Advokat jinoiy-sud ishlari ishtirokchisi sifatida va uning voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritishda roli

CC BY f
97-103
25
6
Поделиться
Шерматова, Г. (2022). Advokat jinoiy-sud ishlari ishtirokchisi sifatida va uning voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritishda roli. Сотрудничество ташкентского государственного юридического университета и палаты адвокатов в совершенствовании адвокатского института, 1(1), 97–103. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/improvement-law-institute/article/view/16677
Г Шерматова, Самарка́ндский госуда́рственный университе́т

аспирант кафедры «Юриспруденция и юридическое образование» юридического факультета

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Bizga ma’lumki, sud jaroayonlarida advokatlarning o‘z o‘rni bor. Bu esa, albatta qonunlar bilan mustahkamlab qo‘yilgan. Advokathimoyachining jinoiy sud yurituvida ishtiroki O‘zbekiston Respublikasi JPKning 49-moddasi bilan tartibga solinadi. Konstitutsiyaviy talablarga ko‘ra, qamoqqa olingan yoki ayblov e’lon qilingan vaqtdan boshlab shaxs advokat (himoyachi) yordamidan foydalanish huquqiga ega. Himoyachi gumon qilinuvchilarning, ayblanuvchilarning, sudlanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini qonunda belgilangan tartibda himoya qilishni amalga oshirish hamda ularga zarur yuridik yordam ko‘rsatish vakolatiga ega bo‘lgan shaxsdir.


background image

97

G.SHERMATOVA

129

ADVOKAT JINOIY-SUD ISHLARI ISHTIROKCHISI SIFATIDA

VA UNING VOYAGA YETMAGANLARNING JINOYATLARI

HAQIDAGI ISHLARNI YURITISHDA ROLI

Bizga ma’lumki, sud jaroayonlarida advokatlarning o‘z o‘rni bor. Bu

esa, albatta qonunlar bilan mustahkamlab qo‘yilgan. Advokat-
himoyachining jinoiy sud yurituvida ishtiroki O‘zbekiston Respublikasi
JPKning 49-moddasi bilan tartibga solinadi. Konstitutsiyaviy talablarga
ko‘ra, qamoqqa olingan yoki ayblov e’lon qilingan vaqtdan boshlab shaxs
advokat (himoyachi) yordamidan foydalanish huquqiga ega. Himoyachi
gumon

qilinuvchilarning,

ayblanuvchilarning,

sudlanuvchilarning

huquqlari va qonuniy manfaatlarini qonunda belgilangan tartibda himoya
qilishni amalga oshirish hamda ularga zarur yuridik yordam ko‘rsatish
vakolatiga ega bo‘lgan shaxsdir. O‘zbekiston Respublikasi “Advokatura
to‘g‘risida”gi Qonunida (1996-yil 27-dekabr) ko‘rsatilishicha, oliy yuridik
ma’lumotli va belgilangan tartibda advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish
huquqini beruvchi litsenziya olgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi
O‘zbekiston Respublikasida advokat bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Advokatlik faoliyatining
kafolatlari va avdokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida"gi Qonunida
(1998-yil 25-dekabr) ham advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi,
faoliyatining asosiy prinsiplari, advokat qasamyodi, vakolatlari,
mustaqilligini ta’minlash, daxlsizligi, advokatlik faoliyatiga aralashishga
yo‘l qo‘yilmasligi va uning himoyalanishini ta’minlash, advokatning
ijtimoiy himoyasi choralari va boshqa qonunda berilgan barcha vakolatlar
qonun doirasida belgilab berilgan. Advokatga jismoniy va yuridik
shaxslarga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida quyidagi vakolatlar
belgilab berilgan:

-

huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar va tushuntirishlar, qonun
hujjatlari yuzasidan og‘zaki va yozma ma’lumotlar beradi;

-

huquqqa oid arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlarni tuzadi;

129

SamDu Yuridik fakulteti "Huquqshunoslik va huquq ta‘limi" kafedrasi magistranti

1

Qonunning 5-modda l-qismi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi (JPK) 49,

55-, 59-.60-, 62-moddalari

2

O‘zbekiston Respublikasi JPK 53-modda 3-qismi

3

Advokatura to‘g‘risidagi Qonunda, 10-modda 2-qism

4

"Advokat"

O‘zME.

A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

1

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 85-moddasi


background image

98

fuqarolik ishlari hamda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi
ishlar bo‘yicha sudda, boshqa davlat organlarida, jismoniy va
yuridik shaxslar oldida vakillikni amalga oshiradi;

-

jinoiy ishlar bo‘yicha surishtiruvda, dastlabki tergovda va sudda

himoyachi; jabrlanuvchi,

fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy

javobgarning vakili;

-

agar gumon qilinuvchi,

ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki

jabrlanuvchining manfaatlari bilan qonuniy vakilning manfaatlari

o‘zaro mos kelmasa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi
yoki jabrlanuvchi tarafida ishtirok etish uchun qaror yoki ajrim
bilan advokat sifatida qatnashadi.

1

Advokat jinoyat ishi bo‘yicha o‘z vazifasini amalga oshirish

munosabati bilan bilgan ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli
emas.

2

Advokatura to‘g‘risidagi Qonunda “Advokat himoyachilik yoki

vakillik vazifasini bajarayotganda o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan tafsilotlar
yuzasidan guvoh sifatida so‘roq qilinishi mumkin emas”ligi qat’iy
belgilangan.

3

“Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi

qonunida advokatning yordamchisi bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

4

So’nggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq islohotlarining muhim

tarkibiy qismi sifatida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari,
erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta'minlashning
samarali institutlaridan biri bo'lgan advokaturaning roli va ahamiyatini
kuchaytirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Sud ishini
yuritishning barcha bosqichlarida tomonlarning tortishuvi prinsipining
lozim darajada ishlashini tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil
amalga oshirildi, advokatlarning professional faoliyatini bajarish uchun
zarur qonunchilik bazasi yaratildi. Surishtiruv va tergov organlarining
ayrim xodimlari tomonidan advokatlar o‘zlarining ishonch bildiruvchilari
(himoyasi ostidagilari) oldiga hech qanday moneliksiz kirishlari mumkin.

Advokat tomonidan amalga oshiriladigan jinoiy ishlar bo‘yicha

isbotlashda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining huquqlari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Isbotlash - ishni
qonuniy, asoslangan va adolatli hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan
holatlar to‘g‘risidagi haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni to‘plash,
tekshirish va baholashdan iboratdir.

1

Isbot qilish - jinoyat ishi bo‘yicha

dalillarni olishga qaratilgan harakatlar tizimidir. U jinoyat protsessini
harakatlantiruvchi kuch bo‘lib, u protsessning bir bosqichidan ikkinchisiga
tadrijiy o‘tishini to jinoyat ishi uzil-kesil hal bo‘lgunga qadar ta’minlaydi.
Jinoyat ishlari yurituvida amalga oshirilayotgan bilish isbot qilish shaklida


background image

99

olib boriladi, u o‘zida murakkab jarayonni mujassam etib, alohida
elementlardan tashkil topgan. Ular esa o‘z navbatida jinoyat protsessining
har bir bosqichida isbot qilishning tartibi, usullari, vositalari va shartlarini
belgilab beradi. Isbotlash haqiqatni aniqlashga xizmat qiladi. Jinoyat
ishlarini sudda yuritishdagi haqiqat - tergov va sud xulosalarining xolisona
voqelikka muvofiqligini amalda tekshirilgan fikridir.

Himoyachi-advokat o‘z sa’y-harakatlarini jinoyatni sodir etishda

himoyasi

ostidagi

shaxsning aybsiz ekanligiga oid, uning shaxsini

tavsiflash, jazoni yengillatishga oid, shuningdek jinoiy javobgarlik va
jazodan ozod qilishga olib keluvchi holatlarni isbotlashga qaratadi.
Himoya funksiyasini yanada samarali amalga oshirish uchun advokat o‘z
faoliyatini muayyan quyidagi shaklda amalga oshiradi:

-

himoyasi ostidagi shaxsga konsultatsiya berish;

-

himoya yo‘nalishini ishlab chiqish;

-

tergov harakatlarida qatnashish;

-

himoyasi ostidagi shaxs huquqlari va manfaatlarini yanada

optimal rioya etilishi maqsadida surishtiruvni olib boradigan
huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda ishlash;

-

jabrlangan tomon vakili bilan aloqa o‘rnatish, ehtimoliy kelishuv

holatlari ishlab chiqish;

-

huquqni muhofaza qilish organlari mansabdor shaxslarining

noqununiy harakatlari ustidan shikoyat qilish;

-

tergovga noma'lum va haqiqatni o‘rnatishga ko‘mak beruvchi

ma’lumotlarni, dalillarni aniqlash maqsadida advokatlik
pozitsiyasini belgilab, surishtiruvini o‘tkazish;

-

dalillarni tegishlilik, ishonchlilik, yetarlilik nuqtayi nazaridan

tahlil qilish;

-

sudga qadar bosqichda va sudda ish ko‘rilishida isbotlash

jarayonida qatnashish;

-

himoya nutqini shakllantirish;

-

qonunda ko‘zda tutilgan asoslar bo‘lganda sudning hukm, ajrim,

qarorlari ustidan shikoyat qilish;

-

yuqori instansiya sudlarida himoyachining qatnashishi.

