
CHO‘LPON –
CHIN YURAK VA HIS SHOIRI
Nurboy JABBOROV
1
ANNOTATSIYA
Maqolada Abdulhamid Sulaymon
o‘g‘li
Cho‘lpon
she’riyatida
milliy istiqlol
g
ʻ
oyasining poetik ramzlar vositasida ifodalanishi masalasi tadqiq qilingan.
Shoir lirikasida
xayol, kishan, bulut, yulduz, tong
singari ramzlarning poetik
vazifasi yuzasidan tahliliy fikrlar bildirilgan. Tahlillar natijasida ushbu poetik
ramzlar istibdod iskanjasidagi yurt timsolini, shoirning millat ozodligi,
Vatan mustaqilligi haqidagi orzularini, armonlarini ifodalaganiga doir ilmiy
umumlashmalar chiqarilgan.
Kalit so‘zlar:
she’riyat, poetik ramz, xayol, kishan, bulut, yulduz, tong,
poetik timsol, istibdod, millat ozodligi, milliy istiqlol, badiiy talqin.
Yangi
o‘zbek she’riyatida Abdulhamid Cho‘lponning mavqeyi alohida.
Ulug‘ shoir dolg‘ali dengiz to‘lqinlari yanglig‘ ko‘pirib
-
toshgan tuyg‘ularini,
bamisoli sarobday yetib bo‘lmas
orzularini,
ko‘nglini o‘rtagan cho‘ng
armonlarini poetik ramzlar
tiliga ko‘chirdi. “Chin
yurak va hi
s shoiri”
(3,12)
o‘laroq
millatning yuragini istibdod zanglaridan tozalamoq istadi, uning his-
tuyg‘ularini istiqlol yolqini bilan yoritdi. “Buloqlar” to‘plami chop etilishi
munosabati bilan zamondoshi Vadud Mahmud:
“Cho‘lpon o‘zbekning
yangi shoiridir. Shuning uchun
o‘zbek
elining bu kungi ruhi, holi, sezgisi
“Buloqlar”da qaynaydir. O‘zbek tili, o‘zbek ohangi “Buloqlar”da sayraydir,
o‘quydir.
O‘zbekning
ruhiy
to‘lqinlari
bunda
ko‘puradir,
ko‘klar
tomon uchadir,
ko‘tariladir”
(2,16), deganida yuz karra haq edi.
Ma’rifatparvar jadidlarning eng katta orzusi istiqlol bo‘lgani ayon. Savol
tug
ʻ
iladi: milliy istiqlol haqidagi orzularini
Cho‘lpon
qanday ramz va
timsollar orqali ifoda etdi? Ulardan ayrimlarini tahlil etishga harakat
[1] filologiya fanlari doktori, professor, Toshkent davlat o
ʻ
zbek tili va adabiyoti universiteti

298
.
MÜŞTEREK
VE
MİLLÎ
ŞAİRLERİMİZ
MEHMED
ÂKIF
ERSOY VE ABDULHAMiD
SÜLEYMAN
ÇOLPAN
SEMPOZYUMU
qilamiz. Bizningcha, ulardan birinchisi
–
xayol. Shoir nazdida xayol
–
millatning ozodligi, yuksalishini ifodalovchi poetik ramz. Ushbu ramz
Cho‘lpon she’riyatida qanday
mazmunni ifodalaydi? Ayon haqiqat shundaki,
vujudni zanjirband etish mumkin,
lekin xayolni emas. Eng og‘ir
mustamlaka
zamonlarida erkinligini saqlab qolishi mumkin
bo‘lgan
yagona narsa bu
–
xayol
bo‘lgani ma’lum. To‘g‘ri, xayolga kishan solmoq mahol. Biroq u ko‘kka uchsa,
havoga sovrilsa-
chi? Cho‘lponning mana bu satrlarida
aks etgan iztirobning
sababi shunda:
Keng xayollar uchdimi ko‘kka
Butun umidlarim yovlarmi
ko‘mdi?!
Xayol qachon odamga quvvat beradi? Qachonki real voqelikka aylansa...
Aks holda u
ko‘ngilga
yupanch
bo‘la
olmaydi. Xayol, orzu voqelikka aylanmas
ekan, maqsadga erishmoq dushvor. Binobarin,
o‘y, xayolning o‘zigina ko‘ngil
istagini qondirmasligi ayon. Mana bu misralar ana shunday kayfiyat samarasi
o‘laroq
ijod etilgan:
O‘ylangan o‘ylar
-
la ko‘ngil yupanmas,
Ko‘ngilning istagi o‘y bilan qonmas,
Aytsalar bu tunda yorug‘ sham yonmas,
Chaqmasa gugurtni asl o‘g‘lonlar.
