Yo'l belgilarining aniq vaqtida aniqlanishi va tanib olinishi, avtomobil haydovchilari va piyodalar uchun juda muhimdir. Yo'l belgilarini to'g'ridan-to'g'ri tanib olish dasturi orqali haydovchiga kerakli ma’lumotni yetkazib boriladi bunda haydovchi berilgan ma’lumot orqali avtomobil harakatini nazorat qilish imkoniyatiga ega. Yo'l belgilarining turli xil ko'rinishlari mavjud, ba'zi belgilar o'rni bo'yicha yo'nalishni ko'rsatish uchun ko'p tomonlama nuqtalarga ega bo'lishi mumkin, shuningdek, ba'zi belgilar xavfsizlik qoidalari va cheklovlar haqida xabarda qilishi mumkin. Yo'l belgilarini aniqlash va tanib olish muhim amal, chunki yangi avtomabil haydovchisiga yo'l topishda yordam beradi. Biz yaratgan python dasturida yo’l belgilarini aniqlash dasturi orqali bu muomolarni hal qilish imkoniyatiga egamiz. Bu dastur quyidagi modelda ikkilik matritsalarda har bir piksel 8 bitga teng bo’lib shuning uchun ham ularning qiymatlarini 0 va 1 ga aylantirishning o'rniga 0 va 255 gacha qiymatlarga aylantirish mumkin. Shu tartibda, 128x128 piksellik rasmlar ikkilik matritsalarga aylantirilib, ushbu matritslar yuqori darajali ma'lumot olish modellari, masalan, CNN modeli uchun tayyorlanadi.