Yuqorida keltirilgan qonunlarga muvofiq, advokat o‘z xatti-

harakatini amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual
kodeksining “O‘n uchinchi bo‘lim, alohida toifadagi jinoyat ishlarini
yuritish. 60-bob. Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlarni
yuritish to’g’risidagi” qonunda ham advokatning sud jaroyanida
bo‘ladigan o’rni haqida aniq ma’lumotlar berilgan. Xususuan, ushbu


background image

100

kodeksning 552-moddasida shunday jumlalarni uchratish mumkin:
“Voyaga yetmagan shaxsga ayblov e’lon qilish vaqtida himoyachi bilan
bir qatorda voyaga yetmagan shaxsning qonuniy vakili ham ishtirok
etishga haqlidir.” Bundan ko‘rinib turibdiki, himoyachi-advokat
ayblanuvchiga bo‘ladigan hukm e’lon qilinayotgan paytda, ushbu qonun
yordami u bilan bir qatorda turadi. Agar unda dalillar yetarli bo‘lsa, ushbu
sud hukmi ustidan shikoyat qilishga ham haqli. Advokatning yakunlangan
dastlabki jinoyat ish materiallari bilan tanishish bosqichiga advokat
tomonidan berilgan iltimosnomalar ayblanuvchini himoya qilish uchun
ahamiyatga ega ma’lumotlarni yig‘ishga, himoya ostidagi shaxsga
qo‘yilgan ayblovni rad etuvchi dalillarni tekshirish, ayblanuvchi
qilmishlari tasnifini yengilroqqa o‘zgartirish, alohida epizodlarni yoki
qismlarni ayblovdan chiqarib tashlash, jinoiy ishni va jinoiy qidiruvni
bekor qilishga qaratilgan bo’lishi mumkin.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ushbu kodeksda, voyaga

yetmaganlarning jinoyatini ko‘rib chiqishda himyachi-advokatning
ishtirok etishi haqida yana bir qonun belgilab qo‘yilganligi e’tiborga
molik. Ya’ni, kodeksning 553-moddasida: “Voyaga yetmagan gumon
qilinuvchi va ayblanuvchini so‘roq qilishda voyaga yetmagan shaxs so‘roq
qilinish paytida, himoyachi ham ishtirok etadi. Shuningdek, so‘roq qilish
chog‘ida surishtiruvchining, tergovchining ruxsati bilan voyaga
yetmaganning qonuniy vakili ishtirok etishi mumkin. Himoyachi va
qonuniy vakil gumon qilinuvchiga va ayblanuvchiga savollar berishga
haqli. So‘roq oxirida himoyachi va qonuniy vakil bayonnoma bilan
tanishish va u haqda o‘z mulohazalarini bildirishga haqlidir. Voyaga
yetmagan gumon qilinuvchini, ayblanuvchini so‘roq qilishga ketgan
umumiy vaqt, kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik
tanaffusni hisobga olmaganda, olti soatdan oshmasligi kerak.”

130

Ushbu

qonunlar yordamida advokat himoyasi ostidagi shaxsni har tomonlama,
masalan, psixologik, jismoniy va boshqa bosimlardan saqlashi, unga bosim
bo‘lmasligini ta’minlashi mumkin. Advokatlar o‘zlarining himoya ostidagi
shaxslar bilan audio va videokuzatuv qurilmalari bo‘lmagan maxsus
xonalarda hamda begona shaxslarning ishtirokisiz o‘z vaqtida va hech
qanday to‘siqlarsiz uchrashishi ta’minlanadi, bunda advokat va himoya
ostidagi shaxsning suhbatini uchinchi shaxslar eshitishini istisno etgan
holda ularni vizual ko‘rib turish imkoniyati saqlanib qolinadi. Advokat o’z

130

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 553-moddaning ikkinchi qismi

O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli

Qonuni tahririda — O‘R

QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda.


