250
- Word Formation:
Mayda-chuyda
(‘small details’, full reduplication)
Both English and Uzbek have a long history of borrowing words. English has borrowed
extensively from Latin, French, and Germanic languages, while Uzbek has absorbed words from
Persian, Arabic, and Russian.
• English Example: “I’m playing the piano for you.” – Ernest Hemingway
- Word Formation: Piano (borrowed from Italian)
• Uzbek Example: “Telefon go‘shagini sekin ko‘tardi.” – Tog‘ay Murod
- Word Formation: Telefon (borrowed from French)
Why Study Word Formation?
Studying the peculiarities of word formation in English and Uzbek offers several benefits:
1. For Linguists: Understanding word formation helps in analyzing language
development and change.
2. For Translators: Recognizing different word formation patterns improves accuracy in
translation.
3. For Language Learners: Knowing how words are formed makes it easier to expand
vocabulary and understand new terms.
Conclusion
Although English and Uzbek originate from different linguistic backgrounds, they share
many word formation techniques. By studying these processes, we gain insight into how languages
evolve, adapt, and influence one another. Whether through affixation, compounding, or borrowing,
both languages demonstrate creativity and flexibility in word formation. Understanding these
mechanisms is essential not just for linguists but also for anyone who wishes to master English or
Uzbek at a deeper level.
References
1. Emerson R. W., Self-Reliance and Other Essays. Boston: James Munroe and Company. 1841.
2. Qodiriy A., O‘tkan Kunlar. Tashkent: O‘zbekiston Milliy Nashriyoti. 1926.
3. Williams S., The Old Astronomer. London: Macmillan & Co. 1868.
4. Sulton I., Boqiy dunyo. Tashkent: G‘afur G‘ulom Publishing House. 1990.
5. Fitzgerald F. S., The Great Gatsby. New York: Charles Scribner's Sons. 1925.
6. Hoshimov O., Dunyoning ishlari. Tashkent: Sharq Publishing House. 1985.
7. Twain M., Adventures of Huckleberry Finn. New York: Charles L. Webster & Company. 1885.
8. Ahmad S., Ufq. Tashkent: Yangi Asr Avlodi. 1977.
9. Hemingway E., A Moveable Feast. New York: Scribner. 1964.
10. Murod T., Otamdan qolgan dalalar. Tashkent: Adabiyot Publishing House. 1994.
ARAB VA O‘ZBEK TILLARIDAGI KELISHIKLARNING QIYOSIY TAHLILI
Ravshanova Risolat,
Oriental universiteti arab tili yo‘nalishi talabasi
Ilmiy rahbar: dotsent, f.f.n.N.Ahmedova
Annotatsiya.
Maqolada arab va o‘zbek tillarida kelishiklar va ularning o‘zaro o‘xshash hamda
farqli xususiyatlari, ularga xos jihatlar misollar yordamida tahlil qilingan. Arab tili flektiv til
251
bo‘lganligi sababli ko‘p jihatdan o‘zbek tilidan farq qiladi. Xususan, kelishiklar va ularning
vazifalari, turli ma’no ifodalashi jihatdan ikki til xususiyatlari qiyoslangan.
Kalit so‘zlar:
ot, ism,
kelishik tizimi,
bosh kelishik, tushum kelishigi, chiqish kelishik, qaratqich
kelishigi, tovush o‘zgarishlari.
Otlarga qo‘shilib, ularni o‘zidan keyin kelgan boshqa so‘zlarga tobelantirib bog‘lash
uchun xizmat qiluvchi grammatik shakllar tizimi kelishik shakllari sanaladi. Kelishiklaring soni
tillarda bir xil emas. Hozirgi zamon ingliz tilida ikkita, nemis tilida to‘rtta, arab tilida uchta, o‘zbek
va rus tillarida oltita, eston tilida o‘n beshta, venger tilida esa yigirmatadan ortiq kelishiklar bor.
Xitoy-tibet tillarida va hozirgi fransuz tilida kelishik umuman yo‘q. Bu tillarda kelishik ma’nosi
boshqa grammatik vositalar yordamida ifodalanadi. Biz quyida kelishiklar qiyosini o‘zbek va arab
tillari misolida tahlil qilamiz.
O‘zbek tilida oltita kelishik mavjud bo‘lib, ularning har birining o‘z shakli va vaziaflari
mavjud. Bosh kelishik shakli maxsus qo‘shimchaga ega emas. Bu shakl kim?, nima?, qayer?
so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi va gapda ko‘pincha ega, ot, kesim, undalma vazifasida keladi.
