мышления, акцентируется внимание на

усложнении механизмов манипуляции и формировании виртуальной реальности как

самостоятельной когнитивной сферы. Особое внимание уделяется воздействию

виртуального мира на моральные, социальные и политические аспекты человеческой

жизни.

Ключевые слова:

виртуальный мир, технологии, манипуляция, визуальное, психология,

информация.

Annotation:

This article provides a philosophical analysis of manipulation processes within the

context of the modern virtual environment. It examines the profound impact of societal

virtualization on human cognition, emphasizes the increasing complexity of manipulation

mechanisms, and explores the emergence of virtual reality as an independent cognitive domain.

Special attention is given to the influence of the virtual world on the moral, social, and political

dimensions of human life.

Keywords:

Virtual world, technology, manipulation, visual, psychology, information.

KIRISH.

So‘ngi yillarda mamlakatimizda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi va joriy

etilishi natijasida Yangi O‘zbekiston texnologik inqilobni boshdan kechirmoqda. Raqamli

transformatsiya tashabbuslaridan jonli startap ekotizimini rivojlantirishgacha davlatimiz o‘zining

rivojlanish kun tartibini ilgari surish uchun axborot kammunikatsiyasi hamda internet tarmoqlari

kuchidan samarali foydalanmoqda.

Shuningdek yuqori tezlikdagi internetga ulanish va mobil aloqa imkoniyatlarining kengayishi

raqamli tafovutni bartaraf etib, uzoq jamoalarga onlayn xizmatlar va elektron tijorat

imkoniyatlaridan foydalanish imkonini berdi. Mazkur maqolada jamiyatning virtuallashuvi

inson tafakkuriga kuchli ta'sir qilayotgani, manipulyatsiya mexanizmlari tobora murakkablashib

borayotgani, virtual olam tafakkurning alohida sohasi sifatida paydo bo‘lib, insonning axloqiy,

ijtimoiy va siyosiy hayotiga qilayotgan ta’sir muhokama qilinadi.

MUHOKAMA.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

192

Zamonaviy jamiyatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanishi inson

hayotining barcha jabhalarini qamrab olmoqda. Kompyuterlar, mobil qurilmalar hamda internet

tarmog‘i hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Internetning afzalliklari va

imkoniyatlari kengayib borar ekan, undan nafaqat ma’lumot izlash, balki haqiqatlardan qochib

virtual olamga sho‘ng‘ish uchun ham foydalanmoqdalar.

"Virtual"

atamasining semantik ildizlari qadimgi Rim falsafasiga borib taqaladi. Tsitseron,

Plutarx va boshqa lotin faylasuflari o‘z mulohazalarida "virtus" tushunchasidan substansial

(asosiy mohiyat) sifatida faol foydalanganlar. Tarixiy nuqtai nazardan, “virtual” atamasi

tabiatdagi biror jarayonning amalda mavjud, asosiy, ammo hali nomlanmagan boshlanishini

ifodalash uchun ishlatilgan.
Bugungi kunda jamiyatning turli sohalarida yuz berayotgan chuqur o‘zgarishlar jamiyat

hayotining har tomonlama raqamlashtirilishi bilan bog‘liqdir. Global tarmoq texnologiyalarining

paydo bo‘lishi va faol rivojlanishi insoniyat tarixida oldin kuzatilmagan yangi ijtimoiy-madaniy

makonni –

virtual makonni

shakllantirdi. “Virtual borliq” atamasini ilk bor o‘tgan asrning 70-

yillarida Massachusets texnologiya instituti xodimi Jeron Lener ishlatgan1 bo‘lsa-da,

“amerikalik kinematografchilar tomonidan muomalaga kiritilgan. Ular muayyan sabablarga

ko‘ra, tabiiy yo‘l bilan amalga oshirib bo‘lmaydigan xayoliy imkoniyatlarni belgili grafik

shaklda amalga oshirish mumkinligi haqidagi kinolentani shu nom bilan chiqarganlar”. Bugungi

kunda insonlar nafaqat axborot qidiradi, balki internet tarmog‘ida faoliyat yuritadi, shaxslararo

va guruhlararo aloqalarni olib boradi, u yoki bu shaklda jamiyat hayotida ishtirok etadi. Ushbu

virtual makonda manipulyatsiya vositalarining paydo bo‘lishi esa alohida qiziqish uyg‘otadi,

chunki ular har kuni nafaqat shaxsiy tanlovlarga, balki butun ijtimoiy guruhlar va jamiyatga

ta’sir ko‘rsatadi.