background image

101

dalillari yordamida himoyasi ostidagi shaxsni himoya qilish jarayoni juda
murakab jarayon hisoblanadi. Isbotlash jarayoni murakkab ichki tuzilmaga
ega bo‘lib, u 3 darajada namoyon bo‘ladi: axborot, mantiqiy va yuridik.
Axborot darajasida isbot qilish muayyan dalillarni to‘plash tekshirish va
baholashdan iborat. Isbot qilishning bu kabi ko‘rinishida isbot qilish
sub’ekti daliliy ma’lumot manbasi bilan bevosita munosabatga kirishadi
va buning natijasida jinoyat ishi bo‘yicha dalillar majmui shakllanadi.
Mantiqiy isbotlash - bu ish bo‘yicha to‘plangan dalillar majmuiga baho
berish orqali aniqlanayotgan faktlar yuzasidan xulosalarni asoslantirish
demakdir. Mantiqiy isbotlashga misol qilib, O‘zbekiston Respublikasi
Jinoyat-protsessual kodeksi 23-moddasi 1- qismini keltirish mumkin, unga
binoan “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat
sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga
va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz
hisoblanadi”. Mantiqiy darajada isbot qilish protsessual hujjatlarda (ayblov
xulosasi, hukm), iltimosnomalar va raddiyalarda asoslantirish orqali
namoyon bo‘ladi. Isbot qilishning yuridik darajasida axborot va mantiqiy
isbot qilishning samarsiz natijalarini inobatga olgan holda isbot qilish
subyekti tomonidan prezumpsiya va preyuditsiyalar qo‘llaniladi. Xususan,
aybsizlik prezumpsiyasiga binoan isbotlanmagan ayb, Isbotlash jarayoni -
jinoyat protsessual qonun asosida haqiqatni aniqlash va jinoyat ishini
to‘g‘ri hal qilish uchun ob’yektiv voqelikning faktlarini dalillar yordamida
isbotlash, bilish va hujjatli qayd etish bo‘yicha amalga oshiriladigan
faoliyatdir. Isbotlangan aybsizlikka tenglashtiriladi. Surishtiruvchi,
tergovchi, prokuror, sudya, sud o‘z vakolatlari doirasida isbotlashni
amalga oshiradilar. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi,
himoyachi, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi, shuningdek
jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar va fuqaroviy javobgar hamda ularning
vakillari isbotlashda ishtirok etish huquqiga ega. Dalillarni to‘plash va
tekshirishda ishtirok etishga ekspertlar, mutaxassislar, xolislar va boshqa
shaxslar jalb etilib, ular qonunda belgilangan muayyan protsessual
majburiyatlarni bajaradilar. Dalillarni to‘plash va tekshirish: so‘roq qilish,
yuzlashtirish, tanib olish uchun ko‘rsatish, olib qo‘yish, tintuv, ko‘zdan
kechirish, eksperimentlar, ekspertizalar hamda O‘zbekiston Respublikasi
Jinoyat- protsessual kodeksida nazarda tutilgan boshqa tergov va sud
harakatlarini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 558-

moddasida keltirilgan quyidagi bandni ham alohida qayd qilish kerak:
“Voyaga yetmagan ayblanuvchini qamoqqa olish yoki uy qamog‘iga


background image

102

joylashtirish.” Unda, “Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan qamoqqa olish
yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida
iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi masalani ko‘rib chiqishda prokuror ish
materiallari bilan shaxsan tanishib chiqishi, iltimosnomaning asosliligini
tekshirishi, hodisaning favquloddaligiga ishonch hosil qilishi va
ayblanuvchini ushbu ehtiyot chorasini qo‘llash bilan bog‘liq holatlar
bo‘yicha so‘roq qilishi shart.”

131

Ushbu jarayonda advokat himoyasi

ostidagi shaxning uy qamog’ida bo’lishini, uning xulq-atvori tog’risida
dalilar to’playdi va prokurorga taqdim etadi.

Shuningdek, sud jarayonida advokatning ishtirok etishi juda muhim.

