Arab va O‘zbek tillarida rang-tus leksemalarining lingvomadaniy tadqiqi

Annotasiya

Maqolada arab va о 'zbek tillarida rang-tus leksemalari Hngvomadaniy jihatdan tahlil qilingan. Ranglarning til va madaniyatdagi ahamiyati, ularning semantik xususiyatlari, shuningdek, bu ranglarning madaniy vafalsafiy ma ’nolari о ‘rganilgan. Arab va о 'zbek tillaridagi asosiy rang nomlari, ularning konnotatsiyalari va madaniy ahamiyati tahlil qilinadi. Ranglar va ularning ramziy ma ’nolarini о ‘rganish orqali har ikki xalqning madaniy merosi va dunyoqarashi tavsif qilindi. Arab va o'zbek tillarida rang bildiruvchi leksemalar o'rtasidagi o'xshashliklar va farqlar atroflicha aniqlandi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2025
inLibrary
Google Scholar
doi
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Ravshanova, R., & Ahmedova, N. (2025). Arab va O‘zbek tillarida rang-tus leksemalarining lingvomadaniy tadqiqi . Zamonaviy Tilshunoslik Va ta’limda Chet Tillarini o’qitishda Innovaciyallar, 1(1), 253–258. https://doi.org/10.47689/ZTTCTOI-vol1-iss1-pp253-258
Risolat Ravshanova, Oriental universiteti
Filologiya fakulteti arab tili yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
N Ahmedova, Oriental universiteti
Ilmiy rahbar: dotsent, f.f.n.
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada arab va о 'zbek tillarida rang-tus leksemalari Hngvomadaniy jihatdan tahlil qilingan. Ranglarning til va madaniyatdagi ahamiyati, ularning semantik xususiyatlari, shuningdek, bu ranglarning madaniy vafalsafiy ma ’nolari о ‘rganilgan. Arab va о 'zbek tillaridagi asosiy rang nomlari, ularning konnotatsiyalari va madaniy ahamiyati tahlil qilinadi. Ranglar va ularning ramziy ma ’nolarini о ‘rganish orqali har ikki xalqning madaniy merosi va dunyoqarashi tavsif qilindi. Arab va o'zbek tillarida rang bildiruvchi leksemalar o'rtasidagi o'xshashliklar va farqlar atroflicha aniqlandi.


background image

253

bosh kelishik, noaniq holatda, muannas jinsda

نا ت ب لا ط-(tolibatani-ikki toliba), aniq holatda

ham huddi shunday,

نا ت ب لاَّطلا-(attolibatani) shaklida bo‘ladi.

Qaratqich-tushum kelishigida esa noaniq holatda

نْي ت ب لا ط-)tolibatayni-ikki tolibaning yoki

ikki tolibani),aniq holatda esa

نْي ت ب لاَّطلا-(attolibatayni) shaklida bo‘ladi. Muzakkar jinsda esa bosh

kelishik, noaniq holatda

نا ب لا ط-(tolibani-ikki talaba), aniq holatda نا ب لاَّطلا-)attolibani), qaratqich-

tushum kelishigida noaniq holatda

نْي ب لا ط-(tolibayni-ikki talabaning yoki ikki talabani), aniq

holatda

نْي ب لاَّطلا-(attolibayni) shaklida bo‘ladi. Ko‘rib turganingizdek, ikkilik sondagi so‘zlarning

qaratqich va tushum kelishiklari bir xil qo‘shimchaga ega. Shuningdek, aniq va noaniq hollarda
ham bir xil kelishik qo‘shimchalarini oladi. Muannas va muzakkar to‘g‘ri ko‘plikdagi so‘zlarda
qaratqich va tushum kelishiklari bir xil qo‘shimcha oladi hamda aniq va noaniq holatlarda kelishik
qo‘shimchalari o‘zgarmaydi.

Arab tilida kelishikda turlanmaydigan otlar ham mavjud bo‘lib, oxiri “-an” yoki “-a” bilan

tugaydigan so‘zlar shu qo‘shimcha alif bilan yozilsa ham, alif maqsura bilan yozilsa ham, har uch
kelishikda bir xil qo‘shimcha qabul qiladi.

