O’pka va nafas yo'llari kasalliklarini davolashda
yetarli muvaffaqiyatlarga erishilishiga qaramasdan,
zamonaviy pulmonologiya va allergologiyada bronxial
astma (BA) kasalligi hozirgi kungacha dolzarb
muammolardan biri bo'lib qolmoqda. BA tarqalishining
ko’payishi bilan bir qatorda uning og’ir klinik formalari
ham ortib bormoqda, shu sababli BA patogenezida genetik
omilga katta e'tibor berilmoqda. Oxirgi yillardagi
tekshirishlar shuni tasdiqlamoqdaki. BA rivojlanishida
irsiy moyillik bilan bir qatorda tashqi muhit omillari ham
ahamiyatga ega.