Tabiiyki, advokat so‘roq davomida sudlanuvchining foydasiga savollar
beradi. Shu sababli ayblov tomon bir vaqtda ikki yoqlama so‘roq qilish
huquqidan foydalanishi mumkinligini hisobga olish kerak, ya'ni himoyaga
noxush bo‘lgan savollarga oldindan tayyorgarlik ko‘rgan ma’qul, toki
ularga eng maqbul va kuchli javoblar berishga erishilsin. O‘zbekiston
Respublikasi JPKda belgilangan guvohni so‘roq qilish tartibi himoya
tomoniga sudlanuvchining foydasiga guvohlik beruvchi holatlarni
aniqlash uchun eng ko‘p imkoniyatlar beradi. Bu holda muvaffaqiyat
to‘rtta asosiy tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi: huquqni bilish, tafakkur
mantig‘i, psixologik yondashuv va notiqlik mahorati. So‘roq davomida
advokat oldida quyidagi maqsad va vazifalar turadi:

-

guvohdan JPK talablariga muvofiq to‘liq, haqqoniy, xolis
ko‘rsatmalar olish;

-

bir guvohning surishtiruvning turli bosqichlarida o‘tkazilgan
so‘roqlardagi ko‘rsatmalaridagi qarama-qarshiliklar sabablarini
izohlash;

-

guvohning

ko‘rsatmalarining

jinoiy

ish

materiallariga,

shuningdek ayblanuvchi, jabrlanuvchi va jarayonning boshqa
ishtirokchilari ko‘rsatmalariga muvofiq kelmasligini aniqlash;

-

guvohlardan

himoya

ostidagi

shaxsni

oqlovchi,

uning

javobgarligini yengillatuvchi ko‘rsatmalarni olish;

-

himoya nutqi uchun materiallar saralash.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 561-

moddasida “Voyaga yetmagan sudlanuvchini sud majlisi zalidan chiqarib
turish” haqidagi qonunda ham advokatning ahamiyatini alohida ochib
bergan. Xususan “Voyaga yetmagan sudlanuvchining himoyachisi,

131

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 558-moddaning ikkinchi qismi

O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli

Qonuni tahririda — O‘R

QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda


background image

103

qonuniy vakili, shuningdek prokurorning fikrini eshitib, voyaga yetmagan
shaxsga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan holatlar tekshirilayotganda sud
o‘z ajrimi bilan uni sud zalidan chiqarib turishga haqli.

Voyaga yetmagan shaxs sud zaliga qaytarilganidan so‘ng raislik

qiluvchi unga yo‘qligida bo‘lib o‘tgan muhokama mazmunini yetarli
hajmda va shaklda ma’lum qiladi va uning yo‘qligida so‘roq qilingan
shaxslarga savol berishi uchun voyaga yetmaganga imkoniyat yaratib
beradi.”

132

Ushbu jaryonlar tugagandan so‘ng, agar tomonlar sud

hukmidan norozi bo‘ladigan bo‘lsa, advokat yordamida majburlov
chorasini qo‘llanish yoki qo‘llanmaslik to‘g‘risidagi ajrim ustidan umumiy
tartibda shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin. Agar sudlanuvchi
voqeaning o‘zini yoki jinoyat sodir etishda o‘zining ishtirokini inkor
etayotgan bo‘Isa, barcha holatlarda advokat suddan sudlanuvchini oqlashni
so‘rashi lozim. Himoyachi himoya sotidagi shaxs pozitsiyayiga rioya etishi
kerak.

Himoya nutqi kirish (tavsifiy) qismdan, dalillarni va sudlanuvchi

shaxsiyati haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish va baholashdan, jinoyat
sodir etilishiga turtki bo‘lgan sabablarning tahlilidan, shuningdek,
xulosadan iborat bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Неъматов, Жасур. "К проверке и оценке доказательств при

применении института соглашения о признании вины в уголовном
судопроизводстве." in Library 20.3 (2020): 75-76.

2.

Неъматов, Жасур. "Цель и особенности методологии

проведения допроса в уголовном судопроизводстве." Общество и
инновации 1.2 (2020): 251-259.


М.МУҚИМОВА

133

, Г.ШЕРМАТОВА

134

АЙБГА ИҚРОРЛИК ТЎҒРИСИДА КЕЛИШУВДА

АДВОКАТНИНГ РОЛИ

Адвокатура фуқаролик жамиятининг асосий ва муҳим

институтларидан бири бўлиб, юридик ва жисмоний шахсларга

132

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 561-moddasi

133

СамДУ Юридик факультети «Ҳуқуқшунослик ва ҳуқуқ таълими» кафедраси доценти

134

СамДУ магистранти

Библиографические ссылки

Неъматов, Жасур. "К проверке и оценке доказательств при применении института соглашения о признании вины в уголовном судопроизводстве." in Library 20.3 (2020): 75-76.

Неъматов, Жасур. "Цель и особенности методологии проведения допроса в уголовном судопроизводстве." Общество и

инновации 1.2 (2020): 251-259.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов