Qat’iy qolipga solingan bu jarangdor qo‘shiqlar mavjud kamchilik, qusurlaridan qat’i nazar, albatta, ko‘ngillarda aks sado beradi. So‘ngso‘z o‘rnidagi mazkur maqolada sonet tarixi, ushbu janrga xos xususiyatlar to‘g‘risida muxtasar mulohoza yuritilib, sonetnavis shoirlarning ayni janrga mansublangan she’rlariga xolisona munosabat bildirilgan.