“Cho‘lpon shuurida qanday qutlug‘ niyatlar tug‘ilgan, bos
hida qanday
olijanob
o‘ylar
charx
urgan bo‘lmasin, –
deb yozadi akademik Naim Karimov
ushbu satrlarni tahlil etar ekan,
–
shoir
ko‘ngli
faqat bir narsadan
–
Turkiston
o‘g‘lonlarining
gugurt chaqib, tunni yoritishlaridan munavvar
bo‘lishi
mumkin
edi”
(4,203). Ustoz olim
Cho‘lpon Anvar Poshoni ana shunday o‘g‘lonlardan
biri deb bilgani, uning mustamlakachilar armiyasi bilan
bo‘lgan
qaqshatqich
kurashda
halok bo‘lganidan astoydil qayg‘urgani haqida yozadi. Bu
fikr ham
Cho‘lpon she’riyatidagi o‘y,
xayol timsollari zamirida Vatan va Millat ozodligi
g‘oyasi
yashiringanini tasdiqlaydi.
Kishan
–
istibdod iskanjasidagi yurt ramzi.
Cho‘lpon eng faol qo‘llagan
bu poetik ramz orzudan
ko‘ra ko‘proq
armonni ifodalagan. Zero, kishan va
ozodlik birgalikda mavjud
bo‘la
olmaydi. Ulardan birining borligi
o‘z
-
o‘zidan
ikkinchisini inkor etadi. Vujud ham mayli,
ko‘ngil kishanlangan bo‘lsa
-chi?!
–
Fojia bundan ham ortiq
bo‘lmas:
Ko‘ngil,
sen munchalar nega
Kishanlar birla
do‘stlashding?!
Na faryoding, na doding bor,
Nechun sen muncha sustlashding?!
Cho
‘
lpon
–
buyuk iste
ʼ
dod egasi. Yangi o
‘
zbek she
’
riyati yuzaga kelishida

MÜŞTEREK
VE
MİLLÎ
ŞAİRLERİMİZ
MEHMED
ÂKIF
ERSOY VE ABDULHAMiD
SÜLEYMAN
ÇOLPAN
SEMPOZYUMU .
299
uning xizmatlari beqiyos. Ushbu satrlar aslida aruzda
–
hazaji musammani
solim vaznida yozilgan. Lekin
she’r shoir to‘plamlarida barmoqdagi kabi
bandlarga
bo‘li
ngan holda grafik shakllantirilgan. Agar barmoq vazni talabidan
yondashilsa, ayni grafik
ko‘rinishda she’r 4+4 turog‘ida yozilgandek ko‘rinadi.
Bizningcha,
Cho‘lpon she’rni maqsadli ravishda ana shunday shakllantirgan.
Shoirning bu harakati amalda barmoq v
azniga o‘tish uchun tayyorgarlik edi.
Ta’bir joiz bo‘lsa, jadidlar yangi o‘zbek she’riyatiga o‘tish jarayonini ana
shunday ijodiy “eksperiment”lardan boshlagan
edi.
Endi she’rdagi “kishan”
ramzi
tahliliga o‘tamiz.
Chin shoir
ko‘ngli
armonlar iskanjasida qolib ketishi mumkin emas. Bu armon zamiridan orzu
o‘sib
chiqishi aniq. Zero, orzudan mosivo insonning qanoti qayrilib qoladi,
kelajakka
bo‘lgan umidi so‘nadi. Ma’rifatparvar jadidlar ana shundan saqlana
bildilar. Ko‘ngillarga titroq soluvchi asarlarida
nainki
o‘z
qalb istaklarini,
millatning orzularini
ifodalashga muvaffaq bo‘ldilar. Yuqoridagi she’rning
“Kishanlar parchalanmasmi? Qilichlar endi sinmasmi?!”
–
kabi misralarida
ayni shu fazilatni
ko‘rish
mumkin. Chunki
Cho‘lponning
“Kishan
kiyma,
bo‘yin
egma, Ki, sen ham hur
tug‘ilg‘onsen!”
degan so‘zlari faqat o‘z ko‘ngliga
emas, istibdod iskanjasidagi millatga qarata aytilgan o‘tli xitob edi.
