Ushbu maqolada Samarqandda joylashgan qadimgi Afrosiyob yodgorligidan topilgan, Qoraxoniylar davriga ta’alluqli bo`lgan, sirlangan, har-xil ranglarda va rangli naqshlarga ega bo‘lgan sopol buyumlarni yuza qismidagi bo‘yoqlarni VANTA Element-S portativ rentgen-fluoresans (p-XRF) apparati yordamida sifat va miqdoriy jihatdan kimyoviy tarkibi o‘rganildi. Unga ko‘ra sopol buyumlar yuzadagi sirlangan qismida Pb va Si miqdori ko`p uchraydi. Sirlanmay qolib ketgan yoki siri ko‘chgan qismlardagi buyuqlarda boshqa kimyoviy elementlar (har xil ranglarda) Cu, Fe, Mn, Al, Mg, Ca, Si lar ko‘p uchraydi. 11 ta asosiy elementlariga asoslangan ishonchli statistik tahlil qo‘llaniladi. Ma'lumotlar kimyoviy tavsif va statistik baholash petrografik tahlil bilan birlashtirildi.