Koronavirusli (Covid-19) infeksiya diagnostikasi halqumdan yoki burundan olingan namunalarni polimerazali zanjir reaksiyasi tahlili orqali indentifikatsiya qilishga asoslangan bo‘lib, bu koronavirusli infeksiyaning uchta klinik shakllari, yuqori nafas yo‘llarining yyengil yallig‘lanish simptomlari bilan kechadigan o‘tkir respirator virusli infeksiya, hayotga xavf tug‘dirmaydigan o‘tkir pnevmoniya va o‘tkir respirator distress-sindrom bilan kechadigan og‘ir pnevmoniyalarda bir xil musbat natija beradi. Koronavirusli (Covid-19) infeksiyaning biror bir klinik simptomlarsiz subklinik shaklda kechayotganligi to‘g‘risida ilmiy ma’lumotlar mavjud bo‘lib uni atroflicha o’rganish, tahlil qilish nafaqat sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan zo’riqishni yengillashtirishga balki ortiqcha vahimalarning barham berilishiga va iqtisodiy tejamkorlikka olib keladi.