Alif maqsura bilan tugaydigan sifatlar, masalan:ى

ع ْو ج-)java’-och), siniq ko‘plikdagi otlar,

masalan:ى

ض ْر م-(mard’zo-kasallar). Bular kelishikda turlanmaydigan so‘zlar deyiladi.

Shunday qilib, o‘zbek tili va arab tilida kelishiklarning ifodalanishi bo‘yicha quyidagi

xulosalar kelib chiqdi:

Birinchidan, arab tili va o‘zbek tilida kelishiklarning o‘zaro o‘xshashligi va farqlari

mavjud.

Ikkinchidan, arab tilida ikkilik va ko‘plik sonlar kelishiklarda farqli turlanadi va kelishikda

turlanmaydigan so‘zlar ham mavjud.

Uchinchidan, o‘zbek tilida mavjud, ammo arab tilida mavjud bo‘lmagan uch kelishik:

jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishiklari predloglar bilan ifodalanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –Toshkent, 2009.
2.Ibrohimov N. Arab tili grammatilasi. – Namangan, 2009
3.Hasanov M. Arab tili. – Toshkent, 2019.
4.Astanova G. Arab tilidan boshlang‘ich kurs. – Buxoro, 2023.

ARAB VA O‘ZBEK TILLARIDA RANG-TUS LEKSEMALARINING

LINGVOMADANIY TADQIQI

Ravshanova Risolat, Oriental universiteti Filologiya fakulteti

arab tili yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar: f.f.n., dotsent N.Ahmedova

Annotatsiya.

Maqolada arab va o‘zbek tillarida rang-tus leksemalari lingvomadaniy jihatdan

tahlil qilingan. Ranglarning til va madaniyatdagi ahamiyati, ularning semantik xususiyatlari,
shuningdek, bu ranglarning madaniy va falsafiy ma’nolari o‘rganilgan. Arab va o‘zbek tillaridagi
asosiy rang nomlari, ularning konnotatsiyalari va madaniy ahamiyati tahlil qilinadi. Ranglar va


background image

254

ularning ramziy ma’nolarini o‘rganish orqali har ikki xalqning madaniy merosi va dunyoqarashi
tavsif qilindi. Arab va o‘zbek tillarida rang bildiruvchi leksemalar o‘rtasidagi o‘xshashliklar va
farqlar atroflicha aniqlandi.

Kalit so‘zlar

:

lexemes denoting color, color names, linguocultural analysis, symbolic meaning of

colors, language and culture, semantics of colors.

Til madaniyat tashuvchisi bo‘lib, u ajdodlardan avlodlarga milliy madaniyat xazinasini

meros qilib qoldiradi. Til madaniyatning quroli, vositasi sanalib, xalq madaniyati vositasida inson
shaxsiyatini, til sohibini shakllantiradi. Demak, til va madaniyat bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib,
til birliklari o‘zida madaniyatni aks ettiradi. Rang-tus bildiruvchi leksemalar har bir tilning
lingvistik va madaniy merosini aks ettiradi. Ranglar tilda xalqning hayot tarzini, madaniyatini,
an’analarini va falsafiy qarashlarini ham ifodalaydi. Arab va o‘zbek tillaridagi rang nomlarini
o‘rganish hamda ularning mazmun-mohiyatini tushunish madaniy o‘ziga xosliklarni anglashga
yordam beradi. Ushbu maqolada biz arab va o‘zbek tillarida ishlatiladigan rang-tus bildiruvchilarni
tahlil qilib, ularning o‘xshashlik va farqlari, semantik xususiyatlari hamda madaniy ahamiyatini
ko‘rib chiqamiz.

Ranglar qadimiy davrlardan beri turli xalqlarning til va madaniyatida o‘ziga xos ahamiyatga

ega bo‘lib kelgan. Shuningdek, tarixiy sharoitlar, iqlim va geografik joylashuv ham rang
nomlarining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan. Shu bilan birga, ranglarning tilda qanday ishlatilishi
va madaniy kontekstda qanday ma’no kasb etishi har bir xalqning o‘ziga xos dunyoqarashini aks
ettiradi.

Arab va o‘zbek tillarida ishlatiladigan asosiy rang nomlari quyidagilardir:
ضيبأ (abyad) – arab tilida oq rangini bildiradi va u arablarda poklik, tinchlik va nur ramzidir.

