Gossypium L. taksonomiyasiga oid so'nggi nashrlarga ko'ra Gossypium L. turkumi G.hirsutum L., G.barbadense L., G.tomentosum Nutt ex Seem., G.mustelinum Miers ex Watt., G.darwinii Watt., G.ekmanianum Wittm va G.stephensii kabi 7 ta allatetraploid turni o'z ichiga oladi [1,] [3], [4], [5], [6].. Tetrapioid turlar orasida G.hirsutum L., G.barbadense L. yengil sanoatni tabiiy tola bilan ta'minlovchi madaniy turlar sifatida soha mutaxassislari tomonidan yaxshi o'rganilgan. Qolgan tetraploidlar haqida esa ilmiy nashrlar nisbatan kam bo'lib, ularning seleksion ahamiyati yetarlicha o'rganilmagan. Jumladan, G.mustelinum turi ham poliploid turlar orasida eng kam o'rganilgan tur bo'lib qolmoqda.