Masalan:
1.Aziza – 2-bosqich talabasi. 2.O‘zbekistonning poytaxti – Toshkent. 3.Toshkent,
munchalar go‘zalsan!
Qaratqich kelishigi -ning qo‘shimchasi orqali bog‘lanish sodir bo‘ladi va
bunda qaratqich kelishigi shaklidagi so‘z-qaratqich, qaratqich bog‘lanib kelgan so‘z esa qaralmish
deyiladi. Qaratqich kelishigida tovush tushish hodisasi ham kuzatilishi mumkin:
men+ning=mening. Tushum kelishigi -ni qo‘shimchasi bilan hosil qilinadi. Tushum kelishigi
shaklini olgan so‘z doimo o‘timli fe’lga bog‘lanib keladi. Tushum kelishigidagi so‘z bilan o‘timli
fe’l yonma-yon kelsa, ko‘pincha tushum kelishigi qo‘shimchasi tushib qoladi. Masalan,
kitobni
o‘qidim - kitob o‘qidim.
Tushum kelishigidagi so‘z gapda doimo to‘ldiruvchi vazifasida keladi.
Bu kelishik shaklida ham tovush tushish hodisasi ro‘y beradi:
men+ni=meni.
Jo‘nalish kelishigi
shakli -ga, -ka, -qa qo‘shimchalariga ega bo‘lib, o‘rin-joy otlariga qo‘shilib, qayerga? so‘rog‘iga
javob bo‘ladi va gapda o‘rin holi, to‘ vazifasida keladi. Payt otlariga qo‘shilib, qachon? so‘rog‘iga
javob bo‘ladi va gapda payt holi vazifasini bajaradi. [Sayfullayeva, 2009, 211] Shaxs va narsa
otlariga qo‘shilib, kimga?, nimaga? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va gapda to‘ldiruvchi vazifasida
qo‘llaniladi. Jo‘nalish kelishigida tovush almashinishi va tovush ortirilishi hodisalari ro‘y berishi
mumkin. Masalan:
yurak+ga = yurakka, qishloq+ga=qishloqqa, u+ga=unga.
O‘rin-payt
kelishigi -da qo‘shimchasini oladi va o‘rin-joy otlariga qo‘shilib, qayerda? so‘rog‘iga javob
bo‘ladi va hokim qism ifodalagan harakatning o‘rnini bildiradi. Bunday otlar gapda o‘rin holi
vazifasida keladi. Payt otlariga qo‘shilib, qachon? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va hokim qismda
ifodalangan harakatning paytini bildiradi. Bunday so‘zlar gapda payt holi vazifasida keladi. Shaxs
va narsa otlariga qo‘shilib, kimda?, nimada? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Bunday otlar gapda
to‘ldiruvchi vazifasida keladi. Bu kelishik shaklida tovush ortishi hodisasi kuzatilishi mumkin.
Misol uchun:
u+da=unda.
Chiqish kelishigi -dan qo‘shimchasini oladi va u o‘rin-joy otlariga
qo‘shilib, qayerdan? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va o‘rin holi vazifasini bajaradi. Payt otlariga
qo‘shilib, qachon? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va payt holi vazifasida keladi. Shaxs va narsa otlariga
qo‘shilib, kimdan?, nimadan?so‘roqlariga javob bo‘ladi va to‘ldiruvchi bo‘lib keladi.
[Sayfullayeva, 2009, 211] Ba’zan ayrim otlar, sifatdoshlar va boshqa so‘zlarga qo‘shilib, nima
sababdan? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va sabab holi vazifasida keladi. Ba’zan tushum kelishigi
o‘rnida chiqish kelishigi shakli ishlatilinishi mumkin. Lekin ularning ma’nosida ma’lum farq bor.
252
Tushum kelishigidagi so‘z butunni, chiqish kelishigidagi so‘z qismni bildiradi. Bu kelishik
shaklida ham tovush ortishi hodisasi ro‘y berisbi mumkin. Masalan:
u+dan=undan.