Islom dinida oq rang poklik va jannat ramzi sifatida muhim o‘rinni egallaydi. O‘zbek tilida ham
xuddi shunday: oq - poklik, tinchlik va quvonch ramzidir. Masalan, oqlik, oq o‘rar, ona sutidek
oq, oq ot yoki kelinlarning oq libos kiyishlari.

Oq rang tushayotgan yorug‘lik oqimini to‘liq aks ettiradi va yutib, shu darajada qaytaradi.

Shu bois cho‘llarda badaviylar oq kiyim kiyishadi. Ibn Mandzur (1232–1311) tuzgan “Lison al-
Arab” (“Arablar tili”) lug‘atida eng ko‘p ishlatiladigan ranglar so‘zlari izohlab berilgan.

دوسأ (aswad) – arab tilida qora rangni ifodaydi va bu rang qorong‘ulik va kuch ramzidir.

Arab madaniyatida qora rang kuchli va mustahkam shaxsni ifodalash uchun ham ishlatiladi.
O‘zbek tilida ham qora rang qorong‘ilik, kuch, ba’zida motam ramzi. Alisher Navoiy ijodida qora
rang ham o‘z o‘rniga ega. Adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqulning “Yana qora rang talqini
haqida” maqolasida keltirilishicha, Navoiy asarlarida “qora” buyuklik, ulug‘lik ma’nolarini
bildirgan.

Filologning ta’kidlashicha, oq rang umumiy yaxshilik va hayotiy zarurat g‘oyasini aks

ettiradi. Qora rang esa qorong‘ilik va maksimal salbiylikni ifodalaydi. Misrliklar hasadgo‘y va
qo‘rqoqlarga “Qalbuhu asvad” (“Yuragi qora”) deb aytishadi, ochiqko‘ngil, yaxshi odamga esa
“Qalbuhu abyad” (“Yuragi oq”) deyishadi. Oq rang yorqinlik, tozalik, poklik ma’nosini anglatadi.
Biroq arab mamlakatlarida oq rang ajrashgan ayollar uchun motam rangi hisoblanadi. Oq rang
boshqa barcha ranglarni yutib, ularni neytrallashtiradi va bo‘shliq, tana yo‘qligi, muzdek sukunat
bilan bog‘lanadi, oxir-oqibat o‘limni anglatadi. Shuningdek, arablarda “ko‘zning qorasi”
sevgilisini anglatadi, “yurakning qorasi” esa muhabbatni bildiradi. Ayol erkakning qovurg‘asidan


background image

255

yaratilgan deb hisoblangani uchun u erkakning soyasi deb qaraladi. Shuning uchun, Saudiya
Arabistoni kabi mamlakatlarda ayollar to‘liq qora libos kiyishadi.
رمحأ (ahmar) - qizil rang. Arablarda olov va jasorat ramzi. Shuningdek, u muhabbat va hayot bilan
ham bog‘liqdir. Yaqin Sharqda boshqa madaniyatlar singari sevgi bilan bog‘lanadi. Shu bilan
birga, ehtiyotkorlik yoki g‘azabni ham ifodalaydi. O‘zbek tilida esa qizil yorqinlik va hayot,
shuningdek, energiya ramzi hisoblanadi. Xususan, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida
qizil rangga bo‘lgan alohida munbosabatni kuzatish mumkin. “Qizil” faqatgina go‘zallik emas,
Sharq madaniyatida quyosh ramzi hamdir. Bu hodisani yapon, koreys, xitoy mifologiyasi va
adabiyotida ham kuzatish mumkin.
رضخأ (akhḍar) - yashil rang. Arab olamida hayot, tabiat va din ramzi. Yashil rang Islom olamida
muhim o‘rinni egallaydi, chunki u jannat va poklikni ifodalaydi. Ko‘pchilik arablar bu rangni
uyg‘unlik va ma’naviyat bilan bog‘lashadi. Yashil rang bir qancha davlatlar bayroqlarida Islom
ramzi sifatida ishlatiladi. Bular Afg‘oniston, Jazoir, Eron, Pokiston, Saudiya Arabistoni va Shri-
Lanka. Yashil rang boy tabiatni, hayotni, dam olishni, vohani ifodalaydi. Yashil rangdagi toshlar
hayotiy bardoshlik, farovonlik, baxt va ishdagi muvaffaqiyatni olib keladi deyishadi. Aynan yashil
toshlardan yasalgan zeb-ziynatlar musulmonlar orasida eng mashhur va talabgir hisoblanadi.
Musulmon lirigi Amir Xusrav Dehlaviy o‘zining “Sakkiz jannat bog‘i” nomli asarida bu rangni
kuylagan. O‘zbek tilida esa yashil - tabiat, o‘sish va yangilanish ramzidir. Yashillik xalqimizda
bahor, uyg‘onish, harakat, ezgulik bilan aloqador holda tasavvur etiladi. Hatto kishilarga uzoq
umr, tiriklik baxsh etadigan Xizr ham yashil kiyimda tasavvur etilishi yaxshi ma'lum. Ammo
yashilning yana bir mifologik ma'nosi bo‘lib, u narigi dunyo bilan bog‘ lanadi.

