Zamonaviy ta’limning asosiy vazifasi o‘quvchiga nafaqat fundamental bilim berish, balki unga keyingi ijtimoiy moslashish, o‘z-o‘zini tarbiyalash tendensiyasini ri vojlantirish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni ta’minlashdir. Hozirgi vaqtda o‘qituvchi oldidagi asosiy vazifalardan biri o‘quv jarayonini o‘quvchilar uchun qiziqarli, dinamik va zamonaviy qilishdir. Bunda esa o‘qituvchilarga interfaol texnologiyalar yordamga keladi. O‘qitishda eng yangi texnologiyalardan foydalanish ko‘rinishini oshiradi, materialni idrok etishni osonlashtiradi. Bu o‘quvchilarning motivatsiyasiga va o‘quv jarayonining umumiy samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois oliy texnika ta’lim muassasalari talabalari uchun interfaol o‘qitish metodlarini ishlab chiqish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi uchun dolzarb hisoblanadi. Shu maqsadda elektrotexnika va elektronika fanining “Energiya tejovchi transformatorlar” mavzusidagi mashg‘ulotlarda quyidagi interfaol o‘qitish usullaridan foydalanish taklif etiladi: aqliy hujum, Venn diagrammasi, klaster, atamalar zanjiri va “SWOT – tahlil”.