KIYIM TARAQQIYOTINING IJTIMOIY-ESTETIK ASOSLARI: TARIXIY DAVLARDA USLUB VA MODANING O‘RNI

Abstract

Ushbu maqolada kiyim-kechakning insoniyat tarixidagi o‘rni, uning uslubiy va estetik shakllanish bosqichlari, moda bilan bog‘liq ijtimoiy va madaniy jarayonlarga ta’siri tahlil qilinadi. Turli tarixiy davrlardagi kostyum shakllari orqali insonning estetik ideali, ijtimoiy mavqei va madaniy qarashlari yoritiladi.

Source type: Journals
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar
266-268
0

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Shamsiyeva Marjona Uchqun qizi. (2025). KIYIM TARAQQIYOTINING IJTIMOIY-ESTETIK ASOSLARI: TARIXIY DAVLARDA USLUB VA MODANING O‘RNI. International Journal of Scientific Researchers, 12(1), 266–268. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/ijsr/article/view/130436
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada kiyim-kechakning insoniyat tarixidagi o‘rni, uning uslubiy va estetik shakllanish bosqichlari, moda bilan bog‘liq ijtimoiy va madaniy jarayonlarga ta’siri tahlil qilinadi. Turli tarixiy davrlardagi kostyum shakllari orqali insonning estetik ideali, ijtimoiy mavqei va madaniy qarashlari yoritiladi.

background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 12, issue 1, June 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

266

KIYIM TARAQQIYOTINING IJTIMOIY-ESTETIK ASOSLARI: TARIXIY

DAVLARDA USLUB VA MODANING O‘RNI

Shamsiyeva Marjona Uchqun qizi

Qarshi DU San’atshunoslik fakulteti

2-bosqich talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada kiyim-kechakning insoniyat tarixidagi o‘rni, uning uslubiy va

estetik shakllanish bosqichlari, moda bilan bog‘liq ijtimoiy va madaniy jarayonlarga ta’siri

tahlil qilinadi. Turli tarixiy davrlardagi kostyum shakllari orqali insonning estetik ideali,

ijtimoiy mavqei va madaniy qarashlari yoritiladi.

Kalit so‘zlar:

kiyim, uslub, moda, estetik ideal, tarixiy davr, kostyum, garmoniya.

Kiyim insoniyat madaniyatining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, u nafaqat himoya vositasi,

balki jamiyatning ma’naviy-estetik dunyoqarashini ifoda etuvchi fenomen hisoblanadi. Kiyim

evolyutsiyasi — bu jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, ma’naviy qadriyatlari va

san’atga bo‘lgan munosabatining yaqqol ko‘rinishidir1.

Kiyimning ibtidoiy shakllanishi va uslub tushunchasi

Insoniyatning dastlabki bosqichlarida kiyim hayvon terisi, baliq ichaklari va o‘simlik

tolalaridan tayyorlangan. Bunda asosiy maqsad sovuqdan himoyalanish bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi

bilan kiyim estetik va ijtimoiy identifikatorga aylandi2.

Kiyimdagi

uslub

tushunchasi — bu jamiyatning moddiy va ma’naviy madaniyatini

ifodalovchi barqaror badiiy belgilar majmuasidir. Uslub muayyan davrning badiiy tili, estetik

ideali sifatida qaraladi3.

Antik davr: me’yor va garmoniya uyg‘unligi

Qadimgi Yunoniston va Rim davrida estetik

ideal sifatida inson gavdasi markazga chiqarilgan. Bu davrda me’yor (lot. norma) — go‘zallik

mezoni, garmoniya esa barcha qismlarning muvozanati sifatida talqin etilgan4. Yunon

arxitekturasi va kostyumlari “inson gavdasining aks sadosi” tarzida yaratilgan. Kostyumlar

to‘g‘ridan-to‘g‘ri inson shakli bilan uyg‘unlashgan drapirlangan matolardan iborat bo‘lgan.

O‘rta asrlar: estetik idealning o‘zgarishi

Feodalizm va cherkovning mafkuraviy ta’siri ostida o‘rta asrlarda inson tanasi

yashiriladigan estetik ideal shakllandi. Gavda go‘zalligidan zavqlanish gunoh hisoblangan, shu

sababli kostyumlar ko‘p qatlamli, og‘ir va tanani butkul yopuvchi bo‘lgan

5

. Bunday kiyimlar

qattiq korset, shnurlar va cho‘zinchoq poyabzallar orqali gavda plastikasi buzilgan tarzda

shakllantirilgan. Bu davrda disproportsiya va asimmetriya ustuvor bo‘lgan.

1

Karimov A. Moda san’ati va dizayn nazariyasi. Toshkent, 2018.