Arab tilida رفصأ(asfar)- sariq rangni ifodalaydi va arab madaniyatida quyosh, yorug‘lik,

boylik, ba’zan xavf va ehtiyotkorlikni bildiradi. O‘zbek tilida esa sariq rang kuz, boylik, farovonlik
va ba’zan sog‘inchni ifodalaydi. Qadimdan ota-bobolarimiz sariq rangni sariq kasalga davo deb
hisoblab kelishgan. Shuning uchun bemorga sariq libos kiydirishgan va bemor yotgan xonani sariq
rangli buyumlar bilan jihozlashgan. Payg‘ambarimiz Muhammad (S.A.V) ham kasal ko‘rgani
borganlarida sariq salla o‘rab borganlar. Chunki sariq rang – quyosh nuri, iliqlik, ko‘tarinki ruh
ramzi. Biroq Navoiyning lirik qahramoniga sariq rang shifo bermaydi, aksincha, ma’shuqaning
sariq to‘ni uning dardini yanada avj olishiga sabab bo ladi. Ayriliqdan alamli qon yoshlari to‘ka-
to‘ka lirik qahramon xastalanib, yuzlari sarg‘aya boradi.[ O‘tanova, 2006, 51]

قرزأ(azraq) - ko‘k rang. Arablarda osmon va dengiz bilan bog‘liq ramziy ma’no bildiradi.

Bizning yurtda esa ko‘k rang - tinchlik, osmon va ba’zida muqaddaslik ramzi. Arab tilida
binafsharang “ ٌِجَسْفَنَب

ي

” (banafsaji) so‘zi bilan ifodalanadi. Arab tilida binafsharang odatda chuqur,

boy ma’no anglatadi va koʻpincha hashamat, boylik va jozibadorlik bilan bogʻlanadi. O‘zbek
madaniyatida ham bu rang joziba, hashamat va ruhiy chuqurlikni aks ettiradi. Pushti rang arab
tilida يدرو (vardi) deb yoziladi. Arab madaniyatida pushti rang, asosan, iliqlik, ayollik va ijobiy
tuyg‘ular bilan bog‘liq. O‘zbeklarda esa iliqlik, samimiyat va quvonchni ifodalaydi.

Kulrang arab tilida — يدامر (ramadi) tarzida ifodalanadi va u sirlilikni, ruhiy xotirjamlik va

tinchlikni ifodalaydi. Kulrang arablar uchun baxtsizlik va yomonlikning ramzi bo‘lsa, jigarrang
yemirilish, qarilik va ruhiy tanazzul, zodagonlikdan uzoqlik ramzi hisoblangan. O‘zbek tilida ham
kulrang tinchlik, sirlilik va xotirjamlikni ifodalaydi.

Kushush rang — يلحك (kahli) tarzida arab tilida yoziladi va kuch, boylik va hashamatni

anglatadi. o‘zbek madaniyatida ham huddi shunday, kushush rang kuch, boylik va hashamatni
bildiradi. Bu rang odatda aristokratik maqom va kattalikni anglatadi.


background image

256

Arab tilida rangning to‘yinganligi va yorqinligi quyidagi so‘zlar yordamida ifodalanadi: عطاس