“Kishan” sarlavhali she’rida shoir bu poetik ramz mohiyatini yanada
ta’sirchan ifodalaydi. She’rda kishan erkinlikning
ziddi o‘laroq umumlashma
timsol darajasiga ko‘tarilga n. Shoir mana bunday yozadi:
Kishan, gavdamdagi izlar bukun ham bitgani
yo‘qdir!
Temir
barmoqlaringning dog‘i butkul ketgani
yo‘qdir.
She’rning
1922
yili yozilgani e’tiborga olinsa, unda muallifning
sh
o‘rolarning Vatan va Millat manfaatlariga zid siyosati avjga koʻtarilgan
kezlardagi o‘ylari ifodalangani ayon bo‘ladi. Shoir “bashar
tarixining har
sahfasida qonli
dog‘”
qoldirgan,
“yumilmas ko‘zlarining har biri bir elni
qahr
aylaydigan” kishandan
millatni
ozod etmoq istaydi. “Kishan –
she’rda
qullikni anglatuvchi ramziy obrazdir,
–
deb yozadi O‘zbekiston Qahramoni,
adabiyotshunos Ozod Sharafiddinov.
–
Ammo lirik qahramon shu mudhish va
manxus
kishan qarshisida dag‘
-
dag‘ qaltiramaydi,
balki unga nafratini oshkor
etib, undan
butkul qutulmoqqa ishonch bildiradi”
(5,355).
“Qo‘zg‘alish”
she’rida
ham kishan erksizlik ramzi sifatida namoyon
bo‘ladi.
Lekin shoir
she’rda
tasvirlangan ruhiyatdan kelib chiqib, bu kishanni zang
bosgani, uning uzilish vaqti kelgani haqida yozadi:
Kishanlaring zang bosgandir, sergak bo‘lkim, uzilur,
Tomirimda qo‘zg‘alishning vahshiy qoni gupurdi.
Eski fikr, an’analar endi butkul uzildi,

300
.
MÜŞTEREK
VE
MİLLÎ
ŞAİRLERİMİZ
MEHMED
ÂKIF
ERSOY VE ABDULHAMiD
SÜLEYMAN
ÇOLPAN
SEMPOZYUMU
Yo bitarman, yoki sening saltanating buzilur.
Zamirida zulm va haqsizlikni ifodalagan kishan timsoli Vatani va millatini
istibdod iskanjasida ko‘rgan Cho‘lpon qalbidagi adadsiz anduh, cheksiz iztirob
tuyg‘ularini tajassum etgani bilan shoir she’riyatida alohida o‘rin tutadi.
Bulut
–
shoir dardlarini, armonlarini ifodalagan yana bir muhim poetik
ramz.
Quyosh nurini, yorug‘likni to‘sishi jihatidan bu ramz ham mustamlaka
yurtning og‘ir ahvolini ifoda etadi:
Ey, tog‘lari ko‘klarga salom bergan zo‘r o‘lka,
Nima uchun boshingda quyuq bulut, ko‘lanka?
“Men shoirmi” she’rida xayol va bulut (ko‘lanka) ramzlari uyg‘unlikda
tasvirlangani kuzatiladi. Xayollari tizginini qo‘yib yuborgani, ular ming qavat
ko‘kni bir boshdan siypalab o‘tib borayotgani haqida yozar ekan, shoir:
Ko‘lanka kabidir: o‘tgan yeridan
So‘ngra qarasangiz bir nishon qolmas –
degan xulosaga keladi. Uning iztirobi shu qadar
cho‘ngki, yana boshqa bir
she’rida bulut
ramzi zamiriga
“Mening ko‘nglimmi
qora?! Yo yurt
ko‘kida
bulut?”
tarzidagi Vatan va millat dardi bilan hamohang dardli savolni joylaydi.
Cho‘lpon
ona yurt boshiga tushgan fojiani butun dahshati, bor mohiyati
bilan ochib beradi.
“Cho‘lpon –
Cho‘lpondir” fiqrasida
Ahmad Shukriy shoirni
Shekspirga qiyoslagani bejiz emas.
“Cho‘lpon oti qulog‘imga kirdikcha
Shekspir ruhi
ko‘rinadir
-da turadir,
–
deb yozgan edi muallif.