Virtual makon

— bu insoniy ongda shakllangan, real dunyo bilan bog‘langan, lekin o‘z qonun-

qoidalariga ega bo‘lgan kommunikativ va axborot maydonidir. Ushbu makon orqali insonning

ongiga axborot ta’siri vositasida o‘zgarish kiritish imkoniyati kengaymoqda. Inson endi

shunchaki atrof-muhitni modellashtirish emas, balki o‘z qonunlari asosida harakat qiladigan,

o‘ziga bo‘ysunadigan butun bir yangi olam — virtual olam — yaratish qobiliyatiga egadir.
Dasturchi tomonidan yaratilayotgan virtual haqiqat endi shunchaki tashqi dunyoning modeli

emas. U muayyan qonuniyatlarga asoslangan, lekin rivojlanish jarayonida o‘z “hayotini”

quruvchi, qisman o‘z-o‘zini takrorlay oluvchi bir tizimga aylanmoqda. Bu tizimga ma’lumotlar

faqat insondan emas, balki uni o‘rab turgan muhitdan — “birinchi” (tabiiy) va “ikkinchi” (inson

tomonidan yaratilgan) tabiat obyektlaridan ham kelib tushishi mumkin.
Axborot jamiyatida virtual olamning psixologik, axloqiy va ijtimoiy ta’sir kuchi ortib bormoqda.

Ayniqsa, “virtual manipulyatsiya” fenomeni — ya’ni foydalanuvchilarning ongiga ongli, lekin

yashirin yo‘llar bilan ta’sir o‘tkazish jarayoni — alohida e’tiborga loyiqdir. Amerikalik psixolog

Everet Leo Shostrom ta’kidlaganidek, manipulyatsiya bu — boshqa shaxsning xulq-atvori yoki

qaror qabul qilishiga yashirin ta’sir ko‘rsatish jarayonidir2. Virtual makonda bu jarayonlar

algoritmlar, kontent tanlash tizimlari, sun’iy intellekt, vizual-emotsional omillar orqali sezilmas

tarzda amalga oshiriladi.

1

Lanier, J. (2010). You Are Not a Gadget: A Manifesto. Alfred A. Knopf.

2

Shostrom, E. L. (1974). Man, the Manipulator: The Inner Journey from Manipulation to Actualization. Abingdon

Press.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

193

Virtual olam bu kabi manipulyatsion harakatlar uchun keng imkoniyat yaratadi.

Foydalanuvchilar o‘zlari sezmagan holda algoritmlar ularga mos keladigan, ularning ishonchi va

qiziqishlariga moslashtirilgan kontentni ko‘rsatadi.

Virtual manipulyatsiyaning asosiy vositalari quyidagilardir:

Sun’iy intellekt asosidagi algoritmlar;

Ijtimoiy tarmoqlardagi botlar va yolg‘on akkauntlar orqali avtomatlashtirilgan axborot

tarqatish;

Emotsional kontent orqali ta’sir o‘tkazish ya’ni hissiyotlarga yo‘naltirilgan vizual yoki

audiovizual materiallar;

Deepfake texnologiyalari – realistik, lekin soxta video yoki audio kontent yaratish;

Fikr yetakchilari orqali g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish.

Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda manipulyatsiyaning bir necha turlari ajratib ko‘rsatiladi:

axborotli, psixologik, ijtimoiy va siyosiy. Virtual makonda eng keng tarqalgani axborotli

manipulyatsiya hisoblanadi. Bu holatda manipulyatsiya vositalari sifatida turli axborot resurslari,

ijtimoiy tarmoqlar, internet-media vositalari, vizual va audiovizual kontentlar ishlatiladi.

Virtual makonda manipulyatsiyaning o‘ziga xosligi shundaki, u foydalanuvchining shaxsiy

axborot maydoniga chuqur kirib boradi. Axborot algoritmlari, sun’iy intellekt vositalari va katta

hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlari yordamida foydalanuvchilarning afzalliklari,

qiziqishlari, siyosiy qarashlari aniqlanadi va shunga mos tarzda ularga maxsus kontent taklif

etiladi. Bu esa manipulyatsiyaning yanada nozik va sezilmas shaklini yuzaga keltiradi.

Shuningdek,

manipulyatsiya

vositalari

nafaqat

tashqi

axborot

vositalari,

balki

foydalanuvchilarning o‘zlari orqali ham tarqaladi: ijtimoiy tarmoqlarda repostlar, layklar,

sharhlar orqali ma’lum bir axborot tezda ommalashadi va boshqa foydalanuvchilarga ta’sir

ko‘rsatadi.

Virtual makon manipulyatsiya uchun qulay muhit yaratadi. Bu, avvalo, quyidagi omillar bilan

bog‘liq:

1.

Anonimlik va shaxsiy javobgarlikning yo‘qligi.

Internetda foydalanuvchi ko‘pincha o‘z

anonim tarzda muloqot qiladi, bu esa axloqiy chegaralarning pasayishiga va manipulyatsion

xatti-harakatlar xavfining oshiga olib keladi.

2.

Axborot oqimining hajmi.

Har kuni katta hajmdagi axborot virtual makonga tushadi, bu

esa foydalanuvchilarning axborotni tanqidiy tahlil qilish qobiliyatini susaytiradi. Natijada

manipulyativ materiallar e’tibor va tanqidiy yondashuvdan chetda qolishi mumkin.

3.

Axborot algoritmlari va sun’iy intellektdan foydalanish.

Virtual platformalar

foydalanuvchilarga ular xohlaydigan yoki ularga yoqadigan kontentni taklif etadi. Bu esa odamni

ma’lum bir axborot “pufagi” ichida ushlab turadi, alternativ fikrlarni rad qilishga olib keladi va

manipulyatsiyani osonlashtiradi.

4.

Vizual va emotsional ta’sir.

Virtual kontent ko‘pincha vizual obrazlar va hissiyotlarga

urg‘u beradi, bu esa ongli tahlildan ko‘ra hissiy qabul qilishni kuchaytiradi. Shunday qilib, bu

holatda manipulyatsiya emotsiyalar orqali amalga oshadi.

5.

Ma’lumot tarqatish tezligi.

Virtual makonda axborot bir zumda millionlab

foydalanuvchilarga yetib boradi. Bu tezlik manipulyativ kontentni nazorat qilishni qiyinlashtiradi

va u keng auditoriyani tezda qamrab oladi.

Bu omillar barchasi virtual makonni manipulyatsiya uchun qulay muhitga aylantiradi. Natijada

insonlar ongiga ko‘pincha sezilmaydigan tarzda ta’sir ko‘rsatish imkoniyati yuzaga keladi.

Virtual makondagi manipulyatsiya nafaqat ijtimoiy va psixologik, balki

axloqiy muammolarni

ham keltirib chiqaradi. Manipulyatsiya mohiyatan boshqalar ustidan nazorat o‘rnatishga intilish


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 11, issue 2, May 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

194

bo‘lib, bu inson erkinligining buzilishiga olib keladi. Bu esa inson axloqi va huquqlarining

asosiy tamoyillariga zid keladi.