(Sātiʿ) - yorqin rang. Bu so‘z rangning juda yorqin va ko‘zga tashlanadigan ekanligini bildiradi.
Masalan, عطاسٌ رفصأ (aṣfar sātiʿ) - yorqin sariq. تهاب (bāhit) kalimasi esa xira rangni, rangning
kamroq to‘yingan, xiralashgan yoki biroz oqarganligini bildiradi.O‘zbek tilida esa ranglarning xira
yoki yorqinligini ifodalovchi maxsus bir kalima mavjud emas. Arab tilida (

لأ

ةدرابوٌةئفادٌناو ) (alwān

dāfi’a) - issiq ranglarga: qizil, to‘q sariq, va sariq kabi ranglar kiradi. Sovuq ranglarga esa ٌناولأ
ةدراب (alwān bārida) ko‘k, yashil, va binafsha kabi ranglar kiradi. O‘zbek tilida ham xuddi shunday
issiq ranglarga qizil, to‘q sariq, sariq kabi ranglar kiradi va ular issiqlik va energiyani bildiradi.
Sovuq ranglarga esa ko‘k, yashil, binafsha kabi ranglar kiradi va ular tinchlik va sokinlik hissini
uyg‘otadi. Ko‘rinib turibtiki, Arab va o‘zbek tillarida rang nomlari ko‘p jihatdan o‘xshash, ayniqsa
ranglarning ramziy ma’nolarida buni yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Lekin ba’zi ranglarning
madaniy konnotatsiyalari farq qilishi mumkin.
Arab va o‘zbek tillarida ranglarning semantikasi ularning madaniy konteksti bilan
chambarchas bog‘liq. Arab dunyosida ayollar va erkaklar kiyinishidagi rang tanlash an’analari
iqlim, madaniy urf-odatlar va diniy omillar bilan bog‘liq. Masalan, arab mintaqalarida havo juda
issiq bo‘lgani uchun erkaklar ko‘pincha oq rangli kiyimlar kiyishadi. Oq rang issiqlikni qaytaradi
va kunning issiq paytlarida tanani salqin saqlashga yordam beradi. Erkaklar kiyadigan oq
dishdasha (yoki thobe) kiyimlari havo aylanishini yaxshilaydi va qulaylik yaratadi. Ayollar esa
ko‘pincha qora rangli abaya kiyishadi. Qora rang iffat va kamtarlik ramzi hisoblanadi va ko‘pchilik
ayollar uchun an’ana bo‘lib qolgan. Shuningdek, qora rang kamroq e’tiborni tortadi, bu esa ayrim
madaniyatlarda ayollarning kamtarona bo‘lishiga mos keladi. Arab mamlakatlarida beva
ayollarning liboslari ko‘k rangda bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, arablar orasida ko‘k ko‘zlar yomon
odamlarning belgisi sifatida qaraladi. Bu xiyonat va hiyla belgisi deb qabul qilinadi. Tarixiy
jihatdan arablarning asosiy dushmanlari “ko‘kko‘zlar” bo‘lgan. Masalan, “al-Munjid” lug‘atida

“al-aduvv al-azraq”

iborasi (so‘zma-so‘z: “ko‘k dushman”) uchraydi va u shunday izohlanadi:

“Ashaddiy dushman, chunki arablar Vizantiyaliklar bilan urushgan, ularning ko‘pchiligi ko‘kko‘z
bo‘lgan”. Ko‘k rang tabiatan qora rangga yaqin va o‘xshash ma’nolarga ega. Qadimgi Misrda ko‘k
rang motam rangi bo‘lgan. Hozirgi misrliklar uchun ham ko‘k va qora ranglar asosan salbiy
ma’noga ega. Misrliklar “naxaruk asvad” yoki “azraq” (“Kunlaring qora yoki ko‘k bo‘lsin!”) deya
la’nat qilishadi, yaxshilik tilashda esa “naxaruk abyad” (“Kunlaring oq bo‘lsin!”) deya duo
qilishadi. B’azi manbalarda, moviy va binafsha ranglar (soyalar ranglari),— mistik kuzatuv va
ilohiy mohiyatga yaqinlik ranglari deyiladi. Moviy forslar va turklar milliy rangi hisoblangan,
ular bu rang ko‘z tegishidan himoya qiladi va ravnaq keltiradi deb hisoblashgan. Islomning rangi
bo‘lgan moviy (yoki och moviy) eng ifodali ranglardan biri bo‘lib, u “yulduzlarni o‘z joyida ushlab
turgan moddiy osmonlar rangi” deb ataladi. Musulmon masjidlarining ko‘k gumbazlari va ichki
bezaklari ilohiy ranglar bo‘lib, ular qalbni tinchlantiradi va mo‘minning Allohga xizmat qilish
istagini oshiradi deyishadi. Arablar orasida sevimli rang qizil bo‘lib, u ayollar, bolalar va
quvonchning rangi edi. Qizil rang farovonlik va hashamatni ifodalaydi, sariq esa oltin rang bilan
bog‘liq bo‘lib, u qadimdan “muzlagan quyosh rangi” deb qabul qilingan. Sariq issiqlik va
yorqinlikni, shuningdek, quyosh nuri haddan tashqari ta’siridan qurg‘oqchilik va suvsizlikni
ifodalashi mumkin. Bu rang muqaddas, sehrli va katta “hayotiy kuch”ga ega deb hisoblangan. Shu
sababli, qizil rangdagi qimmatbaho toshlar, masalan, yoqut va boshqalar juda qadrlangan. Ular
egasiga kuch, energiya va qo‘rqmaslik berishi mumkin deb ishonilgan. Kiyimlar borasida esa,
musulmon erkaklarga qizil libos kiyish odatda taqiqlangan. Lekin bayramlarda qizil rang