–
Shekspir
lirizmasi bilan
Cho‘lpon she’riyati orasinda
naqadar ayirma axtarsam-da,
oni topa olmadim. “Uyg‘onish”ni necha topqirlar o‘qib
chiqdim. Shekspirni
mutolaa etdim. Eng
so‘ng Shekspir Cho‘lpondir yoxud Cho‘lpon
Shekspirdir
fikriga
keldim”
(1,15).
Ahmad Shukriy, balki davr taqozosi bilandir, bu ikki ijodkorni qiyoslaganda,
fojia haqida gapirmaydi. Biroq uning
yozganlari mag‘zidan har
ikki fojianavis
(Cho‘lpon
lirikada,
Shekspir dramada) asarlari mohiyatidagi uyg‘unlikni
nazarda tutganini sezish qiyin emas.
Yulduz
–
Cho‘lp
on orzularini
ta’sirchan,
betakror ifodalashda faol
qo‘llangan
poetik ramz. Zero, shoirning adabiy taxallusi ham ana shu ramzga mutanosib.
“Yorug‘ yulduzga” she’rida shoir go‘zal,
nurli yulduzga xitob qilib, otalarning
tarixdagi xatolaridan, shu xatodan foydalanib, yovlarning el
ko‘ksida
surgan
ishrat-
safosidan so‘zlashini so‘raydi. O‘tmishdagi
turmushning qonli, shonli
jihatlaridan, yurt
uchun jonlar berib, qonlar to‘kkan erlar kechmishidan hikoya
qilishini
o‘tinadi.
Biroq yulduz jim. Nega?
Ko‘zlari
qizarinib yoshlanadi
–
nima uchun? Yuzlari
so‘lg‘in
tus oladi
–
ne sababdan? Shoir ta’biri bilan
aytganda, chunki uning
so‘zlaydigan yaxshi so‘zi yo‘q.
Chunki
“og‘iz
ochsa,

MÜŞTEREK
VE
MİLLÎ
ŞAİRLERİMİZ
MEHMED
ÂKIF
ERSOY VE ABDULHAMiD
SÜLEYMAN
ÇOLPAN
SEMPOZYUMU .
301
yo‘qsil elni ezmakka, qon qilmoqqa hasratlari ko‘p”. She’rdagi mana bu so‘zlar
shoir yuragidan armon bo‘lib otilib chiqqan:
Falokatlar
ko‘rgan
ota-bobolar,
Istiqlolning qimmatini bilmagan.
Elu yurtni saqlar uchun
so‘ng
xonlar
Tuzukkina chora-tadbir qilmagan.
“Yupanmoq istagi” she’rida Cho‘lpon:
“Yo‘lni ko‘rsatuvchi yulduz
-da
qochsa
”
deya eldan tole yuz o‘girganini aytib, kuyinadi. “Amalning o‘limi”
she’rida esa shoir erklik yulduzi haqida yozadi. Uni
“tutqun ellar uchun samo
qunduzi”
deya ta’riflaydi. Bu yulduzning izi ko‘ngillarda qolishidan darak
beradi. Erklik yulduzi, shoir nazdida, istiqlol darakchisi, erkinlik elchisi
sifatida namoyon bo‘ladi.
Yulduz
–
Cho‘lpon
nazdida orzu-umidni ifodalagan poetik ramz. Tasavvur
qiling: go‘ristonday qorong‘i, zim
-
ziyo bo‘shliqda adashgan bir yo‘lchi –
bu
tasvir shoirga istibdod zulmatida
yo‘ls
iz qolgan ona Turkistonni esalatadi.
U
yo‘l ko‘rsatuvchi yulduzga muhtoj. Qutulish tongidan mujda beruvchi bu
yulduz milliy ozodlik orzusini tajassum etadi:
Go‘riston, qorong‘i. Zim
-
ziyo bo‘shliqda
Adashgan bir yo‘lchi... tasavvur qilingiz.
Qo‘rqasiz!
Qo‘rqasiz!..
Va lekin ufqda
Uch-
to‘rtta yulduzning o‘chmasdan, yarqirab,
Nur sochib turgani
ko‘rilsa
.... dilingiz
Qo‘rqishdan bir qadar to‘xtar
-da, yarqirab
Ko‘zingiz oldida bir umid ko‘rinur.
Shu umid qutulish tongining nuridir!..
Biroq yulduz
shoir she’rla
rida har doim ham umid timsoli
bo‘lib
kelgan,
deyish qiyin.