2

G‘afurova D. Kiyim madaniyati va zamonaviylik. Samarqand, 2021.

3

Platon. Davlat. Toshkent: Afrosiyob nashriyoti, 2010.

4

Aristotel. Poetika. Toshkent: Fan, 1996.

background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 12, issue 1, June 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

267

Uyg‘onish davri: gumanistik estetika

Uyg‘onish davrida inson tabiatining go‘zalligini ulug‘lovchi estetik qarashlar shakllanadi.

Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Rafael Santi kabi rassomlar inson gavdasini mukammallik

namunasi sifatida tasvirlaganlar.

Kostyumlar ochiq, nafis, atlas va mo‘yna bilan bezatilgan, estetik va estetik nafosat birligi

yuksak darajaga ko‘tarilgan.

Barokko va Rokoko uslublari: dabdabadorlikdan orzuga

XVII–XVIII asrlarda Barokko uslubi paydo bo‘lib, unda teatrga xos harakatlar,

dabdabadorlik, ijtimoiy mavqe ifodasi ustunlik qiladi. Kostyumlar keng yelka, poshnali

poyabzal, ko‘p qatlamli matolar orqali inson gavdasini katta qilib ko‘rsatishga xizmat qilgan.

Keyinchalik Rokoko uslubi noziklik va orzular dunyosiga yo‘naltirilgan. Kiyimlar engil,

shaffof, «gazsimon» matolardan tikilib, ayol gavdasining bel, ko‘krak va bo‘ksa qismlariga

urg‘u berilgan.

Zamonaviy davr: texnika va estetik erkinlik

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, xususan

Fransuz inqilobi (1789) va sanoat inqilobi oqibatida kiyim-kechakdagi estetik mezonlar tubdan

o‘zgardi. Kiyimlar asta-sekinlik bilan funksionallik, erkinlik va amaliylik tamoyillari asosida

shakllana boshlaydi5. Jamiyatdagi demokratik g‘oyalar, ayollar harakati va texnika rivoji inson

salohiyatini ifodalashda yangi vositalarni taklif qiladi.

Bu davrga qadar ayollar kiyimida mavjud bo‘lgan sun’iy shakllar — korset, krinolin,

turnyur kabi gavda shaklini majburan o‘zgartiruvchi elementlar asta-sekinlik bilan rad etiladi.

Buning o‘rniga inson tanasining tabiiy shaklini ko‘z-ko‘z qiluvchi erkin kiyimlar modaga kiradi.

Bu esa “bashanglik” tushunchasiga yangicha, individuallik va shaxsiy erkinlikni ifodalovchi

mazmun baxsh etadi.

Zamonaviy moda tobora individuallik, o‘zini ifodalash vositasiga aylanadi. Modadagi

uslubiy erkinlik, texnologik yangiliklar (sintetik matolar, ommaviy ishlab chiqarish, konfeksion

tikuvchilik) estetik qadriyatlar xilma-xilligini yuzaga keltiradi. Ayniqsa XX asrda yirik

dizaynerlar — Koko Shanél, Kristin Dior, Yevs Sen-Loran kabi modachilar yangi estetik

idealni shakllantiradi: ayol obrazida kuch, nafislik va zamonaviylik uyg‘unligi paydo bo‘ladi.

Bugungi kunga kelib moda jamiyatdagi jadal o‘zgarishlarning estetik ifodachisiga

aylangan. Unda avvalgidek yagona go‘zallik ideali emas, balki ko‘p qirrali, shaxsiy tanlovga

asoslangan gibrid estetika hukm suradi. Kiyim inson madaniy va estetik dunyoqarashining

tarixiy ifodasidir. Har bir davrning kiyimi o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy va mafkuraviy kontekstida

shakllangan bo‘lib, inson go‘zalligi haqidagi tasavvurlarning o‘zgarishini aks ettiradi. Shunday

ekan, kiyim tarixi bu — insoniyat tafakkurining estetik shaklini o‘rganishdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Karimov A. Moda san’ati va dizayn nazariyasi. Toshkent, 2018.

2.

G‘afurova D. Kiyim madaniyati va zamonaviylik. Samarqand, 2021.

5

G‘afurova, D. (2021). Kiyim madaniyati va zamonaviylik. Samarqand: Ilm ziyo, 56-bet

background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 12, issue 1, June 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

268

3.

Platon. Davlat. Toshkent: Afrosiyob nashriyoti, 2010.

4.

Aristotel. Poetika. Toshkent: Fan, 1996.

5.

G‘afurova, D. (2021). Kiyim madaniyati va zamonaviylik. Samarqand: Ilm ziyo, 56-bet

References