Maqolada Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon she’riyatida milliy istiqlol gʻoyasining poetik ramzlar vositasida ifodalanishi masalasi tadqiq qilingan. Shoir lirikasida xayol, kishan, bulut, yulduz, tong singari ramzlarning poetik vazifasi yuzasidan tahliliy fikrlar bildirilgan. Tahlillar natijasida ushbu poetik ramzlar istibdod iskanjasidagi yurt timsolini, shoirning millat ozodligi, Vatan mustaqilligi haqidagi orzularini, armonlarini ifodalaganiga doir ilmiy umumlashmalar chiqarilgan.