Cho‘lpon
nazmiy asarlarida
ba’zan
u umidsizlikni ham ifodalagan.
Birgina misol:
Charchag‘on yo‘lovchi yo‘ldan adashsa,
Tekis yo‘l qolsa
-
da, tog‘lardan oshsa,
Yo‘lni ko‘rsatuvchi yulduz
-da qochsa,
Shunda yupang‘aymi yalang‘och cho‘llar?
Ta’kidlash kerakki, bu satrlarda ozodlik yo‘lidan adashgan millat ahvoli
ruhiyasi o‘z ifodasini topgan. Bu o‘rinda tog‘ –
erk yo‘lidagi to‘siqlar. Yo‘lni
ko‘rsatuvchi yulduzning qochishi –
undan tole yuz o‘girgani be
lgisi. Mana,
Cho‘lpon she’rlari zamirida millat dardi yulduz timsoli vositasida qanchalik

302
.
MÜŞTEREK
VE
MİLLÎ
ŞAİRLERİMİZ
MEHMED
ÂKIF
ERSOY VE ABDULHAMiD
SÜLEYMAN
ÇOLPAN
SEMPOZYUMU
qatma-
qat, nechog‘liq ta’sirchan ifodalangan.
Mashhur “Qalandar ishqi” g‘azalining maqta’ida shoir o‘z taxallusi
ma’nosiga ishora etgan holda mustamlaka Turkiston t
anazzuli qay darajada
chuqur ekanini yanada teran talqin qiladi:
Muhabbat osmonida go‘zal Cho‘lpon edim, do‘stlar,
Quyoshning nuriga toqat qilolmay, yerga botdim-ku.
Ushbu maqta’
-baytni tahlil etar ekan, professor Begali Qosimov mana
bunday yozgan edi: “Sh
ubha
yo‘qki, “Cho‘lpon” va “Quyosh”ning ma’nolari
bu yerda juda keng. U osmon yoritqichlari va ishq-muhabbatdagi martabadan
hokim va mahkum, hukmron va tobe singari ijtimoiy-siyosiy rutbalargacha
daxldor”
(6.446).
“Yurt yo‘li” she’rida muallif o‘zini uzoq,
og‘ir yo‘lga chiqqan yo‘lchi
hisoblab, bu yo‘llarda qilog‘uzi –
yo‘lboshchisi yulduz ekanini aytadi:
Uzoq...
og‘ir yo‘lga chiqqan yo‘lchimen,
Bu yo‘llarda qulog‘uzim yulduzdir.
Ushbu satrlarni tahlil etar ekan, adabiyotshunos Dilmurod Quronov:
“...
yo‘l
u
zoq va mashaqqatli; ko‘zlangan maqsad –
Yulduz, u goh bulutlar orasida
ko‘rinmay qoladi, goh ojiz
miltirasa, goh charaqlab
ko‘zni qamashtiradi”
[7,246], deya yulduz poetik ramzi ifodalagan mohiyatni tahqiq qiladi. Olim
bu
yo‘ldagi
umid va umidsizlik bekatlarini
Cho‘lpon
va umuman Turkiston
boshdan kechirgan ijtimoiy-
tarixiy hodisalar bilan bog‘laydi. Uning
fikricha: “Umid bekatlari –
1917 yil fevral inqilobi, Buxoro jumhuriyatining
tashkil
topishi, “bosmachilik” tamg‘asini olgan milliy ozodlik
harakatining
kuchayishi... Umidsizlik bekatlari
–
Qo‘qon
muxtoriyatining qonga botirilishi,
Buxoro jumhuriyatining tugatilishi, milliy ozodlik harakatining yagona
kuchga birlasholmay parokanda
bo‘lishi...”
[7,246]. Darhaqiqat,
Cho‘lpon
she’riyatidagi har bir
poetik ramz zamirida shoir lirik kechinmasi va orzu-
armonlaridan tashqari, aniq ijtimoiy-tarixiy voqelik tasviri ham berilgan.
Mana bu misralarda Cho‘lpon uchun yulduz ertangi nurli istiqbolga umid
tuyg‘usini fodalagan:
Men yurtimning pok istakli kuchimen,
U yulduzning tugalishi kunduzdir.
Ya’ni shoir yurt boshiga kelgan zulmatli kunlar tugashini, tong yulduzi
kunduzga ulanishini orzu qiladi.
Cho‘lpon she’rlarida milliy istiqlol orzusi ifodalangan
ramzlardan yana biri
–
tong. Bir she’rini shoir “Tortishuv tongi”
deb ataydi.
She’r
yenggan
qo‘shin
boshlig‘idek gerdayib botgan quyoshning bulutlar ostidan chiqmoq
uchun

MÜŞTEREK
VE
MİLLÎ
ŞAİRLERİMİZ
MEHMED
ÂKIF
ERSOY VE ABDULHAMiD
SÜLEYMAN
ÇOLPAN
SEMPOZYUMU .
303
tirishayotgani tasviri
bilan boshlanadi. Muallif istibdod zindonida ko‘pdan
beri quyosh
ko‘rmay
zaxlab qolgan
ko‘ngillarga
istiqlol tongi mujdasini beradi:
Qayg‘uringiz:
kishanlarni yasovchi “ustalar”,
Boshqalarni “tubanlar” deb atovchi xo‘ jalar:
Sizning uchun yoz boshining qoridek
eruv kunlar keladir.
Sizning uchun olbostining zoridek
yig‘lar kunlar keladir.
She’rda
otajak tong pafosi
–
ko‘tar
inki ruh
yetakchilik qiladi. “
Kishanlarni
yasovchi “ustalar”
,
Boshqalarni “tubanlar” deb atovchi xo‘
jalar
” –
mustabid
tuzum yalovbardorlari ustidan nazmiy hukm
o‘qiladi.
Shoir obrazli qilib, ular
uchun yoz boshining qoridek eruv kunlar kelishidan, olbostining zoridek
yig‘lar
kunlar yetishidan xabar beradi. Bu amalda istiqlol haqidagi xabar edi.
Shoir mustaqillikni obrazli tarzda “chiqadirgan quyosh” deb ataydi.
Quyoshni etak bilan to‘sishga urinish nodonlikdan o‘zga narsa emas. Cho‘lpon
nazdida, bu shunchalik aqlga nomuvofiqki, Azroil kelganda jon bermaslikka
tirishmoq bilan barobar:
Chiqadirgan quyoshni siz behuda
Etak bilan to‘smoq uchun tirishmang.
Ahmoq bo‘lib Azroilning oldida
Jon talashing, to o‘lguncha berishmang!
Umuman, Cho‘lpon she’riyatida istiql
ol haqidagi armonlaru orzular
xayol,
kishan, bulut, yulduz, tong
singari poetik ramzlar vositasida betakror badiiy
talqin etilgan. Bir she’rida shoir “chechaklar ungusi ko‘z yoshlarimdan”
deganidek, uning she’rlari ko‘ngillarda ozodlik chechaklari unishiga
zamin
bo‘ldi. Bugungi ozod va obod kunlar uchun Cho‘lpon va cho‘lponlar oldida
qarzdormiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Аҳмад Шукрий. Чўлпон –
Чўлпондир. / Чўлпон ва танқид (Нашрга
тайёрловчи, сўзбоши ва изоҳлар муалифи Б.Каримов). –Тошкент: Адабиёт
жамғармаси, 2004.
2.
Вадуд Маҳмуд. Чўлпоннинг “Булоқлар”и. /Чўлпон ва танқид. –
Тошкент:
Адабиёт жамғармаси, 2004.
3.
Зариф Башир. Ўзбек шоири Чўлпон шеърлари. /Чўлпон ва танқид. –
Тошкент: Адабиёт жамғармаси, 2004.
4.
Каримов Н. ХХ аср адабиёти манзаралари.–
Тошкент: Ўзбекистон,
2008.
5.
Шарафиддинов О. Довондаги ўйлар. –
Тошкент: Маънавият,
2004.

304
.
MÜŞTEREK
VE
MİLLÎ
ŞAİRLERİMİZ
MEHMED
ÂKIF
ERSOY VE ABDULHAMiD
SÜLEYMAN
ÇOLPAN
SEMPOZYUMU
6.
Қосимов
Б.,
Юсупов
Ш.,
Долимов
У.,
Ризаев
Ш,
Аҳмедов
С.
Миллий
уйғониш
даври ўзбек адабиёти. Олий ўқув юртларининг филология факултетлари
учун дарслик. –
Тошкент: Маънавият,
2004.
7.
Quronov D.
“Ilk avval ko‘zimni ishq bilan ochdim...”. /Cho‘lpon. She’rlar. –
T.:
Akademnashr, 2021.