Мазкур мақолада Қўқон хонлиги даврида халқ томоша санъати, шунингдек, ўз санъати ва маҳорати билан XIX асрнинг биринчи ярмида биргина Фарғона водийсида эмас, балки Ўзбекистоннинг бошқа жойларида ҳам элга танилган машҳур масхарабоз ва қизиқчи Зокир Эшоннинг фаолияти ижтимоий-фалсафий жихатдан таҳлил қилинади.
Maqolada Ozarbayjon shoiri va dramaturgi Husayn Jovid ijodining O‘zbekistonda o‘rganilishi tahlil qilinadi. Yigirmanchi asr boshlarida yozuvchining buyuk o‘zbek shoiri va dramaturgi Abdulhamid Cho‘lpon asarlariga e’tibor qaratilishi, XXI asr boshlarida Usmon Quchqor va Tohir Qahhorlar tomonidan uning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgani haqida tahliliy fikrlar bildirildi. Husayn Jovidning o‘zbek adabiyotshunosligidagi ijodiga bag‘ishlangan dissertatsiya hamda bugungi kunda qator tadqiqotlar yaratilishi. Husayn Jovid adabiy merosining o‘zbek-ozarbayjon adabiy aloqalari rivojida tutgan o‘rni ilmiy asosda yoritilgan.