Manipulyatsiya qilinayotgan inson, qoida tariqasida, bu ta’sirni sezmaydi va o‘z xatti-

harakatlarini ongli tanlov deb hisoblaydi. Bu esa mas’uliyat va erkin qaror qabul qilish

imkoniyatini pasaytiradi. Axloqiy nuqtai nazardan bu holat nojo‘ya hisoblanadi, chunki

insonning o‘z qarorlarini ongli va axloqiy jihatdan asosli qabul qilish huquqi buziladi.

NATIJALAR.

Virtual muhitdagi manipulyatsiya, ayniqsa, siyosiy jarayonlar, ijtimoiy norozilik,

iste’molchilarning xatti-harakati va yosh avlodning dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatganda, yanada

xavfli bo‘ladi..

Manipulyativ axborotlar va vositalarga uchraganda insoniyat quyidagi savollarga javob berishi

kerak:

Qayerda axborot ta’lim berish vositasi sifatida to‘xtaydi va manipulyatsiyaga aylanadi?

Qanday qilib erkin fikr bildirish va axborotdan foydalanish huquqini cheklamasdan

manipulyatsiyani cheklash mumkin?

Virtual axloq me’yorlarini qanday ishlab chiqish mumkin?

Ushbu savollarga javob topish zamonaviy jamiyatning dolzarb vazifasidir.
Virtual manipulyatsiyaning asosiy maqsadi inson ongini boshqarish, ya’ni odamning qaror qabul

qilish qobiliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatishdir. Bu esa ijtimoiy fikrni shakllantirish, siyosiy

jarayonlarga aralashish, iqtisodiy manfaatlarga erishish yoki madaniy qadriyatlarni o‘zgartirishda

qo‘llaniladi. Inson ongiga bo‘lgan bunday tashqi bosimlar ijtimoiy realistik tafakkur buzilishiga,

shaxsiy mustaqillik yo‘qolishiga olib keladi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, jaddallashib, rivojlanib borayotgan zamonda yoshlarni fan-texnika

yutuqlari bilan tanishtirib borish zarur, ammo salbiy oqibatlarni ham hisobga olgan holda,

doimiy nazorat va tushuntirish ishlarining ular ongiga singdirib borilishi maqsadga muvofiqdir.

Axborotlar oqimidan foydalanish bo‘yicha yoshlarda sog‘lom immunitetni hosil qilish, ijobiy

tomonlarini o‘rgatish bilan birga, salbiy oqibatlarini ham aytib o‘tish kerak.

Virtual makon bugungi kunda inson faoliyatining ajralmas qismiga aylangan. U orqali odamlar

axborot oladi, muloqot qiladi, ishlaydi va hayotni anglaydi. Shu bilan birga, bu makon

manipulyatsiya uchun qulay muhitga aylanib borishi inson ongiga, dunyoqarashiga va xatti-

harakatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli bu hodisani chuqur tahlil qilish, uning

mexanizmlarini aniqlash va ularning oqibatlarini baholash muhimdir. Virtual manipulyatsiya

nafaqat texnologik, balki axloqiy, ijtimoiy va siyosiy muammo sifatida ham ko‘rib chiqilishi

kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Bahodir Zokir Globalllshuv ziddiyatlari. “Tafakkur”, 2000-yil

2. Иванов А.Е. Виртуальная реальность // История философии. Энциклопедия. Минск,

2002, с.183-186

3. Lanier, J. You Are Not a Gadget: A Manifesto. Alfred A. Knopf. 2010.

4. Shostrom, E. L. Man, the Manipulator: The Inner Journey from Manipulation to

Actualization. Abingdon Press. 1974.

Библиографические ссылки

Bahodir Zokir Globalllshuv ziddiyatlari. “Tafakkur”, 2000-yil

Иванов А.Е. Виртуальная реальность // История философии. Энциклопедия. Минск, 2002, с.183-186

Lanier, J. You Are Not a Gadget: A Manifesto. Alfred A. Knopf. 2010.

Shostrom, E. L. Man, the Manipulator: The Inner Journey from Manipulation to Actualization. Abingdon Press. 1974.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)