background image

257

ishlatiladi. Masalan, to‘y kuni kelinning otasi albatta qizil kamar taqadi, kelin esa (so‘nggi
“yevropalashtirish”dan oldingi davrlarda) to‘q sariq-qizil liboslar kiygan. Arab kiyimlarida qizil
rang haqida allaqachon so‘z yuritilgan, ammo shunga qaramay, ko‘plab musulmonlar “Qizil
rangdagi kiyimni kiyish mumkinmi va uning taqiqi bormi?” degan savolni o‘zlariga berishadi.
Qizil rangdagi kiyim kiyish haqida olimlar o‘rtasida yagona fikr yo‘q. Imom Badruddin al-’Ayniy
“Umdatul-Qori” asarida bu borada yettita, Hafiz Ibn Hajar “Fat’hul-Bari” asarida sakkizta fikrni
keltirgan. Umuman, bu fikrlarning barchasini uchta asosiy nuqtaga jamlash mumkin:

1. Qizil rangdagi kiyim kiyish makruh;

2. Qizil rangdagi kiyim kiyish mumkin, ammo unda boshqa ranglar ham bo‘lishi, ya’ni

to‘liq qizil bo‘lmasligi kerak;

3. Qizil rangdagi kiyimni hech qanday cheklov va shartlarsiz kiyish mumkin.,Qur’on va

Sunnaga murojaat qilsak, qizil rangdagi kiyim kiyishga taqiq borligi haqida ishonchli ko‘rsatma
topa olmaymiz. Shariatda kiyim rangi bo‘yicha yagona taqiq “al-mu’asfar” — safron rangi, ya’ni
yorqin sariq yoki to‘q sariq rangga nisbatan mavjuddir. Shu bilan birga, ranglarning diniy, siyosiy
va estetik ramziyati ham muhimdir. Masalan, arab madaniyatida yashil va oq rang diniy ma’noda
muhimroq, chunki bu ikki rang jannat va poklik belgisidir. O‘zbek madaniyatida esa ko‘k rang
muhimroq ahamiyatga ega. Chunki u – tinchlik va osoyishtalik ramzidir.Baʼzi arab davlatlari
bayroqlarida oq, qora, yashil va qizil ranglar uyg‘unlashgan. Bu to‘rt rangni panarab ranglari ٌناولأ
ٌٌةيبرعلاٌةدحولاdeb atashadi. Misollar: Iroq, Suriya, Iordaniya, Quvayt va Falastin bayroqlari.

Panarab ranglari 1916-yilda Usmoniy imperiyasiga qarshi arab qo‘zg‘olonining bayrog‘ida

ishlatilgan. To‘rt rang o‘z ramziy maʼnosini iroqlik shoir Sofiy ad-Din al-Hilli

لحلاٌنيدلاٌيفص

)ٌٌي

ning

sheʼridan olgan: «Bizning amallarimiz oq, janglarimiz qora, dalalarimiz yashil va qilichlarimiz
qizil.»Bu ranglar arab davlatlariga qarab alohida maʼnolarga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, Livan
bayrog‘ida qizil rang Usmoniy imperiyasiga qarshi kurashgan shahidlarning qonini anglatadi.
Iordaniya bayrog‘ida esa bu rang Hokimlar sulolasi ()نوّيمشالااning ramzidir. Shuningdek,
ranglarning ohang va turli xil tiniqlik darajalarini tasvirlashda til grammatikasi va morfologiyasi
farqlanadi.

