Alfraganus universiteti

Alfraganus universiteti

100190, Тoshkent shahar, Yunusobod tumani, Yuqori Qoraqamish ko‘chasi 2а-uy

Alfraganus universiteti 2022-yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan. Uning Iqtisod, Filologiya, Pedagogika, Ijtimoiy fanlar, Raqamli texnologiyalar, Tibbiyot, Jismoniy tarbiya va sport, Turizm fakultetlari va ular tarkibida 37 ta yo‘nalishlari mavjud. Universitetda magistratura bosqichi ham mavjud bo‘lib, 10 ta yo‘nalishlarda talabalarni qabul qiladi. Alfraganus universiteti o‘zbek qomusiy olimi Ahmad Al-Farg‘oniy nomiga Alfraganus deb nomlangan. Al-Farg‘oniy Yevropada aynan shu nom bilan mashhur bo‘lgan va oydagi kraterlarning biri ham olim sharafiga shunday atalgan. Universitetning o‘z klinikasi mavjud. Shuningdek, universitet xalqaro ilmiy jurnali va talabalar gazetasiga ega. Universitetda tajribali professor-o‘qituvchilar dars beradi. Alfraganus universiteti dunyoning 20 ga yaqin rivojlangan davlatlari, xususan, oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Jumladan ayni kunlarda Amerika, Turkiya, Yaponiya, Xitoy, Koreya bilan hamkorlikda samarali faoliyat olib bormoqda. Universitetda bir martalik rektor stipendiyasi hamda ijodkor va ixtirochi talabalar uchun “Al-Farg‘oniy” stipendiyasi, ko‘krak nishoni taʼsis etilgan. Eng faol va tashabbuskor talabalarga grant ajratilgan bo‘lib, bir yil namunali o‘qigan talaba keyingi yil kontrakt to‘lashdan ozod etiladi.

  • Ko'rsatilgan yildan o'tgan yillar 2023
    inLibrary
    Google Scholar

    «ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali 2022 yildan boshlab Toshkent shahrida joylashgan ALFRAGANUS UNIVERSITYning nashr organi sifatida nashr etiladi. Jurnalda yuqori reytingga ega jurnallar talabiga mos maqolalalar, tadqiqot va innovatsion g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan ilmiy ishlanmalar uchun alohida sahifalar yuritiladi. Jurnalda yosh olimlar, izlanuvchilari minbariga aylantirildi. Yosh olimlarni ilm-fanga keng jalb qilish va yangi ilmiy natijalarni yetakchi olimlar ishtirokida muhokama qilish, yaratilgan ilmiy ishlanmalarni aprobatsiyadan o‘tkazish, xalqaro hamkorliklar doirasida xorijiy ilmiy markazlarning olimlari bilan dolzarb mavzularda muhokamalar tashkil etish ham amalga oshirilmoqda. Jurnalning yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: aniq va tabiiy fanlar, raqamli texnologiyalar, tibbiyot, geodeziya va kadastr, tarix, pedagogika va psixologiya, ijtimoiy fanlar, filologiya, iqtisodiyot, sport faoliyati, turizm va boshqalar.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов