130100, Джизакская область, г. Джизак Ул. Рашидова, 259 дом
O'zbekiston Milliy universitetining tamal toshi 1918 yil 9 aprelda quyilgan. Shu kuni Turkiston musulmon xalk dorulfununining tashkiliy hay'ati tuzulib, bir oy davomida 9 marotaba yig'ilish o'tkazilgan va 1918 yil 3 mayda Munavvarqori Abdurashidxonov rais (rektor) etib saylangan. Turkiston Musulmon xalq dorulfununi rasman ochilgan 1918 yil 12 may yangi zamonaviy ta'lim tizimiga asos solingan tarixiy sana bo'lib qoldi. Universitetning tabiiy-matematika, qishloq xo'jaligi, texnika, ijtimoiy iqtisod, adabiyot va falsafa fakultetlariga qisqa muddatda 299 o'qituvchi jalb etilgan. Ular orasida o'nlab taniqli shoir va adiblar, jadid maktablari uchun yozilgan darsliklarning mualliflari, shuningdek, 20 ga yaqin turli fan sohalarining yetakchi vakillari bor edi. Jumladan, Fitrat ona tilidan, Abdulla Avloniy adabiyot, Munavvarqori axloq, Kamol Shamsi matematika, Burhon Habib siyosiy tarix fanlaridan dars bergan.