Tilshunoslikda ranglarning ramziy mazmunini o‘rganish katta ahamiyatga ega. O‘zbek tilida

ranglar turli kontekstlarda qo‘llanilib, o‘xshatishlar va ma’nolar orqali ramziy anglashuvlarni
yaratadi. Masalan, oq yo‘l - kishi yo‘lga chiqqanda, unga omad, xavfsizlik va sog‘lik tilash
ma’nosida ishlatiladi. Qora kun - qiyin, og‘ir kunlarni ifodalash uchun ishlatiladi. Yashil chiroq -
harakatga ruxsat yoki imkoniyat ochilganini anglatadi, masalan, “biznesda yashil chiroq yonibdi”
deganda. Qizil chiroq - to‘xtash yoki cheklov mavjudligini bildiradi, ko‘pincha xavf yoki
ehtiyotkorlik haqida ogohlantirish ma’nosida ishlatiladi. Oq ko‘ngil – bu ibora insonning pokiza,
samimiy va toza niyatlarini ifodalaydi. “U juda oq ko‘ngil odam” deganda mehribon va halol inson
nazarda tutiladi. Qora yurak – yomon yoki adolatsiz insonlarga nisbatan qo‘llaniladi, masalan, “Bu
odam qora yurak ekan”. Qora qozon qaynatish – bu ibora oddiy kundalik tirikchilikni, oilani
boqish uchun mehnat qilishni anglatadi. Sariq yuz – sariq rang ba’zan kasallik yoki charchoqni
ifodalaydi. “Uning yuzi sariq edi” – bu kasal yoki charchaganini ifodalaydi. Moviy tushlar – Orzu-
havas va xayollarni ifodalaydi. “Uning moviy tushlari bor edi” deganda, katta orzular nazarda
tutiladi. Kulrang hayot – bu ibora zerikarli, qiziqarsiz hayotni ifodalaydi. “Uning hayoti kulrang
edi” deganda hayotda zavq yo‘qligi nazarda tutiladi. Bu kabi ranglar turli xil his-tuyg‘ular va
vaziyatlarni ifodalashda qo‘llanilib, o‘zbek tilini yanada boyitadi va xalq orasida turli
ko‘rinishlarda ishlatiladi.


background image

258

Arab tilida ham ranglarga asoslangan iboralar ko‘p bo‘lib, ular turli ma’nolar va his-

tuyg‘ularni ifodalashda ishlatiladi. Masalan: Bayda’ al-safha ٌ)ةحفصلاٌءاضيب(

ٌ

“Oq sahifa” degan

ma’noni anglatadi va poklik yoki yaxshi obro‘ni bildiradi. Bu ibora halol yoki begunoh odam
haqida ishlatiladi.Yavm aswad ٌ)دوسأٌموي(

ٌ

“Qora kun” degani va juda yomon yoki qayg‘uli kunni

anglatadi. Bu ibora og‘ir va qayg‘uli vaziyatlarda ishlatiladi. Al-qalb al-akhḍar ٌ)رضخلأاٌبلقلا(

ٌ

“Yashil yurak” degan ma’noni anglatadi va yosh yoki umidga to‘la, hayotga mehrli odamni
ifodalaydi. Al-vaḥhājah al-ḥamrāʼ ٌ)ءارمحلاٌةجاّهولا(

ٌ

“Qizil ogohlantirish” yoki xavf mavjudligini

bildiruvchi belgi sifatida qo‘llaniladi. Bu ibora qizil chiroqqa o‘xshab ogohlantirish va ehtiyot
bo‘lish zarurligini anglatadi. Ra’s al-ḍarb al-azraq ٌ)قرزلأاٌبرضلاٌسأر(

