Barchamizga ma’lumki, o‘quvchilarga axloqiy-estetik tarbiya berishda notiqlikning o‘rni katta. Bunda so‘zga chiqayotgan kishi nutqining tuzilishini ko‘rib chiqish va buning uchun nutq mazmunini ishlab chiqishda rioya qilinishi kerak bo‘lgan asosiy qoidalarni bilish muhim rol o‘ynaydi. Bu haqida ko‘plab olimlarimiz o‘rganish olib borib, samarali natijalarga erishgan. Mazkur maqolada ushbu fikrlar haqida so‘z borib, o‘quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish orqali estetik tarbiyani rivojlantirish maqolaning asosiy maqsadidir.