Ushbu maqolada 6 oylik qorako‘l zotli qo‘chqorchalarni
bo‘rdoqiga boqishda ozuqaviy qo‘shimchalar sifatida: minerallar manbai sifatida gilmoya; tabbiy biostimulyator sifatida ozuqaviy probiotik “Baktovit”; azot manbai
sifatida va kavsh qaytaruvchi hayvonlar ratsionining proteinli to‘yimliligini oshirishda foydalanish mumkin bo‘lgan karbamid hamda biologik faol moddalar manbai sifatida xlorella suv o‘tining suspenziyalaridan foydalanish samaradoligi keltirilgan. Tajriba natijalari sifatida tajriba ostidagi hayvonlar tirik vaznining ozgarishi va ularning o‘sishi uchun sarflangan ozuqa xarajatlari bilan bayon etilgan