Arab tilda uchta kelishik bor va u )
ٌبا َرْعإ
i'
deb ataladi. Ular: 1.Bosh kelishik. 2.Qaratqich
kelishigi. 3.Tushum kelishigi. Bu kelishiklar o‘ziga xos qo‘shimchalarga ega bo‘lib, o‘zbek
tilidagi qolgan qo‘shimchalar vazifasini predloglar deb atalmish so‘zlar bajaradi. Kelishikda
turlanayotga so‘z ikkala jinsda ham noaniq holatda bosh kelishik shakli ٌ _(-un) qo‘shimchasini
oladi. Aniq holatda esa ٌ _(-u) qo‘shimchasini oladi. Qaratqich kelishigida turlanayotgan so‘z ham
huddi shu tartibda ikkala jinsda ham noaniq holatda ٌ
_(-in)qo‘shimchasini, aniq holatda esa ٌ (-i)
qo‘shimchasini oladi. Tushum kelishigi ikkala jinsda ham noaniq holatdaا ً_(-an) qo‘shimchasini,
aniq holatda esa ٌ
_qo‘shimchasini oladi. Bu turlanish uch kelishikli turlanish deyiladi va shu
yo‘sinda turlanuvchi so‘zlar uch kelishikli so‘zlar deyiladi. [Ibrohimov, 2009, 124] Quyida
muzakkar va muannas jinsga tegishli so‘zni kelishikda turlaymiz. Avval noaniq holatda ikkita
jinsda bosh kelishikda ko‘rib chiqamiz:
muannas jinsida ٌٌة
َس َرْدَم(madrosatun-maktab)
muzakkar jinsida ٌ
ٌباَتِك(kitabun-kitob)
Huddi shu so‘zlar endi qaratqich kelishigida muannas jinsda ٌ ةَس َرْدَم(madrosarin-
maktabning), muzakkar jinsda ٌ
باَتِك(kitabin-kitobning)shaklida bo‘ladi.
Tushum kelishigida muannas jinsda ٌ ة
َس َرْدَم(madrosatan-maktabni), muzakkar jinsda esa
ا باَتِك(kitaban-kitobni) shaklida bo‘adi. Aniq holatdagi so‘zlarga kelsak, ular ham ikkita jinsda bosh
kelishikda muannas jinsda ٌ ة
َس َرْدمْلَا(almadrosatu-maktab), muzakkar jinsda ٌ باَتِكْلَا(alkitabu-kitob)
shakliga ega bo‘ladi.
Huddi shu so‘zlar endi qaratqich kelishigida muannas jinsdaٌ ِةَس َرْدَمْلَا(almadrosatin-
maktabning), muzakkar jinsda ٌ
ِباَتِكْلَا(alkitabin-kitobning) shaklida bo‘ladi. Tushum kelishigida
muannas jinsda ٌَة
َس َرْدَمْلَا(almadrosata-maktabni), muzakkar jinsda esa اَباَتِكْلَا(alkitaba-kitobni)
shaklida bo‘adi. Aynan tushum kelishigidagi so‘z tanvin fathaga tugasa, uning oxiriga
o‘qilmaydigan alif harfi yoziladi. Ammo “ta-mamduta” yoki yo‘lg‘iz “hamza” so‘z oxirida tanvin
fatha bilan kelsa, undan keyin bu alif yozilmaydi. Arab tilida ot va sifatlarning asosiy qismi uch
kelishikli so‘zlar hisoblanadi va ular yuqoridagi jadval asosida turlanadi.
Arab tilida qaratqich va tushum kelishigida bir xil qo‘shimchaga ega bo‘lgan qator so‘zlar
mavjud. [Hasanov, 2019, 89] Bular ikki kelishikli so‘zlar deyiladi. Ikki kelishikli so‘zlar ٌلا
artiklisiz hamda tanvin qo‘shimchasiz kelganda ham aniq holatda deb hisoblanadi. Ular bosh
kelishikda –u, qaratqich-tushum kelishigida –a harakatini oladi. Bunday so‘zlar لا artikli bilan yoki
izofa shaklida yoki birikma olmoshi bilan birga kelganda uch kelishikli turlanishga aylanadi.
Yuqoridagilardan ma’lumki, o‘zbek tilida kelishiklar soni oltita bo‘lsa, arab tilida uchta
kelishik shakli mavjud. O‘zbek tilidagi qolgan kelishik shakllari arab tilida predloglar orqali
ifodalanadi.
Masalan:(fi(-da)يف predlogi orqali o‘zbek tilidagi o‘rin-payt kelishigini ifodalashi
mumkin.ي
ق م لا عْلا)fila’lami-olamda) degan ma’noni bildiradi.ى ل إ)ila(-ga) predlogi esa o‘zbek tilidagi
jo‘nalish kelishigini ifodalaydi.