ٌ

“Ko‘k zarba” ma’nosini

anglatadi va kutilmagan yoki og‘ir zarbani ifodalaydi.As-safḥa as-sawdāʼ

ةحفصلا(

ٌ

ٌ)ءادوسلا

ٌ

“Qora

sahifa” deb atalib, inson hayotidagi yomon davr yoki fojiali voqealarni ifodalaydi .Yavm al-akhdar

ٌ )رضخلأاٌ موي(

ٌ

“Yashil kun” deb, hayotdagi umidli, yaxshilik keltiradigan davr yoki kunni

ifodalaydi. Al-ghayrah al-ḥamrāʼ

ءارمحلاٌةريغلا(

ٌ)

ٌ

“Qizil rashk” yoki kuchli hasadni anglatadi. Qizil

rang bu yerda rashk va his-hayajonni kuchli ifodalash uchun ishlatiladi. Arab tilidagi bunday
iboralar turli ranglar orqali chuqur ma’nolarni ifodalaydi va ko‘pincha his-tuyg‘ularni yanada
ta’sirli ifodalash uchun qo‘llaniladi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ranglar olamning lisoniy manzaralarini shakllantirishda

katta rol o‘ynaydi, zero, turli lingvomadaniy jamoalarda har bir rang ma’lum assotsatsiyalar, u
yoki bu rangga oid rangga oid tasavvurlar mavjud deb hisoblanadi. Ranglar va ularning ramziy
ma'no-mohiyatidan bahs yuritish oson emas, albatta. Chunki ranglar u yoki bu xalqning uni
qurshab turgan olam, adabiyot va san'atga doir qadimiy qarashlari bilangina emas, balki
kosmogonik, mifologik, diniy-ilohiy tushuncha va tasavvurlari bilan ham bog‘lanib ketgan.
Shuningdek, odamlarning dunyoqarashi, yashash sharoitlari, diniy hayot yo‘llarining o‘ zgarishi
bilan ranglarga munosabat, rangdan ko‘zlangan maqsadlar ham o‘zgarib, ba’zan butunlay
yangilanib borgan. madaniyatlararo munosabatlarda ranglarning ahamiyati katta bo‘lib, turlicha
farqlarga ega. Bir madaniyatdagi rangning lingvokulturologik ma’nosi boshqa madaniyatda
umuman boshqa ramziy ma'noni ifodalaydi. Har bir rang har bir millat madaniyatida o‘ziga xos
lingvokulturologik xususiyatga ega. Masalan, birgina aza marosimida yevropaliklar qora,
osiyoliklar ba’zan yashil, ba’zan ko‘k, xitoy, yapon va koreys madaniyatlarida esa oq rangli
kiyimlar kiyishadi. Mana shuning o‘zida madaniyatlardagi farqlarni ko‘rishimiz mumkin. Bu
farqlar biror millatning tarixidan, urf-odatlaridan, milliy mentalitetidan va boshqa ko‘pgina
sabablaridan kelib chiqadi. Arab va o‘zbek tillarida rang-tus bildiruvchi leksemalar har ikki tilning
leksikasida muhim o‘rin egallaydi va madaniy jihatdan ahamiyatli hisoblanadi. Bu tillar o‘rtasidagi
rang nomlarining tahlili ranglar orqali madaniy meros va milliy o‘ziga xosliklarni aks ettirishini
ko‘rsatadi. Rang nomlari faqatgina lingvistik birlik bo‘lib qolmasdan, xalqning tarixi, falsafasi va
estetik qarashlarini ham ifodalaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M.
(2009). Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent.
2.Ibrohimov N. (2009) Arab tili grammatikasi. Namangan.
3.Hasanov M. (2019) Arab tili. Toshkent.
4.Astanova G. (2023) Arab tilidan boshlang‘ich kurs. Buxoro.
5. O‘tanova S. (2006) Alisher Navoiy lirikasida sariq rang semantikasi.

O‘zbek tili va adabiyoti,

5, 50-52.

Bibliografik manbalar

I. Sayfullaycva R., Mcngliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M. (2009). Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent.

1brohimov N. (2009) Arab tili grammatikasi. Namangan.

Hasanov M. (2019) Arab tili. Toshkent.

Astanova G. (2023) Arab tilidan boshlang'ich kurs. Buxoro.

O'tanova S. (2006) Alisher Navoiy lirikasida sariq rang semantikasi. O'zhek tili va adabiyoti, 5, 50-52.