Masalan:ى ل
إ تْي بْلا)ilalbayti-uyga) degan ma’noni bildiradi.(min(-dan) ْن م predlogi esa o‘zbek
tilidagi
chiqish
kelishigini
ifodalaydi.
Masalan: ْن
م
دَّم ح م-
(minmuhammadin)Muhammaddan)ma’nosini ifodalaydi.
Arab tilida ikkilik sondagi so‘zlar, kelishiklarda quyidagicha turlanadi:
253
bosh kelishik, noaniq holatda, muannas jinsda
نا ت ب لا ط-(tolibatani-ikki toliba), aniq holatda
ham huddi shunday,
نا ت ب لاَّطلا-(attolibatani) shaklida bo‘ladi.
Qaratqich-tushum kelishigida esa noaniq holatda
نْي ت ب لا ط-)tolibatayni-ikki tolibaning yoki
ikki tolibani),aniq holatda esa
نْي ت ب لاَّطلا-(attolibatayni) shaklida bo‘ladi. Muzakkar jinsda esa bosh
kelishik, noaniq holatda
نا ب لا ط-(tolibani-ikki talaba), aniq holatda نا ب لاَّطلا-)attolibani), qaratqich-
tushum kelishigida noaniq holatda
نْي ب لا ط-(tolibayni-ikki talabaning yoki ikki talabani), aniq
holatda
نْي ب لاَّطلا-(attolibayni) shaklida bo‘ladi. Ko‘rib turganingizdek, ikkilik sondagi so‘zlarning
qaratqich va tushum kelishiklari bir xil qo‘shimchaga ega. Shuningdek, aniq va noaniq hollarda
ham bir xil kelishik qo‘shimchalarini oladi. Muannas va muzakkar to‘g‘ri ko‘plikdagi so‘zlarda
qaratqich va tushum kelishiklari bir xil qo‘shimcha oladi hamda aniq va noaniq holatlarda kelishik
qo‘shimchalari o‘zgarmaydi.
Arab tilida kelishikda turlanmaydigan otlar ham mavjud bo‘lib, oxiri “-an” yoki “-a” bilan
tugaydigan so‘zlar shu qo‘shimcha alif bilan yozilsa ham, alif maqsura bilan yozilsa ham, har uch
kelishikda bir xil qo‘shimcha qabul qiladi.
Alif maqsura bilan tugaydigan sifatlar, masalan:ى
ع ْو ج-)java’-och), siniq ko‘plikdagi otlar,
masalan:ى
ض ْر م-(mard’zo-kasallar). Bular kelishikda turlanmaydigan so‘zlar deyiladi.
Shunday qilib, o‘zbek tili va arab tilida kelishiklarning ifodalanishi bo‘yicha quyidagi
xulosalar kelib chiqdi:
Birinchidan, arab tili va o‘zbek tilida kelishiklarning o‘zaro o‘xshashligi va farqlari
mavjud.
Ikkinchidan, arab tilida ikkilik va ko‘plik sonlar kelishiklarda farqli turlanadi va kelishikda
turlanmaydigan so‘zlar ham mavjud.
Uchinchidan, o‘zbek tilida mavjud, ammo arab tilida mavjud bo‘lmagan uch kelishik:
jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishiklari predloglar bilan ifodalanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –Toshkent, 2009.
2.Ibrohimov N. Arab tili grammatilasi. – Namangan, 2009
3.Hasanov M. Arab tili. – Toshkent, 2019.
4.Astanova G. Arab tilidan boshlang‘ich kurs. – Buxoro, 2023.
ARAB VA O‘ZBEK TILLARIDA RANG-TUS LEKSEMALARINING
LINGVOMADANIY TADQIQI
Ravshanova Risolat, Oriental universiteti Filologiya fakulteti
arab tili yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
Ilmiy rahbar: f.f.n., dotsent N.Ahmedova
Annotatsiya.
Maqolada arab va o‘zbek tillarida rang-tus leksemalari lingvomadaniy jihatdan
tahlil qilingan. Ranglarning til va madaniyatdagi ahamiyati, ularning semantik xususiyatlari,
shuningdek, bu ranglarning madaniy va falsafiy ma’nolari o‘rganilgan. Arab va o‘zbek tillaridagi
asosiy rang nomlari, ularning konnotatsiyalari va madaniy ahamiyati tahlil qilinadi. Ranglar va
